Авторы

  • Kamoliddin Mansurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138728

Аннотация

Har bir davlat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi moliya tizimining samaradorligiga, ayniqsa, soliq siyosati va uning ijtimoiy adolat tamoyiliga bog‘liq. Soliqlar budjet daromadlarining asosiy manbai bo‘lib, davlatning ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan, jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish masalasi davlat moliyasi va iqtisodiy siyosatda muhim ahamiyatga ega. Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlarini belgilash bilan birga, ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu boisdan mazkur mavzuda amalga oshiriladigan tadqiqotlar davlat moliya siyosati, norasmiy iqtisodiyot bilan kurash va raqamli iqtisodiyotda soliq to‘lovlarini hisobga olishda muhim ahamiyatga ega.

background image

316

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH

MASALALARI

Mansurov Kamoliddin Mengortiqovich

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi

davlat soliq katta inspektori

https://doi.org/10.5281/zenodo.17520695

Har bir davlat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi moliya tizimining samaradorligiga, ayniqsa, soliq

siyosati va uning ijtimoiy adolat tamoyiliga bog‘liq. Soliqlar budjet daromadlarining asosiy manbai bo‘lib,
davlatning ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan, jismoniy shaxslarning
daromadlarini soliqqa tortish masalasi davlat moliyasi va iqtisodiy siyosatda muhim ahamiyatga ega. Jismoniy
shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish fuqarolarning davlat oldidagi majburiyatlarini belgilash bilan birga,
ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Shu boisdan mazkur mavzuda amalga oshiriladigan
tadqiqotlar davlat moliya siyosati, norasmiy iqtisodiyot bilan kurash va raqamli iqtisodiyotda soliq to‘lovlarini
hisobga olishda muhim ahamiyatga ega.

Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tizimi davlat budjeti barqarorligi va ijtimoiy

tenglikni ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi. Bugungi kunda norasmiy iqtisodiyotning ulushi hanuz yuqori
bo‘lib, aholining katta qismi rasmiy hisobga olinmagan daromad manbalaridan foydalanmoqda. Bu soliq
tizimini takomillashtirish, barcha fuqarolar uchun teng sharoit yaratish va soliq bazasini kengaytirish zaruratini
keltirib chiqaradi.

Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida frilans, onlayn xizmatlar va elektron savdo

kabi yangi daromad turlari paydo bo‘lmoqda. Amaldagi soliq tizimi bu turdagi daromadlarni to‘g‘ri hisobga
olish va soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishni talab qiladi. Ijtimoiy adolatni ta’minlash, aholining
daromad darajasiga qarab progressiv soliq stavkalarini joriy etish, imtiyozlar tizimini qayta ko‘rib chiqish va
xalqaro soliq standartlariga moslashish bu mavzunning dolzarbligini yanada oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish bilan bog‘liq bir qator

islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i uchun asosiy
stavka hozirda 12% ravishda belgilangan. Rezident shaxslar uchun dividendlar va foizlar shaklida olingan
daromadlarga maxsus stavka – 5%. Soliq rezidenti bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekistondagi manbalardan
olingan daromadlarga hay’atli (withholding) stavkasi qo‘llanadi (yoki boshqa maxsus stavkalar). 2019 yilda
qabul qilingan Soliq kodeksi o‘zgarishlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i sistemasi va soliq
turlari qayta shakllantirilgan.

Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslarning daromadlarini, xususan, tashqi manbalardan olingan

daromadlarini tahlil qilish uchun yagona ma’lumotlar bazasi va IT tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Hozirgi
tartibda, jismoniy shaxs manbaida soliqni to‘lamay turgan, deklarsiyani topshirmaydigan holatlarning oldini
olish uchun nazorat kuchaytirilmoqda. “Boy shaxslar” kategoriyasi bo‘yicha alohida soliq to‘lov tartibini joriy
etish rejalashtirilgan — yuqori daromadli shaxslarni segmentatsiya qilish, ma’lumot bazasini to‘ldirish.

Soliq nazorati va ma’lumotlar bazasi yaratilishi orqali daromadlarning ro‘yxatga olinishi va yashirin

daromadlarni aniqlash imkoniyati oshirilmoqda. Jismoniy shaxslar uchun stavka yopiq va oddiylashgan — bu
soliq fondini kengaytirish va ishchilarning rasmiy daromad hisobiga o‘tishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan.
Soliq tushumlari bazasi nazorat qilinayotgani va “Yashirin daromad”larni hal qilish yo‘lida mexanizmlar joriy
etilayotgani kuzatilmoqda.

Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish masalalarida bir qator olimlar ish olib borgan.

Xususan, xorijlik olimlardan Emmanuel Saez (Fransuz–amerika iqtisodchisi, jamoat iqtisodiyoti sohasida
faol)ning ishlari shuni ko‘rsatadiki, jismoniy shaxslar daromadlarini soliqga tortish tizimlari daromad
tengsizliklari va iqtisodiy samaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi — masalan, yuqori daromadli shaxslar
ustidan qo‘llanadigan soliq stavkalari soliq siyosatining samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi
mumkin.Ushbu nazariy-analitik asoslar soliq tizimini reform qilishda «qaysi stavka va qanday tartib maqsadga
muvofiq» degan savollarga javob berishga yordam beradi.

Jamoat moliyaviy siyosat va soliq siyosati bo‘yicha olim Stefanie Stantchevaning ilmiy izlanishlarida

jismoniy shaxslar solig‘ining nafaqat daromad yig‘ish uchun manba ekanini, balki innovatsiya va ixtirochilik


background image

317

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

faoliyatiga ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatadi — misol uchun, yuqori daromad solig‘i ixtirochilar joylashuvi
(qayerda ishlashni tanlash) va ixtiro hajmiga ta’sir qilishi mumkin. Soliq tizimi faqatgina daromad yig‘ish
vositasi emas, balki iqtisodiy rivojlanish, mehnat bozorida tanlov va innovatsiya motivatsiyasiga ham bog‘liq
ekanini tushuntiradi.

Nemis davlatchilik siyosati va soliq tizimi bo‘yicha olim Philipp Genschel soliq tizimlarining tarixi va

jismoniy shaxslar solig‘ining joriy etilish jarayonlarini 220 dan ortiq yurisdiktsiyada tadqiq qilgan; u soliq
tizimlarini kiritishda mamlakatlar o‘rtasida oldingi tajriba va soliq raqobati qanday rol o‘ynaganini tahlil
qilgan. Soliq islohotlari (jumladan jismoniy shaxslarning daromadini soliqga tortish) milliy kontekstda bo‘lsa
ham, xalqaro taqqoslashdan foyda beradi — islohotlar nima uchun har xil uslub bilan kechadi, qaysi omillar
muvaffaqiyatga ta’sir qiladi degan savollarga javob beradi.

Siyosatshunos va rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq bazasini kengaytirish, soliq yig‘ish va ijtimoiy

shartnoma (social contract) jihatdan tadqiqotlar olib borgan Mick Moorening fikricha rivojlanayotgan
mamlakatlarda (masalan, Osiyo va Afrika) jismoniy shaxslarning daromadini soliqga tortishning siyosiy
ijtimoiy o‘zaro ta’sirini o‘rganadi — masalan, soliq yig‘ish faolligi va davlat-fuqara munosabatlari o‘rtasidagi
bog‘liqlik. Soliq tizimining samaradorligi faqat iqtisodiy omillarga bog‘liq emas; ijtimoiy ishonch, adolat hissi
va davlat-fuqara aloqalari ham muhim rol o‘ynaydi — bu xususan O‘zbekiston kabi yangilanayotgan soliq
tizimlari uchun ham ahamiyatlidir.
O‘zbekistonda mustaqil tadqiqotchi va olimlardan Mukhabbat Volnazarovna Imamova jismoniy shaxslar soliq
tizimida muhim rol o‘ynaydi, bu bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet manbai sifatida katta ahamiyatga ega
ekanligi. daromad solig‘ini yengillashtirish va soliq to‘lovchilar uchun rag‘bat mexanizmlarini ishlab chiqish
kerakligiga e’tibor qaratgan.
Yadgarov Sherzod Kholmurotovich soliq ma’muriyatida xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda takliflar
berilgan: ma’lumotlar bazasi, avtomatizatsiya, soliq tuzumni soddalashtirish zarurligi aytgan.
Shakhlo Rajapboevna Rakhimova Germaniya, Yaponiya, Singapur va Shvetsiya kabi mamlakatlarda jismoniy
shaxslar daromadini solish tizimlarining adolatliligi, rag‘batlashtiruvchi xususiyatlari va shaffofligi
O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkinligi ko‘rsat o‘tilgan.
Isayev Husan Mansurovich JSHS va korporativ soliqlar davlat budjetini shakllantirishda asosiy omil bo‘lib
xizmat qilishini, ammo soliqdan qochish, ma’muriy samarasizlik va norasmiy iqtisodiyot kabi muammolar
mavjudligini tahlil qilgan.
Davletov Poʻlat Torabayevich soliq tizimida jismoniy shaxslar uchun soliqning shakllanishi, soliq bazasi,
mahalliy budjetlarning daromadlari bilan bog‘liq tarkibiy o‘zgarishlar va muammolarni tadqiq etgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkasi asosiy hollarda 12% tashkil etadi.
Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tizimida qator muammolar mavjud. Xususan:
norasmiy iqtisodiyot faoliyati soliq bazasini kamaytiradi;
fuqarolarning moliyaviy xabardorligi pastligi;
soliq ma’muriyatining raqamlashuv darajasi yetarli emasligi;
yangi raqamli daromad manbalarini aniqlash qiyinligi.
Bu omillar budjet tushumlarining kamayishi va soliq tizimi samaradorligining pasayishiga olib keladi.

O‘zbekiston jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda soliq ma’muriyatchiligini

raqamlashtirish va avtomatlashtirish, fuqarolarning soliq madaniyatini oshirish, norasmiy iqtisodiyotni
qisqartirish choralari, yangi daromad manbalarini hisobga olish uchun qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro
tajribani o‘rganish va milliy qonunchilikka moslashtirish lozim.

Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tizimi davlat moliyasi va ijtimoiy adolatni

ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Amaldagi tizimning samaradorligi norasmiy iqtisodiyot, fuqarolarning
moliyaviy xabardorligi va raqamli daromadlarni hisobga olish qobiliyati bilan chegaralangan. Tizimni
takomillashtirish choralari sifatida soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, fuqarolarning soliq madaniyatini
oshirish, norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish va yangi daromad manbalarini qonuniy hisobga olish tavsiya
etiladi. Shu yo‘l bilan davlat budjeti daromadlari ko‘payadi, iqtisodiy ochiqlik ta’minlanadi va soliq tizimida
ijtimoiy adolat mustahkamlanadi.


background image

318

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar daromad solig‘i uchun yagona 12 % stavka oddiy va ma’muriy jihatdan

qulay, ammo daromadlar darajasi keskin farqlanadigan jamiyat uchun bu progressivlik prinsipiga to‘liq javob
bermaydi. Soliq organlari axborot tizimini yangilagan bo‘lsa-da, norasmiy mehnat bozori va naqd pul
aylanmasi soliq bazasini cheklab qo‘yadi. Xalqaro tajriba (Germaniya, Shvetsiya, Janubiy Koreya) shundan
dalolat beradiki, progressiv daromad solig‘i orqali aholi o‘rtasidagi boylik tengsizligini kamaytirish mumkin.
Soliq to‘lovchilarning bilim darajasi, raqamli xizmatlardan foydalanish madaniyati pastligi sababli ko‘p
holatda soliq to‘lov o‘z vaqtida amalga oshmaydi yoki xato yuz beradi.

Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi

takliflarni bermoqchimiz.

1. Progressiv soliq tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda 12 % stavkani saqlagan holda, ma’lum

daromad chegarasidan yuqori bo‘lganlar uchun 15–20 % stavka kiritish. Bu yuqori daromadli shaxslar hisobiga
ijtimoiy tenglikni mustahkamlaydi va budjet daromadini oshiradi. Ta’siri — Emmanuel Sayezning «optimal
soliq nazariyasi» bo‘yicha modellariga muvofiq.

2. “Yashirin” daromadlarni qamrab olish uchun raqamli nazorat tizimini kengaytirish. Bankomat,

elektron to‘lov va ijtimoiy tarmoq orqali daromad oluvchilarni avtomatik hisobga olish tizimini yaratish.
Xorijiy frilans, onlayn-biznes va kripto-daromadlar monitoringi uchun maxsus modul (PayPal, Upwork,
Binance ma’lumotlari bilan integratsiya). Bu taklif XMJ (IMF) tavsiyasiga ham mos keladi.

3. Soliq imtiyozlari va rag‘bat mexanizmlarini takomillashtirish. Kam daromadli oilalar uchun soliq

krediti (tax credit) joriy etish. Ijtimoiy ahamiyatga ega xarajatlar (ta’lim, tibbiyot, ipoteka) bo‘yicha
chegirmalarni avtomatik hisoblash. Bu Stefani Stanchevaning tadqiqotlarida ko‘rsatilgan “soliq orqali ijtimoiy
faollikni rag‘batlantirish” g‘oyasiga muvofiq.

4. Soliq to‘lovchilarni o‘qitish va shaffoflikni oshirish. “My Soliq” platformasini fuqarolar uchun

moliyaviy savodxonlik markaziga aylantirish. Soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha video-yo‘riqnomalar, onlayn
maslaxat xizmatlarini kuchaytirish. Bu Mick Moore nazariyasidagi “soliq va fuqaro o‘rtasidagi ishonch”ni
mustahkamlaydi.

5. Soliq ma’muriyatida raqamlashtirish va ma’lumotlar integratsiyasini tezlashtirish. DSQ, Banklar, IIO

va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarini birlashtiruvchi yagona «Tax Data Hub» tizimini joriy etish. Bu
orqali daromadlar manbalari bo‘yicha tezkor tahlil va soliq xavfini baholash imkoni yaratiladi.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish tizimi iqtisodiy o‘sish, adolat va

budjet barqarorligi uchun muhim mexanizm hisoblanadi. Xalqaro va mahalliy tajriba shuni ko‘rsatadiki,
adolatli (progressiv) stavka, shaffof raqamli nazorat, va soliq madaniyatini oshirish ushbu sohadagi barqaror
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. — Toshkent: Adliya vazirligi nashri, 2024 yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–60-son Farmoni — “Soliq-budjet siyosatini takomillashtirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”. — 2022 yil 28 dekabr.
3.

Imamova M. V. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishning nazariy asoslari. // Asian Journal of

Social Science and Humanities, 2022.
4.

Yadgarov Sh. X. Jismoniy shaxslar daromad solig‘ini hisoblash va ma’muriylashtirish masalalari. // Web

of Scientist: International Scientific Research Journal, 2024.
5.

Rahimova Sh. R. Jismoniy shaxslar daromadini soliqqa tortishda xorijiy tajriba. // Modern Scientific

Research in the 21st Century, 2025.
6.

Davletov P. T. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar soliqlari joriy etilish bosqichlari. // Economics and

Business Research Journal, 2024.
7.

Isayev H. M. Bevosita soliqlar davlat budjetining shakllanishidagi ahamiyati. // Sciental Journal of

Economics and Humanities, 2025.
8.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

bo‘yicha axborot byulleteni. — Toshkent, 2023–2025 yy.


background image

319

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

9.

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) missiyasi hisoboti: Uzbekistan – Tax Policy Reform

Recommendations, 2025.
10.

II. Xorijiy ilmiy manbalar

11.

Saez, E. (2001). Using Elasticities to Derive Optimal Income Tax Rates. Review of Economic Studies,

68(1), 205–229.
12.

Saez, E., & Stantcheva, S. (2018). A Simpler Theory of Optimal Capital Taxation. Journal of Public

Economics, 162, 120–142.
13.

Stantcheva, S. (2021). Understanding Tax Policy: What Drives People’s Views of Taxes? NBER Working

Paper, No. 31519.
14.

Genschel, P., & Schwarz, P. (2011). Tax Competition and Fiscal Democracy. Transnational Economic

Review, 2(3), 56–75.
15.

Mick Moore. (2015). Taxation and Development: What Have We Learned from Fifty Years of Research?

IDS Working Paper 429. Institute of Development Studies.
16.

OECD. (2023). Revenue Statistics 2023 – Tax Policy Trends in OECD and Partner Economies. Paris:

OECD Publishing.
17.

World Bank. (2024). Uzbekistan Public Finance Review: Strengthening Tax Administration and

Compliance. Washington D.C.
18.

Tanzi, V. & Zee, H. H. (2000). Tax Policy for Emerging Markets: Developing Countries. IMF Working

Paper, WP/00/35.
19.

Bird, R. M. & Zolt, E. M. (2015). Taxation and Inequality in Developing Countries: Lessons from the

Recent Experience. World Bank Policy Research Paper, No. 7470.
20.

Slemrod, J. & Bakija, J. (2017). Taxing Ourselves: A Citizen’s Guide to the Debate over Taxes. 5th ed.

Cambridge, MA: MIT Press.
21.

III. Internet manbalari va axborot portallari

22.

https://soliq.uz

23.

https://www.pwc.com/taxsummaries

24.

https://www.uzdaily.uz

25.

https://kun.uz

26.

https://www.oecd.org/tax.