297
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TADBIRKORLIK FAOLIYATINING UY XOʻJALIKLARI
DAROMADLARINI OSHIRISHDAGI
OʻRNI VA AHAMIYATI
Xudayarova Zuxra Yuldashevna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
ORCID: 0009-0000-8767-6975
https://doi.org/10.5281/zenodo.17520446
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholining turmush darajasini oshirishda
tadbirkorlik faoliyatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Aholi daromadlari tarkibi, ularning shakllanish
manbalari, real va nominal daromadlar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining aholi
daromadlariga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Tadqiqot davomida uy xo‘jaliklari daromadlari
tarkibida mehnat faoliyati va yakka tartibdagi tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar ulushi o‘rganilib,
tadbirkorlikning iqtisodiy faollikni oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashdagi strategik ahamiyati
ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, mintaqalar kesimida aholi daromadlari o‘zgarishlari tahlil qilinib, ularni
oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning samarali mexanizmlari asoslab berilgan
.
Kalit soʻzlar:
tadbirkorlik, uy xo‘jaliklari, daromad, real daromad, nominal daromad, turmush darajasi,
iqtisodiy faollik, farovonlik, kichik biznes, aholi daromadlari tarkibi.Har bir mamlakat har qanday siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy xarakatlarni joriy etish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan maqsadi, aholi turmush
darajasini oshirish, ularning manfaatlarini koʻzlash va oxir oqibat mamlakatda iqtisodiy oʻsishga erishishdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʻkidlaganidek, yurtimizda yashayotgan har qaysi
inson millati, tili va dinidan qatʻiy nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugungi hayotdan rozi bơʻlib
yashashi – bizning bosh maqsadimizdir. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda
ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bogʻliq. Demak, aholining turmush darajasi
jihatidan farqlanishini aniqlash maqsadida tirikchilik minimumi aniqlanadi. Tirikchilik minimumi-isteʻmol
savatiga asosan belgilanadi. Isteʻmol savatini aniqlash uchun unga kiradigan eng zarur oziq-ovqat va nooziq
ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar guruhi belgilanadi hamda ularni jon boshiga isteʻmol meʻyori aniqlanadi.
Professor Sh.Shodmonov aholi turmush darajasi aholining hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan moddiy va
maʻnaviy neʻmatlar bilan taʻminlanishi hamda ular ehtiyojining bu neʻmatlar bilan qondirilishi darajasidir deb
fikr bildirgan. Isteʻmol savatini tashkil qilgan eng zarur isteʻmol mahsulotlari va xizmatlari meʻyori
miqdorining joriy bozor baholariga koʻpaytmasining yigʻindisi tirikchilik minimumini tashkil etadi. Aholi
turmush darajasi–mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi hayot sharoitlarining
yigʻindisidir. Uning asosiy koʻrsatkichlari quyidagilardan iborat:
- aholining daromadlilik darajasi;
- insonning kamolot indeksi;
- turmush sifati;
- turmush sifati indeksi.
Aholining daromadlilik darajasi yalpi milliy mahsulotning aholi jon boshiga nisbati bilan izoxlanadi.
Insonning kamolot indeksi aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish, kutilayotgan umr koʻrish
yoshi, aholining bilim darajasi koʻrsatkichlari bilan ifodalanadi.
Aholining turmush sifatini ifodalaydigan koʻrsatkichlar:
- aholi jon boshiga YAMM;
- kutilayotgan umr koʻrish yoshi;
- shaxsiy baxt tushunchasi;
- daromadning muvofiqligi;
- oilada egallagan oʻrni;
- salomatlilik;
- hayot tarzi.
298
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Aholining daromadlari aholi uchun shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda, muxim manba boʻlib xizmat qiladi. Shu
sababli turmush tarzini tavsiflovchi statistik koʻrsatkichlar kompleksida aholi daromadlari koʻrsatkichlari
aloxida oʻringa ega. Aholi daromadlariga asosan mexnat uchun olgan ish xaqi, individual mexnat, tadbirkorlik
faoliyatidan daromadlar, mulk daromadlari va boshqa daromadlarni kiritishimiz mumkin. Bozor iqtisodiyotiga
oʻtish sharoitida Oʻzbekiston aholi daromad turlari, jumladan tadbirkorlik, mulk daromadlari kabilar koʻpayib
bormoqda. Aholi daromadlari, ularning tarkibi, kelish manbalari va tabaqalanish darajasi jamiyat iqtisodiy va
ijtimoiy farovonligining eng muhim koʻrsatkichidir. Madomiki, daromadlar insonning shaxsiy ehtiyojlarini
qondirishning asosiy manbai boʻlib xizmat qilar ekan, aynan daromad kengroq tushuncha boʻlib, aholi turmush
darajasining markaziy boʻgʻini boʻlib hisoblanadi. Eng avvalo daromad deganda ularning turlari va asosiy
olinish manbalari qandayligini bilish muhimdir. "Daromad" tushunchasi juda murakkab iqtisodiy kategoriyani
koʻrsatadi. Bu oʻrinda gap aholining shaxsiy daromadlari haqida ketadi, aholi shaxsiy daromadlarining
quyidagi taʻriflarini keltirish mumkin: Shaxsiy daromadlar - bu inson tomonidan pul va tabiiy shaklda
olinadigan, ular tomonidan turmushning muayyan darajasini taʻminlash uchun foydalaniladigan mablagʻlar
majmuidir. Agar "Shaxsiy daromadlar" taʻrifida biz ularning shakllanish manbalarini taʻkidlasak, unda u
quyidagi tarzda namoyon boʻladi. Shaxsiy daromadlar - fuqarolarning mehnat faoliyatida ishtiroki, ishlab
chiqarish va boshqa boyliklarning istalgan turiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, ushbu
davlatning qonuniy hujjatlariga muvofiq ijtimoiy transfertlar toʻlovi qoʻyilgan ijtimoiy guruhlarga tegishlilik
bilan bogʻlik barcha pul va tabiiy tushumlar yigʻindisidir. Aholi daromadi aholining turmush darajalari sifatini
koʻrsatadi. Axoli daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, yani ixtiyorida boʻlgan va real daromad
tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad-aholi tomonidan maʻlum vaqt oraligʻida olingan daromadlarning pul koʻrinishidagi miqdori
hisoblanadi. Ixtiyorida boʻlgan daromad-shaxsiy isteʻmol va jamgʻarma maqsadlarida foydalanish mumkin
boʻlgan daromad.
Real daromad-narx darajasi oʻzgarishi hisobga olib, aholining ixtiyorida boʻlgan daromadga sotib olish
mumkin boʻlgan tovar va xizmarlar miqdorini koʻrsatadi, yaʻni daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Respublikamiz aholisining daromadlarini koʻradigan boʻlsak, Quyidagi rasmdagi ma’lumotlar asosida 2024
yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida transferlardan olingan daromadlar ulushi va chet eldan kelgan pul
o‘tkazmalari ulushi bo‘yicha statistik tahlil keltirilgan:
1-rasmda 14 ta hudud bo‘yicha ikkita asosiy ko‘rsatkich berilgan:
•
Transferlardan olingan daromadlar ulushi (%);
•
Chet eldan kelgan pul o‘tkazmalari ulushi (%).
0
5
10
15
20
25
30
35
40
H
ud
ud
lar
Qoraqalpog'iston
And
ijon
Buxo
ro
Jizzax
Qas
hq
ada
ryo
Nav
o
iy
Nama
ng
an
Sam
ar
qa
nd
Surxond
aryo
Sird
ar
yo
Tosh
ken
t
Farg'ona
Xorazm
Tosh
ken
t s
h.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
2024 yilda hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar ulushi
2024 yil aholi umumiy daromadlar tarkibida Respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining ulushi
299
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1-rasm. 2024-yilning hududlar bo`yicha aholining umumiy daromadlari tarkibida respublika tashqarisidan
kelib tushgan pul o`tkazmalari hajmining ulushi
1
.
Bu ko‘rsatkichlar aholi umumiy daromadlari tarkibida tashqi va ichki manbalar hisobiga shakllanayotgan
daromadlarni ifodalaydi.
Transferlardan olingan daromadlar tahlilida
•
Eng
yuqori
ulush
Andijon
(36,8%)
va
Farg‘ona
(36,8%)
viloyatlarida
kuzatilgan.
Bu hududlarda aholi daromadlarining qariyb uchdan bir qismi transferlarga tayanadi.
•
Eng past ulush Navoiy viloyatida (11,7%) va Toshkent shahrida (18%) qayd etilgan.
Bu hududlarda ichki iqtisodiy faoliyat va ish haqi asosiy daromad manbai hisoblanadi.
•
O‘rtacha transfer ulushi:
•
𝑥ˉ =
27,3+36,8+26+17,6+29,5+11,7+29,1+33,1+31,4+22,1+14,6+36,8+32,1+18
14
= 26,5%
Demak, o‘rtacha transfer ulushi 26,5 % ni tashkil etadi.
Chet eldan kelgan pul o‘tkazmalari ulushi tahlili
•
Eng yuqori ulush Andijon (27,6%), Farg‘ona (25,6%) va Xorazm (22,8%) viloyatlarida.
Bu viloyatlarda mehnat migratsiyasi darajasi yuqori.
•
Eng past ulush Qoraqalpog‘iston (1,7%) va Navoiy (3,2%) viloyatlarida.
•
O‘rtacha ulush:
•
𝑥ˉ =
1,7+27,6+17+7,5+17,8+3,2+17,4+22,1+20,5+9,2+4,1+25,6+22,8+12,8
14
= 14,8%
Demak, chet eldan kelgan pul o‘tkazmalari o‘rtacha 14,8 % ni tashk O‘zaro bog‘liqlik (korrelyatsion tahlil)
Transferlardan olingan daromadlar ulushi bilan chet eldan kelgan pul o‘tkazmalari ulushi o‘rtasida ijobiy
bog‘liqlik mavjud.
•
Yuqori transfer ulushi kuzatilgan hududlarda, odatda, chet el pul o‘tkazmalari ham yuqori.
•
Masalan, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida ikkala ko‘rsatkich ham
o‘rtachadan yuqori.
Bu holat aholi daromadlarining muhim qismi tashqi manbalarga, xususan mehnat migratsiyasi natijasida
olingan mablag‘larga tayanayotganini ko‘rsatadi.
•
2024 yilda O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida transferlar ulushi o‘rtacha
26,5 %, chet eldan kelgan pul o‘tkazmalari ulushi 14,8 % ni tashkil etdi.
•
Eng yuqori daromadlar Andijon va Farg‘ona viloyatlarida tashqi manbalardan shakllanmoqda.
•
Navoiy, Toshkent va Jizzax hududlarida esa ichki iqtisodiy faoliyat asosiy daromad manbai hisoblanadi.
•
Umuman olganda, daromad manbalari tarkibida transferlar va pul o‘tkazmalari ulushi yuqori bo‘lgan
hududlarda iqtisodiy mustaqillik darajasi nisbatan past, ichki ishlab chiqarish va bandlik imkoniyatlarini
oshirish zarur.
Mustaqil band aholining umumiy daromadlardagi ulushi yuqoriligi, tadbirkorlik faoliyatining mintaqaviy
darajada ham aholi turmush sifatini yaxshilashda muhim o‘rin tutayotganini tasdiqlaydi. Davlat tomonidan
yaratilayotgan soliq imtiyozlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va kichik biznesni rivojlantirish
dasturlari aholi daromad manbalarini kengaytirish, iqtisodiy mustaqillikni oshirish hamda ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shu bois, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uy xo‘jaliklari
daromadlarini oshirishda va mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda strategik yo‘nalish sifatida ahamiyat
kasb etadi.
Xulosa.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik faoliyati uy xo‘jaliklari daromadlarini oshirishda
muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlash, yangi ish
o‘rinlarini yaratish hamda daromad manbalarini diversifikatsiya qilish orqali iqtisodiy faollikni oshiradi.
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi nafaqat aholining moddiy farovonligini, balki mintaqaviy iqtisodiy
barqarorlikni ham mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu bois, kelgusida uy xo‘jaliklari daromadlarini yanada oshirish uchun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
mexanizmlarini takomillashtirish, soliqqa oid imtiyozlarni kengaytirish va innovatsion faoliyatni
1
300
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
rag‘batlantirish zarur. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash bilan bir qatorda, aholi
turmush darajasining yanada yuksalishiga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning nutqlari va chiqishlari. – “Yangi O‘zbekiston
strategiyasi” asari. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF–4947-son Farmoni – “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”. – Xalq so‘zi gazetasi, 2017-
yil 8-fevral.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. – “Aholi daromadlari va turmush darajasi
ko‘rsatkichlari” bo‘yicha statistik axborot. – Toshkent, 2023. – https://stat.uz
4.
Shodmonov, Sh. Sh. Iqtisodiyot nazariyasi. – Toshkent: “Iqtisodiyot”, 2019. – 540 b.
5.
G‘aniev, B. X. Makroiqtisodiyot: darslik. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020. – 416 b.
6.
Abdukarimov, A. M. Ijtimoiy statistika. – Toshkent: “TDIU nashriyoti”, 2021. – 352 b.
7.
Qurbonov, X. M. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyoti. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2022. – 328 b.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. – “Inflyatsiya darajasi va aholining real daromadlari tahlili”
bo‘yicha yillik hisobot. – Toshkent, 2022.
9.
United Nations Development Programme (UNDP). Human Development Report 2022/2023. – New York:
UNDP, 2023. – https://hdr.undp.org
10.
World Bank. Uzbekistan Economic Update, Spring 2023: Strong Growth Amid Global Uncertainty. –
Washington, DC: The World Bank, 2023.
11.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. – “Aholi farovonligini oshirishda
tadbirkorlikning o‘rni” mavzusidagi tahliliy ma’lumot. – Toshkent, 2022.
12.
Toshmatov, A. R. Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari daromadlari tahlili. – “Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy jurnali, №2, 2023. – B. 45–53.
13.
Statistika qo‘mitasi hisobotlari: “O‘zbekiston aholisining daromadlari 2024-yil I chorak yakunlari
bo‘yicha.” – Toshkent, 2024-yil.
14.
Mirzayev, R. R. Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. – Toshkent:
“Iqtisodiyot”, 2021.
15.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 33-son qarori. – “Uy
xo‘jaliklari daromadlari monitoringini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.”
