220
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI
TAKOMILLASHTIRISH YOʻNALISHLARI
Haqnazarov Baxtiyor
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo`nalishi
4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi
Telefon raqami:+998884292809
https://doi.org/10.5281/zenodo.17513758
Annotatsiya:
Tezisda O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish, soliq yukini
kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini modernizatsiya qilish
yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, mavjud tizimli kamchiliklar, ularning iqtisodiy o‘sish va investitsion
faollikka ta’siri hamda xalqaro tajriba asosida ularni bartaraf etish choralari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
soliqlar, soliq kodeksi, soliq siyosati, soliq tizimi, soliq yuki, fiskal islohotlar, iqtisodiy
barqarorlik, investitsion jozibadorlik.
Soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, soliq tizimini soddalashtirish hamda soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish – iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash va mamlakatning
investitsion jozibadorligini oshirishda muhim yo‘nalishlardan biridir. Biroq, ushbu yo‘nalishlarda amalga
oshirilayotgan islohotlar jarayonida iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, tadbirkorlik va investitsion faollikka, sog‘lom
raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va majburiy to‘lovlarning yetarli darajada yig‘ilishiga
to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli kamchiliklar ham aniqlanmoqda.
1
Jumladan:
— birinchidan, umumiy soliq to‘lovchilarga yuklanayotgan soliq og‘irligining yuqoriligi, shuningdek,
soddalashtirilgan va umumiy soliqqa tortish tizimlarida faoliyat yurituvchi xo‘jalik subyektlari o‘rtasida soliq
yukining sezilarli darajada farqlanishi;
— ikkinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish mexanizmining samarador emasligi natijasida soliq
to‘lovchilarning aylanma mablag‘lari cheklanib, mahsulot tannarxi oshib borishi va bu holat yirik hamda
kichik biznes o‘rtasida hamkorlik rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi;
— uchinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan belgilangan yuqori soliq stavkalari sababli ayrim
tadbirkorlar tomonidan haqiqiy xodimlar soni va ish haqi fondini yashirish holatlarining kuzatilishi;
— to‘rtinchidan, soliq va bojxona imtiyozlari samaradorligini kuzatish va nazorat qilishning ta’sirchan
tizimi yo‘qligi tufayli sog‘lom raqobat muhitiga salbiy ta’sir etuvchi, ayrim xo‘jalik subyektlarini imtiyozlar
orqali asossiz qo‘llab-quvvatlash holatlarining mavjudligi;
— beshinchidan, davlat organlari o‘rtasida axborot almashish tizimining to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani,
elektron soliq boshqaruvi va soliq nazoratining zamonaviy shakl va usullarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi;
— oltinchidan, nazorat tadbirlarini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq
tizimi mavjud emasligi sababli, bu jarayonlar tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuvlar va tekshiruvlar
orqali salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
— yettinchidan, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning ma’muriy boshqaruv mexanizmlari samarasizligi
natijasida ularning yig‘ilish darajasi pastligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq ro‘yxatga
olish hamda ularning qiymatini adolatli aniqlash tizimining yo‘qligi.
Bu kabi muammolar soliq siyosatini yanada takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash va iqtisodiyotni
barqaror rivojlantirish uchun chuqur islohotlarni talab etadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida mavjud tizimli kamchiliklarni bartaraf etish hamda soliq siyosatini
yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-
1
Tilabov N.T. Soliq siyoatini liberallashtirish – iqtisodiy barqarorlik kafolati
221
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
4947-sonli
2
“Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” va 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli
3
“Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” Farmonlarida belgilangan vazifalar asosida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda. Mazkur islohotlar soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ular xalqaro ekspertlar, Jahon banki, Xalqaro
valyuta jamg‘armasi tavsiyalari va keng jamoatchilik muhokamalari natijalariga asoslanadi. Shunga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
— birinchidan, iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirish, shuningdek, soddalashtirilgan va umumiy
soliqqa tortish tizimlari o‘rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari uchun
teng sharoit yaratish;
— ikkinchidan, soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning turlarini optimallashtirish, bir xil soliq
bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini soddalashtirish hamda tadbirkorlarning
operatsion xarajatlarini qisqartirish;
— uchinchidan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat byudjeti daromad bazasini kengaytirish
va moliyaviy mustahkamlikni oshirish;
— to‘rtinchidan, soliq qonunchiligini soddalashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf etish va halol soliq to‘lovchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilish;
— beshinchidan, soliq munosabatlarini tartibga soluvchi ikkilamchi me’yoriy hujjatlarni cheklash, Soliq
kodeksining barqarorligini ta’minlash va unda soliqlar hamda majburiy to‘lovlar stavkalarini aniq belgilash;
— oltinchidan, xorijiy investorlar uchun qulay soliq muhiti yaratish, ularni huquqiy jihatdan himoya qilish
hamda investitsion faollikni rag‘batlantirish;
— yettinchidan, soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini takomillashtirish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olishni ta’minlash,
shuningdek, transfer narxlar bilan bog‘liq operatsiyalarni soliqqa tortish tartibini joriy etish.
Mazkur chora-tadbirlar soliq siyosatini modernizatsiya qilish, iqtisodiy faoliyatni shaffoflashtirish va
mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotni tartibga solishda soliq siyosatini takomillashtirish eng
samarali vositalardan biri bo‘lib, u har bir mamlakatning moliyaviy siyosatidagi asosiy va dolzarb
yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Soliq siyosati nafaqat fiskal funksiyani bajaradi, balki u ijtimoiy ishlab
chiqarish jarayoniga, iqtisodiy tuzilma va uning rivojlanish dinamikasiga, hududiy joylashuviga, shuningdek
ilmiy-texnik va innovatsion taraqqiyotni tezlashtirishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim mexanizmdir.
4
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, milliy
iqtisodiyotni zamonaviy bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish
tarmoqlarini shakllantirish va jahon iqtisodiy makoniga integratsiyalashuv jarayonlarida soliq siyosati muhim
o‘rin tutadi. U mamlakatning moliyaviy siyosatidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida iqtisodiy
o‘sishni ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Soliq siyosatining mazmuni, uning mohiyati va tuzilmasi, hamda uni ishlab chiqish jarayonida e’tibor
qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar quyidagi savollar bilan chambarchas bog‘liq:
— soliq siyosatining asosiy mazmuni nimadan iborat?
— uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar nimalardan iborat?
— ushbu siyosat ishlab chiqilayotganda qanday omillar e’tiborga olinadi?
— zamonaviy sharoitda soliq siyosatining dolzarb muammolari qanday yechim topishi mumkin?
Mazkur savollarga javob izlar ekanmiz, quyidagi jihatlar alohida ahamiyatga ega:
— birinchidan, makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. U
mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy yo‘nalishlarning holati va darajasini belgilaydi;
— ikkinchidan, moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning muhim bo‘lagi bo‘lib, u iqtisodiy
jarayonlarni amalga oshirishda asosiy vosita vazifasini bajaradi;
2
https://lex.uz/docs/3107036
3
https://lex.uz/docs/5841063
4
Tilabov N.T. Soliq siyosatini takomillashtirish – iqtisodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida
222
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
— uchinchidan, ayrim hollarda moliyaviy siyosatni iqtisodiy hamda makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy
qismi sifatida ko‘rish mumkin, chunki ularning o‘zaro bog‘liqligi yuqori;
— to‘rtinchidan, xalqaro tajribada fiskal siyosat, odatda, byudjet-soliq siyosati orqali ifodalanadi. Biroq
uni faqat makroiqtisodiy siyosat doirasida cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki aslida fiskal siyosat moliyaviy
siyosatdan ajralgan holda mavjud bo‘la olmaydi.
Xorijiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda “fiskal siyosat” atamasi “moliyaviy siyosat”
tushunchasi bilan bir ma’noda qo‘llanadi. Biroq, byudjet-soliq siyosatini moliyaviy siyosatdan butunlay
ajratib, uni mustaqil tarzda iqtisodiy yoki makroiqtisodiy siyosat tarkibiga kiritish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki
bu uchala siyosat bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning harakati yagona iqtisodiy mexanizm doirasida
amalga oshiriladi. Iqtisodiy siyosat haqida so‘z borganda, moliyaviy siyosatni chetlab o‘tishning imkoni yo‘q.
Xuddi shuningdek, makroiqtisodiy siyosat kontekstida soliq siyosati ham moliyaviy siyosatdan ajralgan holda
tasavvur etilmaydi. Bu o‘zaro bog‘liqlik davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil
hisoblanadi.
Har bir mamlakatda soliq siyosatini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish jarayoni tasodifiy emas,
balki mavjud iqtisodiy reallikka tayanadi. Bu jarayonda, eng avvalo, ushbu mamlakatda bozor munosabatlariga
o‘tishning qaysi modeliga amal qilinayotgani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotini
shakllantirish modellari tabiiy ravishda mamlakat siyosatiga, xususan, soliq siyosatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Chunki har bir model o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lib, ular siyosiy qarorlar
va iqtisodiy mexanizmlarda o‘z aksini topadi. Byudjet siyosati doirasidagi eng muhim muammolardan biri —
byudjet taqchilligi (defisiti) hisoblanadi. Aynan uning darajasiga qarab, byudjet siyosatining holati va
samaradorligiga makrodarajada baho berish mumkin. Shu bilan birga, byudjet defisiti darajasi mamlakatning
moliyaviy mustaqilligi va iqtisodiy xavfsizligini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Zamonaviy soliq
siyosatini tahlil qilishda uni ishlab chiqish va hayotga tadbiq etishning ilmiy-nazariy asoslariga jiddiy e’tibor
qaratish lozim. Bu yo‘nalish quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga oladi:
— soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatining holati;
— soliqqa tortish nazariyasidagi eng dolzarb masalalar;
— soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq qonunchiligining asosiy prinsiplari, ularning soliq siyosatining
barqarorligiga ta’siri;
— soliqlarning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli va ularning samaradorligi;
— soliq siyosatining xorijiy investitsiyalarni jalb etishdagi o‘rni.
Soliq yuklamasi masalasi ham soliq siyosatining markaziy mavzularidan biridir. Amaliyot shuni
ko‘rsatadiki, bu masalaga befarq bo‘lgan soliq to‘lovchini topish deyarli imkonsiz. Ko‘pchilik iqtisodiy
muammolarning ildizi, oxir-oqibat, aynan soliq yuklamasiga borib taqaladi, deb hisoblaydi. Bugungi kunda
soliq siyosatining dolzarb muammolari, ularga bildirilayotgan tanqidiy fikrlar, shuningdek, bu
muammolarning yechim yo‘llarini izlash masalasi iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib
qolmoqda.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy inqirozlar har doim davlatning soliq siyosatini tubdan qayta
ko‘rib chiqishga majbur etgan. Chunki har qanday iqtisodiy beqarorlik sharoitida byudjet daromadlari
qisqaradi, ishlab chiqarish sur’atlari pasayadi va aholi daromadlari kamayadi. Bunday holatda soliq siyosati
iqtisodiyotni barqarorlashtirishning eng muhim instrumentlaridan biriga aylanadi.
Masalan, 1929–1933-yillarda yuz bergan Buyuk Depressiya davrida AQSh hukumati dastlab soliq
stavkalarini oshirish yo‘li bilan byudjetni to‘ldirishga harakat qilgan, biroq bu siyosat iqtisodiy faollikni
yanada pasaytirib yuborgan. Faqat keyinchalik, iqtisodiyotni jonlantirish maqsadida soliqlarning ayrim turlari
kamaytirilib, investisiyalarni rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari joriy etilganidan so‘ng, ishlab chiqarish
hajmlari asta-sekin tiklana boshlagan. Ushbu tajriba soliq yukining o‘zgarishi iqtisodiy o‘sishga bevosita ta’sir
ko‘rsatishini isbotlab berdi.
Xuddi shuningdek, 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz davrida ham ko‘plab davlatlar fiskal
rag‘batlantirish siyosatini qo‘lladilar. Ular korxonalar uchun foyda solig‘ini vaqtincha kamaytirish, kichik
223
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
biznes sub’yektlarini QQSdan ozod qilish va aholi uchun ijtimoiy soliqlarni qisqartirish orqali ichki talabni
oshirishga erishdilar. Natijada, ayrim mamlakatlarda iqtisodiy tiklanish jarayoni nisbatan tezroq kechdi.
5
O‘zbekiston uchun ham xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, inqiroz holatlarida soliq siyosati nafaqat
byudjet daromadlarini shakllantiruvchi vosita, balki iqtisodiy barqarorlikni saqlab qoluvchi strategik
mexanizm sifatida xizmat qilishi lozim. Shu sababli, moliyaviy inqirozlarning oldini olish yoki ularning salbiy
ta’sirini yumshatishda soliq yukini optimallashtirish, soliq imtiyozlarini maqsadli taqsimlash va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir davlatning
soliq siyosati global moliyaviy tizimdagi beqarorliklarga moslashuvchan bo‘lishi zarur. Shundagina soliqlar
iqtisodiy inqirozlarning og‘ir oqibatlarini yumshatish, ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qila oladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari
iqtisodiy islohotlarning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi va
investitsion jozibadorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda olib borilgan keng
qamrovli islohotlar natijasida soliq tizimi bosqichma-bosqich soddalashtirilib, soliq yuki kamaytirildi, soliq
ma’muriyatchiligi raqamlashtirildi hamda shaffoflik darajasi oshirildi. Shuningdek, soliq qonunchiligini
liberallashtirish, imtiyozlarni maqbullashtirish va ularning samaradorligini tahlil qilish mexanizmlarini joriy
etish orqali sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga yo‘l ochildi. Shu bilan birga, soliq siyosatini xalqaro
tajriba va zamonaviy standartlar asosida rivojlantirish mamlakatda fiskal barqarorlikni ta’minlash, tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Kelgusida soliq siyosatini yanada takomillashtirish yo‘nalishlari, eng avvalo, iqtisodiyotning raqamli
transformatsiyasiga moslashish, soliq ma’lumotlari integratsiyasini kuchaytirish, soliq ma’muriyatchiligida
sun’iy intellekt va avtomatlashtirilgan tahlil tizimlarini joriy etish, shuningdek, soliqlarning adolatli
taqsimlanishini ta’minlashga qaratilishi zarur. Umuman olganda, soliq siyosatini izchil isloh etish mamlakatda
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va
aholining farovonligini yuksaltirishning eng muhim kafolatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O`zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabr "2022 yil uchun O`zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti to’g’risida"gi O’RQ-742-sonli Qonuni.
2.
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
3.
O`zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.
4.
Malikov T.S. Budjet-soliq siyosati. Darslik. – Т.: “Iqtisod-moliya”, 2019
5.
Tilabov N.T. Soliq siyosatini takomillashtirish - iqtisodiyotni tartibga solish istrumentisifatida.
6.
Tilabov N.T. O`zbekistonda fiskal masalalar.
7.
Ibodov A. A., Abduraxmanov Q. X. – Moliyaviy tizim va inqirozlar. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2018
8.
www.soliq.uz – O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi sayti.
5
Ibodov A. A., Abduraxmanov Q. X. – Moliyaviy tizim va inqirozlar. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2018
