Авторы

  • Lola Djo‘rayeva
    Termiz davlat Universiteti mustaqil tadqiqodchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138636

Аннотация

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlaridan keng foydalanish, o‘zi xohlagan sohada yangiliklar tomon intilishi, mustaqil va erkin tadbirkor sifatida o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini bermilmoqda. O‘zR VMning Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida “Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalaridan foydalanish tartibi belgilab berildi»1 Unga ko‘ra, Loyiha tashabbuskori 100,0 mln soʻmgacha garovsiz kredit; 150,0 mln soʻmgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar olishlari mumkin.

background image

110

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

KICHIK BIZNES SUB’EKTLARI RIVOJLANISHI VA MOLIYAVIY

RESURSLARINI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY NAZARIY

ASOSLARI

Djo‘rayeva Lola Abdugabbarovna

Termiz davlat Universiteti mustaqil tadqiqodchisi

lola.djurayeva.81@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.17511378

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar fuqarolarning davlat tomonidan berilayotgan

imkoniyatlaridan keng foydalanish, o‘zi xohlagan sohada yangiliklar tomon intilishi, mustaqil va erkin
tadbirkor sifatida o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini bermilmoqda. O‘zR VMning Kichik biznesni uzluksiz
qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorida “

Moliyaviy

qoʻllab-quvvatlash vositalaridan foydalanish tartibi

belgilab berildi»

1

Unga ko‘ra, Loyiha tashabbuskori

100,0 mln soʻmgacha garovsiz kredit; 150,0 mln soʻmgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar
olishlari mumkin.

Kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslarini shakllantirish hamda ulardan samarali va maqsadli

foydalanish masalalari iqtisodiyotda dolzarb va ko‘p qirrali muammo hisoblanadi. Ushbu sohada xorijiy va
mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan keng miqyosda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Xorijiy iqtisodchilar
orasida V.V. Bocharov, V. Berens, P.M. Xavranek, V.Y. Katasonov, D.S. Morozov, M.V. Petrov, G.I.
Prosvetov, I.I. Ushakov, B.T. Kuznetsov, I.F. Muxar kabi olimlar kichik biznesning moliyaviy resurslarini
tashkil etish, ularni boshqarish va samaradorligini baholash sohasida muhim ilmiy ishlar yaratishgan. Ularning
tadqiqotlari moliyaviy resurslarning shakllanish mexanizmlari, investitsiyalarning samarali jalb etilishi va
foydalanilishiga qaratilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslari bilan bog‘liq
muammolar va ularning yechimlariga oid ilmiy ishlarda B.А. Koltinyuk, N.N. Leventsev, G.M. Kostyunina,

А.S. Neshitoy, I.V. Sergeev, E.S. Xazanovich kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir.

Ular kichik biznesning moliyaviy muammolarini hal etish usullari, investitsiyalarning jalb qilinishi va
samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashga qaratilgan.

Milliy iqtisodchilardan bu sohada N. Maxmudov, Sh. Маjidov, N. Haydarov, A. Uzoqov, R. Saidov, M.

Sultanov, A. Juraev, D. Xo’jamqulov, B. Mamatov, Sh. Ergasheva, N. Karimov, N. Kenjaev, E. Nosirovlarning
ilmiy ishlari muhim ahamiyatga ega. Ular o‘z tadqiqotlarida kichik biznes subyektlarining moliyalashtirish
tizimini milliy xususiyatlari, investitsiyalarning samarali boshqarilishi hamda iqtisodiy amaliyotga tadbiq
etilishi kabi muhim masalalarni yoritganlar. Ularning ilmiy ishlari kichik biznesning moliyaviy resurslarini
shakllantirish, ularni boshqarish va samarali foydalanish sohasida nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil va
baholashlarni o‘z ichiga oladi

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va barcha zarur

sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida tarmoq rivojlanib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida 2025-yilda kichik va oʻrta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55
foizga, sanoatda — 34 foizga, eksportda — 34 foizga va aholi bandligini taʼminlashda 75 — foizga yetkazish,
shuningdek, kamida 600 nafar kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishiga koʻmaklashish orqali
ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;2 masalalariga e’tibor qaratilgan.

O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli yildan-yilga ortib bormoqda.

Mamlakatda kichik biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda-
soliq yukining kamaytirilishi, kreditlarning imtiyozli shartlarda berilishi, mulk daxlsizligini ta’minlash va
hududlarda biznes uchun teng sharoit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay, kichik
biznes faoliyatida ayrim muammolar saqlanib qolmoqda: moliyaviy resurslarga cheklangan kirish, soliq
ma’murchiligining murakkabligi, infratuzilmaga ulanishdagi to‘siqlar va hududlar o‘rtasida iqtisodiy

1

.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.01.2024 yildagi 37-son

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-50-son


background image

111

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

tengsizliklar. Maqolada olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kichik biznesning barqaror rivoji uchun
davlat, bank sektori va xususiy kapital o‘rtasida uzviy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur.

Kichik biznes sub’yektlarining samarali faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishini ta’minlash

maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin.

Birinchidan, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish lozim. Shu

maqsadda kichik va mikro biznes loyihalari uchun uzoq muddatli, past foizli imtiyozli kredit liniyalarini
kengaytirish, garov ta’minoti mexanizmlarini soddalashtirish hamda kredit olish jarayonida elektron
platformalardan foydalanish samaradorlikni oshiradi.

Ikkinchidan, soliq siyosatini liberallashtirish va soddalashtirish zarur. Mikro va kichik biznes

sub’yektlari uchun soliq stavkalarini barqaror darajada ushlab turish, hisobot topshirish tartibini elektron
shaklda amalga oshirish tizimini yanada rivojlantirish soliq yukini kamaytiradi hamda tadbirkorlarning rasmiy
faoliyatini kengaytiradi.

Uchinchidan, hududiy iqtisodiy tenglikni ta’minlash maqsadida iqtisodiy salohiyati past bo‘lgan tuman

va shaharlarda maxsus iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil etish maqsadga
muvofiq. Bunday yondashuv tadbirkorlar uchun zarur infratuzilma va kommunikatsiyalarni davlat tomonidan
olib kirish imkonini beradi.

To‘rtinchidan, mulk daxlsizligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning

oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish lozim. Bu borada tadbirkorlarning huquqiy
madaniyatini oshirish hamda sud-huquq tizimida tadbirkorlar manfaatini himoya qiluvchi mustaqil
tuzilmalarning rolini kengaytirish zarur.

Beshinchidan, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida ilmiy-texnologik ishlanmalarga

asoslangan startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotini ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish uchun
grantlar, subsidiyalar hamda investitsiya fondlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

Oltinchidan, tadbirkorlik madaniyatini yuksaltirish, amaliy biznes ko‘nikmalarini shakllantirish hamda

yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, Savdo-sanoat palatasi va mahalliy
hokimliklar hamkorligida “biznes maktablari”ni tashkil etish lozim.

Yettinchidan, kichik biznes sub’yektlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron hisob-

kitob tizimlarini kengaytirish, davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish orqali byurokratik to‘siqlarni
kamaytirish hamda shaffoflikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.01.2024 yildagi 37-son

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 19.03.2025 yildagi PF-50-son