Авторы

  • Eldor Ortiqov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejar.139427

Аннотация

Ushbu maqolada “She’riyat” tushunchasining kelib chiqishi, shakllanish bosqichlari hamda uning inson ongida, etnik-madaniy jarayonda va jamoaviy tafakkurda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muallif “she’riyat”ni faqat estetik kategoriya emas, balki kognitiv va psixomadaniy hodisa sifatida izohlaydi. Tadqiqot davomida poetik konsepsiyaning og‘zaki san’at shaklidan boshlab ong osti tajribasigacha bo‘lgan rivojlanish yo‘nalishlari aniqlanadi. She’riyat va musiqaning ritmik uyg‘unligi, onalik qo‘shiqlari orqali shakllanadigan hissiy va semantik tajribalar, shuningdek, milliy madaniyatda poetik arxetiplarning uzluksiz merosiy uzatilishi ilmiy asosda yoritiladi. Maqola kognitiv lingvistika, adabiyotshunoslik va psixologiya kesishgan nuqtada olib borilgan tahliliy tadqiqotdir