Авторы

  • O Tilavoldiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.139039

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili argumentativ matnining oʻziga xos lingvistik xususiyatlari va argumentatsiya va tanqidiy fikrlashni ifodalashda argumentative matnni yaratishga qoʻyilgan talablar xususida gap boradi. Shuningdek, maqolada argumentativ matnni yaratishda grammatik, leksik va stilistik sathlarda uchrovchi xususiyatlarga misollar keltiriladi.

background image

31

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

INGLIZ TILI ARGUMENTATIV MATNINING LINGVISTIK

XUSUSIYATLARI

O.X.Tilavoldiyev

Katta oʻqituvchi, Guliston davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.17626748

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tili argumentativ matnining oʻziga xos lingvistik

xususiyatlari va argumentatsiya va tanqidiy fikrlashni ifodalashda argumentative matnni yaratishga
qoʻyilgan talablar xususida gap boradi. Shuningdek, maqolada argumentativ matnni yaratishda
grammatik, leksik va stilistik sathlarda uchrovchi xususiyatlarga misollar keltiriladi.

Kalit soʻzlar:

argumentativ matn, lingvistik, leksik, sintaktik, stilistik sathlar, yozuv, birlik,

tuzilma

Annotation:

This article examines the distinctive linguistic features of English argumentative

texts and the requirements for constructing them to effectively convey argumentation and critical
thinking. It also provides examples of grammatical, lexical, and stylistic characteristics commonly
found in argumentative writing.

Keywords:

argumentative text, linguistic, lexical, syntactic, stylistic levels, writing, unity,

structure.

Argumentativ yozuv deganda biz maʼlum bir ziddiyatli mavzu yuzasidan bahs-munozarali

yozuvni tushunamiz. Bunda yozuvchining vazifasi ushbu ziddiyatli mavzu yuzasidan oʻziga mos taraf
(pozitsiya)ni egallagan holda yaratilayotgan matn oʻquvchisini oʻz qarashlariga ergashtirish va
ishontirishga qaratilgan argumentlardan foydalangan holda yaxlit matn yaratish hisoblanadi.
J.Richard va R.Shmidt [10] taʼbiri bilan aytganda fikrlar xilma-xilligi mavjud boʻlgan ziddiyatli
mavzu yuzasidan qarama-qarshi fikrni qoʻllab-quvvatlash yoki rad etishga qaratilgan yozuv
argumentativ yozuv hisoblanadi. Bahsli mavzu yuzasidan u yoki bu qarashni qoʻllab-quvvatlash
uchun yozuvchidan nafaqat tilni yaxshi bilish balki fikr va gʻoyalarni ishonarli tarzda ifodalash talab
etiladi. Va bu koʻnikma koʻpincha chet til oʻrganuvchilar tomonidan qiyin oʻzlashtiriladi. Shu sababli
ham, J.Richard va R.Shmidt [10] fikricha yozuvning turli janr va turlari bilan taqqoslaganda
argumentativ yozuv eng murakkab va til oʻrganuvchilar uchun oʻzlashtirish qiyin boʻlgan yozuv
hisoblanadi. D.Sanches [4] oʻz navbatida argumentativ yozuvda tanqidiy fikrlash muhim ahamiyat
kasb etishini taʼkidlar ekan, yozuvchi tomonidan matnda argumentlarini tuzish va keltirishda tanqidiy
fikrlashdan foydalanilganda argumentativ yozuv oʻziga xos maʼno kasb etadi. Yaʼni tanqidiy
fikrlashni qoʻllash orqali argumentativ matnlarni tuzish birmuncha osonlashadi.

Argumentativ paragraf masalasiga keladigan boʻlsak, K.Fols va b.ga [5] koʻra ziddiyatli

masalaga qaratilgan paragraf nuqtai-nazar paragrafi deb yuritiladi va ayrim hollarda “persuasive
paragraph – ishontiruvchi paragaraf” deb ham ataladi. Chunki bunda muallif oʻquvchilarni maʼlum
bir nuqtai-nazarni qabul qilishga undaydi va bunda nafaqat fikr va mulohazalardan foydalaniladi,
balki ushbu fikr va mulohazalarni qoʻllab-quvvatlovchi fakt va dalillarni ham ishlatiladi. Shuningdek,
N.Bulxaterga [2] koʻra “ishontiruvchi paragraf”ni tuzishda yozuvchidan nafaqat argumentlarni toʻgʻri
tuza olish va ularni zarur maʼlumot, fakt va dalillar bilan qoʻllab-quvvatlash, balki ushbu argument
va materiallarni bir butun tizimga soluvchi eʼtirof yoki tezis ham topishi talab etiladi. K.Fols [5] oʻz
navbatida “nuqtai-nazar paragraf”ga taʼrif berar ekan, bunday paragraf yozuvchining nuqtai-nazarini
ifodalashi bilan bir qatorda, unda qoʻllanilgan fakt va dalillarni tushuntiradi, odatda ziddiyatli
mavzuga bagʻishlangan boʻladi va oʻquvchini ushbu mavzu boʻyicha chuqur mushohada qilishga
undaydi va hattoki oʻz fikr va qarashlarini oʻzgartirishga chorlaydi deydi. Yuqoridan koʻrinib
turibdiki, “nuqtai-nazar paragrafi” va “ishontiruvchi paragraf” tushunchalari bir xil tushunchani


background image

32

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

ifodalab, argumentativ paragraf tushunchasiga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin ekan. Bunday
pagaraflarning asosiy xususiyati, ularda biron bir mavzu yuzasidan baxs-munozarali masala
koʻtarilib, zarur va mos sabablar, ishonchli dalillardan foydalangan holda mazkur masala yuzasidan
maʼlum bir qarash, nuqtai-nazar himoya qilinadi.

Argumentativ yozuv akademik va professional sohalarda yozuvning asosiy janri hisoblanadi.

Akademik yozuvdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻquvchilarni maʼlum bir nuqtayi nazarga ishontirish
yoki bahsli mavzuni muvozanatli muhokama qilish sanalib, ingliz tilida bu janr oʻzining aniq
lingvistik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar matnning ishonarli, izchil va tushunarli
boʻlishini taʼminlaydi. Bunday lingvistik xususiyatlar qatoriga maxsus leksik birliklar, oʻziga xos
sintaktik tuzilmalar, kogeziv vositalar va ritorik strategiyalar kirib, ular akademik matnning
argumentativ kuchini ifodalashga xizmat qiladi.

Argumentativning yozuvning oʻziga xos, boshqa janrlardan ajratib turuvchi xususiyati bu unda

qoʻllaniladigan leksik birliklar sanaladi. Akademik yozuvga xos leksik birliklarni qoʻllash orqali
yozuvchilar aniq fikrni ifodalash, obroʻ qozonish va hissiy-emotsional reaksiyani qoʻzgʻatishni
maqsad qilishi mumkin. Leksik birliklardan maxsus akademik lugʻat, modal feʼllar va baholash tili
bu janrda keng qoʻllaniladi.

Akademik lugʻat birliklari aniqlik va neytrallikni ifodalovchi soʻz va iboralarni oʻz ichiga oladi.

K.Hayland [7] fikriga koʻra akademik leksika rasmiy yozma yoki ogʻzaki tarzda ifoda etilayotgan
matnda oʻziga xos ohangni belgilash hamda ilmiy hamjamiyat uchun tushunarli tarzda muloqot
oʻrnatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, “analyze”, “critical”, “evidence”, va
“perspective” kabi soʻzlar va atamalar argumentativ yozuvda aniqlik va obyektivlikni saqlash
imkonini beradi.

Akademik argumentativ matnlarda koʻp hollarda qoʻllaniladigan soʻz turkumlaridan biri bu

modal feʼllari sanaladi. Modal feʼllar, masalan, “must”, “should”, “could”, va “may” kabilar ishonch,
majburiyat yoki imkoniyat darajasini ifodalab keladi [9]. Ular yozuvchilarga oʻz dalillarini
ehtiyotkorlik bilan oʻrtaga tashlash va dalillarning ishonarlilik darajalarini tan olish imkonini beradi.
Masalan, “Policy makers should prioritize renewable energy” tavsiyani bildiradi, “Policy makers
must prioritize renewable energy” esa kuchliroq talabni ifodalaydi.

Argumentativ yozuvning sintaktik sathiga nazar soladigan boʻlsak, argumentativ yozuvda koʻp

hollarda murakkab gaplar, majhul nisbatli gaplar, parallelizm kabilarning ishlatilishiga guvoh
boʻlamiz. Sintaktik tuzilmalar argumentativ matnlarning aniqligi va ishonarliligiga hissa qoʻshibgina
qolmay, ularning izchil ifodalanishiga, ikki tomonlama interpretatsiya qilinish ehtimollarini
kamaytirishga hissa qoʻshadi.

Murakkab gaplar bogʻlovchi va bosh gaplarni oʻz ichiga oladi, bu yozuvchilarga batafsil dalillar

keltirish va gʻoyalar orasidagi mantiqiy aloqalarni oʻrnatish imkonini beradi. Biber va boshq [1].
murakkab gaplarning akademik yozuvda keng tarqalganligini taʼkidlar ekan, ularning asosiy vazifasi
ifodalash qiyin boʻlgan qarama-qarshi voqea-hodisa yoki fenomenlarni oʻzaro birlashtirgan holda
izchil va aniq ifodalash imkonini berishini koʻrsatib oʻtadi. Masalan,

“Although renewable energy is

costly initially, it offers long-term economic and environmental benefits”

qarama-qarshi gʻoyalarni

birlashtirish bilan bir qatorda fikrni, gʻoyani qoʻllab-quvvatlovchi dalilni ham keltiradi. Gaplarda
majhul nisbatning qoʻllanilishi ham oʻz navbatida yaratilayotgan akademik matnning obyektivligiga
katta hissa qoʻshadi va matndagi oʻziga xos ohang taqdim etadi. J.Sueyls va boshqalar majhul nisbat
konstruksiyalar akademik yozuv standartlariga mos kelishini taklif qiladi [11].

Ingliz tilidagi akademik matnlar, shu jumladan argumentativ matnlarning yana bir oʻziga xos

lingvistik xususiyati bu parallel tuzilmalarning qoʻllanilishida aks etadi. Parallel tuzilmalar odatda


background image

33

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

oʻquvchi eʼtiborini matnda berilgan tafsilotlarga yanada chuqurroq jalb qilish va bildirilayotgan,
oʻrtaga tashlangan gʻoya, fikr va qarashni kuchaytirish maqsadida ishlatiladi. Masalan, «

Renewable

energy is sustainable, affordable, and accessible»

kabi gaplarda qayta tiklanadigan energiya

manbalarining afzal tomonlari “sustainable, affordable” va “accessbile” kabi bir xil funksiyani
bajaruvchi sifat soʻz turkumiga oid leksik birliklarni qaytarish orqali taʼkidlanmoqda [3].

Ingliz tilidagi akademik argumentativ matnlarga xos xususiyatlardan yana biri bu kogeziyadan

samarali foydalanish sanaladi. Kogeziv vositalar matnda keltirilgan gʻoyalarni bir butun izchillikda
ifodalash, bir-biri bilan mantiqan bogʻlangan gʻoyalarni yaxlit holga keltirishni taʼminlaydi. Bunda
olmoshlar, bogʻlovchi va takrorlanishlardan foydalaniladi. “However”, “therefore”, “in contrast”, va
“for instance” kabi ajratuvchi, bogʻlovchi, qiyoslovchi bogʻlovchilar matnda ifodalanayotgan gʻoya
va fikr-mulohozalar oʻrtasidagi munosabatlarni koʻrsatib beradi. Haylandning fikricha [7] kogeziv
vositalar matndagi asosiy vazifasi unda bildirilgan va ifodalangan fikr va gʻoyalarga mantiqiy
izchillik taqdim etish sanaladi.

Argumentativ akademik matnlarda uchrovchi yana bir holat bu undagi asosiy kalit soʻzlar va

atamalarning takroriy ishlatilishidir. Asosiy atama va tushunchalarni takror va takror ishlatish orqali
matnning mazmuni hamda matnni yaratishdan koʻzlangan maqsad kuchaytiriladi. Masalan, matnda
“sustainability” atamasidan ekologiya va atrof-muhitga oid siyosatga oid bahs-munozaralarda qayta-
qayta ishlatilishi ushbu tushuncha yoki gʻoyaning ahamiyatini oshiradi va taʼkidlaydi [6].

Argumentativ akademik matnlarda shuningdek yozuvchilarning oʻz shaxsiy munosabatini

ifodalash hollari ham uchrab turadi. Bunda yozuvchidan oʻz qarash va nuqtayi nazarlarini
ifodalashda, ayniqsa ushbu qarash va fikrlar dalillar bilan qoʻllab-quvvatlanmagan boʻlsa yoki zaif
dalillar ustiga qurilgan boʻlsa muhim ahamiyatga ega boʻladi. Bunda yozuvchilar fikr va qarashlarni
ifodalashda ehtiyotkorlik markerlari yoki “hedging” dan foydalanishi kerak boʻladi. Ehtiyotkorlik
ilgari surilayotgan tezis yumshatadi, noaniqlikni yoki muqobil qarashlar mavjudligini tan oladi. Bu
markerlarga “perhaps, might, suggests, might” kabi soʻzlar yoki modal feʼllar kirishi mumkin.
Haylandning fikricha “hedging” akademik matnlarning eng asosiy lingvistik xususiyatlaridan biri
sanaladi. Bundan tashqari agar yozuvchi oʻz qarashlari kuchli dalillarga asoslangan boʻlsa
kuchaytiruvchi markerlardan foydalanishi ham mumkin boʻladi. Bular qatoriga “clearly,
undoubtedly”, va “indeed” kabi soʻzlardan foydalanish kirib bu soʻzlar tezis mazmunini
kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan, “Clearly, renewable energy is crucial for sustainable
development” degan gap tezisning ishonarligi aniq ekanligini va hech qanday shubhaga oʻrin yoʻq
ekanligini ifodalaydi [8].

Ingliz tilidagi argumentativ yozuvning lingvistik xususiyatlari uning samaradorligi uchun

muhimdir. Leksik tanlovlar, sintaktik tuzilmalar, kogeziv vositalar, ritorik strategiyalar va janrga xos
konvensiyalar birgalikda ishonarli va izchil argumentlarni yaratishga yordam beradi. Ushbu
xususiyatlarni tushunish va egallash akademik va professional muvaffaqiyat uchun zarur boʻlib,
yozuvchilarga oʻz fikrlarini aniqlik va ishonch bilan yetkazishga imkon beradi.

References:

1.

Biber D. et al. Grammar of spoken and written English. – John Benjamins, 2021.

2.

Bulkhalter N. How Persuasive Writing Aids Critical Thinking: A Paper Presented at the Speech

Communication Association Meeting, Miami Beach, Florida. – ERIC, 1993.
3.

Celce-Murcia M., Larsen-Freeman D., Williams H. A. The grammar book: An ESL/EFL

teacherʼs course. – Rowley, MA: Newbury House, 1983. – S. 854.


background image

34

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

4.

Díaz Granados Sánchez J. A. A contextualized booklet to develop critical thinking and

argumentative writing. – 2018.
5.

Folse K. S. Great Writing 4: Great Essays. – Boston, USA: Heinle Cengage Learning, 2010. –

288 p.
6.

Hoey M. Patterns of lexis in text. – Oxford University Press, 1991.

7.

Hyland K. Disciplinary discourses, Michigan classics ed.: Social interactions in academic

writing. – University of Michigan Press, 2004.
8.

Hyland K. Metadiscourse: Exploring interaction in writing //Continuum. – 2005.

9.

Palmer F. R. Mood and modality //Cambridge University. – 2001.

10.

Richards J. C., Schmidt R. W. Longman dictionary of language teaching and applied linguistics.

– Routledge, 2013.
11.

Swales J. M. et al. Academic writing for graduate students: Essential tasks and skills. – Ann

Arbor, MI : University of Michigan Press, 2004. – T. 1.