Авторы

  • Mansurbek Ergashev
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138519

Аннотация

Ushbu maqolada xalqaro moliya bozorining rivojlanish bosqichlari bugungi kundagi xato va kamchiliklari haqida ma’lumot beriladi.

background image

15

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

XALQARO MOLIYA BOZORI DOLZARBLIGI

Ergashev Mansurbek Murod o’g’li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talabasi

tel:+998 (93) 914-02-32

https://doi.org/10.5281/zenodo.17509872

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xalqaro moliya bozorining rivojlanish bosqichlari bugungi kundagi xato

va kamchiliklari haqida ma’lumot beriladi.

Kalit so’zlar:

Moliya bozori, Islom taraqqiyot banki, Qimmmatli qog’ozlar bozori, Valyuta va kredit

siyosati, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliyaviy institutlar, Xalqaro moliya tashkilotlari.

Аннотация:

В этой статье будет представлена информация об этапах развития международного

финансового рынка, его ошибках и недостатках на сегодняшний день.

Ключевые слова:

финансовый рынок, Исламский банк развития, фондовый рынок, валютная и

кредитная политика, Азиатский банк развития, международные финансовые институты,
международные финансовые организации.

Annotation:

this article will tell you about the mistakes and disadvantages of the stages of development

of the international financial market today.

Keywords:

financial market, Islamic Development Bank, Securities Market, Currency and credit policy,

Asian Development Bank, International Financial Institutions, international financial organizations.

Kirish:

Moliya bozori — oldi-sotdi obyekti pul yoki pulga tenglashtirilgan qogʻoz bilan bogʻliq boʻlgan

bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan
munosabatlar olib boriladi, shuningdek, pul mablagʻlarini jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishi
taʼminlanadi. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subyektlari oʻz moliyaviy resurslarini mablagʻlarga
muhtoj subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.
Moliyaviy bitimlar xarakteriga qarab, MBni turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarish tamoyili
boʻyicha moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni koʻndiradigan pul) va kapital (mulk)
bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy
isteʼmol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib
olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olgan holda kapital
bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali
bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli
majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli

qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldi-sotdi qilinadi.
Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida jahon MB paydo boʻldi.Jahon moliya bozori -xalqaro kapital
bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami
talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro
bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni
jadallashtirish hisoblanadi. Moliya bozori va iqtisodiy o'sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan
tushuntirishga urunib ko'ramiz. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan
investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator
tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z
navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning
muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va
ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar
(qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu
esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni
"moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik"
tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi.
Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga
keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning
iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi.


background image

16

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Asosiy qism:

Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan

yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan. Quyida dunyo mamlakatlarining jahon
moliya bozoridagi ulushi keltirilgan. Bugungi kunga kelib, nisbatan kam sonli mamlakatlar o'rtasida moliya
bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%),
Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli
mamlakatlari o'rin olgan.

1

Ko'rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan

mamlakatlarga tegishli. Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli
qog'ozlar (kapital) bozori hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, 2018 yilda jahon fond
bozori kapitalizatsiyasi 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. Kapitalizatsiyaning asosiy qismi Amerika
Qo'shma Shtatlari hissasiga to'g'ri kelgan. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, AQSh kapitalazitsiyasi
dunyoning boshqa jami mamlakatlari fond bozorining kapitaliztsiyasiga qariyb teng bo'lib qolgan. Shu sababli
o'rganishlarimiz jarayonida ko'proq urg'u AQShga beriladi. AQSh kapital bozori dunyodagi eng katta va
to'lovlilik va samaradorlik qobiliyati eng yuqori bo'lgan mamlakat hisoblanadi. AQSh kapital bozori qiymati
mamlakat yalpi ichki mahsulotidan qariyib 2 barobar katta - fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi,
YaIMni doimiy daromad bozori (Fixed income market) bo'yicha hisoblaganda AQSh kapitali 207 foizni tashkil
etgan. Islom taraqqiyot banki

-

(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga

ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning
Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-
Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy
vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya,
Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.

Osiyo taraqqiyot banki —

xalqaro mintaqaviy

bank. Bankni tuzish haqidagi bitim 15 ta davlat hukumatlari tomonidan imzolangan boʻlib 1966-yil 22-
avgustda kuchga kirgan. OTB tarkibiga aʼzo sifatida BMTning iqti-sodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha
Osiyo—Tinch okean komissiyasiga aʼzo boʻlgan davlatlargina kiritilishi mumkin. Hozirda bankka 61
mamlakat aʼzo.

Bank faoliyatining asosiy maqsadi:

Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy

taraqqiyotiga va tashqi savdosiga koʻmaklashishi, moliyaviy, texnik va iqtisodiy yordam koʻrsatish. Bank
xususiy sektorni rivojlantirishga, mintaqaviy hamkorlik va atrof muhit tozaligini saqlashga alohida eʼtibor
qaratadi. OTB tomonidan 1968—83 yilda 9,2 mlrd. dollar odatdagi kredit va 4,2 mlrd. dollar maxsus fond
krediti berilgan. OTBning nizom jamgʻarmasi — 43,6 mlrd. AQSH dollariga teng. Bankning har qanday
qarorini hamkorlikda 1/3 ovozga ega boʻlgan AQSH va Yaponiya toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Ularning har biri
nizom jamgʻarmasining 15,9% miqdorida ulushga ega. Shuningdek, bank huzurida 2 maxsus fond faoliyat
koʻrsatadi

— Osiyo taraqqiyot fondi

va

Texnika yordami maxsus fondi

.

2

Bankka rivojlangan davlatlarning

taʼsiri katta: mablagʻlarning 50% ularga tegishli. Shtab kvartirasi Manila (Filippin)da. Oliy organi —
Boshqaruvchilar kengashi. Yaponiya vakili hamisha bank prezidenti boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1995
yilda OTBga aʼzo boʻlgan. Respublikaning ushbu bankdagi kvotasi 310,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi.
hozirgi paytda Oʻzbekistonda OTB ishtirokidagi umumiy miqdori 625,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13
ta loyiha amalga oshirilmoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi

3

. Ular turli

mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya
tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida
davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir. Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari
ishtirokchilari hisoblanadi:

davlat;

nodavlat tashkilotlar.

Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

1

x

alqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) — World Economic Outlook, yillik hisobotlarida dunyo moliya bozorining hajmi

haqida ma’lumotlar

2

Naimov, s. O. O. G. L., & shernayev, a. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va o’zbekistonda valyuta operatsiyalarini

rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari. Science and education.

3

marasulov A., Xodiev B. va boshqalar — “Xalqaro moliya”, TDIU (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) nashri


background image

17

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlili;

jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida

global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;

investision faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar);

davlat loyihalarini kreditlash;

xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish;

ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;

xayriya faoliyati.

Xulosa:

Bugungi kunda jahon moliya bozori juda katta va murakkab tizim bo‘lib, uning umumiy

qiymati 230 trillion AQSh dollaridan ortiqdir. Ushbu bozorda moliya bozorining asosiy qismi kam sonli
rivojlangan mamlakatlarga to‘plangan. Eng yirik ulushga ega mamlakatlar orasida AQSh yetakchilik qiladi —
uning ulushi 40 foizni tashkil etadi, undan keyin Yaponiya, Xitoy, Gongkong, Buyuk Britaniya, Fransiya va
Germaniya kabi davlatlar keladi. Bu esa dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismining rivojlangan
mamlakatlarga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Fond birjasi — jahon moliya bozorining eng muhim
segmentlaridan biri bo‘lib, 2018 yilda uning kapitalizatsiyasi 85 trillion AQSh dollariga yetgan. Bu
ko‘rsatkichning katta qismi aynan AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. AQSh kapital bozori qiymati mamlakat yalpi
ichki mahsulotidan ikki barobar kattaroq bo‘lib, fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi. Bu esa AQSh
moliya bozorining dunyodagi eng yirik va samarali bozor ekanligini isbotlaydi. Shuningdek, xalqaro moliya
institutlari, xususan, Islom Taraqqiyot Banki (ITB) va Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi tashkilotlar
moliyaviy yordam, iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ushbu banklar ko‘plab mamlakatlarda loyihalarni moliyalashtirib, barqaror iqtisodiy o‘sishga yordam
bermoqda. Masalan, OTB Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlar uchun moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatadi,
xususan, O‘zbekiston ham bu bank faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon
iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular mamlakatlarga kreditlar berish,
investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro savdoni rivojlantirish va iqtisodiy siyosatni tartibga solishda muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu tashkilotlar nafaqat moliyaviy yordam ko‘rsatadi, balki ilmiy tadqiqotlar va xayriya faoliyati
bilan ham jahon miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi. Umuman olganda, jahon moliya
bozori va xalqaro moliya institutlari iqtisodiyotning global barqarorligini ta’minlashda, mamlakatlarning
iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishida beqiyos ahamiyatga ega. Ularning samarali faoliyati natijasida dunyo
iqtisodiyoti yanada integratsiyalashgan va hamkorlikka asoslangan tizimga aylangan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Naimov, s. O. O. G. L., & shernayev, a. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va o’zbekistonda valyuta

operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari. Science and education, 3(1), 1099-1103
2.

Xamdamova, r. R. Q., & shernayev, a. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning

rivojlanish istiqbollar. Science and education, 3(1), 1111-1116.
3.

Jumanazarova, z. J., & shernayev, a. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg ‘armalar moliyaviy resurslarini

shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish Yo ‘nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-
89.
4.

Тemirov a.a. Improvement of corporate governance in the banking sector of the republic of uzbekistan

// modern school of russia. Issues of modernization. No. 1 (38, v2), 2022, pp. 28-30.