Авторы

  • Davron Shodmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138726

Аннотация

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq nazoratining nazariy masalalari yoritilgan. Soliq nazoratini shakllari va turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalari amaliyotdan olingan ma’lumotlar asosida keltirilgan.

background image

312

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

SOLIQ NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALAR

Shodmonov Davron Do’stmurodovich

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi

Tel: +998906709000

Elektron pochta: d.d.shodmonov@gmail.com

ORCID ID: 0009-0009-9867-7020

https://doi.org/10.5281/zenodo.17520649

Annotatsiya:

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq nazoratining nazariy masalalari

yoritilgan. Soliq nazoratini shakllari va turlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijalari amaliyotdan olingan
ma’lumotlar asosida keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamlashtirish, soliq, soliq nazorati, soliq tekshiruvi, soliq auditi

Аннотация:

В данной статье рассмотрены теоретические вопросы налогового контроля в

условиях цифровой экономики. Результаты проверок налогового контроля по формам и видам
представлены на основе информации, полученной из практики.

Ключевые слова:

цифровизация, налог, налоговый контроль, налоговая проверка, налоговый

аудит

Аnnotation:

This article discusses theoretical issues of tax audit in the digital economy. The results of

tax control audits by form and type are presented on the basis of information obtained from practice.

Key words:

digitalization, tax, tax control, tax audit.

KIRISH.

Iqtisodiyotni raqamlashtirishning rivojlanishi sharoitida soliq nazoratini va umuman soliq

tizimini o‘zgartirish zaruratga aylandi, chunki raqamlashtirish katta ma’lumotlar va raqamli texnologiyalardan
foydalanishni o‘z ichiga oladi. Soliq nazoratini rivojlantirishning asosiy muammolaridan biri bu "katta
ma’lumotlar" (Big Date) deb ataladigan texnologiyalarni joriy etishdir. Ushbu texnologiyalar (Big Date)
tufayli soliq organlari uchun bir qator imkoniyatlar ochiladi: ular soliq to‘lovchi haqidagi ma’lumotlarga ega
bo‘ladi, soliq to‘lovchilarning noqonuniy faoliyatini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlaydi.

TADQIQOT METODLARI.

Tadqiqot jarayonida ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlili,

pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, dasturlashtirish va raqamlashtirish modellari kabi
metodlardan foydalanildi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida soliq nazorati soliq to‘lovchilar tomonidan soliq

majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish va taqqoslash qo‘shimcha soliqlar,
jarimalar va penyalar shaklida budjetga qo‘shimcha to‘lovlarni undirish imkonini beruvchi hamda bu orqali
soliq qonunchiligini buzilishini oldini olish yoki minimallashtirishni ta’minlaydigan turli raqamli axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va qo‘llashga asoslanadi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlari va umuman soliq tizimini rivojlantirish, jumladan, soliq

nazorati bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, u hozirgi kunda nafaqat ilmiy munozaralar obyekti, balki jiddiy amaliy
muammoga ham aylanib bormoqda. Amaliyot nuqtai nazaridan o‘rganilayotgan masala iqtisodiyotni
raqamlashtirish sharoitida soliq xizmati faoliyatini birinchi bosqichda, raqamli iqtisodiyot sharoitida esa
keyingi bosqichda aniq tashkil etish bilan bog‘liq muammolarni hal etish zarurligini tavsiflaydi. Raqamli
makon juda keng ko‘lamli va subyektlarning soliqlarni to‘lamagan holda daromad olish imkoniyatlari
shunchalik kengki, bunday imkoniyatlarning yaratilish va ulardan foydalanish tezligi ham juda tez o‘sib
bormoqda. Natijada, davlatlarning barcha soliq xizmatlari va soliq nazorati tizimlari ham nazoratni kerakli
darajada amalga oshira olmaydi. Bu esa soliq nazorati tizimini raqamlashtirishni talab qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Hozirgi vaqtda soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirish masalalari mamalakatimiz va

xorijiy adabiyotlarda tez-tez ishlatiladigan tushuncha bo‘lib qolmoqda. Biroq, meyoriy huquqiy hujjatlarda
ham, iqtisodiy adabiyotlarda ham yuqoridagi tushunchalar har xil talqin qilinmoqda.


background image

313

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Bu borada Т.А.Ефремова quyidagi fikrlarni bildirgan, samarali soliq nazoratini tashkil etishning

birinchi navbatdagi sharti esa soliq va buxgalteriya hisobotlarining elektron tarzda taqdim etishning zamonaviy
ilg‘or axborot texnologik tizimga asoslangan soliq nazorati hisoblanadi

1

.

I.Zhuravleva va S.Shamayevlarning fikricha, "Raqamli hukumat" tushunchasi turli davlatlar siyosatida

tobora ko‘proq aks etmoqda. Shu bilan birga, ushbu konsepsiyaning rivojlanishi ko‘plab sohalarda, jumladan,
soliq munosabatlari sohasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Soliq organlari faoliyatini raqamlashtirish, bir
tomondan, fuqarolar va tashkilotlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va yig‘imlarni hisoblash jarayonini
soddalashtirish, ularga qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar va amaldagi soliq imtiyozlari to‘g‘risida dolzarb
ma’lumotlarni taqdim etish imkonini bersa, boshqa tomondan, soliq organlariga ishlarning bir qismini
avtomatlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi

2

.

K.A.Faizova o‘zining ilmiy ishlarida raqamlashtirish sharoitida soliq nazoratini o‘zgartirishning asosiy

jihatlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilgan. Bugungi kunda soliq organlari faoliyatida soliq
qonunchiligiga muvofiq soliq nazorati va ma’muriyatchiligini tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini
beruvchi nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi yuqori sifatli dasturiy ta’minotdan foydalanilmoqda. Soliq
nazoratini raqamli o‘zgartirishning huquqiy tartibga solishga ta’siri nuqtai nazaridan quyidagi o‘tish davri
qoidalari qayd etilgan: soliq tartib-qoidalarini raqamli shaklda amalga oshirish soliq nazorati bo‘yicha barcha
chora-tadbirlarni bir xil shaklda amalga oshirishni nazarda tutadi; shuningdek, soliq nazorati jarayonidan
korrupsion harakatlar va inson omilini istisno qilish. Raqamli voqelik sharoitida soliq nazoratini o‘zgartirish
jarayonida davlat tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari
alohida ta’kidlangan

3

.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirishning natijalariga o‘tishdan oldin jahonda

raqamli iqtisodiyot borasidagi ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Global raqamli iqtisodiyot 2028 yilga borib 16,5 trillion dollarga yetadi va global yalpi ichki

mahsulotning 17 foizini egallaydi. Global raqamli iqtisodiyotning deyarli uchdan ikki qismi AQSH va Xitoy
ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyo aholisining 4,2 foizi va global yalpi ichki mahsulotning 26 foiziga ega bo‘lgan
AQSH global texnologiya xarajatlarining 42 foizini egallaydi. Elektron tijorat Xitoyda raqamli iqtisodiyotning
eng katta ulushini egallaydi, chakana savdoning 39 foizi 2024 yilda onlayn xarid qilingan, bu 2028 yilga kelib
41 foizga yetadi

4

.

Xitoyning raqamli iqtisodiyoti 2022-yilda 50,2 trillion yuanga yetib, dunyoda ikkinchi o‘rinni egallab,

ichki yalpi ichki mahsulotning 41,5 foizini tashkil etadi. Accenture kompaniyasining Xitoy korxonalarining
raqamli transformatsiya indeksi (2021) haqidagi hisoboti shuni ko‘rsatadiki, Xitoyning 2018 yildan 2021
yilgacha bo‘lgan yillardagi korxonalarning raqamli transformatsiyasi indeksining o‘rtacha ko‘rsatkichlari mos
ravishda 37, 45, 50 va 54 ni tashkil etadi, bu esa yildan yilga o‘sishning jadal rivojlanish tendensiyasidir

5

Raqamli rivojlanishning O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va ish o‘rinlari yaratilishidagi muhim rolini

e’tirof etgan holda Hukumat strategik kun tartibiga raqamlashtirishni yuqori darajaga qo‘ydi. Oxirgi besh yilda
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasini rivojlantirishga 2 milliard AQSH dollari miqdorida

1

Ефремова Т.А. (2017), Развитие налогового администрирования в России: теория, методология, практика.

Диссертация на соискание ученой степени доктора экономических наук. МГУ. Саранск. стр. 366.

2

Irina A. Zhuravleva, Semyon A. Shamaev. Smart Governance: Digitalization of Tax Control in the Russian Federation

to Increase VAT Collection. Digital Transformation: What are the Smart Cities Today? 01 February 2024. Pages 127-
143.

3

Faizova Kristina Alexandrovna.Тransformation of tax control in the context of digitalization.

“Евразийский

юридический журнал”. № 4 (179) 2023. Pages 215-216. DOI 10.46320/2073-4506-2023-4-179-215-216.

4

Michael O’Grady.Digital Transformation Is A Cornerstone Of Innovation And Sustainable Growth. Jul 23 2024.

https://www.forrester.com/blogs/the-global-digital-economy-will-reach-16-5-trillion-and-capture-17-of-global-gdp-by-
2028/.

5

Yanhui Xu, Fuhua Deng, Qianbin Feng.The effect of tax enforcement digitalization on corporate digital transformation:

Evidence from China's listed companies. Economic Analysis and Policy.Available online 5 January 2025.

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0313592625000062

.


background image

314

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

sarmoya kiritildi, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (700 million dollar). Hukumat 2020 yildan
boshlab raqamlashtirish bo‘yicha ko‘plab qarorlar qabul qildi, jumladan, beshta ustuvor yo‘nalishni o‘z ichiga
olgan “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi (“Strategiya”) qabul qildi: (1) Raqamli infratuzilma; (2)
elektron hukumat; (3) raqamli iqtisodiyot; (4) Raqamli texnologiyalar milliy bozori; va (5) IT-ta’lim. Raqamli
iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotga (YAIM) qo‘shayotgan hissasi hamon past (2021-yil holatiga ko‘ra 1,9
foiz)

6

.

Yuqoridagilar bevosita soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazoratini raqamlashtirishda alohida o‘rin

tutadi.

Mamlakatimizda soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

soliqlarni yanada samarali yig‘ish, qonunchilikka rioya etishni kuchaytirish va soliq organlari va soliq
to‘lovchilar uchun ma’muriy yuklarni kamaytirishga olib keladi. Bundan tashqari, bugungi kunda soliq
ma’muriyatchiligi doirasida soliqlar tuzilmasini optimallashtirish, ularni undirish, soliq hisobi va
hisobotini yuritish mexanizmini takomillashtirish, soliq to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq
to‘lanishi, soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligida belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishini
nazorat qilish, soliq tushumlarini turli darajadagi budjetlar o‘rtasida taqsimlash, natijalarni yig‘ish va tahlil
qilish, soliqqa tortish jarayonining barcha ishtirokchilarining soliq munosabatlarini uyg‘unlashtirish
bo‘yicha keng chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Hususan, tadbirkorlik
subyektlarining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, sohani raqamlashtirish-Elektron
hisobvaraq-fakturalari bilan qamrov darajasi 100 foizga, hisobotlarni avtomatlashtirish 76 foizdan 86 foizga
yetkazilganligi, “Tahlika-tahlil” AAT, “YE-ijara”, “Avtokameral”, Tax.gap, “Cashback” va “Soliq” mobil
ilovasi va boshqa qator dasturiy mahsullarning ishga tushirilishi soliq tushumlarini ko‘payishiga olib keldi

7

.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingida har bir tadbirkor o‘z o‘rni va bahosini real vaqtda bilib borishi

mumkin bo‘ldi. Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida
jami 520,6 mingta tadbirkorlik subyekti baholangan. Bugun tadbirkorlikka yaratilgan qulay sharoitlar sabab,
tadbirkorlar bilan hamkorligimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. 31 ming tadbirkor barqarorlik reytingini
yaxshilab, halol tadbirkorlar safini kengaytirmoqda. Umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 4,5
baravarga ko‘payib, jami 7,5 mingdan oshdi. AAA reytingdagi tadbirkorlarning 1107 tasiga 1,9 trln. so‘mlik
QQS summasi 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarib berilgan

8

.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqorida keltirilgan katta hajmdagi amaliy ishlarni raqamlashtirishsiz amalga oshirish juda qiyin

bo‘ladi. Shuning soliq ma’murchiligi va soliq nazorati tizimiga yanada ko‘proq yangi texnologiyalarni jalb
qilish natijasida tizimda korrupsiyani oldini olish mumkin.

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ulushini oshirish maqsadida ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib,

ularning ijobiy tomonlarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq.

Soliq ma’muriyatchiligi va soliq nazorati tizimga yangi raqamli texnologiyalarni jalb qilgan holda inson

omili ta’sirini kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.

Intizomli soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish maqsadida soliq tekshiruvlaridan ozod qilish mezonlarini

yanada ko‘proq amaliyotga joriy etish kerak.

6

The

World

Bank

Uzbekistan

Digital

Inclusion

Project

(P179108)

November

2,

2023.chromeextension://efaidnbmnnnibpcajpcglclefindmkaj/https://documents1.worldbank.org/curated/en/0991106231
55540364/pdf/BOSIB0bffea70a055092ad0700f8cf4b156.pdf.

7

O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2023 yil yakunlari hisoboti.2024.

8

2025 yilda 224 trln. so‘m soliq tushumlarini ta’minlash vazifasi belgilandi. https://uza.uz/uz/posts/2025-yilda-224-trln-

som-soliq-tushumlarini-taminlash-vazifasi-belgilandi_675250. 08.01.2025.


background image

315

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861





Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi. 2025.

2.

Наталя Игуш.Переход на налоговый мониторинг в 2022 году. Порядок, преимущества и

алтернатива.

hттпс://правовест-аудит.ру/наши-статии-налоги-и-буhучет/налоговйй-мониторинг-

стоит-ли-перекhодит-и-к-чему-готовится/.6.03.2025.
3.

Мазурова

Э.

Для

чего

нужен

налоговый

мониторинг.

hттпс://бухгалтер.уз/публиш/доc/техт177767_для_чего_нужен_налоговйй_мониторинг.6.03.2025.
4.

Демин А. В., Молина А. Ю. Налоговый мониторинг: стоит или нет заключат соглашение по

фактическим обстоятелствам? Журн. Сиб. федер. ун- та. Гуманитарные науки, 2024, 17(6), 1094–1102.
ЭДН: СДМОРМ.
5.

Налоговый мониторинг: интегратсия с информатсионной системой налогоплателщика.hттпс://хн--

80аеcбяфнмегcфбдc8а8а7м.хн--п1аи/база-знаний/артиcлес/налоговйй-мониторинг-интегратсия-с-
информатсионной-системой-налогоплателшчика/. 6.03.2025.