Авторы

  • Guljahon Isroilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.139055

Аннотация

Ushbu tezisda korrupsiyaga oid matnlar tushunchasi, lingvistik ekspertiza bosqichlari, metod zarurati, unda qo‘llaniladigan lingvistik vositalar orqali pora berishda ishtirok etuvchilarning niyatlarini aniqlash, ushbu jarayonda nutqiy aktlarni aniqlash kabi asosiy tushunchalari haqida so‘z yuritiladi.

background image

85

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

KORRUPSIYAVIY MATNLAR TADQIQOT OBYEKTI, METODI VA

ASOSIY TUSHUNCHALARI

Isroilova Guljahon Jamolovna

Adliya vazirligi huzuridagi

Respublika sud ekspertiza markazi ARM mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.17627359

Annotatsiya:

Ushbu tezisda korrupsiyaga oid matnlar tushunchasi, lingvistik ekspertiza

bosqichlari, metod zarurati, unda qo‘llaniladigan lingvistik vositalar orqali pora berishda ishtirok
etuvchilarning niyatlarini aniqlash, ushbu jarayonda nutqiy aktlarni aniqlash kabi asosiy
tushunchalari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

lingvistik ekspertiza, korrupsiya, pora, poraxo‘r, evfemizm, diskurs metod,

semantik-stilistik metod.


“...o‘zbek lingvistik ekspertologiyasi nisbatan yangi soha. Ushbu soha masalalari tadqiqi

hudud, makon nuqtayi nazaridan alohida chegara talab qilmaydi. Tilshunoslik va ekspertologiyaning
hamkorligi jamiyat va shaxs, shaxslararo munosabatlarning to‘g‘ri, obyektiv ta’minlanishida alohida
amaliy ahamiyat kasb etish bilan birga tilshunoslikning amaliy faoliyatdagi o‘rni va vazifasini
samarali yo‘lga qo‘yish borasida muhim omil sifatida xizmat qiladi...”[1].

O‘zbek tilshunosligining yangi yo‘nalishlar bilan boyishi bilan bir qatorda vujudga kelib,

rivojlanib kelayotgan lingvistik ekspertizada sud-huquq tizimi bilan bog‘liq bir qancha muammolar
o‘z yechimini topib bormoqda. Xususan, inson sha’ni, qadr-qimmati, ishchanlik obro‘siga putur
yetkazuvchi so‘z-iboralarning aniq tavsifi, ularning darajalari aniqlanib, bu borada lingvist-ekspertlar
uchun tavsiyalar ishlab chiqilganligi[2], ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar lingvistik ekspertizasi tadqiqi
qilinganligi[1], o‘zbek tilida shaxsiy yozishmalarda uchraydigan noadabiy unsurlar, ya’ni
dialektizmlar haqida izlanishlar olib borilganligi[3] aynan shu talablar natijasida kelib chiqqan deb
aytish mumkin. Shuningdek, lingvistik ekspertiza sohasida, jumladan, korrupsion matnlarning
lingvistik ekspertizasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.

Avvalambor, korrupsion matn atamasiga izoh berish, qanday matnlar korrupsion matnlar deb

atalishi haqida tushuncha berib o‘tish lozim. Bizningcha, korrupsion matn-pora beruvchi, uni oluvchi,
olish-berishda vositachilik qilgan shaxslarning niqoblangan so‘z va iboralar, evfemizmlar, ishora-
so‘zlar, birikmalar orqali noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan yozma, og‘zaki
hamda noverbal muloqotida yuzaga keladigan matnlardir.

O‘zbek tilshunosligida kriminal vaziyatlarda lingvistikaning roli masalasini maxsus tadqiq

qilgan J.O‘rozov: “Lingvokriminalistik ekspertizaning an’anaviy sud ekspertizasidan farqi shundaki,
nazariy tilshunoslik bilimlarini amalda tatbiq etish asosida matndagi so‘zdan tortib tinish
belgilarigacha, dalil matni xoh yozma, xoh og‘zaki bo‘lsin, tubdan, izchil tahlil qilinadi. Bu matn
muallifini aniqlashning eng yaqin taxminlarini berishga yo‘l ochadi. Bu kichik element bo‘lsa ham,
tilshunos ekspert uchun asos vazifasini bajaradi. Zotan, kichik elementlar tahlili jamiyatdagi
jabrdiyda insonlar taqdirini belgilashga asos bo‘lishi mumkin”(2)ligini yozadi. Shu ma’noda
korrupsiyaga oid bo‘lgan matnlarni tahlil qilish jarayonida kommunikativ vaziyat ishtirokchilarining
nutqlarini tahlil qilishda turli nutqiy vositalar: nutqni niqoblash, evfemizmlar, to‘xtamlardan
foydalanish, ishora qilish kabilarning har birini tahlil qilish orqali matn, dialogning asosiy mazmunini
aniqlash mumkin bo‘ladi.

Korrupsiyaviy matnlarni tahlil qilish jarayonida asosan quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

pora, korrupsiya, pora oluvchi, pora beruvchi, pora olish va berishda vositachilik, ishora-so‘zlar,
evfemizm va boshqalar.


background image

86

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

Har bir tadqiqot ishida, avvalo, obyektni tanlab olish muhim sanaladi. Korrupsiyaga oid bo‘lgan

matnlar tahlilida oluvchi, beruvchi hamda vositachilarning o‘zaro suhbatlari, ushbu suhbatlar
yozilgan audio, videofayllar, telefon orqali yozishmalar, pochta xabarlari imo-ishoralar obyekt
sifatida olinadi.

Keyingi bosqichda tanlab olingan yozishmalardagi ishtirokchilarning noqonuniy xatti-

harakatlarini, ma’lum xizmatlar evaziga nimadir talab qilishga oid ishora-so‘zlarni ajratib olish
hamda ular orqali so‘zlovchining maqsadini aniqlash lozim bo‘ladi. Bunda har bir so‘z, iboraning
ma’nosini lug‘atlar hamda asoslangan ilmiy tushunchalar orqali tahlil qilish ekspertga matn haqida
aniq va ishonarli xulosa berishi uchun yordam beradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, korrupsion matnlarni tahlil qilishni quyidagi bosqichlarga

bo‘lish mumkin:

1. Tahlil qilish uchun pora olish, berish yoki uni olish-berishda vositachilik alomatlari bo‘lgan

matnlar tanlab olinadi va korrupsion holatlarning vujudga kelishiga sabab aniqlanadi;

2. Pora olish va berishga undovchi so‘z va iboralar aniqlanib, semantik-stilistik tahlil qilinadi.

Bunda nutq ishtirokchilari nutqida qo‘llangan evfemizmlar, kodlashtirilgan so‘zlar, ishora-so‘zlar
aniqlanadi, har bir leksik birlikning matn tarkibidagi vazifasi aniqlanadi. Bir so‘z bilan aytganda,
korrupsion holatlarni yuzaga keltiruvchi til birliklari tahlil qilinadi;

3. Pora berishga, olishga majburlash, undash alomatlari:

qo‘rqitish, talab qilish kabilar

aniqlanadi.

Masalan:

X1: Nimalar qilayapsize nima qilayapsiz

X2: Aka anavu qiling chiqarib yuboring

X1: Aka Jinoyat kodeksining 210 moddasi pora olish pora berish 211-modda bo‘ladi men sizga

tushuntirib aytayapman

X2: Aka endi sizdiyam tirikchiligingiz bor maniyam aka. Manam yo‘lga yuraman aka

X1: Meni tirikchiligim yo‘q aka men sizga tushuntirayapman aka.

X2: Endi baribir choy poy ichasiz aka abet pabet ujin pujin deganday

X1: EE unday narsa yo‘q aka yey.

X2: Yordam qiling

X1: Jinoyat kodeksida men sizni ertalabdan beri ogohlantiryapman 211-modda bilan men sizni

ogohlantirdim aka pora bergan 211-modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi dedim. Agar men pora
olsam 210-modda bo‘ladi. Tushundingizmi

X2: Tushinib turibman

X1: Ertalabdan beri men sizga tushuntirayapman.

X2: Ha

X1: Aka kerak emas. E aka menga qarange hamma o‘zini ....... kerak emas aytimku ertalabdan

beri men sizga.

Keltirilgan matnda pora beruvchi hamda ikkinchi tomon o‘rtasidagi suhbat keltirilgan. Suhbat

mazmunidan pora olishga majburlash, undash maqsadida

anavu, tirikchilik, choy-poy, abet-pabet,

ujin-pujin, yordam qiling

leksik birliklari qo‘llanilgan. Ushbu qo‘llanilgan so‘zlarni korrupsiya

holatini yuzaga keltiruvchi bo‘lgan ishora-so‘zlar (signal-so‘zlar)deb aytish mumkin.

Korrupsion matnlarni tahlil qilishda kontekstga qarab tahlil qilish muhim hisoblanadi. Chunki

bir matndagi so‘z boshqa matnda butunlay o‘zga mazmunda qo‘llanilishi mumkin. Masalan

: -

Uyingizga mehmon jo‘natdim, kal amaki, yoshi 50 larda,

degan gapda

kal amaki so‘zi

Amerika

davlati pul birligi dollarni ifodalaydi. Yoshi 50 larda degan so‘z esa o‘sha amakining 50 dollarlik
yoki 50 dona ... ekanligini anglatadi. Korrupsiyaning jinoyat ekanligini bilgan har bir shaxs uni


background image

87

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

niqoblashga, aynan shu ma’nodagi so‘z o‘rnida boshqa bir so‘zlarni qo‘llash orqali o‘z qilmishlarini
berkitishga harakat qiladi.

Lingvist-ekspertlar esa, kontekst, so‘zlovchilarning maqsadini e’tiborga olgan holda leksik-

semantik, stilistik tahlil orqali aynan shu yashiringan so‘z va iboralarni topib, korrupsiya alomatlari
bor yoki yo‘q ekanligini aniqlaydi.

Korrupsion matnlarni tahlil qilish jarayonida asosan diskurs analiz, semantik-stilistik, leksik

tahlil metodlaridan foydalaniladi.

References:

1.

Soliyeva N.A. Ijtimoiy tarmoqlardagi manlar lingvistik ekspertizasi Filol. fan. b-cha fals.d-ri.

(PhD)… diss. – Qo‘qon, 2025. – 153 b.
2.

To‘rayeva D.A. O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda noadabiy unsurlarning hududiy

xoslanishi: Filol. fan. b-cha fals.d-ri. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2022. – 137 b.
3.

Najmitdinova N.Yu. O‘zbek tilida gi oo shaxsni obroosizlantirisho‘ mazmunli ifodalarning

lingvistik ekspertizasiFilol. fan. b-cha fals.d-ri. (PhD)… diss. – Qo‘qon, 2022. – 118 b.
4.

O‘rozov J.N. O‘zbek tilining lingvokriminalistik tadqiqi: Filol. fan. b-cha fals.d-ri. (PhD)…

diss. – Qo‘qon, 2022. – 137 b.
5.

Д. Л. Карпов, Д. Е. Пожилова. Анализ стратегии взяткодателя в подготовке экспертизы

по антикоррупционным делам