Авторы

  • M Isroilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.139057

Аннотация

Til elementlarining о‘ziga xos bо‘lmagan vazifa va ma’noda qо‘llanishi asosida transformatsiya erkin birikma yoki gapning tо‘g‘ri manosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no yuzaga keladi. Frazeologik birliklarni erkin birikmadan farqlovchi differensial mezon semantik transformatsiya va obrazlilikdir. Mazkur tadqiqot ishida frazemalarning maxsus turi hisoblangan komparativ frazemalar fransuz komparativ frazeologik birliklari semantikasi misolida fransuz milliymadaniy xususiyatlariga bo’gliq tarzda o’rganiladi.

background image

91

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

FRANSUZ TILI KOMPARATIV FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING

SEMANTIK TAHLILI

M.J. Isroilova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Xorijiy til va adabiyoti yuqori kurslar kafedrasi

katta o‘qituvchisi, f.f.f.d.(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.17627412

Annotatsiya:

Til elementlarining о‘ziga xos bо‘lmagan vazifa va ma’noda qо‘llanishi asosida

transformatsiya erkin birikma yoki gapning tо‘g‘ri manosidan kelib chiqmaydigan frazeologik ma’no
yuzaga keladi. Frazeologik birliklarni erkin birikmadan farqlovchi differensial mezon semantik
transformatsiya va obrazlilikdir. Mazkur tadqiqot ishida frazemalarning maxsus turi hisoblangan
komparativ frazemalar fransuz komparativ frazeologik birliklari semantikasi misolida fransuz milliy-
madaniy xususiyatlariga bo’gliq tarzda o’rganiladi.

Kalit so‘zlar:

frazeologiya, frazema, komparativ frazeologiya, simvolika/ramziylik,

aktualizatsiya, transformatsiya, okkazionallik, stilistik xususiyat, individual-avtor o’zgarishlar

Til elementlari majmui deb tushunilgan frazeologiyaga oid ilk nazariy qarashlar dastlab XIX

asrning oxirida umumiy tilshunoslikka oid asarlarda tilga olina boshlangan. Jumladan, nemis
tilshunosi German Paul so‘z birikmasi tarkibidagi leksemalarning ma’nosi butunlay boshqacha
bo‘lgan ma’no anglatuvchi muayyan turg‘un iboralarni, ingliz tilshunosi Genri Svit tuzilishi jihatidan
to‘g‘ri, ammo semantik jihatdan tartibsiz/noto‘g‘ri bо‘lgan idiomalarni, fransuz tilshunosi Mishel
Breal[1] qat’iyligi va semantik shaffofligi bilan ajralib turadigan sо‘z guruhlari ("formules",
"locutions", "groupes articulés"/"formules", "locutions", "groupes articulés ") mavjudligini
kо‘rsatadi. Ferdinand de Sossyur “Umumiy tilshunoslik kursi”da о‘zi “tayyor iboralar” deb ataydigan
frazeologik birliklarni ham e’tibordan chetda qoldirmadi. Yana bir fransuz tilshunosi Albert Seshe[2]
о‘z navbatida, birinchi holatda komponentlarning semantik о‘ziga xosligini yо‘qotishi, ikkinchi
holatda esa saqlanishi bilan ajralib turadigan ikki turdagi frazeologizmlar, sо‘z birikmalari va
qо‘shma sо‘zlar borasida tadqiqot olib bordi.

Frazeologiyaning fan sifatida shakllanishi fransuz-shvitsar tilshunosi Sh.Balli[1] nomi bilan

bog‘liq bo‘lib, u sо‘z birikmalari va frazeologik birliklarga ishora qilib: “Agar sо‘zlar guruhida har
bir grafik birlik о‘zining individual ma’nosining bir qismini yoki hech birini saqlab qolmasa, bu
elementlarning birikmasi yakka о‘zi juda aniq ma’noga ega bо‘lsa, bular qо‘shma iboralardir, bu -
biz frazeologiya termini ostida tushunadigan faktlarning barchasidir" deb aytib о‘tadi [1]. Uning
ishlarini davom ettirgan holda A.J.Greymas, E. Kosseriu, P. Giro[9], F. J. Osmann[10], Gaston
Gross[8], Alen Rey[12] kabi frazeologlar fransuz tili frazeologiyasi rivojiga о‘z hissalarini qо‘shgan
holda samarali tadqiqot olib bordilar.

Shu bilan birga, frazeologik birliklarning individual-avtor о‘zgartirishlarining psixolingvistik

jihatdan tadrijiy shakillanishi, badiiy matndagi frazeologik birliklarning semantik ifodasining о‘ziga
xos jihatlari, stilistik xususiyatlari, frazeologik ellipsis, ikkilamchi aktualizasiya, komponent tarkibini
almashtirish, frazeologik okkazionallik, zamonaviy fransuz matbuotida erkin va frazeologik
birliklarning struktur tahlili muammolari olimlar tomonidan batafsil o‘rganilgan.

Fransuz komparativ frazeologik birliklarini (KFB) semantik guruhlarga ajratishda ularning

obrazli motivatsion asosi, fransuz xalqi ongida milliy-madaniy jihatdan ramzga aylangan
xususiyatlarini inobatga olish muhim. Binobarin, bu tushuncha va predmetlar muayyan
vaziyatlarning unsurlari bilan o‘zaro bog‘lanib, ayrim hollarda muayyan assotsiatsiyalarni keltirib
chiqarishi tabiiy. Ular bir paytning o‘zida ham milliy ham baynalminal xarakterga ega bo‘lishi


background image

92

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

mumkin. Ko‘pgina fransuzcha otlar frazeologik birliklarning tarkibiy qismlari ushbu til ona tilisi
bo‘lgan so‘zlashuvchilari orasida juda barqaror assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi.

Belgi o‘z tabiatida bo‘lgan narsadan boshqa narsani ifodalovchi obyekt, tasvir, yozma so‘z yoki

tovush bo‘lishi mumkin. Ushbu yangi ma’no assotsiatsiya, o‘xshashlik yoki ijtimoiy muvofiqlik
orqali beriladi. Oddiyroq qilib aytganda, belgi muallif tomonidan taklif qilingan taqqoslash deyish
mumkin, ya’ni o‘quvchi uni dekodlashni bilishi bu o‘rinda muhim sanaladi. Masalan

: Le feu

- g‘ayrat,

ehtiroslar, sevgi, ruh, intuitiv bilimni,

le chêne

uzoq umr, salomatlik, mustahkamlik, mag‘rur

xarakterni,

la sphère

– mukammallikni,

l'eau

-poklanish, cho‘qinish, e’tiqod qilish,

moslashuvchanlikni,

le lion

-jasorat, kuch, go‘zallik, olijanoblikni, l'œil-ravshanlik, hushyorlik,

hamma narsani oldindan ko‘ra olishni, Xudoni,

chameau

– hushyorlikni,

tigre

– hasad, rashkni,

loup

– vahshiylik,

aigle

– aqlni ifodalash ramzi sifatida fransuz xalqi nutqida ishlatiladi.

O‘rganilayotgan aniq obyekt sifatlar majmui bilan belgilanadiganligi sababli u anglashning

ko‘plab yo‘llarini keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, ramziy tasvir bir nechta ma’noga ega bo'lishi
mumkin. Shu bilan birga, amalga oshirilgan va belgining ma’nosini aniqlashga imkon beruvchi
havola haqiqiy bo‘lishini va mantiqiy fikrlashga asoslanganligini ham ta’minlash kerak. Masalan:

vert(e)-

yashil rangi fransuzlarda ikkita bir-biriga qarama-qarshi ma’noda ishlatiladi. Birinchisi,

vert

belgisi yoshlikni ifodalashi mumkin. Ushbu ramziylikning kelib chiqishi bahor kurtaklari, yashillikka
burkanishga qiyoslash asosida kelib chiqqan deb hisoblanadi.

Vert

ning

zid ma’nosi, kasal odamni

ifodalash uchun ishlatiladi, chunki, ko‘ngil aynishi, kasal teri rangi ko‘pincha yashil rangda bo‘ladi
deb hisoblanadi.

Izlanish davomida hayvon nomlarining takroriy mavjudligi ramziy ahamiyatga ega. Ular

ifodasining har xil ekanligi hayvonlarning turli fazilatlarini hisobga olgan holda dekodlanishini
anglatadi. Misol uchun: le

chat

- bu mutlaqo erkin va mustaqillikka ega, u odamlarning hamrohi

bo‘lishi mumkin lekin hech qachon ularga tegishli emas. Kichkina jussaga ega bo‘lishiga qaramay, u
jonli va ta’sirchan hujum va mudofaa qobiliyatiga ega bo‘lgan hayvondir. Ushbu aniq tavsifdan ayni
belgining mumkin bo‘lgan ma’nolarini sanab o‘tish mumkin. Mushuk odamlarning erkin va mustaqil
ruhini va kundalik hayotdagi vaziyatlarga yoki hodisalarga moslashish qobiliyatini ramziylashtiradi:

agile comme un chat

. Mushuk vafotidan keyin qayta boshqa tanada yashash ramzi bo‘lishi mumkin:

avoir neuf vie comme le chat;

agar mushuk qora bo‘lsa, u salbiy belgini anglatishi mumkin:

regarder

comme un chat noir.

Komparativ frazeologiik birliklar etaloni sifatida ishlaydigan ramziy belgilar

mos ravishda ijobiy yoki salbiy assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi.

Shunday qilib, standartga aylangan ijobiy yoki salbiy baholashning yashirin vaziyati lisoniy

birlik semalarini vaziyatga ko‘ra ba’zan o‘zgartirgan holda, butun komparativ frazeologik birlikni
ijobiy yoki salbiy baholashiga turtki bo‘ladi. O‘xshatishni baholash, asosan, o‘xshatish etaloniga, u
qanday assotsiatsiyalarni ifodalashiga bog‘liq.

Quyidagi fransuz komparativ frazeologizmlarida nafaqat fransuz balki baynalminal ramziylikni

fodalovchi

“chien”

[1.Mammifère domestique dont de nombreuses races sont élevées ; spécialement

le mâle (opposé à chienne). 2.Se regarder en chiens de faïence avec hostilité]

bilan bog‘liq

assotsiatsiyalarning to‘liq ifodasini ko‘rib chiqamiz. Bizga ma’lumki

chien

-sadoqat, do‘stlik ramzi

hisoblanadi ammo fransuz komparativ frazemalarida bu belgining salbiy sifatlari ko‘proq aks
ettiriladi:

être malade/fatigué(e) comme un chien

- crever

comme un chien galeux, très malade

[ARSC :167];

comme un chien (péj.)

- .. que de chien [ARSC :168];


background image

93

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

Arriver/venir ..comme un chien

dans un jeu de quilles- très mal à propos, avec des mauvais

traitements [ARSC :169] ;

Avoir du crédit

comme un chien

à la boucherie- n’en avoir aucun [ARSC :169];

Las comme un chien

-qui ne se dit plus [ARSC :169];

crever comme un chien galeux

-implique une mort misérable où l’on est abandonné de

tous[ARSC :169] ;

s

’entendre, vivre, être comme chient et chat

-se disputer sans cesse[ARSC :169] ;

être comme le chien du jardinier-

être jaloux d’un bien qu’on ne désire pas soi-même ;

être comme un chien à l’attache

- être tenu à des oblegations continuelle(pour son travail, etc) ;

être fait comme un chien fou

- avoir l’air négligé, être mal accoutré ou mal peigné ;

etriller quelqu

un comme un chien

courtaud- le rosser ;

coiffé comme un chien fou-

être ébouriffé, une personne très laide ;

nager comme un chien de plomb

- très mal nager[12,ARSC :170] ;

tuer comme un chien

- sans pitié ;

..comme un chien mouillé

-en étant trempé ;

être malheureux comme un chien qui se noie-

un homme très malheureux ;

être

heureux comme le chien qui se casse le nez

- un homme très

malheureux(

une antiphrase)

[12, ARSC :170] ;

fidèle comme un chien-

dont l’attachement, le dévouement à quelqu’un restent constants, et

sur lesquels on est sûr de pouvoir compter.

Yuqorida berilgan

chien

-it komponentli 17 ta komparativ frazema kasallik, g‘am-qayg‘u,

baxtsizlikni, 1 ta frazema baxt ramzini ifodalaganligini ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash
lozimki, ma’lum millat ongida in’ikos etgan ramz bir paytning o‘zida bir-biriga zid ma’no ifodalashi
mumkin. Bunga sabab komparativ frazema tarkibidagi o‘xshatish predmeti tabiati, uning xususiyati
bilan bir qatorda sifat ham muhim rol o‘ynaydi. Sifat orqali solishtirishda ko‘p hollarda baholash
birinchi komponentga, og‘zaki o‘xshatishda esa ikkinchi komponentga bog‘liq bo‘lib, birinchi
komponentning sifatlovchisi sifatidagi ulushi ancha yuqori bo‘ladi.

Bundan tashqari, komparativ frazema tarkibida ishlatilgan ramziy belgining ma’nosiy

salbiydan ijobiyga o‘zgarishi frazema tarkibida ishlatilgan sifatga bog‘liq. Sifat salbiy baholi bo‘lsa
KFB tarkibidagi ijobiy baholi ramz salbiy vaziyatga nisbatan ishlatiladi. Sifat ma’no turlariga ko‘ra
frazeologik birlik tarkibida ijobiy yoki salbiy baholashning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Masalan : adjectifs de couleur :

blanc, noir, rouge, rose

; adjectifs désignant l’apparence de la forme

:

corpulent, étroit, courbé, plat

; adjectifs caractéristiques :

modeste, gai, avare, simple, gentil, gentil;

adjectifs de statut

: vieux, riche, chaleureux, calme, cool, ouvert, heureux

; adjectifs de mesure:

large,

étroit, long, proche, large, lourd

; adjectifs de goût:

aigre, amer, insipide

,

sucré

; adjectifs désignant

l’odeur:

piquant, parfumé, puant

; adjectifs de lieu et de temps:

soir, matin, automne, printemps

).

Bunday holatda hukmning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi til egasi vaziyati, millatning milliy-madaniy,
estetik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Quyida ba’zi sifatlar orqali salbiy yoki ijobiylikni
ifodalagan komparativ frazeologizmlarni ko‘rib chiqamiz.

Blanc, blanche

(adj.) - oq sifati fransuz tilida odatda tana rangi, yuzning qo‘rquv va kasallikdan

(salbiy) oqargan holatini ifodalaydi : [ARSC :76]

être blanc comme un linge /un drap

(so‘zma-so‘z

:choyshab kabi oqarib ketgan),

être blanc comme un linge, être blanc comme un drap(choyshabdek,

bo‘zdek oqarib ketgan)

yoki semantik ottenkasi kuchayishi bilan

être blanc comme un cadavre, être

blanc comme mort(jasad kabi oqarib ketmoq)

kabi tarkibida sifat mavjud bo‘lgan komparativ


background image

94

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

frazemalar salbiy bahoni,

blanc comme du laitier(sutdek oppoq bo‘lmoq)

esa ijobiy bahoni

ifodalaydi. Shu o‘rinda vaziyatga nisbatan ishlatiluvchi blanc sifati ishtirokidagi komparativ
frazemalarga ham e’tibor qaratsak. Ma’lum vaziyatga nisbatan ishlatiluvchi

blanc

li frazemalar

asosan ijobiy bahoni ifodalashi mumkin, bu yerda sifat emas tarkibidagi etalon asosiy vaziyatni
baholovchisi sifatida qaralishi lozim:

sortir blanc d’une affaire(ishdan oppoq b

o‘

lib chiqmoq, ishdan

silliq qutulmoq).

Droit

-to‘g‘ri, tik ma’nosi bilan inson tashqi ko‘rinishi va xarakteri-rostgo‘ylikni, ya’ni

ijobiylikni ifodalaydi : [ARSC :295 très droit, très rapide(en parlant d’une personne)]; Droit comme
un cierge(shamdek tik, to‘g‘ri), droit comme un échalas (ustundek tik, to‘g‘ri), droit comme un I (I
(harfi) kabi to‘g‘ri-kaltakdek to‘g‘ri), Droit comme un jonc (buloqdek haqiqatgo‘y, musaffo), comme
un sapin (archa kabi tik). Ammo antiteza orqali ifodalanishi, zid ma’no anglatish holatlarini ham
uchratish mumkin :[ ARSC : 295 tordu, déjeté-egri, qiyshiq] droit comme une faucille (ss : o‘roqdek
to‘g‘ri, aslida o‘roq qiyshiq shaklda bo‘ladi), droit comme la jambe d’un chien (it oyog‘i kabi to‘g‘ri).

Heureux, malheureux

-baxtli, baxtsiz sifati bilan : être malheureux comme un chien qui se noie

(cho‘kayotgan it kabi baxtsiz bo‘lish),

malheureux

-baxtsiz sifati orqali salbiy konnotativlikni[ARSC

:170- un homme très malheureux ] va être

heureux

comme le chien qui se casse le nez (burnini

sindirgan it kabi baxtli bo‘lmoq-aslida burni singan itning baxtli bo‘lishi notabiiy)- [ARSC :170- un
homme très malheureux ]

heureux

-baxtli ijobiy ma’noni ifodalovchi sifati orqali salbiy

konnotativlikni ifodalash hollari mavjud.

Demak, komparativ frazeologik birliklar tarkibidagi sifat baholashi har doim ham sifat bilan

ifodalangan asosga bog‘liq emas. Antifraza asosida qurilgan komparativ frazeologizmlar bunga
yaqqol dalil bo‘la oladi. Bunday iboralardagi standart asosga zid keladi, uni inkor etadi va frazeologik
birlikka mutlaqo teskari ma’noni beradi, ya’ni sifat ijobiy baho beradi va taqqoslash obyekti uni
salbiy bahoga o‘zgartiradi. Bunday frazeologizmni baholashning mohiyatini faqat uning barcha
tarkibiy qismlarini tahlil qilish asosida tushunish mumkin. Shuningdek, komparativ frazeologizmlar
insoniy fazilatlar va shaxslararo munosabatlarni ifoda etuvchi vaziyatni mifologik KFB lar asosida
ifodalashi bilan bir qatorda, inson yashaydigan atrof-muhitni ham tavsiflaydi. Bunday qiyoslashlarni
belgi va ma’no nuqtayi nazaridan rang-barang namoyon bo‘lishining intensivligini tavsiflovchi

(comme le pot au noir

- zone océanique peu appréciée des marins en raison des conditions

météorologiques qui y règnent ; situation à risque ; une situation instable et dangereuse) hayvon,
osimlik dunyosini tavsiflovchi (

dur comme de la pierre, dur comme fer

) kichik guruhlari mavjudligini

ta’kidlash joiz.

Yuqoridagi tahlillarga ko‘ra, tadqiqot davomida topilgan fransuz komparativ frazeologik

birliklar tarkibida

hayvon, o‘simlik dunyosi, rang va mifologik

ramzlar takrori ko‘zga yaqqol

tashlandi.

References:

1.

BALLY, Charles (1951) Traité de Stylistique française. Paris, 3e éd. Librairie Klincksieck. p.

65-66.
2.

Sechehaye A., « Les deux types de la phrase », Genève. 1920. p. 315-322. ; Sechehaye, A. 1921

: « Locutions et composés »,

Journal de psychologie normale et pathologique

18 : 654-675.

3.

Sweet H. New English Grammar. Logical and Historical / H. Sweet. – London: Oxford

University Press, 1930. – 499 p.
4.

Cazelles N., « Les comparaisons du français » P. : Belin, 1996. – 336 p. ;


background image

95

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

5.

Coseriu, E. Les procédés sémantiques dans la formation des. Cahiers Ferdinand de Saussure.

1982. P.1–17
6.

Greimas A.J. Idiotismes, proverbes, dictons. Cahiers de lexicologies. – 1960. Vol. II. P. 41-61.

7.

Gross G., « Les expressions figées en français : noms composés et autres locutions », P. :

OPHRYS, 1996. – 161 p.
8.

Guiraud P. Les locutions françaises. Presses universitaires de France, P. : 1962. – 232 p.

9.

Hausmann F.J. La langue de la presse. Histoire de la langue française 1945-2000. Sous la

direction de Gérald Antoine et Bernard Cerquiglini. – P. : CNPS EDITION, 2000 – p.199-210
10.

Les expressions idiomatiques. Communication et language. №58, 1983. p. 38-48.

11.

Musayev Q., Tarjima nazariyasi asoslari. Darslik.T. : 2005.-352

12.

Rey A., Chantreau S, « Dictionnaire des expressions et locutions”. P. : Le Robert, 2007. –

896 p.
13.

Г. Пауль. Принципы истории языка. М., 1960.

14.

Маматов А.Э. Очерки по французской фразеологической стильистике –Т.: Ўқитувчи,

1989. – 118 с.; Потоская Н.П. Стильистика современного французского язика: Учеб. пособие
// Н.П.ПотоскаЙ. – М.: Вис. школа, 1974. – 246 с.