344
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
XOʻJALIK YURUTUVCHU SUBYEKTLAR TOVAR-MODDIY
ZAHIRALARIDA KUZATILADIGAN MUAMMOLARNI O’RGANISH
TAHLILARI
Abduxalimov Jonibek Rustam o’g’li
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti
"Buxgalteriya hisobi va audit" yoʻnalishi talabasi
tel +998 (88) 710 16 66
E-mail: abduxalimovjonibek0@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525600
Annotatsiya:
Tovar-moddiy zahiralari xoʻjalik yurutuvchi subyetlarning ishlab chiqarish jarayonida
ajralmas boʻgin sifatida aks etadi, hamda zahiralar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishi va uni
samaradorligini, ishlab chiqarish hajmini ortishini proporsianal ravishda shakllantiradi. Ushbu tezisda
korxonalarninig ishlab chiqarish hajmini sustlashuviga sabab boʻlayotgan joriy aktivlar (Tovar-moddiy
zaxiralar) ni nuqsonlarini bartaraf etishga doir taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Tovar-moddiy zaxiralar, materiallar, tayyor mahsulot, samaradorlik , barqarorlik .
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar
qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
Biroq, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor berishmaydi va
doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga baho berishmaydi. Buning natijasida, ular
tovarmoddiy zaxiralarga ko‘zlangan darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi
1
.
Keltirilgan jumlalardan kelib chiqadigan boʻlsak tovar moddiy zahiralari koʻrxona faoilyatida asosiy daromad
manbai hisoblanib ular ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tasir koʻrsatishni nazarda tutilgan.
A. Smit fikricha, “tovar-moddiy zahiralar hisobi korxona tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni to‘liq
ifoda etishi va investorlarga kutilayotgan foyda haqida to‘liq ma’lumot berishga xizmat qilishi kerak”
2
M. Xaydarov fikriga ko‘ra “Tovar-moddiy zaxiralarga tashkilotga tegishli bo‘lgan va xizmat qilish
muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar
kiritiladi”, degan xulosaga kelgan
3
,deb oʻz fikirlarini yuritgan.
Bizning fikrimizcha tovar moddiy zahiralari korxona faoilyatida faqat bir sikl mobaynida ishlatiladigan
aktivlar emas, balki ular ishlab chiqarish malum bir muddat mobaynida ishlab chiqarish jarayonini tutib
turuvchi dastak sifatida qarashimiz lozim deb oʻylaymiz. Zahiralar hisobi joriy aktivlar qatorida keltirilgan
boʻlsada lekin bazi bir tovar-moddiy qiymatliklar uzoq muddatda naf keltirish uchun keltirilganiniga duch
kelgamiz
.
Korxonalarda TMZ boʻyicha quyidagicha muamolar kuzatilmoqda va uni yuzaga kelish sabablari:
Tovar-moddiy zaxiralarni va nazoratdagi muammolar ga guvoh boʻlyabmiz va bularni yuzaga kelaydigan
sabablariga quyidagilar asos boladi:
➢
Omborlarda TMZni noto‘g‘ri joylashtirish yoki sharoitga rioya qilmaslik (namlik, harorat, xavfsizlik).
➢
Inventarizatsiya o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi yoki rasmiyatchilik uchun o‘tkazilishi.
➢
Kamomad, ortiqcha, buzilish va yaroqsizlanish holatlari.
➢
Ombor hisobi bilan buxgalteriya hisobi o‘rtasida tafovutlar mavjudligi.
Baholashdagi muammolar yaqoll koʻzda tutiladi. Misol uchun birinchi kelgan tavarlar foydalanmasdan
saqlanib qolib ketyabdi bunga sabab baholash usullari toʻgri yoʻlga qoʻyilmaganidan dalolat boʻladi .TMZni
1
Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-Moliya”,
2020. b. 299 bet
2
Sam Sedki, Abby Smith, Aissa Strickland. Differences and Similarities Between IFRS and GAAP on Inventory. Revenue Recognition
and Consolidated Financial Statements. Journal of Accounting and Finance vol. 14(2) 2014
3
Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya. 2015. 8-son.
– B. 61.
345
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
baholash usullarini (FIFO, LIFO, o‘rtacha tortilgan narx va boshqalar) noto‘g‘ri qo‘llash.Yaroqsiz yoki
eskirgan zaxiralarni haqiqiy qiymatida aks ettirmaslik.
Ichki nazorat sustligi. TMZ harakati bo‘yicha ichki nazorat tizimi (tasdiqlash, ruxsat berish, tekshirish)
yetarli darajada tashkil etilmagan. Ombor mudiri, moddiy javobgar shaxslar faoliyati doimiy tekshirib
borilmaydi. Axborot tizimlaridan to‘liq foydalanilmasligi sababli inson xatoliklari ko‘p uchraydi.
Rejalashtirish va tahlildagi muammolar. TMZ zaxiralarini ortiqcha yoki yetarli darajada bo‘lmagan
hajmda rejalashtirish. Aylanma koeffitsienti, saqlash muddati, xarajatlar samaradorligi bo‘yicha tahlillar
yetarli darajada olib borilmasligi. Eskirgan yoki sotilmayotgan mahsulotlar kapital aylanishini sekinlashtiradi.
Xulosa
: Umuman olganda, hozirgi kunda koʻrxonalarda ushbu amaliy usullardan foydalanimayotgani
sababli tovar-moddiy zahiralari yarqsiz holatda va shuningdek toʻgʻri baholanmaslik oqibatida ular omborda
saqlanib qolib ketayotganiga guvoh boldik. Amaliyotda TMZ bilan ishlashda hisob, nazorat va tahlil
sohalaridagi kamchiliklar korxonaning foydasini kamaytiradi, aylanma mablag‘larning sekin aylanishiga va
xarajatlarning ortishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun TMZ bo‘yicha ichki boshqaruv tizimini
takomillashtirish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.: “Iqtisod-
Moliya”, 2020. b. 299 bet .
2.
Sam Sedki, Abby Smith, Aissa Strickland. Differences and Similarities Between IFRS and GAAP on
Inventory. Revenue Recognition and Consolidated Financial Statements. Journal of Accounting and Finance
vol. 14(2) 2014
3.
Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya.
2015. 8-son. – B. 61.
