97
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TIJORAT BANKLARIDA KREDIT XAVFINI BOSHQARISH
Yusupov Ruslan Muxtarovich
Innovatsion texnologiyalar universiteti, O‘quv uslubiy bo‘limi uslubchisi
rus.yusupov.1994@internet.ru, telefon: +998973551212
https://doi.org/10.5281/zenodo.17510610
Annotatsiya:
Mazkur tezisning maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida muammoli
kreditlar holatini tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash va bartaraf etishning samarali
yo‘llarini ilmiy asosda ko‘rsatib berishdan iborat. Taklif etilgan choralar bank faoliyati barqarorligini
ta’minlash va kredit portfeli sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
muammoli kreditlar, tijorat banklari, risk-menejment, kredit siyosati, moliyaviy
barqarorlik, raqamli texnologiyalar.
Kirish
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bank tizimi mamlakat moliyaviy barqarorligi
va iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Tijorat banklari real sektor subyektlariga kreditlar
taqdim etish orqali ishlab chiqarish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shu bilan birga, kredit portfelida muammoli kreditlar (Non-Performing Loans — NPL) ulushining
ortishi bank tizimining moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Muammoli kreditlar bank
likvidligining pasayishi, foydaning kamayishi va investitsion jozibadorlikning susayishiga sabab bo‘ladi.
Muammoli kredit — bu belgilangan muddatda qarzdor tomonidan asosiy qarz yoki foiz bo‘yicha to‘lov
amalga oshirilmagan kredit hisoblanadi. Xalqaro amaliyotda 90 kundan ortiq kechiktirilgan kreditlar
muammoli kredit sifatida tasniflanadi.
Muammoli kreditlar miqdorining ortishi bank aktivlari sifatining yomonlashuviga, foyda marjasining
qisqarishiga va moliyaviy barqarorlikning buzilishiga olib keladi. Shu sababli, bank tizimida kredit portfeli
sifatini doimiy ravishda monitoring qilish juda muhim hisoblanadi.
O‘zbekistonda Markaziy bank tomonidan muammoli kreditlarni aniqlash va baholash uchun belgilangan
me’yorlar mavjud bo‘lib, ular xalqaro standartlarga muvofiq ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
Tijorat banklarida muammoli kreditlar holati tahlili
So‘nggi yillarda O‘zbekiston bank tizimida kreditlash hajmlari sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga,
muammoli kreditlar ulushi ham ma’lum darajada o‘sish tendensiyasini namoyon etmoqda.
Tijorat banklarining muammoli kreditlari to‘g‘risida 2025-yil 1-sentabr holatiga
ma’lumot
mlrd. so‘m
№
Bank nomi
Kreditlar
Muammoli
kreditlar
Muammoli kreditlarning
jami kreditlardagi ulushi
Jami
581 057
21 802
3,8%
Davlat ulushi mavjud banklar
394 952
14 888
3,8%
1
O‘zmilliybank
105 602
3 093
2,9%
2
Agrobank
75 937
2 589
3,4%
3
O‘zsanoatqurilishbank
67 988
2 398
3,5%
4
Asaka bank
40 499
1 919
4,7%
5
Xalq banki
30 871
1 154
3,7%
6
Biznesni rivojlantirish banki
23 603
1 424
6,0%
7
Mikrokreditbank
20 117
1 307
6,5%
8
Aloqa bank
16 643
431
2,6%
98
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
9
Turon bank
13 693
573
4,2%
Boshqa banklar
186 105
6 914
3,7%
10
Ipoteka-bank
35 635
2 186
6,1%
11
Kapital bank
35 267
1 709
4,8%
12
Hamkorbank
21 792
325
1,5%
13
Ipak yo‘li bank
15 054
221
1,5%
14
Orient Finance bank
13 688
226
1,7%
15
Tibisi bank
10 686
551
5,2%
16
Anor bank
8 778
381
4,3%
17
Davr bank
8 194
309
3,8%
18
Invest Finance bank
8 011
210
2,6%
19
Trastbank
7 088
242
3,4%
20
Tenge bank
3 777
136
3,6%
21
Asia Alliance bank
3 718
24
0,6%
22
KDB Bank O‘zbekiston
3 488
0
0,0%
23
Hayot bank
3 293
62
1,9%
24
Ziraat Bank Uzbekistan
2 089
67
3,2%
25
Universal bank
1 760
11
0,6%
26
Garant bank
1 149
148
12,9%
27
AVO bank
645
59
9,2%
28
Apeks bank
503
0
0,0%
29
Oktobank
415
0
0,0%
30
Madad Invest bank
402
19
4,6%
31
Poytaxt bank
301
17
5,7%
32
Smart bank
154
1
0,5%
33
Yangi bank
129
12
8,9%
34
Uzum bank
69
0
0,0%
35
Eron Soderot bank
21
1
2,7%
36
Yevroosiyo banki
0
0
0,0%
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda muammoli kreditlar umumiy kredit portfelining 5,1
foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yil yakunida bu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil etadi. 2025-yilning 1-sentyabr
holatiga muammoli kreditlar umumiy kredit portfelining 3,8 foizini tashkil etmoqda. Ayrim davlat
ishtirokidagi banklarda bu ulush 4–6 foizgacha ko‘tarilgan holda saqlanib qolmoqda.
Tarmoq kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, muammoli kreditlarning asosiy qismi qurilish, savdo va ishlab
chiqarish sohalariga to‘g‘ri keladi. Bu sohalardagi bozor konyunkturasi o‘zgaruvchanligi va likvidlik
yetishmasligi qarzdorlar majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishni qiyinlashtirmoqda.
Xulosa va takliflar
99
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, muammoli kreditlar darajasi hozirgi kunda O‘zbekiston bank tizimi
uchun dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Ular moliyaviy barqarorlikka, likvidlikka va investitsion muhitga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Muammoli kreditlar darajasini pasaytirish va oldini olish bo‘yicha quyidagi takliflar amaliy ahamiyatga
ega:
• Banklarda risk tahlilini kuchaytirish va avtomatlashtirilgan baholash tizimlarini joriy etish;
• Qarzdorlar faoliyatini doimiy monitoring qilish;
• Kreditlar sifatini baholash bo‘yicha xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etish;
• Qonunchilik bazasini takomillashtirish va sud-ijro tizimini soddalashtirish.
• Tijorat banklarida kredit xavfini boshqarish samaradorligini oshirishda sug‘urta mexanizmlarining
rolini kuchaytirish.
Muammoli kreditlarni bartaraf etish tizimli va ilmiy asoslangan yondashuvni talab etadi. Bank tizimida
kredit xavflarini samarali boshqarish orqali mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2017.732 b.
2.
Casu, Barbara Girardone, Claudia Molyneux, Philip Introduction to banking, 2nd edition, Harlow:
Pearson. 2015
3.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy ma’lumotlari — www.cbu.uz
4.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilishga oid farmon va qarorlari.- https://Lex.uz/
