15-11-2025
285–286
22
12
QO’SHILGAN QIYMAT SOLIG’INI UNDIRISH MEXANIZMI VA UNI XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu tezesda bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti daromadlarining barqarorligini
ta’minlashda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekistonda
QQS tushumlarining byudjetdagi ulushi, soliqni undirish mexanizmi hamda xorijiy davlatlar — Yevropa
Ittifoqi, Kanada va Janubiy Koreya tajribalari o‘rganilgan. Maqolada raqamlashtirish, elektron hisob-faktura
tizimini joriy etish, teskari hisoblash mexanizmini kengaytirish va soliq intizomini mustahkamlash orqali soliq
undirish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar berilgan. Mazkur tajribalarni milliy sharoitga moslashtirib
tatbiq etish byudjet daromadlarini barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil bo‘lishi
mumkinligi asoslab berilgan.