163
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
MUHOJIRLIK VA GERMANIYADA KO‘P TILLILIK MASALASI
N.M.Merganova
P.f.f.d., (PhD) dotsent Farg’ona davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.17627816
Annotatsiya:
Ushbu maqolada muhojirlikning nemis tiliga ta’siri, turk tilining nemis tiliga
aralashuvi va yoshlar tilidagi uslubiy va grammatik xatoliklar to’g’risida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
ijtimoiy-lingvistik hodisa, milliy-madaniy o’zgarishlar, til hodisasi, fenomen,
tillar aralashuvi, emotsionallik, expressivlik.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Germaniya koʻp millatli jamiyatga aylandi. Migratsiya
jarayonlari nafaqat demografik tarkibni, balki til muhitini ham sezilarli darajada oʻzgartirdi. Ayniqsa,
turk diasporasi mamlakatdagi eng katta migrant guruhlaridan biri sifatida nemis tiliga va yoshlar
madaniyatiga muayyan taʼsir koʻrsatdi. Shu bilan birga, bu taʼsir anʼanaviy til oʻzlashtirish
jarayonlaridan farq qiladi - u koʻproq sotsiolingvistik va milliylik jihatidan namoyon boʻladi.
Chet tildan oz’lashgan so’zlardan va migrantlar tilidan foydalanish Germaniyaning ommaviy
axborot vositalari hamda kundalik muloqotda ham kengayib bormoqda. Biroq, tadqiqotlar shuni
koʻrsatadiki, nemis tili lugʻaviy zaxirasiga migrant tillaridan leksik elementlarning kirib borishi juda
kam [1]. Bu holat tilshunoslikda prestige borrowing - yaʼni “nufuzli tildan soʻz oʻzlashtirish”
fenomeni bilan izohlanadi [2]. Shu maʼnoda, nemis tiliga koʻproq iqtisodiy va madaniy jihatdan
yuqori baholangan tillardan ingliz yoki fransuz tilidagi soʻzlar oz’lashtiriladi. Turk, arab yoki boshqa
migrant tillari esa jamiyatda past ijtimoiy qadrga ega boʻlgani sababli, ularning taʼsiri asosan tili
sohalarida namoyon boʻladi.
1990-yillarda Germaniyadagi turk-nemis yoshlari orasida “Kanakisch” deb atalgan yangi nutq
uslubi shakllandi. Ushbu yangi nutq uslubini turk yozuvchisi Faridun Zaim o’g’li 1995-yili o’z
asarida keltirib o’tadi [3]. “Kanak” so’zi turk tilida “qo’noq” ya’ni “uy” ma’nosini anglatib, adabiy
tilga mos kelmagan so’z hisoblanadi. Turk muhojirlari nemis tiliga o’z so’zlarini va shevalarini
qo’shib so’zlashish milliylik va o’zlikni namoyon qilish belgisi sifatida ko’radi va nemis tiliga yangi
nutq uslubini olib kiradi. Bu til shakli grammatik xatolar, nemis tilining ogʻzaki shakllari va turk
tilining soʻz tuzilishi elementlarini birlashtiradi.
Masalan:
„Isch geh Kino, wallah!“
(“Men kinoga ketyapman, qasam!”)
Bu gapda nemis tilining “
Ich gehe ins Kino
” shakli fonetik jihatdan soddalashtirilgan, “
wallah
”
soʻzi esa arab tilidagi ifoda boʻlib, emotsionallik va ekspressivlik vazifasini bajaradi.
Bruder Tarik, du hast was gesagt?(“Tarik og’a, siz bir narsa dedingizmi?”)
Quyidagi misolda,
“Bruder
” so’zini so’zlovchi turk tilidan kelib chiqib ishlatadi. Nemis tilida
“Bruder”
so’zi faqat oiladagi farzandlarga nisbatan ishlatiladi, agar yaqin do’stiga murojaat qilinsa
“
Kumpel”
yoki “
Freund”
so’zlari qo’llaniladi.
Ushbu yangi nutq uslubi nafaqat til, balki ijtimoiy o’zlikning belgisi sifatida ham namoyon
boʻladi, balki migrant yoshlar qatlamining “
Men ham borman
” degan madaniy ifodasi hisoblanadi.
Shuningdek, sotsiolingvistik yondashuv turk-nemis yoshlari nutqidagi Code-switching va Code-
mixing ya’ni tillar aralashuvi hodisasi orqali tavsiflanadi [4].
Masalan,
Endlich wieder was nutzliches für die Ummah.(Nihoyat jamiyatga foyda keltiradigan
ish bo’libdi)
Ushbu misolda Code-mixing ya’ni tillar aralashuvini ko’rish mumkin. So’zlovchi nemis tilidagi
Gesellschaft
jamiyat
so’zi o’rniga
Ummah
ya’ni arab tilidagi
ummat
so’zini ishlatadi.
Bu holatda til faqat kommunikatsiya vositasi emas, balki madaniy qarshilik va oʻzlikni
namoyon qilish usuli sifatida ham xizmat qiladi. “Kanak Sprak” fenomeni Germaniyadagi til va
164
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
madaniyat integratsiyasining bir qirrasini aks ettiradi. U tilning jamiyatdagi qudrat munosabatlari
bilan bogʻliq ekanligini koʻrsatadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Germaniyadagi migratsiya jarayonlari til muhitining
xilma-xilligini oshirgan boʻlsa-da, migrant tillarining rasmiy nemis tiliga taʼsiri cheklangan holda
qolmoqda. Bunday til hodisalari yoshlar madaniyati orqali yangi ijodiy shakllar yaratishda muhim rol
oʻynaydi. Ushbu yangi nutq uslubi muhojirlik jarayonning eng yorqin misolidir u nafaqat tilshunoslik
nuqtai nazaridan, balki sotsiolingvistik juhatdan ham tadqiq etiladi va ijtimoiy madaniy erkinlikning
fenomeni hisoblanadi.
References:
1.
Kallmeyer, W., & Keim, I. (2003). Linguistic Variation in Multilingual Urban Settings: The
Case of Migrant Youth Languages in Germany. Berlin: de Gruyter.
2.
Weinreich, U. (1953). Languages in Contact: Findings and Problems. New York: Linguistic
Circle of New York.
3.
Zaimoglu, F. (1995). Kanak Sprak: 24 Misstöne vom Rande der Gesellschaft. Hamburg:
Rotbuch Verlag.
4.
Gumperz, J. J. (1982). Discourse Strategies. Cambridge: Cambridge University Press.
