242
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PENSIYA TIZIMINING MOLIYAVIY
TAHLILI VA DEMOGRAFIK TENDENSIYALARI
Maxmudov Omon Tuxtayevich
Termiz davlat universiteti,
Moliya kafedrasi dotsenti v.b.,
iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
ORCID: 0000-0002-3097-0177
https://doi.org/10.5281/zenodo.17514036
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi pensiya tizimining moliyaviy barqarorligi va
demografik tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Pensiya jamgʻarmasi daromad va
xarajatlarining dinamikasi, davlat transfertlari ulushi, ijtimoiy sugʻurta bazasining kengayish tendensiyalari
oʻrganilgan. Maʼlumotlar asosida 2020–2024-yillar davomida ish haqi fondining oʻsishi, soliq imtiyozlari
natijasidagi yoʻqotishlar, pensiya jamgʻarmasining transfertlarga bogʻliqligi hamda iqtisodiy faol aholi va
pensionerlar nisbati hisoblangan. Ilmiy tahlil natijalari pensiya tizimining barqarorligini taʼminlash uchun
raqamlashtirish, investitsion diversifikatsiya va nodavlat jamgʻarmalarni rivojlantirish zarurligini koʻrsatdi.
Shu asosda muallif tomonidan tizimni moliyaviy va institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan ilmiy
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
pensiya tizimi, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy sugʻurta, davlat transfertlari, imtiyozlar
siyosati, ish haqi fondi, demografik bosim, moliyaviy barqarorlik, dependency ratio, raqamlashtirish, nodavlat
jamgʻarma, investitsion diversifikatsiya.
Pensiya tizimi — ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy institutlardan biri boʻlib
hisoblanadi. Uning vazifasi aholiga mehnat faoliyatini yakunlagandan keyin moddiy taʼminotini kafolatlash,
ijtimoiy adolatni taʼminlash va milliy iqtisodiyotning barqarorligini saqlash hisoblanadi. Pensiya tizimi
shuningdek ichki investitsiya manbai sifatida ham iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshadi. Oʻzbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlar asosan davlat transfertlari, majburiy ijtimoiy toʻlovlar va nodavlat
jamgʻarmalarning uygʻunlashuvini nazarda tutadi.
Pensiya tizimi nafaqat aholini ijtimoiy himoya qiladi, balki iqtisodiyotning quyidagi yoʻnalishlariga taʼsir
koʻrsatadi:
Ichki isteʼmol bozori — pensiya daromadlari aholining xarid qobiliyatini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa
umumiy yalpi talabni barqarorlashtiradi.
Investitsion faoliyat — pensiya jamgʻarmalari mablagʻlarini moliya bozoriga yoʻnaltirish orqali iqtisodiy
oʻsish surʼatlariga taʼsir koʻrsatadi.
Mehnat bozori — pensiya yoshi va mehnat staji orqali mehnat resurslarining faol yoshdagi qismini
boshqarish imkoni yaratiladi.
Pensiya tizimining barqarorligi birinchi navbatda aholining demografik dinamikasiga bogʻliq boʻlib, agar
ishlayotgan aholi ulushi pensiya yoshidagi aholidan kamaysa, tizimda “demografik nomutanosiblik” yuzaga
keladi. Shu sababli koʻpgina davlatlar pensiya yoshini oshirish, ish staji talablarini kuchaytirish yoki nodavlat
jamgʻarmalarni ragʻbatlantirish orqali muvozanatni saqlashga intiladi.
Moliyaviy barqarorlik nuqtayi nazaridan esa, pensiya tizimidagi asosiy muammo — toʻlov qobiliyatidir.
Toʻlangan badallar bilan amalga oshirilgan pensiya toʻlovlari oʻrtasidagi muvozanat buzilganda, davlat
transfertlari hisobiga qoplash zarurati tugʻiladi. Tahliliy maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasida
Pensiya tizimidagi mavjud holat va muammolarni oʻrgandik.
1-jadval
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining 2024-yildagi ijrosi
(mlrd.soʻmda)
Koʻrsatkichlar
Reja (mlrd soʻm)
Ijro (mlrd soʻm)
Ijro (%)
Hisobot davri boshiga qoldiq
3 183,8
3 037,3
-
Jami daromadlar
63 459,9
63 415,6
99,9
Pensiya jamgʻarmasi tushumlari
47 478,3
47 145,0
99,3
243
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Davlat byudjeti transfertlari
15 981,6
16 270,6
101,8
Jami xarajatlar
64 094,8
64 041,0
99,9
Hisobot oxirida qoldiq
2 402,4
2 411,9
-
1-jadval maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki 2024-yilda jami daromadlar rejaga nisbatan 99,9% ijro
etilgan. Pensiya jamgʻarmasi tushumlari (47145,0 mlrd.soʻm) rejaga nisbatan kam miqdorda yigʻilgani ish
haqi fondidan tushumlarning toʻliq yigʻilmasligi — norasmiy sektor va imtiyozlar bilan bogʻliq. Davlat
transfertlari 16270,0 mlrd. soʻm bilan rejadan 101.8% ijro qilib, kamomadni yopishda asosiy rol oʻynagan. Bu
holat jamgʻarmaning byudjetdan mustaqil faoliyat yuritish qobiliyati cheklanganligini koʻrsatadi. Yil oxirida
saqlangan 2411,9 mlrd soʻmlik qoldiqning 1,45 trlni depozitda ekanligi jamgʻarmaning likvid aktivlari
mavjudligini koʻrsatadi, ammo bu mablagʻlar jamgʻarma xarajatlarini barqaror moliyalashtirishga yetarli
emasligini koʻrsatdi.
2-jadval maʼlumotlari asosida tahlillarimizni davom ettiradigan boʻlsak, ish haqi fondining yarimdan
koʻproq oʻsishi jamgʻarma daromadlarining oʻsishida asosiy omil hisoblanadi. Biroq imtiyozlar tufayli
yoʻqotishlar 2020-yilda 17,7 trln.dan 2024-yilda 36,6 trln.gacha oʻsgan.
2-jadval
Pensiya jamgʻarmasi daromadlarining dinamikasi tahlili
(mlrd.soʻmda)
Yil
Ish haqi fondi
(mlrd soʻm)
Jamgʻarma
daromadlari
(mlrd soʻm)
Oʻsish (%)
Imtiyozlar tufayli
yoʻqotish (mlrd
soʻm)
2020
118 007,8
20 592,3
—
17 677,5
2021
147 387,7
26 569,0
129,0
21 553,9
2022
189 863,6
33 180,0
124,9
26 959,4
2023
232 760,1
39 805,6
120,0
31 993,1
2024
271 737,5
47 145,0
118,4
36 574,6
Bu koʻrsatkichlar soliq siyosatining ijtimoiy yoʻnalishdagi qoʻllab-quvvatlovi natijasida jamgʻarma uchun
potensial tushumlarning yoʻqolishiga olib kelmoqda. Agar imtiyozlar saqlansa, transfertlar orqali bu
kamomadni toʻlash zarur boʻlib qoladi — bu esa byudjetga boʻlgan bosimini oshiradi.
3-jadval
Pensiya jamgʻarmasiga transfertlar ajratilishi tahlili, (mlrd.soʻmda).
Yil
Daromadlar (mlrd)
Xarajatlar
(mlrd)
Transfert
(mlrd)
Transfert/Da
romad (%)
Transfert/Xa
rajat (%)
2020
20 592,3
31 807,8
9 117,0
44,3
28,6
2021
26 569,0
36 605,3
10 744,2
40,4
29,3
2022
33 180,0
44 927,6
11 092,0
33,4
24,7
2023
39 805,6
53 589,4
13 797,5
34,6
25,7
2024
47 145,0
64 041,0
16 270,6
34,5
25,4
3-jadvalda esa Pensiya jamgʻarmasiga transfertlar ajratilishi tahlili keltirilgan boʻlib, transfertlar pensiya
jamgʻarma daromadlarining 2024-yilda 34,5% ini takshkil etganligini koʻrishimiz mumkin. Bu koeffitsiyent
jamgʻarmaning bozor-asosida mustaqil faoliyat koʻrsatmasini cheklaydi. Oʻz navbatida 2024 yilda
transfert/xarajat nisbati 25.4%ni tashkil etgani shuni koʻrsatadiki, xarajatlarning ¼ qismi doimiy ravishda
davlat byudjetidan qoplangan. Strategik nuqtayi nazardan bu tizimni uzoq muddatda barqaror qiladigan yanada
samarali mexanizmlarni — nodavlat jamgʻarma, investitsiya portfellarini va ijtimoiy toʻlovlarning toʻliq
adolatli yigʻilishini talab etadi.
4-jadval
244
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
2020–2024-yillarda aholi, pensionerlar va iqtisodiy faol aholi dinamikasi
Yil
Aholi
(mln)
Pensionerlar
(mln)
Faol aholi
(mln)
Pensioner
ulushi (%)
Dependency
ratio (%)
2020
34,6
3,42
14,8
9,9
23.1
2021
35,3
3,59
15,0
10,2
23.9
2022
36,0
3,77
15,0
10,5
25.1
2023
36,8
3,93
15,0
10,7
26.2
2024
37,6
4,10
15,1
10,9
27.2
Bu jadvalda soddalashtirilgan dependency ratio (pensionerlar/faol aholi *100) tahlili orqali pensiya
tizimida demografik bosimni tahlil qilishimiz mumkin. 2020-yilda taxminan 23,1% boʻlgan koʻrsatkich 2024-
yilda 27,2% ga yetdi. Bu demografik bosimning sezilarli darajada oʻsganligini koʻrsatadi — yaʼni har bir 100
faol ishchidan oʻrtacha 23–27 nafargacha pensiya oluvchilar toʻgʻri keladi. Agar bu tendensiya davom etsa,
kelgusida xarajatlar va transfertlarga boʻlgan ehtiyoj yanada ortari, bu esa jamgʻarmaning moliyaviy
barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
1-diagramma maʼlumotlari koʻrinib turibdiki, soliq toʻlovchilar sonining oshishi ijtimoiy sugʻurta
bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda, xolos. Biroq norasmiy sektorning hali ham yuqori ulushi va
imtiyozlar tufayli yoʻqotishlar jamgʻarmaning haqiqiy toʻlangan daromad bazasini pasaytirmoqda. Bu
sharoitda jamgʻarmaning investitsiyadan kiritgan daromadlari va depozitli zaxiralari muhim ahamiyat kasb
etadi.
1-diagramma
Iqtisodiy faol aholi, soliq toʻlovchilar va pensionerlar soni dinamikasi. mln nafar.
Hisob-kitoblar va tahlillar asosida aytish mumkinki, Oʻzbekiston pensiya tizimi murakkab
transformatsion bosqichda turibdi. Daromadlar va xarajatlar tendensiyalari, demografik oʻzgarishlar hamda
imtiyozlar bilan bogʻliq yoʻqotishlar hisobga olingan holda muvozanatli siyosat va islohotlar kerak. Iqtisodiy
jihatdan samarali va ijtimoiy adolatli pensiya tizimini taʼminlash uchun yuqoridagi tavsiyalarni bosqichma-
bosqich amalga oshirish lozim. Bu uzoq muddatli investitsiyalar, raqamlashtirish va institutlar rivoji orqali
amalga oshirilishi mumkin.
Takliflar sifatida quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
1. Raqamlashtirish va integratsiya: Soliq qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarma maʼlumotlari oʻrtasida toʻliq
elektron integratsiyani joriy qilish zarur. Bu boqimanda mablagʻlarini kamaytirish va oʻz vaqtida toʻlovlarni
undirishni taʼminlaydi.
2.Sohada imtiyozlar siyosatini qayta koʻrib chiqilishi lozim: Imtiyozlar mexanizmining koeffitsiyentlarini
tahlil qilib, jamgʻarmaga keladigan yoʻqotishlarni minimallashtirish choralari qoʻllanilishi zarur. Imtiyozlar
uchun maʼlum yosh va daromad shartlari qoʻyish kerak.
Iqtisodiy faol aholi soni
Soliq toʻlovchilar
Pensionerlar soni
245
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
3.Investitsion portfelni diversifikatsiyalash: Jamgʻarma mablagʻlarini infratuzilma, davlat obligatsiyalari
(xarid sifatida) va yuqori sifatli korporativ obligatsiyalarga yoʻnaltirish orqali uzoq muddatli daromadni
oshirish mumkin.
4. Nodavlat pensiya tizimini rivojlantirish: Subsidiyalash va soliq imtiyozlari orqali ixtiyoriy nodavlat
jamgʻarmalarini kengaytirish lozim, bu davlat transfertlariga bogʻliqlikni kamaytiradi.
5. Demografik siyosat: Pensiya yoshi va mehnatga layoqatli yoshni demografik prognozlar bilan
uygʻunlashtirish, hamda mehnat bozorida ayollar va katta yoshdagilar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar
yaratish.
6. Modellashtirish va stress-testlar: Pensiya jamgʻarmasi moliyaviy barqarorligini prognozlash uchun
aktuariy modellar, ssenariy tahlillari va stress-testlarni muntazam oʻtkazish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Orlov S.N., Shemetov A.P. Pensionnoye obespecheniye v Rossiyskoy Federatsii. Monografiya. – Kurgan:
“Izd-vo Kurganskogo gos. un-ta”, 2013. – 106 s.
2. Chuprova Ye.V. Pensionnoye obespecheniye grajdan v Rossiyskoy Federatsii. Uchebnoye posobiye. – M.:
“Akademiya Generalnoy prokuraturы Rossiyskoy Federatsii”, 2017. – 144 s.
3. Kasimova G., Botirov A. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti. Monografiya. – T.: “Tamaddun”, 2015.
– 108 b.
4. Vaxabov A., Majidov N. Jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekistonda investitsiya
siѐsatini amalga oshirishdagi roli. Monografiya. – T.: “Universitet”, 2017. – 128 b.
5. Kasimova G., Sholdarov D. Pensiya taʼminoti mablagʻlarini boshqarish. Monografiya. – T.: “TMI”, 2017.
– 225 b. 6. Mamatov B. Pensiya jamgʻarmasi faoliyati. Oʻquv qoʻllanma. – T.: “Barkamol fayz media”,
2017. – 280 b.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarni davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni. — Toshkent, 1994-
yil.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi hisobotlari (2020–2024-yillar).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari.
