168
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
“UYAT” KONSEPTI MISOLIDA LEKSIK TIZIMNING PARADIGMATIK
TAHLILI
G.N. Xolmurodova
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Tayanch doktorant
https://doi.org/10.5281/zenodo.17627860
Annotatsiya:
Tilshunoslikda semantik maydon tushunchasi uzoq yillar davomida turli
yondashuvlar orqali rivojlandi. Ushbu tushuncha Y. Trir tomonidan ilgari surilgan konseptual
maydon nazariyasidan boshlab, zamonaviy paradigmatik va sintagmatik maydonlar tahliligacha
bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladi.
Kalit so’zlar:
semantik maydon, paradigmatik tahlil, sintagmatik maydon, maydon
komponenti.
Semantik maydon tushunchasini ta’riflashda ikki asosiy yondashuv mavjud: Ekstralingvistik
yondashuv – bu nazariyaga ko’ra, semantik maydonlar psixologik yoki mantiqiy hodisalar sifatida
qaraladi va tilda aks etadi. Ushbu yondashuv vakillari qatoriga P. Roje, F. Dornzayf, X. Kasares, Y.
Trir kiradi [5].
Lingvistik yondashuv tarafdorlari esa semantik maydonlarni faqat til hodisasi deb hisoblaydi
va ularni ajratib olish lingvistik ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlaydi. Bu
yo’nalishning asosiy vakillari O. Duxachek, E. Oksaar, A.A. Ufimtseva kabi olimlardir [2].
Ushbu masala bo’yicha har ikkala nuqtai nazar ham bir qator ilmiy ishlar bilan tasdiqlangan.
Birinchi nuqtai nazarni (ekstralingvistik yondashuv) to’g’ri deb hisoblaydigan olimlarning
tadqiqotlarida so’zlovchilarning ongida paydo bo’ladigan so’zlar o’rtasidagi assotsiativ aloqalarning
tilda ifodalanish usullari o’rganiladi. Bu tadqiqotlarning obyekti ko’pincha voqelik bilan bevosita
bog’liq bo’lgan leksika bo’ladi (masalan, N.I. Tolstoy ishidagi aniq otlar [4].
L.A. Novikov semantik maydonni umumiy ma’no bilan birlashgan va til tizimida muayyan
tushunchaviy sohani aks ettiruvchi leksik birliklar iyerarxik tizimi sifatida ta’riflaydi [3]. Y.D.
Apresyan esa semantik maydonlar bir-biri bilan kesishishi mumkinligini va ularning uzluksizligini
ta’kidlaydi [1]. Semantik maydonlarning tarkibiy tuzilishini aniqlashda bir necha darajalar mavjud:
Sof semantik daraja – so’zlarning leksik ma’nolariga asoslanishi. Motivatsion daraja – so’zlarning
umumiy motivatsion modeli asosida guruhlanishi. Madaniy ramziylik darajasi – so’zlarning
madaniyat tilidagi qo’shimcha ma’nolari bilan bog’liq.
Bugungi
kunda
paradigmatik
va
sintagmatik maydonlar keng o’rganilgan bo’lib, paradigmatik maydonlar sinonimlar, antonimlar va
leksik-semantik guruhlarni o’z ichiga oladi. Paradigmatik maydon tilshunoslikda leksik birliklarning
paradigmatik munosabatlari asosida shakllangan tizimli guruhidir. Ushbu maydon tarkibiga ma’lum
bir semantik xususiyat yoki umumiy semaga ega bo’lgan so’zlar kiradi. Paradigmatik maydon
tushunchasi asosan leksik-semantik tahlilga asoslangan bo’lib, til birliklarining paradigmatik
bog’liqliklarini aniqlashga xizmat qiladi. Paradigmatik maydonlar ma’lum bir leksik-semantik guruh
(LSG) doirasida tahlil qilinadi. Ushbu maydon ichida so’zlar o’zaro sinonimiya, antonimiya,
giperonimiya-giponimiya kabi paradigmatik munosabatlar orqali bog’langan bo’ladi. Paradigmatik
maydonlar tarkibiy jihatdan iyerarxik tuzilishga ega bo’lib, uning markazida umumiy semantik
maydonni aniqlovchi asosiy (yadroviy) leksik birliklar joylashadi. Periferiyada esa ma’no jihatdan
markaz bilan bog’liq bo’lsa-da, qo’shimcha semantik funksiyalarga ega bo’lgan birliklar joylashadi.
Ushbu struktura quyidagi elementlardan iborat: Yadro komponentlari bo’lib ma’lum bir semantik
guruhni aniqlovchi asosiy leksik birliklar xizmat qiladi. Masalan, “uyat” paradigmatik maydoni
uchun “uyat”, “hayo”, “or”, “nomus”, “ibo” kabi so’zlar yadro elementlari hisoblanadi. O’tish zonasi
169
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJAR)
ISSN: 2181-2020
LPTIENP
International Scientific-Practice Conference on
“Linguistics and Pedagogical Technologies:
International Experience and National Practice”
Denau, November 20, 2025
in-academy.uz/index.php/ejar
(tranzitiv qatlam) – yadro bilan bog’liq, lekin ma’nosi biroz keng yoki tor bo’lgan so’zlar sifatida esa
“andisha”, “uyalish”, sharmandalik”, “odob”, “g‘urur” kabi birliklarni keltirish mumkin. Periferiya –
maydon markazi bilan zaif semantik aloqaga ega so’zlar bo’lib “xijolat”, “pushaymon”,
“o’ng’aysizlik” kabi leksik birliklarni maydonning ushbu qismiga kiritish mumkin. Bunday tuzilma
paradigmatik maydonning dinamik va tizimlilik xususiyatini ko’rsatadi.
Til tizimida paradigmatik maydonlar ma’no jihatidan bir-biriga bog‘liq leksik birliklarning
o‘zaro paradigmatik munosabatlari asosida shakllanadi. Bunday maydonlar bir nechta turlarga
ajratiladi, chunki ular so‘zlarning semantik yaqinligi, qarama-qarshiligi yoki umumiy-xususiy
munosabatlariga ko‘ra farqlanadi.
Paradigmatik maydonlarning tipologik tahlili shuni ko‘rsatadiki, “uyat” konsepti o‘zida bir
vaqtning o‘zida bir necha paradigmatik qatlamni mujassam etadi. U leksik-semantik, sinonimik,
antonimik va giperonimik-giponimik munosabatlar orqali til tizimida murakkab, ko‘p qatlamli
tarmoqqa ega. Shu bois “uyat” paradigmasi milliy-madaniy qadriyatlarni ifodalovchi asosiy
lingvokulturologik maydonlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Paradigmatik maydonlar tahlili leksik tizimning qanday tashkil etilganini tushunishga yordam
beradi. Bu metodologiya turli tillar semantik tizimini solishtirish va tarjima jarayonlarida
ekvivalentlarni aniqlashda muhim o’rin tutadi. Masalan, “uyat” semantik maydoni ingliz, o’zbek va
rus tillarida turlicha paradigmatik munosabatlarga ega bo’lishi mumkin. Ingliz tilida
shame
,
disgrace
,
embarrassment
kabi so’zlar paradigmatik bog’liq bo’lsa, o’zbek tilida “uyat”, “sharmanda”, “nomus”
kabi birliklar mavjud bo’lib, ularning o’zaro semantik munosabatlari farqlanadi. Paradigmatik
maydonlar lingvistik tahlilning muhim elementi bo’lib, u til birliklarining o’zaro bog’liqliklarini
tizimli ravishda o’rganish imkonini beradi. Ushbu maydonlarni o’rganish orqali leksik tizimning
ichki tuzilishini tushunish va tarjima, psixolingvistika, korpus lingvistikasi kabi sohalarda tadqiqot
olib borish mumkin.
References:
1.
Apresyan, Y.D. (1995). “Lexical Semantics: Selected Works.” Moscow: Languages of Russian
Culture.
2.
Murphy, M.L. (2003). “Semantic Relations and the Lexicon: Antonymy, Synonymy and Other
Paradigms.” Cambridge: Cambridge University Press.
3.
Novikov, L.A. (1982). “Semantics of the Russian Language”. Moscow: Nauka.
4.
Tolstoy, N.I. (1963). “The Noun System in the Russian Language.” Moscow: Nauka.
5.
Trier, J. (1931). “Der deutsche Wortschatz im Sinnbezirk des Verstandes: Die Geschichte eines
sprachlichen Feldes.” Heidelberg: Winter.
