235
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
MAHALLIY SOLIQLAR VA ULARNI UNDIRISH MEXANIZMLARI
Safarov Jahongir
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich
5mm-2022 guruh talabasi
Email adress: safarovjahongir@mail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17513944
Annotatsiya:
Ushbu tezisda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o‘rni
tahlil qilingan. Soliq tushumlarining davlat moliyaviy barqarorligidagi ahamiyati, ularning tarkibi va
dinamikasi statistik ma‟lumotlar asosida o‘rganilgan. Shuningdek, Tadqiqot natijalari soliq siyosatini
yanada samarali yuritish hamda byudjet daromadlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
davlat byudjeti, soliq tizimi, soliq daromadlari, fiskal siyosat, byudjet barqarorligi,
liberallashtirish, keshbek, soliq qo‘mitasi, mahalliy soliqlar,
Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish,
tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy
organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan,
ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun
ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. Yer
soligʻining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan
umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin.
Mahalliy yigʻimlar – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining
qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar
yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari
bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir.
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;
b) yer soligʻi;
v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq;
g) reklama soligʻi;
d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzgʻor texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan
soliq;
e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq;
j) kurort yigʻimi;
z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yigʻim;
i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi;
k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi;
l) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni roʻyxatga oʻtkazganlik uchun
olinadigan yigʻim;
m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yigʻim;
n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yigʻim;
o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yigʻim;
p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yigʻimlar;
r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yigʻimlar;
s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yigʻim;
Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish,
jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq
solish va yigʻimlarni undirish obyektlari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar,
shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari hisoblanadi. Soliqlar
236
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish
yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi.
Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy,
maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
1
Davlatimiz tomonidan mustaqillik yillaridan boshlab tadbirkorlik sohasini rivojlantirish maqsadida
soliqlardan imtiyoz va preferensiyalar berib kelinmoqda. Buning natijasida, bugungi kunga kelib tadbirkorlik
sohasi jadal rivojlandi. Shu bilan birgalikda amaliyotda shunday holatlar ham mavjudki, soliq to‘lovchilar
obyektiv yoki subyektiv sabablarga ko‘ra, belgilangan muddatlarda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va
yig‘imlar summasini to‘lab bera olmaydi. Ushbu to‘lanmagan summa soliq qonunchiligiga binoan, soliq qarzi
hisoblanib, soliq organlari tomonidan majburiy undirishga qaratiladi. 2023-2024-yillar mobaynida
respublikada faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soni hamda ular ichida
soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarning ulushini quyidagilar orqali ko‘rishimiz mumkin. Ko’rinib
turibdiki, yurdik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar soni yil sayin o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib
turibdi. Respublika bo‘yicha 2023-yilda subyektlar soni 838,5 mingtani, 2024-yilda 892 mingtani, 2025-yilda
901 mingtani,. Bu 2025-yilda 2023-yilga nisbatan 137,5 mingtaga yoki 20,6 foizga ko‘payganligini
anglatadi.Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizda soliq undirish jarayonlari ham mutanosib ravishda o‘sganidan
dalolat beradi. Jumladan, Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, “Mahalliy” va “korxona” ishlash
tizimlari hamda sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar natijasi soliq tushumlarini sezilarli darajada oshirdi.
Xususan, soliq organlari tomonidan respublika bo‘yicha byudjetga 199,6 trln. so‘m soliq tushumlari
ta’minlanib, 2023 yilga nisbatan 20 foiz o‘sishga erishildi. Tuman va shaharlar byudjetiga tushumlar 24 foizga
oshdi. Hududlar kesimida Toshkent shahri – 27 foiz, Sirdaryo – 25 foiz va Toshkent viloyati – 23 foiz yuqori
o‘sish kuzatildi. Jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari 31,4 foizga (+1,4 trln.so‘m) o‘sdi. Toshkent
shahri – 63,6 foiz, Toshkent viloyati – 42,5 foiz, Andijon – 37,6 foiz, Surxondaryo – 32,2 foiz o‘sish darajasi
yuqori bo‘ldi. AOSdan 2,8 trln. so‘m tushirilib, o‘tgan yilga nisbatan 17,5 foizga o‘sdi.
Foyda solig‘i 29,1 foizga jumladan, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi 30,8
foizga va hududlarda 19,6 foizga o‘sdi. Sirdaryoda 1,8 baravarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1,5
baravarga, Xorazmda 1,4 baravarga tushumlar o‘sib, respublika darajasidan yuqori. QQS 16,4 foizga (+5,6
trln.) o‘sdi. Sirdaryoda 39,2 foiz, Toshkent shahrida 31,7 foiz, Toshkent viloyatida 27,6 foiz, Jizzaxda 25,8
foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23,7 foiz o‘sdi yoki respublika darajasidan yuqori.
Bundan tashqari, soliq organlari xodimlari tomonidan manzilli ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida
64,5 mingta vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyati
tiklandi, 134,8 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.
2
Mamlakatimiz iqtisodiyotini
liberallashtirish sharoitida barqaror iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, byudjet-soliq siyosatini
takomillashtirish orqali qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik hamda tadbirkorlarga ko‘proq
qulaylik berish orqali aholiga yengilliklar, jumladan, qo’shimcha ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes hamda
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va g’ovlarni bartaraf etishga erishish hamda aholi
bandligini ta’minlash va ularning faoliyatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda soliqlar orqali
rag’batlantirish byudjet-soliq siyosatining muhim ustuvor vazifalardan biridir.
Soliq tushumlarining mamlakatimizda tushumi hajmini quyidagi rasmdan bilib olishimz ham mumkin.
1-rasm
3
1
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993 yildagi 843-XII-son 26.05.1993
2
https://uz24.uz/uz/articles/pul.
3
https://pinkod.uz/
237
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Xulosa
So‘ngi yillarda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab soliq tushumlarinining o‘sishi hududlarning soliq
potensialini o‘sishiga ta’sir qilgan. Ko‘ratkichlar viloyatlar kesimida farq qilsada, turli sohalarda soliq yig‘ish
imkoniyatlari ba ma’muriy samaradorli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda. Toshkent shahri va Hududlararo soliq
inspeksiyasi soliq salohiyatini oshirgan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa soliq salohiyatini oshirish holatida
ekanligini ko‘ramiz. Soliq bazasini kengaytirish, qonunchilikka rioya qilishni kuchaytirish va soliq siyosatini
takomillashtirishga doimiy e’tibor har bir hududning soliq salohiyatini yanada oshirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60- sonli “2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonnig taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
2.
Xudoyqulov S. Soliq tushumlarini prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish. 08.00.07 –
Moliya, pul muomalasi va kredit. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent –
2019. 23-bet. Худайкулов С.К. Cовершенствования Оценки Налогового Потенциала Регионов в
Узбекистане // Международная конференция. “Экономика Евразии” 2018 г.
www.avekon.org/proceedings/avekon10.pdf .
3.
Bozorova L.A. Byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlashda hududlar soliq salohiyatini oshirish
yo‘nalishlari. Iqtisod va moliya / Экономика и финансы
4.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993 yildagi 843-XII-son 26.05.1993
5.
https://uz24.uz/uz/articles/pul.
6.
https://pinkod.uz/.
