Авторы

  • Xasan Poyonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138640

Аннотация

Mazkur maqolada moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirishning nazariy asoslari hamda kapital bozorini rivojlantirishning dolzarb jihatlari tahlil etilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bank va nobank sektorlar faoliyatidagi o‘zgarishlar, investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Raqobat muhitining shakllanishi, kapital bozorining jozibadorligini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish omillari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan

background image

122

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

MOLIYAVIY XIZMATLAR BOZORIDA RAQOBATNI KUCHAYTIRISH

VA KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH

Poyonov Xasan

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talabasi

Tel: +998 (97) 0695282

E-mail: @Poyonovxasan2@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17511501

Annotatsiya

: Mazkur maqolada moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirishning nazariy

asoslari hamda kapital bozorini rivojlantirishning dolzarb jihatlari tahlil etilgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston
moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bank va nobank sektorlar faoliyatidagi o‘zgarishlar,
investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqilgan. Raqobat muhitining shakllanishi,
kapital bozorining jozibadorligini oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish omillari bo‘yicha
tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

moliyaviy xizmatlar bozori, raqobat, kapital bozori, investitsiya, bank tizimi, qimmatli

qog‘ozlar bozori, iqtisodiy barqarorlik.

Kirish

Hozirgi davrda moliyaviy xizmatlar bozori milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin

tutadi. O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan moliya tizimini shakllantirish
jarayonida raqobat muhitini kuchaytirish va kapital bozorini rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Raqobatning kuchayishi xizmatlar sifatini oshiradi, narxlarning barqarorligini ta’minlaydi va iste’molchilarga
keng tanlov imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, kapital bozorining rivoji korxonalar uchun qo‘shimcha
moliyalashtirish manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Asosiy qism

1. Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning ahamiyati
O‘zbekiston moliya tizimida 2020-yillardan boshlab yangi banklar va fintex kompaniyalarning kirib

kelishi raqobat muhitini sezilarli darajada jonlantirdi. Raqobatni kuchaytirish orqali xizmatlarning
raqamlashtirilishi, mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv va innovatsion mahsulotlar paydo bo‘ldi. Mamlakatda
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Moliya vazirligi tashabbuslari asosida monopoliyaga qarshi siyosat
kuchaytirilmoqda. Bu esa moliyaviy xizmatlar sohasida adolatli raqobatni ta’minlashga zamin yaratadi.

2. Kapital bozorining rivojlanish tendensiyalari
Kapital bozori iqtisodiyotda uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etishda muhim mexanizm hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida “Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyati so‘nggi yillarda sezilarli kengaydi.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi hajmining oshishi, xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlari ham kapital bozorining jozibadorligini oshirmoqda.

Kapital bozorining rivojlanayotganiga misol sifatida “Toshkent” respublika fond birjasida so’ngi to’rt

yildagi o’shishni tahlil qilamiz:


background image

123

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Savdo hajmining 2023-yildan 2024-yilga keskin oshgani (2,89 → 21,95 trln so‘m) o‘zgarish darajasini

ko‘rsatadi: bu 650% ga yaqin o‘sish. Bundan tashqari 2023-yilda birja zararga kirgan, 2024-yilda birjaning sof
foydasi 12,3 mlrd so’m bo’lgan. Birjada 2024-yilda bitimlar soni 498381( to’tr yuz to’qson sakkizming uch
yuz sakson bir) tani tashkil bu ko’rsatkich bo’yicha 2023- yild 411870 (to’rt yuz o’n birming sakkizyuz
yetmish) tani, o’rtadagi tafovut 86511 tani tashkil qilmoqda. Bu esa so’ngi yillarda mamlakatimizda kapital
bozorni rivojlantirish uchun qilingan islohotlar natijasidir.

3. Raqobatni kuchaytirish va kapital bozorini rivojlantirishning o‘zaro bog‘liqligi

Raqobat muhitining kuchayishi moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishiga olib keladi. Bu esa kapital
bozoridagi faol ishtirokchilar sonining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Rivojlangan raqobat korxonalarni yangi
moliyaviy instrumentlar yaratishga undaydi, bu esa iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa

Moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror

rivojlanishida asosiy omillardan biridir. Kapital bozorini rivojlantirish esa investitsion faollikni oshiradi,
moliyaviy resurslar harakatini tezlashtiradi va mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlaydi. Shu
sababli, ushbu yo‘nalishda davlat siyosatini takomillashtirish, xalqaro tajribalarni joriy etish hamda moliya
sektorida innovatsion yondashuvlarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

qarori.
2.

Karimov A., “O‘zbekiston moliya tizimidagi islohotlar”, TDIU, 2022 3.Moliya vazirligi hisobotlari

(2023–2024).
3.

Xalqaro Valyuta Fondi (IMF) – Financial Stability Report, 2024.

4.

World

Bank.

Developing

Capital

Markets

in

Emerging

Economies,

2023.

6. https://kapital.uz

1,26

4,82

2,89

21,95

0

5

10

15

20

25

Savdo hajmi ( trln so'mda)

2021

2022

2023

2024