145
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDIT BERISH TARTIBI VA
AMALIY HOLATINI TAHLILI
Davlatov Elbek Kamoliddin o`g`li
Denov tadbirkorlik va pedagogika institiuti
Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti Bank ishi va audit
yo`nalishi 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17511796
Annotatsiya
: Tezisda tijorat banklarida ipoteka kreditini berish tartibi, uning asosiy bosqichlari va
amaliy ahamiyati yoritilgan. Unda ipoteka kreditlash jarayonining tartibi, mijozning to‘lov qobiliyatini
baholash hamda garov ta’minotini belgilash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, amaliyotda uchraydigan
muammolar, foiz stavkalari va ularni kamaytirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Ipoteka kreditlash tizimini
takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
ipoteka krediti, tijorat banklari, kreditlash tartibi, garov ta’minoti, foiz stavkasi, to‘lov
qobiliyati, uy-joy bozori, moliyaviy tahlil.
Bugungi kunda ipoteka kreditlari aholining uy-joy sharoitini yaxshilashda eng muhim moliyaviy
vositalardan biri hisoblanadi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga ortib borayotgani sababli,
tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlarini berish tizimini takomillashtirish dolzarb masalaga
aylanmoqda.Ipoteka kreditlash tizimi nafaqat fuqarolarning turmush darajasini oshirish, balki qurilish sohasi
va unga bog‘liq tarmoqlarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ipoteka kreditini berish
tartibi, uning iqtisodiy mohiyati hamda amaliyotdagi holatini chuqur tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Mazkur maruzada tijorat banklarida ipoteka kreditlarini berish jarayoni, ularning shartlari, foiz
stavkalari, garov ta’minoti hamda amaliy muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Shu orqali ipoteka
kreditlash tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Ipoteka krediti
- bu ko'chmas mulkni (uy-joy) sotib olish uchun bank yoki boshqa moliyaviy
yordamdir. Kreditning olinayotgan sharti - sotib olingan ko'chmas mulkgarov sifatida ta'minlanadi, ya'ni agar
qarz oluvchi o'z samaradorligini bajara olmasa, bank garovga olingan mulkni sotib olish huquqiga ega.
Ipoeka krediting mohiyati
•
asosiy maqsadi:
Shaxsga yoki oilaga ko'chmas mulk (uy-joy) sotib olish uchun yordam ko'rsatish.
•
Ta'minot:
Kredit ta'minoti sifatida sotib olinayotgan uy-joy yoki boshqa ko'chmas mulk garovga
qo'yiladi.
•
Qarz xulosasi:
qanday, uy-joy narxining bir ko'rinishi (masalan, 70-90% ni qoplaydi, qolgan qarz
oluvchi o'zi to'laydi.
•
Foiz stavkasi:
Kredit uchun foiz stavkasi foyda, uni qarz oluvchi kredit vaqt davomida to'lab boradi.
•
To'lov muddati:
Kredit uzoq muddatga beriladi, masalan, 10, 15, 20 yoki undan ham ko'p yillar uchun.
•
To'lovlar:
Qarz oluvchi har oyda kreditning ishlashi va foizlarini oshirish to'lab boradi.
•
Bank huquqlari:
Agar qarz oluvchi kredit to'lovlaridan orqada qolsa, bank garovga olingan mulkni
sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
Tijorat banklarida ipoteka kreditini ajratish tartibi
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari aholining uy-joy sharoitini yaxshilashga, qurilish sohasini
rivojlantirishga hamda iqtisodiyotda investitsion faollikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli ipoteka
kreditini ajratish jarayoni qat’iy tartib va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ipoteka kreditini ajratish tartibi, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Mijoz tomonidan ariza topshirish bosqichi
Ipoteka krediti olish istagida bo‘lgan fuqaro yoki yuridik shaxs bankka yozma ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
•
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta);
•
daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (ish joyidan maosh spravkasi yoki soliq hisobotlari);
•
garovga qo‘yiladigan ko‘chmas mulk hujjatlari;
146
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
•
oilaviy holat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (zaruratga ko‘ra).
Bank xodimlari arizani qabul qilib, dastlabki tahlilni amalga oshiradilar va mijoz kredit olish uchun talab
etiladigan minimal mezonlarga javob beradimi — shuni aniqlaydilar.
1
2. Mijozning to‘lov qobiliyatini baholash
Bu bosqichda bank kredit risklarini kamaytirish maqsadida mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qiladi.
Baholash jarayonida quyidagilar inobatga olinadi:
•
o‘rtacha oylik daromad miqdori;
•
mavjud qarz majburiyatlari;
•
oilaviy xarajatlar darajasi;
•
ish joyining barqarorligi.
Agar mijozning daromadlari kredit to‘lovlarini muntazam amalga oshirishga yetarli bo‘lsa, keyingi bosqichga
o‘tiladi.
3. Garov obyekti va uning qiymatini aniqlash
Ipoteka kreditining asosiy xususiyati shundaki, u garov ta’minoti evaziga beriladi. Garov obyekti sifatida
ko‘chmas
mulk
—
uy,
kvartira,
yer
maydoni
yoki
boshqa
mol-mulk
olinadi.
Garov qiymatini aniqlash mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Baholov natijasi
asosida bank kredit miqdorini belgilaydi. Odatda, kredit summasi garov qiymatining 70–80 foizidan oshmaydi.
4. Kredit shartlarini belgilash
Baholash natijalari asosida bank kreditning asosiy shartlarini belgilaydi:
•
kredit summasi va muddatini (odatda 10–20 yilgacha);
•
foiz stavkasini (bozor holatiga va bank siyosatiga qarab);
•
to‘lov jadvalini va foizlarni hisoblash tartibini;
•
kreditning maqsadli yo‘nalishini (uy sotib olish, qurish, rekonstruksiya qilish).
Mazkur shartlar mijoz bilan kelishilgan holda yakuniy shaklga keltiriladi.
5. Shartnoma tuzish va kreditni ajratish
Bank va mijoz o‘rtasida ipoteka krediti shartnomasi tuziladi. Shartnomada tomonlarning huquq va
majburiyatlari, to‘lov shartlari, jarima sanksiyalari va garov obyekti bo‘yicha barcha huquqiy jihatlar aniq
belgilab qo‘yiladi. Shartnoma imzolangach, garov obyekti notarial tartibda rasmiylashtiriladi hamda tegishli
davlat reyestriga kiritiladi. Shundan so‘ng bank kredit mablag‘larini to‘g‘ridan-to‘g‘ri uy-joy sotuvchisiga yoki
mijozning hisob raqamiga o‘tkazadi.
6. Kreditni qaytarish va monitoring
Kredit ajratilgandan so‘ng bank kreditning qaytarilishini nazorat qiladi. Monitoring jarayonida quyidagilar
kuzatib boriladi:
•
oylik to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi;
•
garov obyekti holati va sug‘urtasi;
•
mijozning moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar.
Agar mijoz kredit to‘lovlarini bajarmasa, bank shartnomaga muvofiq choralar ko‘radi, zarurat
tug‘ilganda garov obyekti hisobidan qarzdorlikni undirish huquqiga ega bo‘ladi.
2025 yildagi ma’lumotlari asosida ayrim banklarning ipoteka kreditlari bo‘yicha eng muhim
shartlar (foiz stavkasi, muddat, summasi va dastlabki badal) jadvali
1-jadval
2
1
Makroiqtisodiy va
hududiy tadqiqotlar instituti “O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori 2023” jurnal, 2024, 40
-
67-betlar.
2
https://bank.uz/uz/ipoteka
147
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
O‘zbekistonda uy-joy sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etish, ipoteka krediti bozorini yanada
rivojlantirish hamda tijorat banklari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini
qayta moliyalashtirish mexanizmlarini amaliyotga keng joriy qilish maqsadida bir qancha ishlar amalga
oshirilmoqda.
Jumladan, ipoteka kreditlari, ayniqsa davlat dasturlari doirasida past daromadli oilalar va birinchi
marta uy sotib oluvchilar uchun mo‘ljallangan imtiyozli ipoteka kreditlari uy-joyga bo‘lgan talabni
oshiradi, chunki ushbu kreditlar ko‘proq odamlarga uy sotib olish imkonini beradi. Masalan, tijorat banklar
tomonidan 2023 yilda 68 395 nafar mijozga 16 850,9 mlrd.so‘m hamda joriy yil 6 oy davomida 31 900 nafar
mijozga 8 536,3 mlrd.so‘m ipoteka kredit mablag‘lari ajratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Past foiz
stavkalari yoki davlat tomonidan kafolatlanadigan kreditlar kabi imtiyozlar uy-joyga ega bo‘lishni ancha arzon
bo‘lishini ta’minlaydi.
34
Hozirda ipoteka kreditlarini moliyalashtirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari,
banklarning o‘z mablag‘lari, davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hamda O‘zbekiston Ipotekani qayta
moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda. 2023 yilda Iqtisodiyot va moliya
vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 8,66 trln.so‘mga yetib, jami ajratilgan
kreditlarning 51,4 foizini tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2022 yilda mos ravishda 8,5 trln.so‘m va 59,2
foizni, 2021 yilda 4,85 trln.so‘m va 49,5 foizni tashkil etgan edi. Davlat budjetidan ajratilganmablag‘lar
hisobidan berilgan ipoteka kreditlari hajmi 2021 yildagi 2,12 trln.so‘mdan (21,7 foiz) 2023 yilda 897
mlrd.so‘mgacha (5,3 foiz) kamaydi.
Ipoteka kreditlarini moliyalashtirishda banklarning o‘z mablag‘larining ulushi sezilarli darajada
ortib bormoqda. 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 8,9 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yilda 26,3 foiz va 2023 yilda 33,9
foizga yetdi. Bu esa, o‘z navbatida, bank sektorining ko‘chmas mulk bozorida faolligi va roli yil sayin
mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatadi. 2023 yilda O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish
kompaniyasi mablag‘laridan berilgan ipoteka kreditlari 1,58 trln.so‘mga yetib, jami ipoteka kreditlaridan
ulushi 9,4 foizni tashkil yetdi.
5
2024-yil yakuni: O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni sezilarli darajada kamaydi -
Markaziy bank
2024-yilda O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni 16 foizga kamaydi, kreditning o‘rtacha
miqdori 18 foizga ko‘tarilib, 290 mln so‘mdan oshdi. Ipoteka krediti berish bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi
bo‘lib qolmoqda, deya xabar bermoqda Markaziy bank. 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika
3
Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020.
4
https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181
5
https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181
148
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
bo‘yicha jami 17,09 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi, bu 2023-yilga nisbatan 1,38 foizga ko‘p. Ipoteka
oluvchilar soni 16 foizga — 68,3 mingdan 58,8 ming kishiga kamaydi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 9,54 trln so‘mlik (2023-yil darajasiga yaqin) ipoteka kreditlarini
moliyalashtirdi. Buning natijasida umumiy kredit ajratishdagi davlat ulushi 56,6 foizdan 55,8 foizgacha
pasaydi. O‘z navbatida, ipoteka kreditlashda banklarning roli oshdi. 2023-yilga nisbatan banklar tomonidan
ipoteka kreditlarini moliyalashtirish 261,6 mlrd so‘mga ko‘payib, ularning kreditlar berishdagi ulushi 33,8
foizdan 34,9 foizgacha yetdi.
6
Ipoteka kreditlari hajmining o‘sishi.
So‘nggi yillarda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining umumiy hajmi 2020-yildan boshlab 3,3
barobar oshgan. Agar 2020-yilda bu ko‘rsatkich 20,3 trillion so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yil yakuniga
kelib bu raqam 67,7 trillion so‘mga yetgan. Buning sabablari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
- Uy-joy qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining kengayishi;
- Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning ko‘payishi;
- Aholining ipoteka kreditlariga bo‘lgan ehtiyojining ortishi.
Hududlar bo‘yicha ipoteka kreditlari taqsimoti.
2024-yilda ipoteka krediti ajratish bo‘yicha Toshkent shahri 5,57 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan eng
yuqori pogʻonani egalladi. Bu degani, aholiga ajaratilgan jami ipoteka kreditlarining uchdan bir qismi poytaxt
hissasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi oʻrinni 1,386 trln so‘mlik ipoteka ajratilgan Farg‘ona viloyati egallagan
boʻlsa, uchinchi oʻrinda Samarqand (1,382 trln so‘m) qayd etildi.
Ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari.
Jami 17,1 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilgan:
- 9,5 trillion so‘m – Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- 5,9 trillion so‘m – tijorat banklarining o‘z mablag‘lari;
- 1,5 trillion so‘m – Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi.
Ushbu manbalarning turli kombinatsiyasi ipoteka kreditlarini moliyaviy barqarorlik bilan ta’minlashga
imkon berdi.
7
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020.
2.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti “O‘zbekiston ko‘chmas mulk va ipoteka bozori 2023”
jurnal, 2024, 40-67-betlar.
3.
https://research.nordicuniversity.org/index.php/nordic/article/view/1386/1055
4.
https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181
6
Karimov S. “Ipoteka kreditlash asoslari”. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2020.
7
https://uysot.uz/uz/jurnal/2024-yilda-ipoteka-kreditlari-statistikasi-va-tahlili-181
