370
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
“
GEPA-LAYK
”
QURUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR
MIQDORINI ANIQLASH
Iminova I.M.
Sodiqova G.A.
Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, O'zbekiston
e-mail: noyatiminova@gmail.com
тел
. (+99890)3596457)
https://doi.org/10.5281/zenodo.17337867
Dolzarbligi:
Bugungi kunda jigar kasalliklari dunyo miqyosida eng keng tarqalgan surunkali
kasalliklardan biri hisoblanadi. O‘tkir va surunkali gepatitlar, toksik gepatozlar, alkogolli jigar
zararlanishlari, steatoz va sirroz kabi holatlar nafaqat rivojlanayotgan, balki rivojlangan davlatlar
sog‘liqni saqlash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mahalliy xom
ashyo asosida jigar kasalliklariga qarshi dori vositasini olish uchun izlanishlar olib borildi.
Tadqiqotning maqsadi:
yuqoridagilarni inobatga olgan holda mahalliy xom ashyolar
mahalliy Artishok (Cynara scolymus) va Rastoropsha (Silybii marianum) oʻsimliklari asosida olingan
jigar kasalliklarini davolash uchun qo’llaniladigan “Gepa-layk” quruq ekstraktini sifatini baholash va
tahlil usullarini oʻrganish maqsad qilib olindi.
Usul va uslublar:
tadqiqot ob’ekti sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona talabiga ko’ra
mahalliy xom ashyo Artishok (Cynara scolymus) va Rastoropsha (Silybii marianum) o’simligi
asosida olingan “Gepa-layk” quruq ekstrakti olindi. Olingan “Gepa-layk” quruq ekstrakti sifatini
baholash uchun uning tarkibidagi asosiy biofaol moddalarni sifat tahlil usullarining YuSSX usulida
optimal sharoitlari ishlab chiqildi.
Natijalar:
bunda xromatografiyalash Agilent Technologies -1260, USA rusumli YuSSX dan
foydalanildi. Adabiyotlarda steroidlar va flavonoidlarni YuSSX bilan aniqlashda elyuyent sifatida
fosforli, atsetatli bufer sistemalari va atsetonitrildan foydalanilgan. Biz fosfatli bufer sistemasi hamda
atsetonitrildan foydalandik.
Xromotografiya sharoitlari:
-Xromotograf Agilent-1200 (avtodozator bilan jihiozlangan)
-Kolonka Exlipse XDB C 18, 5 mkm, 4,6 x250mm
-Diod matritsali detektor (DAD), 254 nm, 276 nm identifikatsiya qilindi. Oqim tezligi 0,8
ml/min. Elyuyent fosfatli bufer: atsetonitril, 0-5 min 95:5, 6-12 min 70:30, 12-13 min 50:50, 13-15
min 95:5, termostat harorati 300 C
o
,-10 mkl kiritilgan miqdor.
Xromotografga dastlab, ishchi standart eritmalar, keyinchalik tayyorlangan ishchi eritmalar
kiritildi. Ta’sir etuvchi moddalarning miqdorini quyidagi 1-jadval orqali bilib olishimiz mumkin:
1-jadval
Flavonoidlar
Gepa layk
konsentratsiya (mg/gr)
Digidrokversitin
1,62
Lyutionin
1,02
Rutin
28,31
Salidrozid
10,14
Rozavin
11,59
Quruq ekstrakt tarkibidagi Digidrokversitin, Lyutionin, Rutin, Salidrozid va Rozavinlarning
xromatogrammalardagi ushlanish vaqtlari, standart moddalarning ushlanish vaqtlariga mos ekanligi
aniqlandi.
371
Volume 5, Issue 10: Special Issue
(EJAR)
ISSN: 2181-2020
MPHAPP
THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL
CONFERENCE
“
MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL
PROBLEMS AND PROSPECTS
”
TASHKENT, OCTOBER 17, 2025
in-academy.uz
Xulosalar:
1. “Gepa-layk” quruq ekstrakti tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalar-
flavonoidlar miqdorini aniqlashning YuSSX usuli ishlab chiqildi. Quruq ekstrakt tarkibida Rutin
(28,31 mg/gr), Salidrozid (10,14 mg/gr) va Rozavin (11,59 mg/gr) flavonoidlari miqdori aniqlandi.
Quruq ekstrakt tarkibidagi Digidrokversitin (1,62 mg/gr) va Lyutionin (1,02 mg/gr) flavonoidlari
ham borligini ko’rishimiz mumkin.
