174
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA KICHIK BIZNES
SUB’EKTLARINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMLARI
Normurodov Salohiddin
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi
Email adress: normurodovsalohiddin@mail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17512738
Annotatsiya
: Ushbu tezisda bugungi kundagi islohotlardan kelib chiqqan holda malakatimizda kichik
biznes egalarining soliqqa tortish mexanizmlari va qonuniy tartiblari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Soliq kodeksi,yagona soliq to‘lovi,aksiz solig‘i,bojxona boji,QQS,soliq tizimi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar nafaqat tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, balki soliqqa tortish tizimini ham keng rivojlantirishga qaratilgan. Soliqlar –
davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra,
mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab barcha sohalar qatori soliq sohasida ham bir
qator islohotlar amalga oshirilib kelmoqda. Shu munosabat bilan yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev
mamlakatimizda soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar bo’yicha quyidagilarni ta’kidlab o’tganlar: “Yangi
soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar
soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi.
Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion
so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z
bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan
yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon
bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha
dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik”
1
.
Kichik biznes subyektlari uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibi qo'llaniladi va yagona soliq to'lovini,
yagona yer solig'ini hamda tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo'yicha qat'iy belgilangan soliqni hisoblab
chiqarish hamda to'lashning maxsus qoidalari qo'llanilishini, shuningdek mazkur soliqlar bo'yicha soliq
hisoboti taqdim etilishini nazarda tutadi. Kichik biznes subyektlari o'z xohishlariga binoan soddalashtirilgan
yoki umumbelgilangan soliqlarni to'lashlari mumkin. Agar korxonalar umumbelgilangan soliq tizimida
faoliyat yuritsa Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan belgilangan barcha turdagi soliqlar bo'yicha hisobot
topshirishlari hamda soliq to'lovlarini to'lashlari shart. Shu sababli kichik biznes subyektlariga
umumbelgilangan soliqlarni hisoblash va to'lashning alohida tartibi nazarda tutilmagan. Kichik biznes
subyektlari soliq to'lovining hisob-kitobi soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga
ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay,
yil yakunlari bo'yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Soliq solishning
soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq to'lovchilar uchun, agar Soliq Kodeksning 373-moddasida
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, to'lov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy to'lovlarni ushlab
qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagi soliqlar va boshqa
majburiy to'lovlarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi: Soliq kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan
tartibda to'lov manbaida undiriladigan foyda solig'i; Soliq kodeksining 207-moddasida nazarda tutilgan
tartibda O'zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (ko'rsatiladigan) ishlar
(xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i; agar Soliq kodeksining 350-moddasida boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo'lsa, aksiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz solig'i; agar Soliq
kodeksining 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun
soliqlar va maxsus to'lovlar; qonun hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar
uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; bojxona to'lovlari; yagona ijtimoiy to'lov; davlat bojlari;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko'rsatish huquqi uchun yig'im;
avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24.01.2024
175
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
yig'im. Yagona soliq to'lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi: aksiz solig'i
to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali
qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, bundan maxsus
pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g'isht ishlab
chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno; Soliq kodeksining 57-bobiga muvofiq yagona yer
solig'i va Soliq kodeksining 58-bobiga muvofiq qat'iy belgilangan soliq to'lash nazarda tutilgan faoliyat
doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo'lgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarga. Yagona soliq to’lovini to’lashga o’tish uchun soliq to’lovchilar soliq
bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq hizmati organini yagona soliq to’lovini to’lashga o’tishi to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilangan shaklda quyidagi muddatlarda
habardor etadi: yangi tashkil etilayotgan mikrofirmalar va kichik korhonalar - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan
kundan etiboran o’nbesh kundan kechiktirmay; o’tgan yil yakunlari bo’yicha yagona soliq to’lovini to’lash
uchun belgilangan mezonlarga mos keladigan umumbelgilangan soliqlarni to’lovchi yuridik shahslar - yagona
soliq to’lovini to’lashga o’tayotgan joriy hisobot davri birinchi oyining 10- sanasidan kechiktirmay.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to'lovini to'lashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda
hisobot davri tugaganidan so'ng o'n kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma
bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. Ushbu
moddaning to'rtinchi qismida ko'rsatilgan yagona soliq to'lovini to'lovchilar yagona soliq to'lovini to'lash
huquqidan mahrum bo'lgan o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar asosida
yagona soliq to'lovi yuzasidan qayta hisob-kitobni amalga oshiradi. Yagona soliq to'lovi bo'yicha qayta hisob-
kitob, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan to'lovchilar tomonidan, agar ular hisobot
yili tugashi bilan Soliq kodeksining 350- moddasi uchinchi qismiga muvofiq hisoblangan, belgilangan
xodimlar soni mezoniga mos kelmagan bo'lsa, yagona soliq to'lovini to'lagan hisobot davri uchun amalga
oshiriladi. Hisobot yili tugashi bilan Soliq kodeksining 350-moddasi uchinchi qismiga muvofiq belgilangan
xodimlar soni mezoniga mos kelmaydigan yagona soliq to'lovini to'lovchilar davlat soliq xizmati organlariga
yillik moliyaviy hisobot taqdim etish muddatidan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida
keyingi hisobot yilidan boshlab umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tadi. O'tgan yil yakunlari bo'yicha asosiy
(soha) faoliyat turi savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo'lgan yuridik shaxslar ushbu
Kodeksda belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to'lovini to'lashi kerak.Bundan
tashqari kichik biznes egalarining YAIMdagi ulushi ham yildan yilga o‘sib bormoqda.Ushbu rasmga qarang
(Raqamlar foizlarda ifodalangan).
1-rasm
2
Code
Klassifikator
2024
2025-Q1
2025-Q2
1700
O‘zbekiston Respublikasi
54,3
45,6
49,6
1735
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
65,8
59,5
61,4
1703
Andijon viloyati
69,5
60,9
67
1706
Buxoro viloyati
73
63,3
70,5
1708
Jizzax viloyati
74,4
66,1
68,9
1710
Qashqadaryo viloyati
71
62,7
67,7
1712
Navoiy viloyati
25,1
18
21,2
1714
Namangan viloyati
73,4
67,3
70,1
1718
Samarqand viloyati
72,3
65,9
68,2
1722
Surxondaryo viloyati
77,8
72,4
76,3
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan yangi tashkil etilgan yuridik
shaxslar yagona soliq to'lovini davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadan e'tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1
oktabrdan keyin ro'yxatdan o'tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to'laydi. Agar ushbu
moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan yagona soliq to'lovi to'lovchilarda joriy soliq davrining ketma-ket
2
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2
176
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
keluvchi ikki choragi davomida savdo faoliyati va umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat asosiy faoliyat turi
bo'lmasa, ular Soliq kodeksining 348-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq
umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tishga haqli. Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakunlari bo'yicha Soliq
kodeksining 350- moddasining to'rtinchi qismida belgilangan shartlarga javob bermasalar, ular kelgusi yil
boshidan e'tiboran umumbelgilangan soliqlar to'lashga o'tishi kerak, bundan soliq solish tartibini tanlash
huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno. Ushbu moddaning to'rtinchi qismida
ko'rsatilgan yuridik shaxslar, bundan mikrofirmalar va kichik korxonalar mustasno, yagona soliq to'lovini
to'lash huquqidan mahrum bo'lgan o'tgan hisobot yili uchun umumbelgilangan soliqlar bo'yicha hisob-kitoblar
asosida yagona soliq to'lovi yuzasidan Soliq kodeksining 351- moddasida belgilangan tartibda qayta hisob-
kitobni amalga oshiradi.
Umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan yagona soliq to'lovini to'lovchilar, agar Soliq kodeksining
352-moddasini birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, kamida o'n ikki oydan so'ng
yagona soliq to'lovini to'lashga qayta o'tishga haqlidir. Yagona soliq to'lovini to'lashdan umumbelgilangan
soliqlarni to'lashga o'tgan soliq to'lovchilar umumbelgilangan soliqlarni to'lashga o'tgan birinchi chorak uchun
foyda solig'i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i bo'yicha joriy to'lovlarni
to'lashdan ozod qilinadi.
Soliq solish obyekti o'zgargan taqdirda, soliq to'lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi
to'lovni to'lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart Qat'iy belgilangan soliqni to'lash: yuridik
shaxslar tomonidan - har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25- kunidan kechiktirmay; yakka tartibdagi
tadbirkorlar tomonidan Soliq Kodeksi 375-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda
amalga oshiriladi. Soliq Kodeksining 370-moddasida ko'rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka
tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida qat'iy belgilangan soliq to'lash bilan bir qatorda
quyidagilarni to'laydilar:
1) bojxona to'lovlari;
2) yer qa'ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to'lovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - suv resurslaridan tadbirkorlik faoliyati uchun
foydalanilganda;
4) aksiz solig'i - aksiz to'lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasiga sug'urta badallari;
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l
jamg'armasiga yig'im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) yer uchastkasiga ega
bo'lsalar, Soliq Kodeksining 48, 50-boblarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliqni va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lash majburiyati ularning
zimmasida saqlanib qoladi. Agar yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini muayyan muddatga to'xtatsa, u o'z
faoliyatini to'xtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini ro'yxatdan o'tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik
to'xtatish to'g'risida ariza berish bilan bir vaqtda davlat ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnomani
topshiradi. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to'xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi
to'g'risidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi organ
kelgusi ish kuni tugaguniga qadar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yakka
tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtincha to'xtatilganligi yoki qayta tiklanganligi to'g'risida O'zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
shaklda axborot taqdim etadi. Tadbirkorlik subyektini davlat ro'yxatidan o'tkazishni amalga oshiruvchi
organning yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to'xtatilganligi to'g'risida taqdim qilingan va
davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini amalga
oshirmaydigan davr uchun qat'iy belgilangan soliqni hisoblashni to'xtatib turish uchun asos bo'ladi. Savdo
faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlami va tovar operatsiyalarini hisobga olish
registrlarida daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishlari shart.
177
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Xulosa.
Kichik biznes har qanday mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning
rivojlanishi soliqqa tortish tizimining adolatliligi bilan bevosita bog‘liq. Ushbu tadqiqot natijalari kichik
tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimining samaradorligini baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha
ilmiy asoslangan tavsiyalarni ilgari suradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, yuqori soliq yuki kichik biznesni
rasmiy iqtisodiyotdan chekinishga undaydi, bu esa yashirin iqtisodiyotning o‘sishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa,
murakkab soliqqa tortish tizimi va yuqori stavkalar tadbirkorlarning soliqlardan qochish ehtimolini oshiradi.
Shu sababli, soliqqa tortish tizimini optimallashtirish zarurati dolzarb ahamiyat kasb etadi. Xalqaro tajribaga
asoslanib, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimlari kichik biznes subyektlari uchun qulay sharoit yaratishi va
ularning qonuniy ravishda faoliyat yuritishini rag‘batlantirishi aniqlandi. Soliq stavkalarining pasaytirilishi va
soliqqa tortish jarayonlarining avtomatlashtirilishi tadbirkorlarning soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Soliq yukining pastligi tadbirkorlar uchun moliyaviy bosimni kamaytirib, qonuniy
faoliyat yuritishlarini rag‘batlantiradi. Shuningdek, kichik biznes uchun soliq yuki kamaytirilsa, ular o‘z
mablag‘larini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini kengaytirishga yo‘naltirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2019 yilgi yangi tahriri).
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish to‘g‘risida”gi
farmonlari va qarorlari.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (2023). O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta
biznesning roli.
4.
https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2
5.
Turаnbоyev, B. (2024). ILG'ОR XОRIJ TАJRIBАSI АSОSIDА ELEKTRОN TIJОRАT
FАОLIYАTINI SОLIQQА TОRTISHNI TАKОMILLАSHTIRISH YО'LLАRI. Integrаtiоn оf Ecоnоmy аnd
Educаtiоn in the 21st century, 2(2).
