Авторы

  • Azamat Kasimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138685

Аннотация

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, yashil byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati ochib berilgan va nazariy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, yashil byudjetlashtirish bо‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi, islohotlari hamda soha bо‘yicha yuzaga kelgan asosiy muammolari о‘rganilgan. Yashil byudjetlashtirishning asosiy maqsadlari va uning afzalliklari yoritilib berilgan.

background image

229

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA YASHIL

BYUDJETLASHTIRISH VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Kasimov Azamat Abdukarimovich

TDIU, “Yashil” iqtisodiyot kafedrasi dosenti, i.f.d. (DSc)

ORCID: 0000-0002-7692-0490

https://doi.org/10.5281/zenodo.17513852

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, yashil

byudjetlashtirishning mazmun-mohiyati ochib berilgan va nazariy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, yashil
byudjetlashtirish bо‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi, islohotlari hamda soha bо‘yicha yuzaga kelgan asosiy
muammolari о‘rganilgan. Yashil byudjetlashtirishning asosiy maqsadlari va uning afzalliklari yoritilib
berilgan.

Kalit sо‘zlar:

yashil iqtisodiyot, jigarrang iqtisodiyot, yashil о‘sish, byudjet, yashil byudjetlashtirish,

ekologiya, iqtisodiy rivojlanish.

Bugungi kunda har qanday mamlakatning nafaqat barqaror iqtisodiy rivojlanishida, balki, vujudga kelgan

global ekologik muammolarni bartaraf etishda ham davlat byudjeti muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning e’tiroficha atrof-muhitni byudjetlashtirish davlatlar byudjet
islohotining asosiy vositalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Ya’ni, “Yashil byudjetlashtirish” atrof-muhitga
ta’sir mezoniga asoslangan byudjet xarajatlarining yangi tasnifi bо‘lib, atrof-muhitni rivojlantirish uchun
davlat resurslarini belgilashdir.

Hozirgi davrda iqlim о‘zgarishlari bо‘yicha strategik ustuvorliklar, jumladan iqlim о‘zgarishi bо‘yicha

milliy, mintaqaviy va global majburiyatlarning bajarilishi ham aynan yashil byudjetlashtirish holati bilan
baholanayotganligi sir emas. Shu boisdan, keyingi davrda mamlakatimizda ham barqaror rivojlanish
maqsadlari (SDG)ga erishish va iqlim о‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga doir qator islohotlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha О‘zbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga о‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bо‘yicha
chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-436-son qarori bilan ustuvor yо‘nalishlar sifatida (a) iqlim о‘zgarishiga
moslashish va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish masalalarini milliy siyosatga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni
rejalashtirishga va byudjet jarayonlariga kiritish hamda (d) soliqlar va davlat xarajatlarining “yashil”
iqtisodiyotga muvofiqligi va ta’siri tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni baholash va oshkor qilish uchun “yashil”
byudjet metodologiyasini joriy etish – “yashil” ustuvor yо‘nalishlarga ijobiy yoki salbiy ta’sir kо‘rsatadigan
soliqlar va davlat xarajatlari ulushini baholash uchun “yashil” byudjet metodologiyasini joriy etish belgilangan
[1].

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek “yashil” byudjetlashtirishni samarali tashkil etish,

“yashil” moliyalashtirishni kengaytirish, bunda “yashil” investitsiyalarni keng jalb etish tamoyillari asosida
mamlakatimizning “yashil” iqtisodiyotga о‘tishini jadallashtirish – mazkur sohani yanada takomillashtirish
bо‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish va mavzuning dolzarb masalalardan biri ekanligini ifodalaydi.

Ta’kidlash joizki, “yashil” iqtisodiyot va “yashil” byudjetlashtirish davlat va biznes о‘rtasidagi о‘zaro

hamkorlik jarayonining umumiy samarasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bunda davlat “о‘yin
qoidalarini” belgilab, bozor va infratuzilmani zamonaviy sharoitlarga moslashtirishi, shuningdek “yashil”
investitsiyalarni jalb qiluvchi turli iqtisodiy rag‘batlantirishning samarali tizimini yaratishi, ushbu
investitsiyalarni samarali yо‘naltirilishida nazorat vazifasini bajarishi lozim.

“Yashil iqtisodiyot” atrof muhitni, bioxilmaxillikni va ekotizim xizmatlarni saqlash, “yashil” ish о‘rinlari

tashkil etish imkoniyatini va qashshoqlik muammosi hal etilishini ta’minlovchi barqaror taraqqiyot
masalalarini qamrab oladi [2].

N.Maxmudov fikricha, tabiatning tabiiy qonunlari bilan hisoblashmaslik natijasida dunyoda “jigarrang”

iqtisodiyot degan tushuncha shakllandi. Bugun “jigarrang” iqtisodiyotdan “yashil” iqtisodiyotga о‘tish
insoniyat uchun hayot-mamot masalasidir. “Yashil” iqtisodiyot insonning tabiatga bо‘lgan munosabatini
muqobillashtirish asosida atrof-muhit tozaligini, tabiiy resurslar va ishlab chiqarilgan mahsulotlardan samarali
foydalanish orqali turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi [3].


background image

230

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

K.Daniekning fikricha, “yashil iqtisodiyot” iqtisodiyot va ekotizim о‘rtasidagi munosabatlardan iborat

bо‘lib, tezkor barqaror rivojlanishning asos hisoblanadi. Albatta, aksariyat ta’riflarda barqaror rivojlanish va
yashil iqtisodiyot ajratib kо‘rsatilgan bо‘lsada, ikkinchi tomondan ayrim nazariyalarda “yashil iqtisodiyot”
barqaror rivojlanish bо‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan vosita sifatida tavsiflaydi [4].

“Yashil iqtisodiyot” atamasi birinchi marta ingliz iqtisodchisi (Pierce) tomonidan 1989 yilda “Green

Economy Blue Book” nomli kitobida qayt etilgan. Muallifning ta’kidlashicha, tabiiy resurslarning kamayishi,
agar iqtisodiy kengayish mavjud tabiiy resurslar chegarasidan oshib ketsa, iqtisodiy о‘sish doimiy turg‘unlikda
bо‘lishdi [5].

“Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi esa 1989 yilda “Yashil iqtisodiyot uchun loyiha” hisobotida paydo

bо‘lgan va u Yevropa mamlakatlari iqtisodiy ahvolini yaxshilash yuzasidan ekspertlar fikr-mulohazalarining
asosini egallagan. Keyinchalik esa tabiiy muhitni asrash va jamiyat hayoti sifatini yaxshilashning ustuvor
vazifalaridan biriga aylandi.

Tabiiyki, yashil iqtisodiyotning rivojlanishi, kо‘lamining kengayishi va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy

hayotiga chuqur kirib borishi natija о‘laroq “yashil о‘sish”ni ta’minlaydi.

M.Jacobsning fikricha, “yashil о‘sish” tushunchasi “iqtisodiy о‘sish (yalpi ichki mahsulotning о‘sishi)”ni

anglatadi, bu ham atrof-muhitni sezilarli darajada muhofaza qilishni ta’minlaydi, shu bilan iqtisodiy faoliyatga
ekologik zararni bartaraf etadi [6].

Bir guruh iqtisodchilar fikricha, “yashil о‘sish” barqaror rivojlanish uchun alohida strategiya hisoblanib,

bu atrof-muhit muammolarini bartaraf etish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni о‘z ichiga oladi [7].

Ma’lumki, “yashil iqtisodiyot”ga о‘tish va uni rivojlantirish asosida “yashil о‘sish”ga erishiladi.

Jumladan, an’anaviy energiyadan muqobil energiya (quyosh, shamol, suv va bioenergiya)ga о‘tish, sanoat
ishlab chiqarish korxonalarida zararli chiqindilarni kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlarida katta miqdorda
atrof-muhitga zaharli moddalarni chiqaruvchi ayrim yoqilg‘i vositalaridan vos kechish, sanoat va uy
hо‘jaliklari chiqindilarini xavfsiz zararlantirish, qurilish sohasida о‘zidan zaharli moddalarni chiqaruvchi
vositalarni ekologik toza vositalarga almashtirish, yashil hududlarni kengaytirish kabi chora-tadbirlar shular
jumlasidan.

Bugungi kunda aynan davlat “yashil” siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetakchi rol о‘ynaydi

va byudjet tizimi byudjet mablag‘lari atrof-muhit va iqlim bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirishning asosiy
manbai hisoblanadi. Bu sohada davlat ham bevosita ta’sir kо‘rsatadi (kam uglerodli va energiya tejamkor
iqtisodiyotga о‘tish bо‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish orqali), ham bilvosita ta’sir kо‘rsatadi,
tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhit va iqlimga nisbatan mas’uliyatli xatti-harakatlarga rag‘batlantiradi [8].

Ta’kidlash joizki, sо‘nggi о‘n yillikda dunyoning aksariyat mamlakatlarida byudjet jarayoniga “yashil”

byudjetlashtirish vositalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan zamonaviy byudjetni
boshqarish tizimlari ishlab chiqilgan. Ushbu qulay muhitning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat [9]:

• strategik davlat boshqaruvi tamoyillaridan foydalanish;
• о‘rta muddatli byudjetlashtirishga о‘tish hamda о‘rta muddatli va uzoq muddatli byudjet prognozlarini

ishlab chiqish;

• davlat byudjetini dasturiy maqsadli boshqarish va qurish metodologiyasini dastur formatida qо‘llash;
• davlat organlari, parlament tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari о‘rtasida yaqin hamkorlikning

mavjudligi va boshqalar.

Shu bilan birga hozirgi davrda yashil byudjetlashtirish bо‘yicha kо‘pgina mamlakatlar turli bosqichlarda

duch keladigan islohotlarning asosiy muammolari ham kо‘zga tashlanmoqda, jumladan:

- ushbu ma’lumotlarning iste’molchilari, shu jumladan fuqarolar va qonun chiqaruvchilar tomonidan

yaxshi tushunilmaydigan о‘ta murakkab dasturli byudjet tuzilmalari;

- milliy rivojlanish rejalari va byudjetlar о‘rtasidagi strategik muvofiqlikning etarli emasligi;
- xarajatlarga asoslangan byudjetlashtirishning an’anaviy shakllariga qaytmaslik uchun fikrlash

shakllarini о‘zgartirish muammosi [10].


background image

231

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Demak, yashil byudjetlashtirish byudjet siyosatini atrof-muhit maqsadlari bilan yaxshiroq

muvofiqlashtirish maqsadida byudjet mablag‘larining atrof-muhitga qо‘shadigan hissasi aniq samaradorlik
kо‘rsatkichlari bо‘yicha aniqlanadi va baholanadigan byudjet jarayoni sifatida belgilanadi.

Yuqoridagi ijobiy tajribalarga asoslanib, davlat (mahalliy) byudjetining bir qismini yashil investitsiyalar

uchun zaxiralash, “yashil” tushunchalarni (masalan, “yashil loyihalar”, “yashil iqtisodiyot”, “yashil
byudjetlashtirish” va boshqalar) shakllantirish va qonunlashtirishni taqozo etadi. Bu ajratilgan mablag‘lardan
foydalanishni osonlashtirishga va jamiyat uchun tashqi ijobiy samarani shakllantirishga xizmat qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha О‘zbekiston Respublikasining «yashil”

iqtisodiyotga о‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi
PQ-436-son qarori, 02.12.2022 yil.
2.

Isadjanov A. “Yashil iqtisodiyot”: xususiyatlari va rivojlanish omillari // Iqtisodiyot va ta’lim / 2020

№ 1, 15 b.
3.

Maxmudov N. Yashil iqtisodiyot — muhim hayotiy zarurat // “Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot”

elektron jurnali.

https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/2023/02/19/jashil-iqtisodiyot-muhim-hayotiy-zarurat/

4.

Daniek K. Green economy indicators as a method of monitoring development in the economic, social

and environmental dimensions // Social Inequalities and Economic Growth, no. 62 (2/2020). r. 151-152
5.

Wang Y, Li Y, Zhu Z, Dong J. Evaluation of green growth efficiency of oil and gas resource-based

cities in China. Clean Techn Environ Policy. (2021) 23:1785–95. 10.1007/s10098-021-02060-9
6.

Jacobs M. ‘Green Growth’ // Handbook of Global Climate and Environmental Policy / R. Falkner

(ed.). - Oxford: Wiley Blackwell, 2013. - P. 197-214.
7.

Hussain Z., Mehmood B., Khan M., Tsimisaraka R. Green Growth, Green Technology, and

Environmental Health: Evidence From High-GDP Countries // ORIGINAL RESEARCH article. Front. Public
Health, 14 January 2022. Sec. Environmental health and Exposome. Volume 9 – 2021.
8.

Sitnik A.A. «Zeleniye» finansi: ponyatiye i sistema // Aktualniye problemi rossiyskogo prava. 2022.

T. 17. № 2 (135) fevral. 68 st.
9.

Afanasyev M.P., SHASH N.N. Perviy v mire «zeleniy» gosudarstvenniy byudjet // Tekst nauchnoy

stati po spetsialnosti «Ekonomika i biznes». 344-345 st. DOI: 10.47711/2076-318-2021-342-355.
10.

Robinson M. Performance Budgeting / Allen R. et al. (eds). The International Handbook of Public

Financial Management. London: Palgrave Macmillan, 2013.