8
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TIJORAT BANKLARI DAROMADLARINING DARAJASIGA BAHO
BERISHDA QOʻLLANILADIGAN ASOSIY KOʻRSATKICHLAR
Sheraliyev Abbos Xolmuminovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Moliya va bank ishi” kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17509757
Annotatsiya:
ushbu tezisda tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda qoʻllaniladigan
asosiy koʻrsatkichlar, jumladan bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi haqida, aktivlarining rentabelligini
oshirish, sof foydaning oʻsish surʼati bilan brutto aktivlarning oʻsish surʼati oʻrtasidagi mutanosiblikni
taʼminlash
yuzasidan,
Respublikamizning
yirik
banklaridan
biri
bo‘lgan,
Turonbank
va
Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi va Turonbankda aktivlar va sof foyda miqdorining
oʻzgarishi 2020-2024 yillarda 4 yillik hisobot ma’lumotlari asosida o‘rganilgan hamda tegishli xulosalar
qilingan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklari, tijorat banklari daromadlari, bank aktivlarining rentabelligi koʻrsatkichi,
sof foyda, brutto aktivlar.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari daromadlarining darajasiga baho berishda ikki koʻrsatkichdan,
yaʼni aktivlarning rentabelligi va oʻz kapitalining rentabelligi koʻrsatkichlaridan keng foydalaniladi. Shunisi
xarakterliki, aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichining xalqaro bank amaliyotida umumeʼtirof etilgan meʼyoriy
darajasi yoʻq, ammo, oʻz kapitalining rentabelligi koʻrsatkichining xalqaro bank amaliyotida umumeʼtirof
etilgan meʼyoriy darajasi mavjud boʻlib, 15 foizni tashkil etadi.
Tijorat banklari aktivlarining rentabelligini aniqlash uchun joriy yilning sof foydasi brutto aktivlar
summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi. Ushbu koʻrsatkichning meʼyoriy darajasi
boʻlmaganligi sababli, uni darajasiga baho berish uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlil usulidan
foydalaniladi:
*bankning aktivlarning rentabellik koʻrsatkichini joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari
bilan taqqoslanadi;
*tijorat bankining aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi boshqa tijorat banklarining shu koʻrsatkichi
bilan taqqoslanadi.
Tijorat banklari oʻz kapitalining rentabelligini aniqlash uchun joriy yilning sof foydasi regulyativ kapital
summasiga boʻlinadi va olingan natija 100 foizga koʻpaytiriladi.
V.Fatuyev va V.Alxasov yozadi: “aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi aktivlarga joylashtirilgan
resurslarning sof foyda koʻrinishida qaytib keladigan qismini koʻrsatadi va bankning samaradorligini
tavsiflovchi ajoyib indikator hisoblanadi. Ushbu koʻrsatkichning meʼyoriy darajasi 0,35 foizdan 1,15
foizgachani tashkil etadi”
1
.
Haqiqatdan ham, aktivlarning rentabelligi koʻrsatkichi bir birlik aktivga toʻgʻri keladigan sof foydaning
darajasini koʻrsatadi va resurslarning aktivlarga joylashtirish samaradorligi toʻgʻrisida aniq tasavvur hosil
qilish imkonini beradi.
1
Фатуев В.А., Алхасов В.Л. Анализ прибыли и рентабельности банка//Известия Тульского государственного
университета. Экономические и юридические науки. – 2012. – №1.
9
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1-rasm. Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi, foizda
2
1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibtiki, Turonbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2022-
yillarda oshish tendensiyasiga ega boʻlgan. Buning ustiga, bank aktivlarining rentabelligi 2024-yilda 2020-
yilga nisbatan yuqori surʼatda oshgan.
Keltirilgam ma’lumotlardan ko‘rinadiki tahlil qilingan davr mobaynida Turonbank aktivlarining
rentabellik darajasi sezilarli darajada past bo‘lgan.Bu esa,sof foydaning brutto aktivlarga nisbatan kichchik
miqdorga ega ekanligi bilan izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat
hisoblanadi.
1-rasm maʼlumotlaridan koʻrinib turibtiki, Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi
2020-2024-yillarda nisbatan yuqori boʻlgan. Buning ustiga, ushbu koʻrsatkichning darajasi 2024-yilda 2020-
yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan
O‘zsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasini 2024-yilda-2020 yilga nisbatan sezilarli
drajada oshganligi sof foydaning osish suratini brutto aktivlarning o‘sish suratidan yuqori bo‘lgnaligi bilan
izohlanadi va bankning rentabelligini ta’minlash nuqtai- nazaridan ijobiy haolat hisoblanadi. Tijorat banklari
aktivlarining rentabelligini oshirish sof foydaning oʻsish surʼati bilan brutto aktivlarning oʻsish surʼati
oʻrtasidagi mutanosiblikni taʼminlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
1-jadval
Turonbankda aktivlar va sof foyda miqdorining oʻzgarishi, mlrd. soʻm
3
Koʻrsatkichlar
2020y.
2021y.
2022y.
2023y.
2024y.
Brutto aktivlar
8714
11009
12878
15938
17585
Sof foyda
115
101
52
57
23
1-jadval maʼlumotlaridan aniq koʻrish mumkinki, Turonbankda brutto aktivlarning miqdori 2020-2024-
yillarda oʻsish tendensiyasiga ega boʻlgan. Biroq, mazkur davrda bank sof foydasining miqdori beqaror
boʻlgan. Buning ustiga, sof foydaning miqdori 2024-yilda 2020-yilga nisbatan keskin kamaygan. Ushbu
holatlar Turonbank brutto aktivlarining oʻsish surʼati bilan sof foydasining oʻsish surʼati oʻrtasidagi
mutanosiblikni taʼminlanmaganligini koʻrsatadi.
Turonbankda tahlil qilingan davr mobaynida sof foydaning miqdori keskin kamayganligi yalpi
xarajatlarning yalpi daromadlarga nisbatan darajasini oshganligi bilna izohlanadi va bankning rentabelligini
ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi.Buning sabai shundaki, sof foydaning miqdori va drajasi
tijorat banklarining rentabelligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatgich hisoblanadi.Bu esa, sof foydaga ta’sir
qiluvchi omillarning ta’sirini o‘rganish va unga baho berish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Xulosa va takliflar
2
Rasm muallif tomonidan Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlari asosida
tuzilgan.
3
Rasm muallif tomonidan Turonbankning moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlari asosida tuzilgan.
0,3
0,8
1,1
0,8
0,9
2,4
2,5
3,1
2,2
4,5
0
0,5
1
1,5
2
2,5
3
3,5
4
4,5
5
2020.y
2021.y
2022.y
2023.y
2024.y
Turonbank
O'zsanoatqurilishbank
10
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
✓
sof foydaning bank aktivlarining riskka tortilgan summasiga nisbatan optimal darajasini taʼminlash
yoʻli bilan aktivlarning rentabelligini taʼminlash;
✓
Turonbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2022-yillarda oshish tendensiyasiga ega boʻlgani
holda, 2024-yilda 2020-yilga nisbatan yuqori surʼatda oshgan;
✓
Oʻzsanoatqurilishbankda aktivlarning rentabellik darajasi 2020-2024-yillarda nisbatan yuqori boʻlgan;
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Фатуев В.А., Алхасов В.Л. Анализ прибыли и рентабельности банка//Известия Тульского
государственного университета. Экономические и юридические науки. – 2012.
2.
Turonbank va Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlari
