339
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI TAHLILI
Qudratov Umidjon Komiljon O’g`li
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti
“Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi
7-BH-22 guruh talabasi
Tel: +998 94 624 0700
E-mail: umidqudratov93@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525538
Annotatsiya:
Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning qiymatini tekshirish va amortizatsiya
usullarini o’rganish, hisob siyosatini tekshirish, audit dalillarini yig`ish, inventarizatsiya o`tkazish, ichki
nazoratni baholash, amortizatsiya hisob kitobini qayta hisoblash va audit xulosasini berish haqida ma’lumot
berilgan.
Kalit so‘zlar:
Asosiy vositalar, amortizatsiya, amortizatsiyalangan qiymat, inventarizatsiya, auditorlik
tekshiruvi, aktivlar, auditorlik xulosasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadi – ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdan
iboratdir. Ushbu jarayonda korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilovchi eng muhim omillardan biri
bu – asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki asosiy vositalar korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, mahsulot
sifati va hajmini bevosita belgilab beradi.
Asosiy vositalardan samarali foydalanish uchun ularning texnik holatini doimiy nazorat qilib borish,
eskirgan qismlarni o‘z vaqtida yangilash va ularning qiymatini to‘g‘ri hisobga olish zarur. Shu nuqtai nazardan
asosiy vositalar amortizatsiyasini hisoblash masalasi katta amaliy va nazariy ahamiyat kasb etadi.
Amortizatsiya — bu asosiy vositalarning qiymatini ularning foydalanish muddati davomida bosqichma-
bosqich mahsulot tannarxiga o‘tkazish jarayonidir. To‘g‘ri tashkil etilgan amortizatsiya siyosati korxonaning
moliyaviy natijalariga, foyda miqdoriga hamda kelajakdagi investitsion faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bois, amortizatsiyani hisoblash usullarini tanlash va ularni amaliyotga tatbiq etish bugungi kunda
dolzarb masalalardan biridir.
T.Toshmurodov fikricha, “Asosiy vositalarning amortizatsiyasi korxona ishlab chiqarish faoliyati
jarayonida ularning qiymatini asta-sekin mahsulot tannarxiga o’tkazish jarayonidir. Bu jarayon korxonaning
haqiqiy moliyaviy natijasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi”
A.Mavlonov fikriga ko’ra “Amortizatsiya ajratmalari korxonaning o’z ishlab chiqarish vositalarini
yangilash Manbai sifatida xizmat qiladi. Shu sababli, amortizatsiya siyosati investitision faoliyat bilan uzviy
bog’liq bo’lishi kerak”
O‘zbekiston Respublikasida bu jarayonni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib,
ularga muvofiq korxonalar o‘zlarining asosiy vositalari uchun belgilangan amortizatsiya me’yorlari asosida
amortizatsiya ajratmalarini amalga oshiradilar. Biroq iqtisodiyotning jadal modernizatsiyalashuvi, texnologik
yangilanishlar va xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o‘tish jarayonida amortizatsiya siyosatini
takomillashtirish zaruriyati tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ushbu ishda asosiy vositalar
amortizatsiyasining mohiyati, hisoblash usullari, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri va amortizatsiya
hisobini takomillashtirish yo‘nalishlari o‘rganiladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat — asosiy vositaning boshlang`ich yoki moliyaviy hisobotda o`rnini
bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi natijasida aniqlanadigan qiymat. Boshlang`ich
qiymati, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta
jihozlash ishlari va boshqalar bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun
amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng tugatish qiymatini chiqarib tashlagan
340
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
holda mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati
hisoblanadi.
1
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: yer, yerni obodonlashtirish, moliyaviy ijara
shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish, binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar,
mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport
vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, koʻp yillik va hosildor oʻsimliklar, boshqa asosiy vositalar,
konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
2
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda, ular boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga
olinadi. Aktiv sifatida tan olinganidan soʻng, asosiy vosita boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymati
boʻyicha hisobga olinishi lozim. Asosiy vositalarni qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli
tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat
asosiy vositalarning butun foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari
koʻrinishida tizimli taqsimlanadi.
Asosiy
vositalar
boʻyicha
amortizatsiya
ajratmalarini
hisoblash
mazkur
obyektning
amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan sanadan
toʻxtatiladi.
Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi,
asosiy vositalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga oʻtkazilgan holatlar,
shuningdek ularni toʻliq toʻxtatish sharti bilan obyektni qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan
taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash davri bundan mustasno. Asosiy
vositalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida ushbu summalarni alohida
schyotda jamgʻarish yoʻli bilan aks ettiriladi.
3
Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditini o’tkazishdagi muammolardan biri bu asosiy vositalarning
foydali xizmat muddati va amortizatsiya siyosatini noto‘g‘ri belgilanishida. Bugungi kunda ko‘plab
korxonalarda asosiy vositalarning eskirish darajasi, texnik holati va ularning ishlab chiqarish jarayonida qay
darajada foydalanilayotganligi to‘g‘ri baholanmaydi. Natijada korxonalar amortizatsiyani ortiqcha yoki yetarli
bo‘lmagan miqdorda hisoblaydi, asosiy vositalarning qoldiq qiymati real holatni aks ettirmaydi, moliyaviy
hisobotlarda aktivlarning qiymati asossiz ravishda yuqori yoki past ko‘rsatiladi.
Xulosa:
Yuqorida ko’rsatilgan muommolarni bartaraf qilish uchun esa amortizatsiya siyosatini yangilash
kerak, yani korxona hisob siyosatini muntazam qayta ko‘rib chiqishi lozim, yangi texnologiyalar joriy
etilganda yoki uskunalar modernizatsiya qilinganda amortizatsiya stavkasi ham o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar
buxgalteriya siyosatida rasmiy ravishda tasdiqlanib, auditor nazoratidan o‘tadi.Xalqaro standartlarga
moslashtirish yani IAS 16 (Property, Plant and Equipment) talablariga muvofiq ravishda foydali xizmat
muddati aktivning ishlatilish darajasiga qarab qayta baholanadi, amortizatsiya usuli (chiziqli, kamayuvchi
qoldiq va boshqalar) haqiqiy foydalanish modeliga mos tanlanadi va bu yondashuv orqali korxona moliyaviy
hisobotini xalqaro investorlar va auditorlar uchun ishonchli qiladi. Ichki nazorat tizimini kuchaytirish, asosiy
vositalar bo‘yicha inventarizatsiya rejalari, ta’mirlash jurnali, va amortizatsiya kartochkalarini elektron
shaklda yuritish zarur. Natijada esa asosiy vositalar qiymati real bo‘ladi, amortizatsiya ajratmalari adolatli
1
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (16 – bhxs Asosiy vositalar) Oʻzbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400]
2
Абдуллаев Р. Бухгалтерский учет и аудит - T.: “IQTISОD –MОLIYA”, 2010.
3
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ni tasdiqlash
haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9-avgust roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami
3546)
341
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
shakllanadi, korxonaning moliyaviy hisobotlari xalqaro talablarga moslashadi, soliq, investor va boshqaruv
qarorlarida xatoliklar kamayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.Umarova, O`.Eshboev, K.Ahmadjanov.Buxgalteriya hisobi (Taqrizchilar: I. Nurmatov – iqtisod fanlari
nomzodi, professor, A. Mahkamboyev - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent) Toshkent – “Mehnat” – 1999.
Buxgalteriya hisobi.
2.
TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti i.f.d. M.Sh. Mamatkulov
“TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Z. Tabayev ( buxgalteriya hisobi.
Toshkent 2022) O’quv qo’llanma
3.
www.lex.uz O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
