100
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
TURIZM TERMINLARINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA
IFODALANISHINING QIYOSIY TAHLILI
Qaraboeva Nargiza
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Filologiya fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi
Magistratura 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17627455
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘llaniladigan turizm
terminlarining leksik-semantik xususiyatlari hamda ularning tarjimaviy muammolari yoritilgan.
Muallif tomonidan ikki tildagi turizmga oid atamalarning qiyosiy tahlili amalga oshirilib,
terminlarning kelib chiqishi, ma’no o‘zgarishi va qo‘llanilish doirasi tahlil qilingan. Tadqiqot
natijalari ingliz tili terminlarining qisqaligi va standartligi, o‘zbek tilida esa milliy xususiyat va
tavsifiy tarjimalar ustun ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada turizm sohasidagi terminologiyani tarjima
amaliyotida to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha xulosalar va tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
turizm terminlari, tarjima, qiyosiy tahlil, ingliz tili, o‘zbek tili, leksik semantika,
terminologiya.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье освещаются лексико-семантические особенности
туристических терминов, используемых в английском и узбекском языках, а также связанные
с ними переводческие проблемы. Автором проведён сравнительный анализ терминов,
касающихся сферы туризма в обоих языках, рассмотрены их происхождение, изменение
значений и сферы употребления. Результаты исследования показывают, что туристические
термины в английском языке отличаются краткостью и стандартизированностью, тогда как в
узбекском языке преобладают национальная специфика и описательный перевод. В статье
приведены выводы и рекомендации по правильному использованию туристической
терминологии в переводческой практике.
Ключевые слова:
туристические термины, перевод, сравнительный анализ, английский
язык, узбекский язык, лексическая семантика, терминология.
ANNOTATION:
This article highlights the lexical and semantic features of tourism-related
terms used in English and Uzbek, as well as the translation challenges associated with them. The
author conducts a comparative analysis of tourism terminology in both languages, examining the
origin, semantic shifts, and usage scope of the terms. The findings of the study indicate that English
tourism terms are generally concise and standardized, whereas Uzbek terms tend to reflect national
characteristics and are more descriptive in translation. The article provides conclusions and
recommendations for the proper use of tourism terminology in translation practice.
Keywords:
tourism terms, translation, comparative analysis, English language, Uzbek
language, lexical semantics, terminology.
KIRISH
Bugungi globallashuv jarayonida turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanishning, balki madaniy
aloqalarning ham muhim omili sifatida qaralmoqda. Turizm sohasi xalqaro hamkorlik, muloqot va
madaniyatlararo integratsiyani ta’minlovchi eng faol sohalardan biridir. Ayniqsa ingliz tili bugungi
kunda xalqaro turizmning asosiy kommunikativ vositasi sifatida tan olingan. Shu bois ingliz tilidagi
terminologiya butun dunyo turizm tizimida asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.Tilshunoslikda
“termin” tushunchasi ilmiy-texnik, ijtimoiy yoki madaniy sohalarga oid aniq ma’noli so‘z yoki
birikma sifatida izohlanadi.Shu nuqtai nazardan, turizm terminlari ham o‘ziga xos semantik va
lingvistik tuzilishga ega bo‘lib, ularning har birida soha mazmuni, xizmat ko‘rsatish jarayoni yoki
madaniy tushunchalar mujassamdir.Turizm atamalari, asosan, ingliz tilidan boshqa tillarga, jumladan
101
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
o‘zbek tiliga ham faol tarzda o‘zlashtirilmoqda. Bunga sabab turizmning jadal rivojlanishi, xorijiy
sayohatlar sonining ortishi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining kengayishidir. O‘zbek tilida bu
terminlarning aksariyati bevosita transliteratsiya yoki kalkalash yo‘li bilan kirib kelgan: tour
operator-turoperator, travel agency-sayohat agentligi, booking system – band qilish tizimi, check-in
– ro‘yxatdan o‘tish va hakoza [3].
Mazkur tadqiqot ingliz va o‘zbek tillaridagi turizm terminlarining qiyosiy tahliliga, ularning
semantik o‘ziga xosliklariga, tarjima jarayonidagi muammolar va madaniy moslashuv masalalariga
bag‘ishlangan.Turizm terminlari asosan ingliz tilidan kirib kelgani sababli ular xalqaro standartlar
asosida shakllangan. Masalan, tour, guide, transfer, hotel, reception kabi atamalar deyarli barcha
tillarda bir xil talaffuzda uchraydi. Bu holat ingliz tilining global lingua franca sifatidagi mavqeini
mustahkamlaydi. O‘zbek tilida esa turizmga oid terminlar ikki yo‘l bilan shakllangan. Bevosita
o‘zlashtirish yo‘li bilan: “turoperator”, “xostel”, “onlayn bron qilish” kabi. Tavsifiy tarjima orqali:
“sayohat agentligi”, “esdalik do‘koni”, “barqaror turizm” kabi. Taniqli olima Buxarova
ta’kidlashicha, o‘zbek tilida tavsifiy tarjima milliy madaniyat va tushunchalarning to‘liq ifodasini
ta’minlaydi. Shu sababli turizm terminlari faqat so‘zma-so‘z emas, balki kontekstual tarzda tarjima
qilinishi zarur.
Turizm terminlari, odatda, xizmat turi, yo‘nalish yoki tajriba turini bildiradi. Ingliz tilida bu
terminlar qisqa va aniq bo‘lsa, o‘zbek tilida mazmun kengaytirilib beriladi. Masalan, eco-tourism
atamasi o‘zbek tilida “ekoturizm” deb tarjima qilinadi, lekin bu atama aslida “tabiat resurslarini asrab,
ekologik javobgarlik asosida amalga oshiriladigan turizm turi” ma’nosini anglatadi. Tarjima
jarayonida turli usullar qo‘llaniladi: Transliteratsiya: “transfer”, “hostel”, “resort” talaffuzga
moslashadi. Kalkalash: “smart tourism” “aqlli turizm”, “sustainable tourism” “barqaror turizm”.
Adaptatsiya: “souvenir shop”, “esdalik do‘koni”, “package tour”, “tur paket”. Newmarkning fikricha,
terminlarni tarjima qilishda ma’noni to‘g‘ri uzatish bilan bir qatorda madaniy muvofiqlik ham muhim
ahamиятga ega. Shu sababli o‘zbek tilida “check-in” so‘zini “ro‘yxatdan o‘tish” deb tarjima qilish,
uni milliy tildagi xizmat jarayoni bilan uyg‘unlashtiradi [6].
Turizm terminlari ko‘pincha murakkab so‘z yoki birikma shaklida bo‘ladi: tour guide, travel
agency, booking confirmation. O‘zbek tilida bu birliklar ko‘p hollarda ikki yoki uch so‘zdan iborat
bo‘lgan tavsifiy iboralar orqali ifodalanadi: sayohat agentligi, bron tasdiqlash xati. Bu esa o‘zbek
tilining sintaktik imkoniyatlari kengligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, o‘zbek tilida terminlarning
fonetik moslashuvi ham muhim. Masalan,
hostel
so‘zi “xostel”,
resort
esa “rezort” yoki “dam olish
maskani” sifatida ishlatiladi. Bu holat leksik moslashuvning tabiiy jarayonini ko‘rsatadi. Madaniy va
kontekstual jihatlar.
Turizm tilining eng nozik jihatlaridan biri - uning madaniy yuklamasidir. Har bir atama ma’lum
bir xalqning madaniy qadriyatlari bilan bog‘liq. Masalan, inglizcha heritage site so‘zi o‘zbek tilida
“meros obyekti” deb tarjima qilinsa-da, bu so‘z xalqning tarixiy va ma’naviy boyligini anglatuvchi
chuqur madaniy ma’noga ega.
1
Baker qayd etganidek, madaniy farqlar tarjimada semantik siljishlarga
sabab bo‘ladi. Shu bois tarjimon har bir atamaning fon ma’nosini to‘liq anglash va uni mos tilda
ifodalash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar turizm tilini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Online
booking, virtual tour, digital tourism kabi terminlar axborot texnologiyalarining turizm sohasiga kirib
kelganini ko‘rsatadi. O‘zbek tilida bu atamalar “onlayn bron qilish”, “virtual sayohat”, “raqamli
turizm” kabi shakllarda ifodalanmoqda.Shuningdek, barqaror turizm sustainable tourism va aqlli
102
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
turizm smart tourism kabi atamalar ham ekologik va innovatsion yondashuvni ifodalaydi. Bu yangi
terminlar o‘zbek tiliga ham muvaffaqiyatli integratsiyalashmoqda [2].
XULOSA
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, turizm terminologiyasi ingliz va o‘zbek tillarida o‘ziga
xos leksik, semantik va madaniy xususiyatlarga ega. Ingliz tilidagi terminlar qisqa, standart va
xalqaro xarakterga ega bo‘lsa, o‘zbek tilida ular tavsifiy va milliy mazmunga ega shaklda ifodalanadi.
Newmark aytganidek, tarjima jarayonida atamaning ma’nosini emas, balki uning kontekstual va
madaniy yuklamasini ham hisobga olish lozim. Shu orqali tarjima jarayoni nafaqat lingvistik, balki
madaniy almashinuv vositasiga aylanadi. Kelgusida turizm sohasida professional tarjimonlar
tayyorlash, atamalarni yagona standart asosida tizimlashtirish Va ularni ilmiy tadqiq etish muhim
ahamiyat kasb etadi. [6] Bu nafaqat turizm sohasi rivojiga, balki o‘zbek tilining xalqaro miqyosda
boyishiga ham xizmat qiladi. Bugungi globallashuv davrida turizm nafaqat iqtisodiyotning balki
tilshunoslikning ham faol rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Turizm sohasi kengaygani
sari unga oid yangi terminlar, iboralar va tushunchalar ham vujudga kelmoqda. Ayniqsa ingliz tili
xalqaro muloqot tili sifatida turizm atamalarining shakllanishida asosiy manba vazifasini bajarmoqda
[7]. Shu bois ingliz va o‘zbek tillaridagi turizm terminlarini qiyosiy o‘rganish ularning semantik,
strukturaviy
va
madaniy
xususiyatlarini
aniqlashda
muhim
ahamiyat
kasb
etadi.
Tilshunos olimlarning ta’kidlashicha, har qanday termin tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish bosqichini aks ettiradi. Shu nuqtai nazardan, o‘zbek tilidagi turizm terminlari milliy
mentalitet, tarixiy meros va madaniyatni o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, ingliz tilidagi atamalar asosan
xalqaro standartlarga tayangan holdashakllangan.
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi turizm terminlarining leksik-semantik
xususiyatlari, ularning tarjimaviy muammolari, shuningdek, kalkalash va adaptatsiya jarayonlari
tahlil qilinadi.
References:
1.
Buharova M. Barqaror turizm va uning lingvistik xususiyatlari. Til va Adabiyot, 2022.
2.
Islomov A. Aqlli turizm: Zamonaviy tendensiyalar. Jahon Tilshunosligi Jurnali, 2023.
3.
Xojaqulov, N. Turizm leksikasi va uning tarjimasi. Toshkent, 2021.
4.
Cambridge Dictionary of Tourism. Cambridge University Press, 2020.
5.
Karimov U. English for Tourism Students. Tashkent, 2019.
6.
Newmark P. A Textbook of Translation. - Prentice Hall, 1988.
7.
Hatim B., & Mason I. Discourse and the Translator. Longman,1990.
8.
Göpferich S. Translation as a Process and a Product. Narr Verlag, 2009.
9.
Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. Routledge, 2018.
10.
Catford J. C.A.Linguistic Theory of Translation. Oxford University Press, 1965.
