Авторы

  • Jaxongir Zaynalov
  • Shaxnoza Abdulxaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138724

Аннотация

Ushbu maqolada foyda soligʻining iqtisodiy mohiyati, shuningdek, uning O`zbekiston Reslikasi soliq tizimidagi oʻrni koʻrib chiqilada. Shuningdek foyda soligʻining iqtisodiyotdagi rolini oʻrganishga e’tibor qaratiladi.

background image

306

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

FOYDA SOLIGʻINING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING O`ZBEKISTON

RESLIKASI SOLIQ TIZIMIDAGI OʻRNI

Zaynalov Jaxongir Rasulovich

Sam.ISI "Moliya" kafedrasi mudiri, IFD, professor.

Abdulxaeva Shaxnoza Muxammadievna

DTPI v.b. dosenti

Тел:+998902467655

E-mail: shaxnozaabdulhaeva061@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17520538

Annotatsiya:

Ushbu maqolada foyda soligʻining iqtisodiy mohiyati, shuningdek, uning O`zbekiston

Reslikasi

soliq tizimidagi oʻrni koʻrib chiqilada. Shuningdek foyda soligʻining iqtisodiyotdagi rolini

oʻrganishga e’tibor qaratiladi.

Kalit soʻzlar:

iqtisodiy subyekt, rivojlanish, foyda soligʻi, soliq tizimi, O`zbekiston Reslikasining

byudjeti, tushumlar, foyda, nazorat, soliq imtiyozlari.
Jahon tajribasilariga kоʻra soliq sohasida samarali tizim yaratib soliqni tartibga solish iqtisodiyotini
boshqarishning eng muhim shakli hisoblanadi. Soliq tizimi yalpi milliy mahsulotning bir qismini qayta
taqsimlash orqali aholining ijtimoiy turmushini yaxshilashda xizmat qiladi. Soliq siyosatii orqali ishlab
chiqarishni ragʻbatlantirish va rivojlantirish imkonini beradi.
Soliqlarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati davlat xazinasini tоʻldiruvchi asosiy manba bоʻlib,
soliqlar yordamida davlat оʻz vazifalarini bajarish uchun zarur bоʻlgan moliyaviy resurslarni ta`minlaydi.
Davlat tomonidan aholi va korxonalarning daromadlarining bir qismini оʻzlashtirish shakli sifatida namoyon
bоʻladi. Davlatning vazifalarining kengayishi moliyaviy resurslar uchun ehtiyojlari yanada oshishiga olib
keladi. Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini oshirishga, soliq islohotlarining davomi sifatida soliq
maʼmurchiligini takomillashtirish, shu jumladan, soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish orqali soliq
bazasini yanada kengaytirish, aksiz soligʻi stavkalarini bosqichma-bosqich indeksatsiya qilish, daromadlarni
deklaratsiyalash tizimini soddalashtirish va bosqichma-bosqich majburiy taqdim etish amaliyotini joriy etish
orqali jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini undirish tartibini yanada takomillashtirish budjet
daromadlari oʻsishini taʼminlovchi omillar sifatida xizmat qilishi taʼkidlangan

1

. Fiskal barqarorlikni taʼminlash

yoʻnalishida: – konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini YIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik; – soliq,
bojxona va budjet siyosatini JST talablariga uygʻunlashtirish; – soliq maʼmurchiligini takomillashtirish va
uning samaradorligini yanada oshirish.
Foyda soligʻi korxonalar va tashkilotlar tomonidan olingan daromaddan undiriladigan asosiy soliqlardan
biridir. Foyda soligʻining asosiy mohiyati shundaki, u davlat byudjet daromadlarining salmoqli qismini tashkil
qilib, davlat sogʻliqni saqlash, maorif va boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilmalarni ijtimoiy himoya qilishi
hamda takomillashtirishi mumkin.
Foyda soligʻi iqtisidiyotda bir qator asosiy vazifalarni bajarib, ular jumlasiga quyudagilar kiradii:
Birinchidan, tadbirkorlik faoliyati va investitsiyalarni ragʻbatlantirish imkonini beradi;
Ikkinchidan yangi loyihalarni moliyalashtiradi va ishlab chiqarishni rivojlantirish investorlarni jalb qilish
imkonini yaratiladi;
Uchinchidn foyda soligʻi taqsimot vazifasini ham bajaradi. Masalan, aksiya egalariga dividendlar toʻlashga
yoʻnaltirilib adolatli taqsimlash imkonini beradi.
Foyda soligʻi quyidagi funksiyalarini oʻz ichiga oladi (1-ra sm)

1

https://www.imf.org/en/Publications/CR/Issues/2024/07/11/Republic-of-Uzbekistan-2024-Article-IV-

ConsultationPress-Release-and-Staff-Report-551710


background image

307

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861


1-rasm. Foyda soligʻining funksiyalari

2

1. Foyda soligʻining asosiy funksiyasi fiskal funksiya boʻlib, u ta’lim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya
infratuzilmani rivojlantirish va davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.
2. Foyda soligʻining taqsimlash funksiyasi yanada adolatli daromadlarni taqsimlash imkonini beradi.
3. Tartibga solish funksiyasi: foyda soligʻidan iqtisodiy faollikni tartibga solish va investitsiyalarni
ragʻbatlantirish uchun foydalanish mumkin.
4. Ma’muriy funksiya: foyda soligʻi soliq toʻlovlarini nazorat qilish va yigʻish bilan bogʻliq ma’muriy
funksiyani bajarib, soliq tartib-taomillari va talablarini belgilaydi.
Foyda soligʻi shuningdek, mikroiqtisodiy darajada quyidagi bir nechta funksiyalarni ham bajaradi:

Davlat budjetini moliyalashtirish, yani jamoat xizmatlari, infratuzilma va boshqa davlat dasturlarini

moliyalashtiridi.

Soliq toʻlovlarini nazorat qilish va yigʻish bilan bogʻliq ma’muriy funksiyani ham bajaradi.

Iqtisodiyotni tartibga solish. Foyda soligʻidan iqtisodiyotni tartibga solish uchun foydalanish mumkin.

Daromadlarni taqsimlash. Daromad soligʻi yanada adolatli taqsimlanishni taʼminlashga yordam beradi

Iqtisodiy ragʻbatlantirish. Daromad soligʻi tadbirkorlar va kompaniyalar uchun oʻsish va rivojlanishga

turtki boʻlishi mumkin.

Nazorat. Foyda soligʻi korxonalar faoliyatini nazorat qilish va nazorat qilish vositasi sifatida ham xizmat

qiladi. Davlat soliq solish tizimidan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga, moliyaviy hisobot
talablariga hamda boshqa qoidalar va normalarga amal qiladi.
Makroiqtisodiy darajada foyda soligʻi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Iqtisodiyotni tartibga solish.
2. Investitsiyalarni jalb qilish va ushlab qolish.
Foyda soligʻi shuningdek quyidagi funksiyalarni ham bajaradi:
1. Mahalliy biznesni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish.
2. Mahalliy darajada ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga koʻmaklashish.
3. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish.
4. Soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va insofsiz raqobatga qarshi kurashish.
Foyda soligʻining umumiy maqsadi davlat funksiyalarini barqaror moliyalashtirishni, daromadlarni adolatli
taqsimlashni va iqtisodiy faollikni ragʻbatlantirishni ta’minlashdan iboratdir.
Xulosa qilib aytgandafoyda, foyda soligʻining umumiy maqsadi davlat funksiyalarini barqaror
moliyalashtirish, daromadlarni adolatli taqsimlashni va iqtisodiy faollikni ragʻbatlantirishni ta’minlashdan
iborat. Shuningdek, foyda soligʻi soliq tizimining muhim vositasi boʻlib, u iqtisodiyotga sezilarli taʼsir
koʻrsatadi. Foyda soligʻining iqtisodiy mohiyati davlat daromadlari manbai boʻlib daromadlarni adolatli

2

Muallif tomonidan tayyorlandi.

Foyda

solig’ining funksiyalari

Fiskal funksiya

Taqsimlash funksiyasi

Rag’batlantiruvchi funksiya

Tartibga solish funksiyasi


background image

308

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

taqsimlaydi. Foyda soligʻi umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, u davlat buudjeti daromadlarini
shakllantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Joʻrauev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. Oʻquv qoʻllanma. – Toshkent:

Norma. 2009. – 183-b.
2.

Joʻrauev A., Safarov Gʻ., Meuliuev O. Soliq nazariuasi. Oʻquv qoʻllanma. – T.: “Iqtisod-moliua”, 2019. –

324 b.
3.

Romanov A.N., Kolchin S.P. Nalogi i nalogooblojenie. Uchebnoe posobie. Moskva, Infra. 2018. 385-str.

4.

6. https://www.imf.org/en/Publications/CR/Issues/2024/07/11/Republic-of-Uzbekistan-2024-Article-IV-

ConsultationPress-Release-and-Staff-Report-551710.