Авторы

  • Quvondiq Yaqupboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138655

Аннотация

Tezisda tijorat banklari aktivlari va ularning samaradorligi, aktivlarning diversifikatsiya qilinishi hamda tijorat banklaridagi muammoli holatlar haqida ma’lumotlar berilgan

background image

156

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

TIJORAT BANKLARI MOLIYAVIY SAMARADORLIGINI VA

AKTIVLARINI SIFATINI OSHIRISH

Yaqupboyev Quvondiq

Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi

4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi

Email adres: yaqupboyevquvondiq@gmail.com

Telefon raqami:+998990134206

https://doi.org/10.5281/zenodo.17511913

Annotatsiya

: Tezisda tijorat banklari aktivlari va ularning samaradorligi, aktivlarning diversifikatsiya

qilinishi hamda tijorat banklaridagi muammoli holatlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Tijorat banklari, aktivlar, moliyaviy samaradorlik, bank operatsiyasi, bank kreditlari, pul

oqimlari.

Kirish:

Tijorat banklari iqtisodiyotning ajralmas asosiy qismi bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib

qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi.
Davlatimizda aynan bu bank sektorlari bo‘yicha ko‘plab ishlohatlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining bank qonunchiligida “Tijorat banklarining aktivlari – kredit, mikrokredit,

overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qogʻozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablagʻlar, hisoblangan
foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulki, boʻlib-boʻlib sotilgan mol-mulk, balansdan tashqari
buyumlar (qaytarib boʻlmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar,
kafolatlar) va boshqa barcha talablar, hisoblangan foizlardan tashqari”. Aktivlar bilan bogʻliq
munosabatlarning mavjudligi aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalarni keltirib chiqaradi

1

. Bank aktivlari

samaradorligini oshirish nafaqat bank tizimini emas balki butun iqtisodiyotni takomillashtirish va rivojlantirish
usulidir.

Asosiy qism

: Tijorat banklarining rivojlanishi aynan iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlanishiga

ham olib keladi. Aynan tijorat banklari aholiga hizmat ko‘rsatish moliyalashtirish kabi faoliyat bilan
shug’ullanadi.

Prezident tomonidan qabul qilingan “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” farmonining besh ustuvor yo‘nalishidan biri –
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu yo‘nalish istiqbolli
investitsiya loyihalarining barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlashga, shuningdek, kichik biznes va
tadbirkorlik subyektlariga kredit berishni yanada kengaytirishga qaratilgan

2

.

Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida islohotlar chuqurlashib, tijorat banklarining

aktivlari hajmi sezilarli o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda
tijorat banklari jami aktivlari 411,5 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yil yakuniga kelib bu ko‘rsatkich
830 trillion so‘mga yetgan va to‘rt yil ichida ikki baravardan ko‘p o‘sdi. Shuningdek, aktivlar tarkibida kredit
portfeli 63–65 foiz, investitsiyalar esa 7–8 foiz ulushni egallab tashkil qiladi

3

.

1- jadval. AT «Hamkorbank»ning aktivlar turlari bo‘yicha bank aktivlari dinamikasi (2021–2024

y. mlrd so‘mda).

4

Aktivlar nomi

2021

2022

2023

2024

2025 (III-

chorak)

1

Kassadagi naqd pul va

boshqa to‘lov hujjatlari

812,54

1 052,11

1 358,73

1 754,92

1 983,68

1

Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli “2020- 2025 yillarga

muljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” gi Farmoni. 4-bet

2

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017-yil

7-fevraldagi

PF–4947-sonli

farmoni – “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida.”

3

www.cbu.uz

4

S Nilufar - World Scientific Research Journal, 2025 - journalss.org


background image

157

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

2

Markaziy bankdagi

mablag‘lar

643,27

802,14

1 094,53

1 267,54

1 445,05

3

Boshqa banklardan

olinishi lozim bo‘lgan

mablag‘lar, sof

978,36

1 228,87

2 741,88

3 197,86

4 558,05

4

Qimmatli qog‘ozlar va

ularga qilingan

investitsiyalar, sof

524,99

671,12

1 012,45

1 540,99

1 718,69

5

Qimmatbaho metallar,

sof

31,23

43,19

17,54

0

0

6

Investitsiyalar, sof

119,35

147,23

165,11

178,93

214,75

7

REPO bo‘yicha sotib

olingan qimmatli

qog‘ozlar, sof

112,45

126,78

143,56

176,53

194,81

8

Kredit va lizing

operatsiyalari, sof

8 965,54

10 987,88

14 321,55

18 951,24

20 400,38

9

Asosiy vositalar, sof

365,11

416,33

498,24

562,98

587,37

10

Boshqa aktivlar, sof

720,35

846,01

945,33

871,23

943,77

Jami aktivlar

13 273,21

16 021,69

19 823,86

22 497,34

32 138,56


2021-yilda jami aktivlar 13,273.21 mlrd so‘mni tashkil qilgan, 2025-yilga kelib esa 43,158.66 mlrd

so‘mga yetgan. Bu davr mobaynida bank aktivlari 3,25 barobarga o‘sgan hisoblanadi. Bu AT
«Hamkorbank»ning moliyaviy salohiyati, va bozor ulushi va investitsion imkoniyatlari sezilarli darajada
kengaygayib borayotganini ko’rsatadi. Aktivlarning eng katta qismini kredit va lizing operatsiyalari egallagan.

Ularning hajmi 2021 yildagi 8,965.54 mlrd so‘mdan 2025 yilda 29,408.87 mlrd so‘mga yetib, jami

aktivlarning 68–70% ini tashkil qilgan. Bundan ko’rinib turibdiki bankning asosiy daromad manbai kreditlash
ekanini va kredit portfelining kengayishi hisobiga aktivlar o‘sayotganini ko‘rsatadi.

1 rasm – Hamkorbank aktivlarini yillik o‘sish dinamikasi

5

.

5

S Nilufar - World Scientific Research Journal, 2025 - journalss.org


background image

158

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

AT «Hamkorbank»ning 2021–2025 yillar davomida umumiy aktivlari hajmi o‘sish tendensiyasini

namoyon qilgan. Diagrammalarda ham aktivlar tarkibi bo‘yicha mutlaq ko‘rsatkichlar, ham yillik o‘sish
sur’atlari foizlarda aks ettirilgan. Umumiy aktivlar hajmi yilma yil oshib borgan va 2021 yildan 2025 yilgacha
sezilarli darajada kengaygan. Bu tendensiya bankning iqtisodiy salohiyati, moliyaviy resurslarni jalb qilish va
ularni samarali joylashtirish qobiliyatining ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Yillik o‘sish sur’atlari tahlili. Diagrammada ko‘rsatilganidek, ayrim yillarda o‘sish sur’ati yuqoriroq

bo‘lsa, keyingi yillarda biroz pasayish kuzatilgan. Aynan bu haqda ko’plab malumotlar Samadova Nilufar
O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti maqolasida kenggaytirilgan malumotlar
berilgan.

Tijorat banklarining aktivlari samaradorligini yaxshilash bo’yicha ko’plab chet el iqtisodchilari ham

quydagicha fikirlar bildirib o’tganlar hisoblanadi.

Iqtisodchi V. Usoskin tijorat banklarining aktivlar sifatini yaxshilash masalasini qiydagicha etirof etadi.

V. Usoskin kredit portfeli sifatini oshirish mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashva o’rganish tizimini
takomillashtirishni va kredit portfelini shakllantirishda diversifikatsiya tamoyiliga qat’iy rioya etishni taklif
etgan hisoblanadi.

Mening fikrimcha aynan kredit sohasida islohatning olib borilishi bankdagi kreditlarning undirilishi va

tarqatishishi aynan bu jarayon kredit tamoillariga javob berishi aktivlarning oshishiga samarali tasir ko’rsatadi.

Professor O. I. Lavrushin fikriga ko’ra tijorat banklarining likvid aktivlari depozitlarning beqaror qismi

bo‘yicha majburiyatlarni bajarish imkonini berishi kerak deb aytgan hisoblanadi. bank depozitlarining uchta
asosiy shakli — joriy depozitlar, jamg‘arma depozitlari va muddatli depozitlar — ma’lum barqaror ulushga
ega bo‘lib, ular jami depozitlarning kamida 75 foizini tashkil etishi lozim. Aksincha, likvid aktivlar jami
depozitlarning 25 foizi miqdoridagi majburiyatlarni bajarish uchun yetarli miqdorda bo‘lishi zarur degan
fikirlarni bildirgan.

Tijorat banklari daromadining oshishi bu butun iqtisodiyotning rivojlanishi bilan barobar

hisoblanadi.Banklarning qulashi iqtisodiyot qulashi bilan hisoblanadi bunga misollar inqirozlar davridan
keltirsak bo’ladi.

1970-yillardan beri moliyaviy inqirozlar soni keskin oshgan. Moliyaviy inqirozlar ko‘pincha bank

inqiroziga olib kelgan, bu esa ishlab chiqarish omillariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, iqtisodiy o‘sish
sekinlashadi. Bank inqirozidan keyin kredit berish kamayadi. Bu esa investitsiyalarni, ishlab chiqarishni va
kapital jamg‘arilishini pasaytiradi. Ba’zi banklarning mijozlari kreditlarni qaytara olmagach, boshqa banklar
ham kredit berishdan qo‘rqadi. Bu bank tizimining global darajada zaiflashayotganini ko‘rsatadi

6

.

Xulosa:

Tijorat banklari iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi.Aynan bu tizimni rivojlantirish davlat

uchun muhim hisoblanadi. Bank aktivlarining samaradorligini oshirish uchun, avvalo, risklarni boshqarish
tizimini raqamlashtirish, aktivlarni ishlab chiqarish va eksport yo‘nalishlariga diversifikatsiya qilish, kapital
yetarliligini mustahkamlash hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish zarur deb hisoblayman.
Shuningdek, moliyaviy innovatsiyalarni keng joriy etish va monetizatsiya darajasini oshirish banklarning
barqarorligini mustahkamlab, real sektorni moliyalashtirish imkoniyatlarini yaratadi va kengaytiradi. Ushbu
chora-tadbirlar natijasida tijorat banklari aktivlari samaradorligi ortishi va aktivlarning aylanishi tezlashib
moliyaviy barqarorligi taminlanadi deb hisoblayman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Farmon (2020) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli “2020-

2025 yillarga muljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi toʻgʻrisida” gi
Farmoni. 4-bet.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-sonli farmoni “O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida.”

6

A. Rakhimov ” Economic crisis and banking crisis”


background image

159

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

3.

A.R.Qodirov. Tijorat banklarida raqamli texnologiyalar asosida aktivlarni boshqarish. // “Iqtisodiyot va

innovatsion texnologiyalar” jurnali, 2023
4.

Lavrushin O, Mwengei. Assessing the Factors Contributing to Non – Performance Loans in Kenyan

Banks, European Journal of Business and Management 2014.
5.

Qoraliyev T.M., Norqobilov S. (2009) “Bank resurslari va ularni boshqarish”

6.

S Nilufar - World Scientific Research Journal, 2025 - journalss.org

7.

www.cbu.uz