Авторы

  • Shaxnoza Abdulxayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138730

Аннотация

Bilvosita soliqlar, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i, davlat uchun barqaror daromad manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini shakllantirishdagi eng istiqbolli soliqlardan biri sifatida davlat xizmatlarini moliyalashtirishda katta ahamiyatga ega. Bilvosita soliqlarni hisoblash va ularni to‘lash soliq qonunchiligini buzilish holatlarini kamaytiradi. Bu borada bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ushbu maqolada uni bartaraf etish soliq tizimini yanada samarali va adolatli qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi

background image

323

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUDJETINI SHAKLLANISHIDA

BILVOSITA SOLIQLARNING FISKAL SAMARADORLIGI

Abdulxayeva Shaxnoza Muxammadievna

DTPI v.b. dotsenti

Тел:+998902467655

E-mail: shaxnozaabdulhaeva061@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17525437

Annotatsiya:

Bilvosita soliqlar, jumladan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va aksiz solig‘i, davlat

uchun barqaror daromad manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetini shakllantirishdagi eng
istiqbolli soliqlardan biri sifatida davlat xizmatlarini moliyalashtirishda katta ahamiyatga ega. Bilvosita
soliqlarni hisoblash va ularni to‘lash soliq qonunchiligini buzilish holatlarini kamaytiradi. Bu borada bir qator
muammolar mavjud bo‘lib, ushbu maqolada uni bartaraf etish soliq tizimini yanada samarali va adolatli qilish
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi

Kalit so‘zlar:

davlat byudjeti daromadlari, QQS, aksiz solig‘i, soliq nazorati, iqtisodiy barqarorlik,

soliq boshqaruvi, davlat moliyasi, soliqlarni hisoblash usullari, soliq tizimi, soliq islohoti, soliq siyosati, soliq
ma’murchiligi, soliq to‘lovchi, soliq imtiyozi.

O‘zbekistonda bilvosita soliqlar joriy qilingandan boshlab shu kungacha budjet daromadlarining eng

yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisoblanib, budjet tizimining barqaror shakllantiruvchi
manbalaridan biri hisoblandi. Bilvosita soliqlar orqali yig‘iladigan mablag‘lar davlat budjetining barqarorligini
ta’minlashda yuqori fiskal samaraga ega. 2024 yilda bilvosita soliqlar Davlat budjeti daromadlarning asosiy
qismini tashkil qilib, umumiy daromadlar prognozining 41,3 foizini tashkil etadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
bo‘yicha tushumlar 74,0 trln so‘mni, aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar 22,7 trln so‘mni, yoki bojxona bojlari
bo‘yicha tushumlar 14,8 trln so‘mni tashktl etadi. 2024 yilda Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari
budjetlari taqchilligi 3,1 foiz miqdorida prognoz qilinayotgan bo‘lib, 2025–2026 yillarda taqchillik 1,8-2,2
foizgacha pasayishi prognoz qilingan.

1

Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirilishi, fiskal

siyosatning yuritilishi orqali barqarorlikni ta’minlanishi hisobiga erishilmoqda.

Davlat budjetini shakllantirishda soliq tushumlarining yuqori ulushi bilvosita soliqlar hisobidan

to‘ldiriladi. To‘g‘ri soliqqa tortilmagan, qayd etilmagan daromadlar bilvosita soliqlarga tortiladi. Shunday
qilib, bilvosita soliqlar shu kungacha budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi
hisobladi.

Soliq tizimini isloh qilish uchun bir qator siyosatchilar bir qator maqsadlar belgilashni e’tirof qildilar.

Bularning ichida eng muhimlari: nisbatan soddalik (simplicity), barqarorlik (stability), adolatlilik (fairness
fairness), daromadlarni muvozanatli taqsimlash (adequate revenue) va iqtisodiy samaradorlik (economic
efficiency), fiskal samaradorlik (fiscal efficiency) kabi tamoyillar asosidagi pirovard maqsadlar ilgari
surilishini e’tirof etadilar (

C. Alan Garner

)

2

. Soddalilik soliq ma’murchiligini takomillashtirish maqsadida

soliqlarni hisoblash va budjetga o‘tkazishdagi xarajatlarni kamaytirish orqali davlat moliyaviy faoliyatida
iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shuningdek, soliq tizimining soddaliligi
soliq to‘lovchilarning soliqlar to‘g‘risidagi bilimlarini, soliq madaniyatini oshirishga imkoniyatlariga ega
bo‘ladi. Buning natijasida soliq to‘lovchilar soliqlarni to‘g‘ri hisoblash va o‘z vaqtida soliqlarni to‘lash soliq
qonunchiligini buzilish holatlarini kamayishiga zamin yaratadi. Bilvosita soliqlarning undilishining asosiy
maqsadi va funksiyasi fiskal funksiya hisoblanadi. Fiskal samaradorlik soliq yukining budjetga bilvosita
soliqlar tushumlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish hisoblanadi.

Respublikamizda iqtisodiy o‘sishni izchil davom ettirilishi, fiskal siyosatning yuritilishi orqali

barqarorlikni ta’minlanishi hisobiga erishilmoqda. 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar prognozi “O‘zbekiston – 2030” 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va
“daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun yalpi ichki mahsulot hajmini 160
milliard AQSh dollarga va aholi jon boshiga daromadlarni 4 ming dollarga yetkazish, kelgusi 7 yilda asosiy

1

Budjetnoma 2024-2026 yil. Toshkent 2023 yil.

2

C. Alan Garner

Consumption Taxes: Macroeconomic Effects and Policy Issues


background image

324

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

kapitalga 250 mlrd AQSh dollardan ortiq investitsiyalarni o‘zlashtirish va unda 110 mlrd AQSh dollardan ortiq
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, 2030 yilga borib yillik eksport hajmini esa 45 mlrd AQSh dollarga
yetkazish, Davlat qarzini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshirmaslik vazifasini ta’minlash maqsad
qilingan. Prognozlarga ko‘ra 2023-2024 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,6-5,8 foiz doirasida, 2025-2026
yillarda mos ravishda 6,2 va 6,4 foizgacha o‘sishi ko‘zga tutilgan.

3

Quyidagi 1-jadvalda iqtisodiy o‘sishdan kelib chiqib 2025-2026 yillarda Davlat budjeti daromadlari

prognozi va mo‘ljallari keltirilgan.

Soliq turlari bo‘yicha Davlat budjeti daromadlari prognozi va mo‘ljallari, trln so‘m

4


Soliq turlari


2023

yil


2024 yil

prognoz


2025

yil mo‘ljal


2026 yil mo‘ljal

Bevosita soliqlar

73,3

85,6

102,8

120,4

Bilvosita soliqlar

85,9

111,6

144,0

163,4

Resurs soliqlari

28,3

31,8

35,7

39,9

Boshqa daromadlar

41,6

41,6

48,5

55,3


1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, davlat budjeti daromadlari 2023 yil 85,9 trln so‘mni, 2024

yil prognozi 111,6 trln so‘mni tashkil qilib, 2025 yilda 144,0 trln so‘mdan 2026 yilda 163,4 trln so‘mga oshishi
mo‘ljallangan bo‘lib eng yuqori qismi bilvosita soliqlarga to‘g‘ri keladi..

Quyidagi 2.2-jadvalda bilvosita soliq turlari bo‘yicha 2020-2025 yillar mobaynida soliq to‘lovchilar

sonini tahlil qilishimiz mumkin.

2-jadval
Respublika bo‘yicha 2018-2024 yillarda bilvosita soliq turlari bo‘yicha to‘lovchilar soni (nafar)

5

.


Ko‘rsatkichlar


2020


202

1


2

022


2

023


2024

Respublikada jami bilvosita

soliq tulovchilar soni

11932

9

148

130

1

4990

1

69039

188088

shu jumladan

QQS to‘lovchilari soni

115 57

2

143

701

1

45410

1

64449

183488

Aksiz solig‘i to‘lov-chilari soni

3 757

4 4

29

4

580

4

590

4600


2-jadval tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, respublikada jami bilvosita soliq to‘lovchilar soni 2018 yilga

nisbatan 2024 yilda soliq to‘lovchilar soni qariyb 4,5 baravar oshgan. Bilvosita soliq to‘lovchilarning aksariyat
qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini tashkil etib, 2018 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i
to‘lovchilari soni keskin oshgan. Bunday o‘zgarishga sabab 2017 yil 18 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning
yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

6

gi PF-5116 sonli farmoni binoan soliq ma’murchiligi

tizimida eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ustuvor vazifa etib belgilanganligidir.

3

https://api.mf.uz/media/document_files/budjetnoma_2024-2026_u7oVHcU.pdf

4

O‘zbekiston Respublikasi moliya va iqtisodiyot vazirligi Budjetnoma 2024-2026 yil ma’lumotlari asosida muallif

tomonidan tayyorlandi.

5

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va www.stat.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tayyorlandi.

6

https://lex.uz/docs/3271159


background image

325

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar soni 2023 yilda 164,4 mingtani tashkil etib sezilarli

11,6 foizga, jami 183,5 mingta ko‘paygan.

Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki

,

hozirgi vaqtda bilvosita soliqlar, ayniqsa QQS ko‘pgina

rivojlangan mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojlantirish uchun katta ahamiyatga
ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘i davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning ishonchli va barqaror bazasi
bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun elektron hisobvaraq-faktura mexanizmini joriy etish; soliq to‘lovchilari
uchun zamonaviy soliqqa tortish qoidalarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi 2019 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-599-

son Qonuni bilan tasdiqlangan.
2.

O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi 2013 yil 26 dekabrdagi O‘RQ 360

son Qonuni bilan tasdiqlangan.
3.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va budjet siyosatining 2023 yilga

mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim
qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonuni.
4.

https://www.interfax.ru/world/813644

5.

https://api.mf.uz/media/document_files/budjetnoma_2024-2026.