Авторы

  • Nurali Maxmudov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138644

Аннотация

Maqolada iqtisodiyotning real sektori faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliya-kredit mexanizmlarining modernizatsiyasi va ular asosidagi innovatsion yondashuvlar boʼyicha xulosa, takliflar berilgan.

background image

131

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

MOLIYA-KREDIT MEXANIZMLARINING MODERNIZATSIYASI VA

INNOVATSION YONDASHUVLAR

Maxmudov Nurali Komilovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, mustaqil izlanuvchisi

Email: nuralimahmudov32@gmail.com

https://orcid.org/009-0009-0131-8719

tel.nomeri. 97-699-28-05

https://doi.org/10.5281/zenodo.17511609

Annotatsiya

: Maqolada iqtisodiyotning real sektori faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliya-kredit

mexanizmlarining modernizatsiyasi va ular asosidagi innovatsion yondashuvlar boʼyicha xulosa, takliflar
berilgan.

Kalit so‘zlar:

moliya-kredit mexanizmlari, modernizatsiya, innovatsion yondashuvlar, real sektor,

raqamli moliya, fintech, risklarni boshqarish.

Аннотация:

В статье изложены выводы и предложения по модернизации финансово-кредитных

механизмов и основанным на них инновационным подходам к поддержке деятельности реального
сектора экономики.

Ключевые слова:

Финансово-кредитные механизмы, модернизация, инновационные подходы,

реальный сектор, цифровые финансы, финтех, управление рисками.

Annotation:

The article provides conclusions and proposals on the modernization of financial and credit

mechanisms and innovative approaches based on them to support the activities of the real sector of the
economy.

Keywords:

financial and credit mechanisms, modernization, innovative approaches, real sector, digital

finance, fintech, risk management.

Kirish

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, uning investitsion jozibadorligi va real sektorni

qo‘llab-quvvatlash samaradorligi moliya-kredit tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Globallashuv jarayonlari chuqurlashgan, raqobatning kuchaygani va raqamli texnologiyalarning
keng joriy etilishi davrida an’anaviy moliyaviy vositalar endilikda iqtisodiyotning zamonaviy ehtiyojlariga
to‘liq javob bera olmay qolmoqda. Shu sababli moliya-kredit mexanizmlarini modernizatsiya qilish, ularni
innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirish dolzarb masalalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilib, bank tizimi, kapital

bozori, davlat moliyasi va investitsiya siyosatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kreditlash jarayonlarini raqamlashtirish, fintech ekotizimini shakllantirish, davlat-xususiy

sheriklikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, mikro va kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy kirish
imkoniyatlarini kengaytirish tamoyillari moliyaviy sektor samaradorligini oshirmoqda.

Bunday o‘zgarishlar moliya-kredit instrumentlarining riskka mosligi, shaffofligi va qaytimi yuqori

bo‘lgan mexanizmlarni ishlab chiqishni talab etadi.

Innovatsion moliya vositalari-raqamli kredit mahsulotlari, blokcheyn texnologiyalari asosida xizmat

ko‘rsatish, “yashil” moliyalashtirish, lizing va faktoringning zamonaviy shakllari-iqtisodiy jarayonlarga
kapital oqimini kuchaytirish bilan birga, iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Shu jihatdan mazkur mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlar moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, real

sektorning investitsion salohiyatini rivojlantirish hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun
nazariy-amaliy asos vazifasini bajaradi (1-jadval).

Moliya-kredit mexanizmlarini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahlil

1

1-jadvali

Tahlil yo‘nalishi

Mavjud holatdagi

muammolar

Innovatsion yechimlar

va modernizatsiya

yo‘nalishlari

Kutilayotgan

natijalar

1

International Monetary Fund.

Republic of Uzbekistan: Financial Sector Assessment Program.

2025 ma’lumoti.


background image

132

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

1

Kredit siyosati va

moliyalashtirish

mexanizmlari

Kreditlash shartlari

qattiq, ta’minot

talablari yuqori,

kreditlarning qaytimi

past

Kafolat va sug‘urta

mexanizmlarini

kengaytirish, smart-

kredit reytingi joriy etish

Kreditlash qamrovi

kengayadi, resurslar

samaradorligi oshadi

2

Bank tizimi

raqobatbardoshligi

Bozorning

konsentratsiyasi

yuqori, xususiy

banklar ulushi past

Xususiy sektor ulushini

oshirish, bank

xizmatlarining

diversifikatsiyasi

Moliyaviy xizmatlar

bozori jonlanadi,

raqobat kuchayadi

3

Raqamli moliya va

fintech

Raqamli xizmatlar

qamrovi yetarli emas,

to‘lov tizimlari

integratsiyasi sust

Fintech-startaplarni

qo‘llab-quvvatlash,

blokcheyn va onlayn-

kredit tizimlari

Raqamli moliya

ekotizimi shakllanadi,

tranzaksion xarajatlar

kamayadi

4

Kapital bozori

rivoji

Fond bozorida

likvidlik past, IPO va

korporativ

obligatsiyalar bozori

sust

“Yashil” obligatsiyalar,

sukuk, raudfunding

platformalari joriy etish

Investitsion manbalar
diversifikatsiyalanadi

5

Davlat-xususiy
sheriklik (PPP)

Loyihalarning

institutsional asoslari

va risk taqsimoti

yaxshi ishlab

chiqilmagan

PPP shartnomalarida

xalqaro standartlarni

qo‘llash, risklarni to‘g‘ri

taqsimlash

Infratuzilma

investitsiyalari ortadi,

byudjetga yuk

kamayadi

6

Moliya

vositachiligi

Bank tizimiga haddan

tashqari tayanish,

noan’anaviy

instrumentlar sust

rivojlangan

Lizing, faktoring,

mikromoliyalash

segmentlarini

rivojlantirish

Kichik biznes va

startaplar moliyaviy

qo‘llab-quvvatlanadi

7

Risklarni

boshqarish tizimi

Kredit risklari yuqori,

monitoring yetarli

emas

Big data va AI asosida

skoring tizimlari, real-

time monitoring

Kredit risklari

pasayadi, portfel sifati

oshadi

8

Ekologik va

ijtimoiy

moliyalashtirish

Barqaror rivojlanish

mezonlari yetarli

darajada inobatga

olinmaydi

ESG talablarini joriy

etish, iqlim loyihalari

uchun kreditlar

Barqaror iqtisodiy
o‘sish va ekologik

xavfsizlik kuchayadi

9

Institutsional

boshqaruv

samaradorligi

Hisobot tizimi va

monitoringda

shaffoflik yetarli emas

Xalqaro audit va hisobot

standartlari, regulyativ

islohotlar

Hisobdorlik

kuchayadi, korrupsiya

xavfi kamayadi


1-jadvalda tahlil natijalari advaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston moliyaviy tizimi oxirgi yillarda

sezilarli islohotlar jarayonida bo‘lishiga qaramay, hali ham bir qator tizimli muammolarni o‘zida saqlab
qolmoqda. Ularni bartaraf etish uchun taklif etilgan innovatsion yechimlar moliya sektorini jadal
modernizatsiya qilishni talab etadi.

Kreditlashning an’anaviy yondashuvi iqtisodiy subyektlar, ayniqsa kichik biznes uchun moliyaviy

kirishni cheklamoqda. Kafolat institutlari

va

aqlli reyting tizimlarini kengaytirish kredit resurslaridan

foydalanish samaradorligini oshiradi va iqtisodiy faollikni kengaytiradi.

Bozorning ortiqcha konsentratsiyasi raqobatning sustlashuviga olib kelmoqda. Xususiy banklar

ulushining oshishi, xizmatlar diversifikatsiyasi moliyaviy xizmatlar bozorida samaradorlik va sifatni
oshirishga xizmat qiladi.


background image

133

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

To‘lov tizimlari va raqamli xizmatlar infratuzilmasi yetarli darajada integratsiyalashmagan. Fintech-

startaplarni qo‘llash, blokcheyn asosida kredit va to‘lov tizimlarini joriy etish

tranzaksion xarajatlarni

kamaytirib, moliyaviy inklyuziyani kuchaytiradi.

Fond bozorining past likvidligi investitsiyalar uchun bank krediti yukini oshiradi. Yashil obligatsiyalar

,

sukuk

,

kraudfunding kabi innovatsion moliya instrumentlarini joriy etish kapital manbalarini

diversifikatsiyalaydi va iqtisodiyotning kapitalizatsiyasini oshiradi.

PPP loyihalarida risk taqsimoti va institutsional bazaning kuchsizligi infratuzilmaviy loyihalar

samaradorligini kamaytiradi. Xalqaro tajriba asosida risklarni to‘g‘ri boshqarish infratuzilmaga xususiy
sarmoya oqimini oshiradi va davlat byudjeti yukini kamaytiradi.

Bank markazlashgan tizim iqtisodiyot uchun yetarli emas. Lizing, faktoring va mikromoliyalashni

kengaytirish startaplar va KOB sektorini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi, iqtisodiy o‘sishning yangi
drayverlarini shakllantiradi.

Sun’iy intellekt, Big Data

va

real-time monitoring

risklarni sezilarli kamaytirib, portfel sifatini

yaxshilaydi.

ESG tamoyillarining sustligi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka to‘siq bo‘lmoqda. “Yashil”

moliyalashtirishni kengaytirish iqtisodiy o‘sishning ekologik xavfsiz modeliga o‘tishni ta’minlaydi.

Shaffoflik yetishmasligi korrupsiya xavfini kuchaytiradi. Xalqaro audit me’yorlari va raqamlashtirilgan

hisobot tizimi samaradorlikni va jamoatchilik nazoratini kuchaytiradi.

Taklif sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-kredit shartlarini iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha moslashtirish zarur;
-garov talablarini yumshatish va kafolat institutlarini kengaytirish lozim;
-innovatsion loyihalar uchun subsidiya va grant mexanizmlarini ko‘paytirish zarur;
-oliya tizimini boshqarishda real-time monitoring tizimini joriy etish lozim
-korrupsiya xavfini kamaytirish uchun ochiq ma’lumotlar platformalari yaratish maqsadga muvofiq.
Umuman olganda, кaqamli texnologiyalar, fintech xizmatlari, davlat-xususiy sheriklik, “yashil”

moliyalashtirish kabi innovatsion yo‘nalishlarning joriy etilishi moliya tizimining transformatsiyasiga kuchli
turtki bermoqda.

Shuningdek, moliyaviy inklyuziyaning kengayishi, aholining moliyaviy savodxonligi o‘sishi va davlat

boshqaruvining shaffoflashuvi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Umuman, moliya-kredit mexanizmlarining modernizatsiyasi investitsiyaviy faollikni oshirish,

resurslardan foydalanish samaradorligini kuchaytirish, iqtisodiy o‘sish drayverlarini shakllantirishda hal
qiluvchi ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.Toshkent:

“O‘zbekiston”, NMIU, 2019. 64 b.
2.

Stiglitz J. E., Weiss A. Credit Rationing in Markets with Imperfect Information // The American

Economic Review. 1981. №. 3. P. 393–410.
3.

Akerlof G. A. The Market for “Lemons”: Quality Uncertainty and the Market Mechanism // Quarterly

Journal of Economics. 1970. №. 3. P. 488–500.
4.

Claeys S., Schoors K. Bank Lending in Transition Economies: Evidence from Eastern Europe // Journal

of Comparative Economics. 2007. №. 1. P. 1-22.
5.

Levine R. Financial Development and Economic Growth: Views and Agenda // Journal of Economic

Literature. 1997. №. 35, P. 688–726.
6.

Chand S., Le V. T. Financial Access and SME Growth in Southeast Asia: Country Cases // Asian

Development Bank Working Paper Series. 2016. №. 423. 36 p.
7.

Hoshi T., Kashyap A., Scharfstein D. The Role of Banks in Reducing the Costs of Financial Distress in

Japan // Journal of Financial Economics. 1990. № 27, №. 1. P. 67–88.
8.

Jo’rayev M. M. Real sektorda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda uchraydigan muammolar va

yechimlar // Iqtisodiy tahlil. 2022. №4. B. 45–50.


background image

134

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

9.

Rasulov A. X. O’zbekistonda zamonaviy moliyaviy vositalardan foydalanish istiqbollari // Moliya.

2021. №3. B. 30-36.
10.

Hasanov X. Q. Moliyaviy savodxonlik va raqamli moliya xizmatlarini rivojlantirishning real sektorga

ta'siri // Iqtisodiyot va innovatsiyalar. 2023. №2. B.218.
11.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbеkiston

taraqqiyot stratеgiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni. Toshkеnt, 2022.