Авторы

  • Maxfuza Xidirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.139061

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilidagi yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik motivatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda zoonimlarning semantik, morfologik va etimologik xususiyatlari o‘rganilib, ularning shakllanishida xalq og‘zaki ijodi, madaniy qadriyatlar hamda metaforik tafakkurning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, yirtqich hayvon nomlarining ingliz va o‘zbek tillaridagi motivatsion farqlari qiyosiy tahlil asosida ko‘rsatilib, leksik birliklarning milliy-madaniy mazmuni aniqlangan. Maqolada hayvon nomlarini yaratishda semantik model, struktur qolip va nominatsion mexanizmlarning o‘zaro aloqadorligi ilmiy asosda bayon etilgan

background image

108

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

INGLIZ TILIDA YIRTQICH HAYVONLAR NOMLARINING LINGVISTIK

MOTIVATSIYASI VA NOMINATSIYA ASOSLARI TAHLILI

Xidirova Maxfuza Amirkulovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

m.xidirova@dtpi.uz

tel:+998975538968

https://doi.org/10.5281/zenodo.17627486

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ingliz tilidagi yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik

motivatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda zoonimlarning semantik, morfologik va etimologik
xususiyatlari o‘rganilib, ularning shakllanishida xalq og‘zaki ijodi, madaniy qadriyatlar hamda
metaforik tafakkurning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, yirtqich hayvon nomlarining ingliz va o‘zbek
tillaridagi motivatsion farqlari qiyosiy tahlil asosida ko‘rsatilib, leksik birliklarning milliy-madaniy
mazmuni aniqlangan. Maqolada hayvon nomlarini yaratishda semantik model, struktur qolip va
nominatsion mexanizmlarning o‘zaro aloqadorligi ilmiy asosda bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

zoonim, lingvistik motivatsiya, nominatsiya, semantika, yirtqich hayvon,

metafora, etimologiya, qiyosiy tahlil, madaniy konnotatsiya.

Kirish.

Til nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkurining borliqni anglash va tartibga

solishdagi asosiy qurolidir. Bu jarayonning markazida nominatsiya hodisasi turadi. Nominatsiya –
olamdagi predmet, hodisa va mavjudotlarga nom berish orqali ularni lingvistik tizimga kiritishning
murakkab va ko‘p qirrali jarayonidir. U shunchaki atashdan iborat bo‘lmay, o‘zida anglash, tushunish
va ma’lum bir belgilarni tanlab olishni mujassam etadi. Biroq, nom berish hech qachon tasodifiy yoki
o‘z-o‘zidan yuz bermaydi. Har bir nom ortida muayyan bir motivatsiya – nomlash uchun turtki
bo‘lgan asos, sabab yoki belgi yotadi. Motivatsiyaning asosiy vazifasi – nom va u ifodalayotgan
tushuncha o‘rtasida mantiqiy va ma’noviy aloqadorlikni o‘rnatishdir. U nomning “ichki shaklini”
yaratadi va nima uchun aynan shu nom tanlanganini izohlaydi. Shu bois, motivatsiya nominatsiya
jarayonining ajralmas qismi va uning poydevori hisoblanadi; u nom berishdan avval paydo bo‘lib,
qaysi belgini tanlash va uni tilda qanday ifodalash kerakligini belgilab beradi. Ushbu lingvistik
hodisa, ayniqsa, yirtqich hayvonlar nomlarini o‘rganishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki
yirtqichlar inson ongi uchun shunchaki fauna vakillari emas, balki kuch, xavf, omon qolish uchun
kurash, mahorat va o‘ziga xos yashash tarzining yorqin timsolidir. Aynan mana shu xususiyatlar
ularga nom berishda kuchli motivatsion belgi bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu maqolaning maqsadi –
yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik tahlili orqali ularning nominatsiya asoslarini aniqlash va
nomlar zamiridagi motivatsion belgilarni tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda yirtqichning tashqi
ko‘rinishi, hatti-harakati, yashash muhiti va oziqlanishi kabi omillar nom tanlashda qanday o‘rin
tutgani ko‘rib chiqiladi.

Tilshunos olim M.M. Ginatulin motivologiyaga aniqroq ta’rif berib, uni leksikologiyaning bir

qismi deb hisoblaydi.[2] Unga ko‘ra, motivologiya narsalarga nom berishda so‘zlar o‘rtasidagi
aloqadorlikni hamda tilning muayyan rivojlanish bosqichida so‘zlarning motivlanganlik holati va
darajasini o‘rganadi. “Nominatsiya” tushunchasi tilning maʼnodor birliklarining hosil boʻlishi va
qanday atalishi haqidagi tilshunoslik nazariyasi va metodlari bilan chambarchas bogʻliqdir.
Nominatsiya oddiygina biror jonzotni koʻrsatish yoki atash jarayoni emas, balki biryoʻla uni
tushunish, bilish va kommunikatsiyada qoʻllash jarayonlaridir. Shu tufayli nom qoʻyishning
strukturasi kishining ongida his etilgan material – borliqning tilda ifoda etilgan shaklini aks ettiradi.
Masalan,

Yaguar (Jaguar)

Janubiy Amerikaning tub aholisi tilidan olingan boʻlib, “oʻz oʻljasini bir

sakrashda oʻldiradigan yirtqich” degan maʼnoni anglatadi. Uning oʻrtacha vazni 100 kg gacha yetadi
va kuchli jagʻlari bilan hatto toshbaqa kosasini ham sindira oladi. Oʻljasini mahorat va shiddat bilan


background image

109

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

ovlagani sababli hayvon aynan shunday deya nom olgan. Mazkur yirtqichning nom olishi uning hatti-
harakati va ov qilish uslubi asosida paydo boʻlgan. Fikrimizcha, nominatsiya – predmet yoki hodisaga
shunchaki nom qoʻyish emas, balki oʻsha predmet, hodisani anglash, tushunish, uni his qilish, bilish
jarayonidir. Inson biror-bir yirtqichga nom berishdan oldin u haqda tasavvurga, tushunchaga va
maʼlumotga ega boʻladi, ana shu tushuncha va maʼlumotlarni jamlab, oʻsha jonzotga nom qoʻyadi.
Jarayon sifatidagi nominatsiya oʻta murakkab hodisa boʻlib, u nomlash asoslaridan tortib uni tilda
ifodalashgacha boʻlgan barcha jihatlarni oʻz ichiga oladi. Nominatsiya asosi, nominatsiya yoʻli,
nominatsiya vositalari kabi tushunchalar nominatsiya nazariyasidagi muhim tushunchalardir.
Nominatsiya asosi – motivlovchi belgilarni soʻzlovchilar tomonidan umumlashtirish asosida
shakllantiriladigan va yangi nomlar uchun tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qiladigan qoida. Masalan,
yirtqichning tashqi koʻrinishi, yashash joyi yoki ov qilish usuli unga nom berish uchun asos boʻlishi
mumkin. Nominatsiya yoʻli motivlovchi belgidan iborat boʻlgan nominatsiya asosini amalga
oshirishdir. Motivlovchi belgi bevosita, yaʼni uni anglatadigan soʻzning asosi orqali ifodalanishi
mumkin (masalan,

Fishing Cat

– “baliqchi mushuk”, uning asosiy harakatidan olingan). Ikkinchi

usulda esa motivlovchi belgi boshqa, mavjud soʻz vositasida, oʻxshatish yoʻli bilan ifodalanadi
(masalan,

Sea Lion

– “dengiz arsloni”, uning erkagining boʻynidagi yunglari va oʻkirishi arslonga

oʻxshatilgani uchun shunday nomlangan).

Nominatsiya vositalarini hisobga olib, S. S. Maslova-Lashanskayaning [5] fikriga tayangan

holda yirtqichlar nomlanishida asosan quyidagi usulni koʻrishimiz mumkin: Mavjud leksik birliklar
yordamida nomlash usuli: Honey Badger (asalxo‘r bo‘rsiq), Snow Leopard (qor qoploni), Black-
footed Cat (qora oyoqli mushuk), Polar Bear (oq ayiq). Oʻzbek tilida ham shunga oʻxshash nomlar
mavjud.

Nominatsiyalar faqat leksik vositalar bilan amalga oshirilmay, balki metaforalar yordamida

ham yuzaga keladi. Masalan, Wolf (Boʻri) – “yirtqich hayvon”, lekin odamlar orasida “yolg‘iz,
mustaqil va ba’zan xavfli odam” ma’nosida ham qoʻllaniladi. Ingliz tilida yirtqichlar asosan quyidagi
nominatsion belgilar asosida nomlanadi:(a) Yashash joyiga koʻra: Bu nomlar yirtqichning
moslashgan muhitini va omon qolish strategiyasini koʻrsatadi. Masalan: Snow Leopard (qorli
togʻlarda yashaydi), Arctic Fox (Arktika sovuqlarida yashaydi), River Otter (daryo qunduzi),
Mountain Lion (togʻ arsloni), Sand Cat (qum mushugi); (b) Oziqlanishiga koʻra: Bu nomlar
hayvonning asosiy ozuqa manbasini va ovchilik motivatsiyasini bildiradi. Masalan: Honey Badger
(asal va hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi), Fishing Cat (asosan baliq ovlaydi); (c) Rangi
(kamuflyaj uchun muhim belgi): Polar Bear (qorda yashirinish uchun oq rangda), Black Bear (qora
ayiq), Red Fox (qizil tulki), Brown Bear (qoʻngʻir ayiq), Gray Fox (kulrang tulki); (d) Tashqi
koʻrinishi va shakliga koʻra: Bu nomlar hayvonning oʻziga xos jismoniy xususiyatlarini aks ettiradi.
Masalan: Spotted Hyena (xoldor hyena), Striped Hyena (yoʻl-yoʻl hyena), Clouded Leopard (dogʻlari
bulutga oʻxshash qoplon), Maned Wolf (boʻynida yoli bor boʻri), Spectacled Bear (koʻz atrofidagi
dogʻlari koʻzoynakni eslatuvchi ayiq). (e) Hatti-harakatiga koʻra: Jaguar (“bir sakrashda
oʻldiruvchi”), Wolverine (“ochofat”, “yebtoʻymas”), Sloth Bear (“yalqov ayiq”, sekin harakati
tufayli).

Motivatsiya predmetlarga nom berilayotganda ularning belgisini ifodalaydi. Nominatsiya va

motivatsiya bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, motivatsiya nominatsiyadan oldin paydo
boʻladi, ya’ni nom berishga turtki boʻladi. Nominatsiya va motivatsiya jarayonida ishtirok etuvchi
“nominatsion triada” – nominatsiya asosi, nominatsiya yoʻli va nominatsiya vositalari soʻzning ichki
shaklida oʻz ifodasini topadi. Masalan, “Honey Badger” (Asalxoʻr boʻrsiq) soʻzining ichki shaklida
quyidagilar oʻz aksini topgan: a) Nominatsiya prinsipi – ifodalanayotgan jonzotning oziqlanishiga


background image

110

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)

ISSN: 2181-2020

LPTIENP

International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025

in-academy.uz/index.php/ejar

koʻra; bevosita nominatsiya usuli. b) Nominatsiya vositalari – motivlovchi baza “honey” (asal) va
“badger” (boʻrsiq) soʻzlarining birikmasi. d) Soʻzning motivatsion munosabatlari – leksik
motivatsiya: bu boʻrsiq asalni topish va yeyishga kuchli intiladi. Boshqa bir misol, “Wolverine”
soʻzining ichki shaklida quyidagilar mujassam: a) Nominatsiya asosi – yirtqichning xarakteri va hatti-
harakatiga koʻra (ochofatligi, tajovuzkorligi). b) Soʻzning motivatsion munosabatlari – uning nomi
qadimgi german tillarida “ochkoʻz”, “yebtoʻymas” maʼnolarini anglatgan soʻzlardan kelib chiqqan.
Bu uning tinimsiz ozuqa izlashi va oʻzidan ancha yirik hayvonlarga ham hujum qilish motivatsiyasini
aks ettiradi. Shunday qilib, soʻz yasovchi nominatsiya jarayonida yirtqich hayvonlarni nomlashda
ularning omon qolish uchun eng muhim boʻlgan xususiyatlari – yashash muhiti, tashqi koʻrinishi,
oziqlanishi va hatti-harakatlari asos qilib olingan. Bu esa har bir nom zamirida chuqur motivatsion
belgi yotganini koʻrsatadi.

Xulosa.

Yirtqich hayvonlar nomlarining lingvistik tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu nomlar

shunchaki tasodifiy yorliqlar emas, balki har bir jonzotning omon qolish strategiyasi, xulq-atvori va
yashash tarzi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan chuqur motivlangan lingvistik birliklardir. Nom berish,
ya’ni nominatsiya jarayoni, doimo ma’lum bir motivatsiya – nomlash uchun turtki bo‘lgan asosiy
belgiga tayanadi. Demak, yirtqichlarga nom berish jarayoni inson tafakkurining tabiat hodisalarini
qanday anglashini ko‘rsatadi. Inson ongi yirtqichga nom berishda uning rangini, yashash joyini yoki
shaklini uning yirtqichlik mohiyati, ya’ni omon qolish uchun kurashi bilan bog‘liq holda idrok etgan.
Xulosa qilib aytganda, yirtqichlar olamidagi har bir nom – bu shunchaki so‘z emas, balki tabiatning
murakkab qonuniyatlari, moslashuv va omon qolish uchun kurashning tilda aks etgan ixcham va
ma’nodor ifodasidir.

References:

1.

Виноградов В.В. Русский язык (Грамматическое учение о слове). – Москва: Высшая

школа, 1986. – С. 718
2.

Гинатулин, М. М. К исследованию мотивации лексических единиц: На материале

наименований птиц: Автореф. дис. ... канд. филол. наук. — Алма-Ата, 1973. — 26 с.
3.

Головин Б. Н. Язык и статистика. – М.: Просвещение, 1971. – 192 с.

4.

Голев Н.Д. Динамический аспект лексической мотивации. – Томск: Изд-во Том. ун-та,

1989. – 252 с.
5.

Маслова-Лашанская С.С. Лексикология шведского языка. – Л.: Изд-во ЛГУ, 1973. – 208

с.

6.

Сотникова (Гарганеева) К.В. Вторичная номинация и ее виды // Языковая номинация:

Виды наименований. – М.: Наука, 1977. – С. 190–221.
7.

Quirk R., Greenbaum S., Leech G., Svartvik J. A Comprehensive Grammar of the English

Language. – London: Longman, 1985. – P. 1779.
8.

Yule G.U. The Statistical Study of Literary Vocabulary. – Cambridge, 1944. – P. 306.