227
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
O‘ZBEKISTONDA JISMONIY SHAXSLAR DAROMADLARINI
SOLIQQA TORTISH TIZIMINI TRANSFORMATSIYA QILISH VA
ISLOHOTLAR SAMARADORLIGINI TA’MINLASH JARAYONIDA XORIJ
TAJRIBASINING O‘RNI
G’afforov Kamronbek Shovkatovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, magistranti
tel:+998 (91) 212-69-69
E-mail:kamrongafforov6969@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17513818
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni daromadlarini soliqqa
tortish tizimida ulushi tobora ortib borayotgan bir sharoitda, uning samaradorligini oshirish davlat budjetining
daromad qismini mustahkamlash, soliqqa tortish jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek,
soliq yukini oqilona taqsimlash orqali ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Shu boisda
O‘zbekiston soliq tizimidagi transformatsiyalarni tahlil qilish, xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish hamda
ularning eng samarali jihatlarini milliy amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
jismoniy shaxslar daromad solig‘i, soliqqa tortish tizimi, soliq islohotlari, fiskal siyosat,
xorij tajribasi, iqtisodiy samaradorlik, soliq ma’muriyatchiligi, raqamlashtirish, ijtimoiy adolat.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar negizida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa
tortish tizimining samaradorligi davlatning fiskal barqarorligi va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim o‘rin
tutadi.O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ushbu soliq ma’murchiligi tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, soliq
stavkalari soddalashtirildi, ma’muriyatchilik raqamlashtirildi va soliqqa tortish bazasini kengaytirish choralari
ko‘rildi. Biroq bu islohotlarning samaraligini oshirish uchun xorij tajribasini chuqur tahlil etish zarur.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali jismoniy shaxslar daromad solig‘i tizimi soliq
yukining adolatli taqsimlanishi, ma’muriy soddalik va ixtiyoriy to‘lov intizomining yuqoriligi bilan
belgilanadi. Masalan, Estoniyada raqamlashtirilgan “e-Tax” tizimi orqali soliq deklaratsiyalarining 95 foizdan
ortig‘i avtomatik tarzda shakllantiriladi, bu esa ma’muriy xarajatlarni 40 foizga kamaytirgan. Buyuk
Britaniyada esa progressiv daromad solig‘i tizimi orqali yuqori daromadli qatlamlardan olinadigan soliqlar
orqali ijtimoiy tenglik ta’minlanmoqda[1]. Janubiy Koreyada esa soliqqa tortish jarayonining to‘liq
raqamlashtirilishi natijasida yashirin daromadlar ulushi 5 foizdan pastga tushgan. Tadqiqotlar olib borish
natijasi tahlili shuni ko’rsatadiki, jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalari va ularning fiskal samaradorligi
o‘rtasida muhim bog‘liqlik mavjud. O‘zbekiston bo‘yicha 2018–2024-yillar davrida o‘tkazilgan empirik tahlil
natijalari shuni tasdiqlaydiki, 2019-yilda joriy etilgan 12 foizlik yagona soliq stavkasi soliq tushumlarining
barqaror o‘sishini ta’minladi. Xususan, 2018-yilda YAIMga nisbatan jismoniy shaxslar daromad solig‘i ulushi
2,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 3,4 foizga yetdi. Shu bilan birga, norasmiy
bandlikning qisqarishi va deklaratsiyalash tizimining kengayishi hisobiga soliq bazasi 1,3 barobarga oshgan.
Shuningdek, Estoniya, Polsha va Koreya kabi mamlakatlarda kuzatilgan soliq ishonchi indeksi (tax morale
index) bilan O‘zbekiston ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi taqqoslama tahlil soliqqa ixtiyoriy to‘lov darajasi va
raqamlashtirish darajasi o‘rtasida ijobiy korrelyatsiyani ko‘rsatdi (r=0,68). Bu esa O‘zbekistonda raqamli soliq
boshqaruvini yanada rivojlantirish va “my.soliq.uz” tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish zarurligini
ko‘rsatadi.
1-jadval
Xorijiy davlatlarda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi
(2020 - 2024-yillar, foizda) [2]
№ Davlat nomi
Yil
2020
2021
2022
2023
2024
1
O‘zbekiston
14,1
14,9
15,8
16,3
16,5
228
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar daromad solig‘ining byudjet
daromadlaridagi ulushi 2020–2024-yillar oralig‘ida 14,1% dan 16,5% gacha oshgan.Bu davrda o‘sish 2,4 foiz
punktni tashkil etib, soliqqa tortish bazasining kengayishi va elektron ma’muriyatchilikning rivojlanishi bilan
bog‘liq.
Estoniyada bu ko‘rsatkich 19,4% dan 21% gacha oshib, o‘rtacha 1,6 foiz punkt o‘sish kuzatilgan. “e-Tax”
tizimining samarali ishlashi, avtomatlashtirilgan deklaratsiyalar va soliq to‘lovchilarning yuqori intizomi
bunga asos bo‘lgan [3].
Polsha misolida esa 2020–2024-yillar oralig‘ida o‘sish 1,6 foiz punktni tashkil etgan (22,5% - 24,1%).
Bu mamlakatda progressiv stavkalar qo‘llanilishi va o‘rta daromadli qatlamning kengayishi soliq bazasini
oshirgan[4].
Janubiy Koreyada 2020–2024-yillarda eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan 28,9% dan 30,1% gacha
o‘sish. Bunda to‘liq raqamlashtirilgan soliq tizimi, elektron hisob-fakturalar va yashirin iqtisodiyotning past
darajasi muhim rol o‘ynagan[5].
O‘zbekiston soliq tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiyalar jismoniy shaxslar daromadlarini
soliqqa tortishning samaradorligini oshirish, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va byudjet daromadlarining
barqaror o‘sishini ta’minlash yo‘lida muhim bosqich bo‘lib xizmat qilada. Xorijiy tajriba va ilmiy yondashuv
asosida ishlab chiqilgan takliflar soliq siyosatini yanada modernizatsiya qilish uchun amaliy asos yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahriri). – Toshkent: Adolat, 2020.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va soliq yukini
kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4086-son Qarori, 2019-yil 30-dekabr.
3.
OECD (2023). Revenue Statistics 2023: The Impact of Tax Policy on Economic Growth. – Paris:
OECD Publishing.
4.
HM Revenue & Customs (UK) (2023). Income Tax Statistics and Distributional Analysis. – London.
5.
Karimov, B. (2023). “Jismoniy shaxslar daromad solig‘i tizimini takomillashtirish masalalari”. –
Soliq va moliya jurnali, №2.
2
Estoniya
19,4
19,8
20,2
20,7
21
3
Polsha
22,5
22,8
23
23,5
24,1
4
Janubiy Koreya
28,9
29,2
29,5
29,8
30,1
