87
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
YEVROPA DAVLATLARIDA TIZIMLI AHAMIYATGA MOLIK
BANKLARNI ANIQLASH VA TARTIBGA SOLISH AMALIYOTI
Ashurov Jaloliddin Eshpulatovich
Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17510557
Annotatsiya:
Maqolada tizimli ahamiyatga molik banklar faoliyati nazariy jihatdan oʻrganilgan.
Xususan, iqtisodchi olimlarning mazkur masala yuzasidan bildirgan fikrlari va ilmiy tadqiqotlari oʻrganilgan
Shu bilan birga, eng asosiy urgʻu global va milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash
metodologiyasiga qaratilgan. Jumladan, Germaniya, Buyuk Britaniya, va tahliliy maʼlumotlari oʻrganilgan
Kalit soʻzlar:
tijorat banki, tizimli ahamiyatga molik banklar, global tizimli ahamiyatga molik banklar,
milliy tizimli ahamiyatga molik banklar, baholash koʻrsatkichlari, Bazel qoʻmitasi.
Annotatsiya:
V statye teoreticheski issledovana deyatelnost sistemoobrazuyuщix bankov. V chastnosti,
izuchenы mneniya i nauchnie issledovaniya ekonomistov po dannomu voprosu. Pri etom osnovnoy aksent
delayetsya na metodologii viyavleniya sistemno znachimыx bankov globalnogo i natsionalnogo xaraktera. V
chastnosti, bil izuchen opit i analiticheskiye dannie Germani, Velikobritani i.
Klyuchevыe slova:
kommercheskiy bank, sistemno znachimыe banki, globalnыe sistemno znachimыe
banki, natsionalnыe sistemno znachimыe banki, pokazateli otsenki, Bazelskiy komitet.
Annotation:
The article theoretically studies the activities of systemically important banks. In
particular, the opinions and scientific research of economists on this issue are studied. At the same time, the
main emphasis is placed on the methodology for identifying global and national systemically important banks.
In particular, the experience and analytical data of the Germany, Great Britain, and are studied.
Keywords:
commercial bank, systemically important banks, global systemically important banks,
national systemically important banks, assessment indicators, Basel Committee.
Kirish
“Tizimli ahamiyatga molik banklar” moliya-kredit sohasida moliyaviy tizimning barqarorligi va
mustahkamligi uchun alohida ahamiyatga ega boʻlgan banklarga nisbatan qoʻllaniladigan atamadir.
Ushbu banklar shunchalik katta va muhim ahamiyatga egaki, ularda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan
muammolar yoki muvaffaqiyatsizliklar butun mamlakat iqtisodiyotiga, hatto jahon iqtisodiyotiga jiddiy taʼsir
koʻrsatishi mumkin.
Odatda tizimli ahamiyatga molik banklarning mazmuni turli mezonlarni oʻz ichiga oladi, masalan,
aktivlar hajmi, xalqaro moliya bozorlarga taʼsiri, bankning boshqa moliya institutlari bilan aloqalari va
boshqalar. Nazorat qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar inqirozlarning oldini olish va moliyaviy
barqarorlikni taʼminlash maqsadida banklarning kapitali, likvidligi va risklarni boshqarishga qoʻshimcha
talablarni belgilash uchun tizimli ahamiyatga molik banklar roʻyxatini shakllantirib boradi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Tizimli ahamiyatga molik banklar shunchalik katta va muhim ahamiyatga egaki, ularning faoliyati va
holati butun moliya tizimining sogʻlomligi uchun ahamiyatli boʻladi. Ekspertlar va shu soha mutaxassislari
“tizimli ahamiyatga molik banklar” ni moliyaviy tizimning barqarorligida strategik rol oʻynaydigan asosiy
moliyaviy subyektlar sifatida qarashadi. Ushbu banklar koʻpincha moliyaviy infratuzilmaning “ustunlari”
hisoblanadi va ularning barqarorligi iqtisodiyotning umumiy farovonligi uchun muhimdir.
“Tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlashga yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadida Bank
nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi “Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlashiga asoslanib, 2012-
yil oktyabrda “Milliy tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash boʻyicha yondashuvlari hujjatni chiqdi.[1]
Ushbu hujjatga muvofiq, tizimli ahamiyatga molik banklarni baholashda yuqorida muhokama qilingan omillar
hisobga olinadi, xalqaro (transchegaraviy) faoliyat esa bundan mustasno, chunki Bank nazorati boʻyicha Bazel
qoʻmitasiga koʻra, “Milliy tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash metodologiyasi, birinchi navbatda
bankrotlikning milliy iqtisodiyotga taʼsirini baholashni aks ettirishi kerak. [2]
J.Larozyer oʻz tadqiqotlarida tizimli ahamiyatga molik yirik banklarga urgʻu berish shubhalarni keltirib
chiqarishni qayd etadi. Bugungi kunda Yevropada eng xavfli tizimli ahamiyatga molik banklar emas, aksincha
88
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
shubhali ipoteka kreditlari va suveren qarz majburiyatlari haddan tashqari koʻp boʻlgan banklardir. Inqiroz
koʻrsatganidek, muammoning ildizi banklarning kattaligida emas, balki riskli aktivlarning konsentratsiyasi,
bank faoliyatining oʻzaro daxldorligi va qisqa muddatli moliya bozorlariga haddan tashqari qaramligidadir.
Odatiy oʻrtacha tizimli ahamiyatga molik bankning birinchi darajali kapitali koeffitsiyentining 2,5% ga oshishi
oʻz kapitalining rentabelligini uchdan bir qismga kamaytiradi. Bu tizimli ahamiyatga molik banklar
aktivlarining iqtisodiy oʻsishga zarar yetkazadigan darajada qisqarishi, ularning raqobatbardoshligining
pasayishi, qoʻshilish, faoliyati tartibga solinmagan bankka oʻtkazish tendensiyasining kuchayishi kabi jiddiy
oqibatlarga olib keladi.[3]
A.Demirguch-Kunt oʻz tadqiqotlarida “tizimli bankning hajmi” va “bankning mutlaq hajmi”
tushunchalarini farqlash zarurligini taʼkidlaydi,[4] yaʼni, bank aktivlari boʻyicha yirik banklar har doim ham
“tizimli ahamiyatga molik bank” boʻlmaydi. Bir qator iqtisodchi olimlar moliyaviy tashkilotlar faoliyatining
diversifikatsiya darajasini baholash zarurligini taʼkidlaydi.
S.Jou bankning diversifikatsiya darajasi va uning tizimli ahamiyati oʻrtasida bevosita bogʻliqlik bor
degan xulosaga keladi, yaʼni. yaxshi diversifikatsiyalangan portfelga ega boʻlgan kredit tashkilotlarini ham
tizimli ahamiyatga molik deb tasniflash mumkin.[5]
Tadqiqot metodologiyasi
2011-yil noyabrda Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi “Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni
aniqlash metodologiyasi[6] boʻyicha birinchi xalqaro hujjatni tayyorladi. Mazkur “Global tizimli ahamiyatga
molik banklar”ni aniqlash metodologiyasi hujjatida 5 ta toifada 13 ta umumiy koʻrsatkichlar boʻyicha
navbatdagi jadvaldagi maʼlumot orqali skoring baholash olib boriladi.
1-jadval
Tizimli ahamaiyatga molik banklarni aniqlash koʻrsatkichlari
№
Kategoriya
Indikator
Ulushi,
foizda
1.
Hajm
Yalpi risk
20
2.
Oʻzaro aloqadorlik
Moliyaviy institutlarga boʻlgan talab
6,67
Moliyaviy institutlar oldidagi majburiyatlar
6,67
Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
6,67
3.
Oʻrnini bosish
qobiliyati / moliyaviy
infratuzilma
instituti
Toʻlovlar sohasidagi faoliyat
6,67
Saqlash nazorati ostidagi aktivlar
6,67
Qarz va qimmatli qogʻozlar bozorlarida
anderrayting operatsiyalari
3,33
Savdo hajmi
3,33
4.
Murakkablik
Birjadan tashqari hosilaviy instrumentlarning shartli
qiymati
6,67
Qimmatli qogʻozlar va sotish uchun qimmatli
qogʻozlar savdosi
6,67
3-darajali aktivlar
6,67
5.
Xalqaro (transchegaraviy)
faoliyat
Xalqaro (transchegaraviy) talablar
10
Xalqaro (transchegaraviy) majburiyatlar
10
Hisoblash natijalariga koʻra, skoring bali aniqlanadi. Yakuniy ball 130 yoki undan yuqori boʻlgan
banklarni “Global tizimli ahamiyatga molik bank”lar sifatida aniqlanadi.
“Global tizimli ahamiyatga molik banklar” roʻyxati har yili aniqlanadi. Bazel qoʻmitasi davlatlarga
“Global tizimli ahamiyatga molik banklar”ni aniqlash qoidalari asosida “Milliy tizimli ahamiyatga molik
banklar”ni aniqlashni bir xil chastotada oʻrganishni tavsiya etadi. Bank tizimi tarkibida sezilarli oʻzgarishlar
yuz bergan taqdirda (masalan, yirik banklarning qoʻshilishi) milliy tizimli ahamiyatga molik banklar tarkibiga
tuzatishlar kiritiladi. Bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi hujjatida qoʻshimcha koʻrsatkichlar va uning
ulushini hisoblash usullari va qoʻshimcha kapital talablari koʻrsatilmagan. Bu masalalar muayyan
89
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
yurisdiksiyaga va uning milliy bank sektoriga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda milliy tartibga soluvchi
organlarning ixtiyorida qoldiradi. Xalqaro amaliyotda, aksariyat mamlakatlarda milliy tizimli ahamiyatga
molik banklarni aniqlash usullari bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi hujjatlarida mustahkamlangan
tamoyillarga asoslanadi. Shu bilan birga, turli mamlakatlarda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi
hujjatlarida belgilangan asosiy omillarga qoʻshimcha sifatida, qoʻshimcha omillar va tartibga soluvchi organ
meʼyorlaridan faol foydalaniladi.
Yevropa Ittifoqi moliya institutlarining tizimli ahamiyatga molikligini baholash ikki bosqichda amalga
oshiriladi. Birinchi bosqichda, miqdoriy koʻrsatkichlar asosida milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni
avtomatik ravishda hisoblanadi, ularning tarkibiga hisoblangan koʻrsatkich 350 bazaviy punktdan yuqori
boʻlgan banklar kiradi.
2-jadval
Yevropa Ittifoqi tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash asosiy koʻrsatkichlari
№
Kategoriya
Indikator
Ulushi,
foizda
1.
Hajm
Yalpi risk
25
2.
Muhimlilik (moliyaviy institutni
oʻrnini bosish
qobiliyati/infratuzilma)
Ichki toʻlovlar hajmi
8,33
Yevropa Ittifoqi omonatchilarining xususiy
sektordagi depozitlari
8,33
Yevropa Ittifoqi qarz oluvchilariga xususiy
sektor kreditlari
8,33
3.
Murakkablik/ transchegaraviy
faoliyat
Xalqaro (transchegaraviy) talablar
8,33
Xalqaro (transchegaraviy) majburiyatlar
8,33
Birjadan tashqari hosilaviy instrumentlarning
shartli qiymati
8,33
4.
Oʻzaro aloqadorlik
Moliyaviy institutlarga boʻlgan talab
8,33
Moliyaviy institutlar oldidagi majburiyatlar
8,33
Chiqarilgan qimmatli qogʻozlar
8,33
Ikkinchi bosqichda milliy tartibga soluvchi organlar roʻyxatga kiritilmagan boshqa moliya institutlarini
tizimli ahamiyatga molikligini aniqlaydi. Shu bilan birga, milliy regulyatorlarning qaroriga koʻra, mutlaq va
nisbiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan indikatorlardan foydalaniladi. Milliy tizimli ahamiyatga molik
banklarni aniqlashning ikkinchi bosqichida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida boshqacha tarzda amalga
oshiriladi. Quyida biz Germaniya va Buyuk Britaniya misollari yordamida kengroq oʻrganishga harakat
qilamiz.
1 va 2 jadval maʼlumotlarini tahlil qilish natijasida bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasi tomonidan
global va milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash metodologiyalarini keltirilgan. Shu bilan birga,
davlatlar Bazel qoʻmitasi tavsiyalaridan kelib chiqqan holda global va milliy tizimli ahamiyatga molik
banklarni aniqlaydi va ularga milliy nazorat qiluvchi organlar tomonidan qoʻshimcha meʼyorlar belgilash
amaliyotini qoʻllab keladi.
Tahlil va natijalar
Germaniya Federal moliyaviy nazorat organi (BaFin) Bundesbank bilan kelishilgan holda, har yili qaysi
tijorat banklar milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida tasniflanishi mumkinligini aniqlaydi.[7]
Ikkinchi bosqichda miqdoriy tahlil kengaytirilgan koʻrsatkichlar toʻplamiga asoslanib aniqlanadi.
3-jadval
Germaniyada tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash koʻrsatkichlari
№
Kategoriya
Milliy asosda shakllantirilgan indikatorlar
90
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1.
Hajm
Jami aktivlar va shartli majburiyatlar
2.
Iqtisodiyot uchun
ahamiyatli moliya
instituti oʻrnini
bosishi /
infratuzilmasi
TARGET2 orqali ulangan bilvosita ishtirokchilar soni.
Bankdan tashqari mijozlar uchun amalga oshirilgan ichki (milliy valyutada)
toʻlov operatsiyalari hajmi.
Bankdan tashqari mijozlar uchun amalga oshirilgan ichki (milliy valyutada)
toʻlov operatsiyalari soni.
Germaniyada xususiy sektor depozitlari.
Germaniyada xususiy sektorga kreditlar
3.
Transchegaraviy
faoliyat
Chet el nobank kontragentlar tomonidan qoʻyiladigan talablar.
Xorijiy banklarning talablari.
Savdo portfelidagi derivativlardan olingan daromadlar.
Chet el nobank kontragentlari oldidagi majburiyatlar.
Xorijiy banklar oldidagi majburiyatlar.
Savdodagi derivativ vositalar boʻyicha majburiyatlar.
Germaniya yuridik jihatdan mustaqil boʻlgan shoʻba korxonalar soni
4.
Oʻzaro aloqadorlik
Banklardan olingan mablagʻlar.
Germaniyadagi sugʻurta va boshqa moliya institutlaridan olingan
mablagʻlar.
Banklar oldidagi majburiyatlar.
Germaniyadagi banklar va boshqa moliya institutlari oldidagi
majburiyatlar.
Emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar
100 va undan yuqori ball toʻplagan barcha muassasalar milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida
tasniflanadi. Natijalar Germaniya Federal moliyaviy nazorat organi BaFin va Bundesbank tomonidan
tasdiqlanadi. Ushbu bosqichda 100 balldan kam ballga ega boʻlgan subyektlar ham ekspert xulosasiga koʻra
tizimli ahamiyatga molik ekanligini aniqlash mumkin. Olingan ballarga koʻra, banklar 4 guruhga boʻlinadi,
ularga Germaniya bank qonunchiligiga muvofiq 0,5 dan 2% gacha qoʻshimcha kapital qoʻllaniladi.
Buyuk Britaniya nazorat organi (Prudential Regulation Authority) milliy tizimli ahamiyatga molik
banklarni aniqlashning ikkinchi bosqichida tashkilotning turli toifalardagi ahamiyatini baholashga asoslangan
nazorat yondashuvini qoʻllaydi [8]
4-jadval
Buyuk Britaniya tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash koʻrsatkichlari
№
Kategoriya
Indikatorlar
Kategoriya ichidagi
ulush, % da
1.
Chakana bank ishi
Chakana bank depozitlari
44
Chakana bank kreditlari
23
Chakana bank mijozlari
33
2.
Korporativ bank ishi
Korporativ depozitlar hajmi
60
Korporativ kreditlar hajmi
40
3.
Banklararo operatsiyalar
Banklararo bozordagi majburiyatlar
50
Banklararo bozordagi aktivlar
50
4.
Toʻlovlar, hisob-kitoblar,
kliring
CHAPS tizimi orqali oʻrtacha kunlik
tranzaksiyalar hajmi
35
BACS tizimi orqali oʻrtacha kunlik
tranzaksiyalar hajmi
15
CREST tizimi orqali oʻrtacha kunlik
tranzaksiyalar hajmi
35
91
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
LCH tizimi orqali oʻrtacha kunlik
tranzaksiyalar hajmi
15
5.
Saqlash xizmati
Boshqarilayotgan aktivlar
100
6.
Investitsion bank ishi
Savdodagi aktivlar
50
Bozor tranzaksiyalari hajmi
50
Umumiy ball 100 dan oshgan barcha banklar milliy tizimli ahamiyatga molik banklar hisoblanadi.
Bundan tashqari, nazorat organi 100 balldan kam boʻlgan tijorat banklarni milliy tizimli ahamiyatga molik
banklar sifatida quyidagi holatlarda belgilashi mumkin:
• agar bank oʻtgan yili milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida aniqlangan hamda nazorat
organi fikriga koʻra, Buyuk Britaniya yoki Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti uchun tizimli ahamiyatga molik boʻlsa;
• agar bankning xorijdagi banki shoʻbasi milliy tizimli ahamiyatga molik banklar sifatida belgilangan
boʻlsa va uning moliyaviy barqarorligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa.
Buyuk Britaniya nazorat organi har yili tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlaydi va ularning
roʻyxatini eʼlon qiladi. Masalan, 2018-yil holatiga koʻra,[9] 15 ta tizimli ahamiyatga molik banklar boʻlib,
ularning 6 tasi birinchi bosqichda, 9 tasi ikkinchi bosqich natijalariga koʻra kiritilgan. 100 bazis punktdan kam
ballga ega boʻlgan tijorat banklar tizimli ahamiyatga molik banklar deb topilmadi.
Boshqa mamlakatlarda (Yevropa Ittifoqidan tashqarida) milliy tizimli ahamiyatga molik banklarni
aniqlash metodologiyasi ball asosida baholashni, ham miqdoriy ham sifat koʻrsatkichlari asosida qoʻshimcha
baholashni birlashtirgan holda qoʻllaniladi.
Xulosa va takliflar
Xulosa oʻrnida, tijorat banklari moliyaviy barqarorligini baholash va mamlakat iqtisodiy barqarorligini
taʼminlash muhim masalalardan biri ekanligi barchamizga maʼlum. Shu bilan birga, yirik banklar moliyaviy
qiyinchiliklar boshidan kechirishi “domino effekti” natijasida iqtisodiy subyektlarning faoliyati
murakkablashuviga va iqtisodiy vaziyatning taranglashuviga, bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi maʼlum.
Shu bois, tizimli ahamiyatga molik banklarni aniqlash, milliy va global tizimli ahamiyatga molik
banklarni belgilash va uning faoliyatini tartibga solish har qanday muammoli vaziyatlarni oldini oladi. Barcha
davlatlarning nazorat qiluvchi organlari tizimli ahamiyatga molik banklar uchun qoʻshimcha iqtisodiy
meʼyorlar belgilashi va ular faoliyatining barqarorligini taʼminlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Buning uchun doimiy ravishda xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganib borish, shu bilan birga bank nazorati
boʻyicha xalqaro Bazel qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirib borish turli murakkab vaziyatlarni oldini olishga
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A
framework
for
dealing
with
domestic
systemically
important
banks.
URL:
https://www.bis.org/publ/bcbs233.pdf
2.
A framework for dealing with domestic systemically important banks. Principle 5. Pp. 3, 6.
3.
Larozyer J. de. Regulirovaniye protiv nadzora // Central-Banking. com, February 21, 2012. URL:
http://www.centralbanking.com/type/interview/ category/central-banks/monetary-policy
4.
Demirguc-Kunt A. Do we need big banks? Evidence on performance, strategy and market discipline.
The World Bank Development Research Group Finance and Private Sector Development Team, 2011.
5.
Zhou C. Are Banks Too Big to Fail? Measuring Systemic Importance of Financial Institutions.
International Journal of Central Banking, 2010
6.
Global systemically important banks: assessment methodology and the additional loss absorbency
requirement. URL:https://www.bis.org/publ/bcbs207.pdf
7.
Podxodы k opredeleniyu natsionalno sistemno znachimыx bankov izlojenы v dokumente Deutsche
Bundesbank, The German Federal Financial Supervisory Authority «Main features of the method for the
identification
of
other
systemically
important
institutions
(O-SII)»,
08.05.2017.
92
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
8.
Statement of Policy “The PRA”s approach to identifying other systemically important institutions (O-
SIIs)» (fevral 2016). URL:
https://www.bankofengland.co.uk/–/media/boe/files/prudential-regulation/policy-
9.
Po otchetnыm dannыm na 31-dekabrya 2017 goda. URL:
https://www.bankofengland.co.uk
10.
Hong Kong Monetary Authority Supervisory Policy Manual Systemically Important Banks. CA-B-2.
URL:https://www.hkma.gov.hk/media/eng/doc/key-functions/banking-stability/supervisory-
