346
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
KICHIK VA O‘RTA BIZNES SUBYEKTLARI, ULARDA BUXGALTERIYA
HISOBINING O‘RNI
Aktamov Sardor Akram o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Buxgalteriya hisobi fakulketi talabasi
Ilmiy rahbar:
Misirov Komoliddin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
iqtisodiyot fаnlаri doktori, professor
ORCID: 0009-0007-0298-6714
misirovkomoliddin0218@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525626
Annotatsiya:
Ushbu maqolada, kichik va o‘rta biznes subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotda muhim o’rin
egallaydi. Ular yangi ish o‘rinlari yaratishda, aholining daromadlarini oshirishda hamda raqobat muhitini
rivojlantirishda beqiyos o‘rin tutadi. Bunday sharoitda kichik va o‘rta biznes subyektlari faoliyatini samarali
tashkil etish va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda buxgalteriya hisobining o‘rni muhim
ahamiyatga ega ekanligigga doir ilmiy,taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
Аннотация:
В статье рассматривается важная роль малого и среднего бизнеса в экономике нашей
страны. Он играет неоценимую роль в создании новых рабочих мест, повышении доходов населения и
развитии конкурентной среды. В этих условиях формулируются научные предложения и
рекомендации о значении бухгалтерского учета в эффективной организации деятельности субъектов
малого и среднего бизнеса и обеспечении их финансовой устойчивости.
Abstract:
This article discusses the important role of small and medium-sized businesses in the economy
of our country. They play an invaluable role in creating new jobs, increasing the income of the population, and
developing a competitive environment. In such conditions, scientific proposals and recommendations are
formulated on the importance of accounting in effectively organizing the activities of small and medium-sized
businesses and ensuring their financial stability.
Kalit so’zlar
: biznes,kichik va o’rta biznes,buxgalteriya hisobi,moliyaviy hisobot.
Ключевые слова
: бизнес, малый и средний бизнес, бухгалтерский учет, финансовая отчетность.
Keywords:
business, small and medium-sized businesses, accounting, financial reporting.
Kirish:
Bugungi glaballashuv jarayonida kichik va o’rta biznes subyektlari mamlakat iqtisodiyotining asosiy
harakatlantiruvchi vositalardan biri sifatida e’tirof e’tilmoqda.Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki,iqtisodiy
barqarorlik va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlashda kichik biznesning roli katta hisoblanadi. Shuni
aytib o’tish lozimki, yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi yuqori bo’lgan davlatlarda ish o’rinlari
ko’paymoqda,ya’ni ishsizlik yo’qolib bandlik oshib bormoqda.Aholing yashash tarzi,turmush darajasi
yuqorilab borqmoqda.So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida ham davlat tomonidan tadbirkorlikni
qo’llab-quvvatlash,soliq imtoyozlari,kreditlar va raqamli infratuzilmani rivojlantirish orqali kichik va o’rta
biznes faoliyatini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va oʻrta biznesning
iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida “Kichik va oʻrta biznes subyektlariga
konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatadi va ular uchun muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter, marketologlarni
hamda boshqa malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qiladi, oʻzlari biriktirilgan tumanda 10 tadan
drayver loyihalarni ishga tushirish, 5 tadan milliy brend mahsulotlarini yaratish, kichik va oʻrta biznesning
ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarini 1,5 barobar oshirishga masʼul boʻlishligi”
1
- ta’kidlangan.
Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonida kichik va
o’rta biznes subyektlarining ahamiyati va ularning rivojlantirish haqida zarur chora-tadbirlar to’g’risida so’z
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “
Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi
oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmoni.
Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y.,
06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. https://lex.uz/uz/docs/-7444738
347
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
boradi.
Albatta
tadbirkorlarga
berilayotgan
erkinliklarning
natijasi
sifatida
tadbirkorlikning
iqtisodiyotimizdagi o’rni kundan kunga kengaymoqda.
Kichik va o’rta biznes sub’yektlarning samarali faoliyat yuritishi, avvalo, ularning moliyaviy resurslarini
to‘g‘ri boshqarish, iqtisodiy jarayonlarni aniq hisobga olish va tahlil qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu
nuqtayi nazardan buxgalteriya hisobi kichik va o’rta biznes sub’yektlar uchun nafaqat qonunchilik talablarini
bajarish vositasi, balki boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishonchli axborot manbai sifatida ham alohida
ahamiyatga ega. Bu subyektlar o’zining ichki hisobotlari orqali qonunchilikda belgilab o’tilgan soliqlar va
majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lashga erishishadi.Shu bilan birga, kichik va o‘rta biznes vakillari uchun
buxgalteriya hisobi jarayonlarida duch kelinayotgan muammolar – malakali kadrlar yetishmasligi, texnologik
infratuzilma kamchiliklari va axborot tizimlaridan samarali foydalanish masalalari ham dolzarb bo‘lib
qolmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI:
O‘zbekiston olimlari tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’yektlarida buxgalteriya hisobi masalalari bo‘yicha
qator tadqiqotlar olib borilgan.
Tojiyev Jаvlonbek Rustаmovich tomonidan chop etilgan “Yangi o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni
rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash: muammolar va yechimlar” nomli maqolasida
kichik va o‘rta biznesda moliyaviy menejmentning asosiy muammolari, jumladan, moliyaviy rejalashtirishda
yuzaga keladigan kamchiliklar, kredit olishning cheklanganligi va daromadlarning beqarorligi ko‘rib
chiqiladi. Maqolada moliyaviy hisob va nazoratni tashkil etishda tadbirkorlar duch keladigan asosiy
qiyinchiliklar, shuningdek, iqtisodiy omillarning kompaniyalarning moliyaviy barqarorligiga ta’siri tahlil
qilinadi.
2
Ikromiddin Sirojiddinov, Akbarjon Isomuxamedov tomonidan yozilgan “Kichik biznes sub'ektlarida
soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi” nomli darsligida kichik biznesda buxgalteriya hisobining iqtisodiy
mohiyati, konseptual asoslari, hisob yuritishda qo‘llanadigan asosiy qoidalar, xarajatlar va zahiralar hisobi,
asosiy vositalar hisobi, moliyaviy natijalarni aniqlash va moliyaviy hisobotlarni ishlab chiqish, kapital
tarkibining hisobi va uning shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlari xo‘jalik amaliyoti bilan bog‘langan holda
yoritilgan.
3
Ergashev Olloyor tomonidan chop etilgan “Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standartlarini
soddalashtirish muammolari” nomli maqolasida O’zbekiston hududida kichik biznes subyektlarida
buxgalteriya hisobi standartlashtirishni soddalashtirish masalalari atroflicha ko’rib chiqilmoqda.Muallifning
fikriga ko’ra, O'zbekistondagi bu ijobiy o'zgarishlar kichik biznesning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga,
ularning yuridik va buxgalteriya masalalarida yanada samarali faoliyat yuritishiga imkon yaratmoqda.
Hozirda, kichik biznes sub'ektlari uchun soddalashtirilgan tizimlar nafaqat soliqlarni to'lashda, balki umumiy
ish yuritishda ham ko'plab qulayliklar yaratmoqda.
4
Tadqiqot metodologiyasi:
Tadqiqot metodologiyasi bo’lib,kichik va biznes subyektlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish bilan
bo’g’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlarni hisobga olishdab iborat. kichik va biznes subyektlarida buxgalteriya
hisobi,undagi iqtisodiy jarayonlarni qayd qilish va hisobot tuzishga doir masalalar umumlashtiriladi. Tadqiqot
jarayonida statistik ma’lumotlar hamda amaliy materiallarni taqqoslash va guruhlash kabi usullardan
foydalanib,xulosa va takliflar ishlab chiqildi.
Tahlil va natijalar:
O’zbekiston Respublikasida kichik va o’rta biznes subyektlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining
(YaIMning) 50% dan ortiqroq qismini tashkil etayotganligini rasmiy statistic ma’lumotlarda ko’rishimiz
2
Tojiyev Jаvlonbek Rustаmovich. “Yangi o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy va
institutsional qo‘llab-quvvatlash: muammolar va yechimlar”. Innovations in Science and Technologies,4-son,2025-yil.
348-bet.https://zenodo.org/records/15350063
3
Ikromiddin Sirojiddinov, Akbarjon Isomuxamedov.” Kichik biznes sub'ektlarida soddalashtirilgan buxgalteriya
hisobi”/Darslik/Namangan: "Usmon Nosir media", 2022. – 116 b..
4
Ergashev Olloyor, “Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standartlarini soddalashtirish muammolari”. “Лучшие
инновационные исследования”. Часть-37_ Том-4_ Январь-2025.62-65
348
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
mumkin. O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining 19.03.2025-yildagi PF-50-sonli “Kichik va oʻrta
biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida 2025-yil quyidagi
maqsadlarni belgilab qo’yilganini ko’rishimiz mumkin:
1.Kichik va o’rta biznesni yalpi ichki mahsulotdagi (YaIMdagi) hajmini 55% ga ,sanoatdagi ulushini- 34%
ga, eksportda – 34%va aholini ish bilan ta’minlashda 75% ga yetkazishni ta’minlash;
2. Kamida 600 nafar kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishiga koʻmaklashish va bu orqali ularni
“chempion” tadbirkorlarga aylantirish;
3.Ichimlik va oqova suv, yoʻl, qurilish, kommunal xoʻjalik, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy
xizmatlarda kichik biznes ulushini kamida 2 baravarga oshirish va hk.
5
Ushbu farmonda to’liq qismida kichik va o’rta biznes korxonalariga berilayotgan imkoniyatlar,ularda
yaratilayotgan shart-sharoitlar, kichik va oʻrta biznes uchun infratuzilmani yaxshilash chora-tadbirlari haqida
batafsil so’z borgan. Bu qarorda belgilab o’tilgan chora-tadbirlar orqali yurtimizda biznes subyektlari yanada
rivojlanishini ko’rishimiz mumkin.
1-jadval
Kichik tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi ulushi (foizda)
6
Klassifikato
r
2
016
2
017
2
018
2
019
2
020
2
021
2
022
2
023
O‘zbekisto
n Respublikasi
7
8.2
7
8
7
6.3
7
6.2
7
4.5
7
4.5
7
3.9
7
4
Qoraqalpog
‘iston
Respublikasi
7
5.1
7
5.1
7
5.6
7
4.9
7
4.2
7
4.2
7
4.1
7
4.5
Andijon
viloyati
8
4.4
8
4.2
8
1.7
8
2.1
8
0.8
8
0.7
8
0.2
8
0.7
Buxoro
viloyati
7
8.5
7
8.5
7
6.5
7
6.1
7
4.9
7
4.2
7
4.3
7
4.5
Jizzax
viloyati
8
1.8
8
0.9
7
9
7
9.7
7
8.4
7
8.8
7
7.3
7
7.1
Qashqadary
o viloyati
7
9.9
8
0
7
9
7
8.5
7
8.1
7
8.5
7
8.2
7
8.1
Navoiy
viloyati
6
0.3
5
9.3
5
6.2
5
5
5
1.9
5
2.3
5
1.1
5
2.1
Namangan
viloyati
8
3.3
8
3.5
8
3
8
2.8
8
1.6
8
2.2
8
1
8
0.9
Samarqand
viloyati
8
4.5
8
4.5
8
3.1
8
2.8
8
1.7
8
1.5
8
0.9
8
1.1
Surxondary
o viloyati
8
0.9
8
0.9
7
9.4
7
9.6
7
8.2
7
8.4
7
6.9
7
6.8
Sirdaryo
viloyati
7
9.4
7
8.8
7
7.4
7
6.4
7
4.5
7
4.4
7
2.9
7
1.9
Toshkent
viloyati
7
6.9
7
5.1
7
3.2
7
2.8
7
0.8
6
9.8
7
0
7
0.6
Farg‘ona
viloyati
8
0.5
8
0.6
7
8.9
7
9.4
7
8.4
7
8.5
7
8.7
7
9.1
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “
Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi
oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmoni.
Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y.,
06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. https://lex.uz/uz/docs/-7444738
6
349
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Xorazm
viloyati
8
2.8
8
2.2
8
0.6
8
0.4
7
9.3
7
9.1
7
8.1
7
8.5
Toshkent
shahri
5
6.6
5
6.7
5
3.1
5
3.7
4
9.7
5
0.2
5
0
4
9.4
Davlat Statistika agentligining rasmiy saytiga ko’ra,kichik tadbirkorlik subyektlarining jami bandlikdagi
ulushi 2023-yilda- 74% ni tashkil etganini ko’rishimiz mumkin. Bu esa 2016-yilda esa bu korsatkich 78,2
foizni tashkil etgan va bu 2023-yilga nisbatan 4,2%ga ko’pdir. Buning sabablaridan biri sifatida boshqa
iqtisodiy subyektlarning roli oshib borayotganligini ko’rsatishimiz mumkin.
1-rasm. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 2021-2025-yillarda
soni.
7
Oʻzbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni yildan-yilga sezilarli
oʻzgarishlarga duch kelmoqda. 2021-yilda kichik tadbirkorlik subyektlari soni 411,2 mingni tashkil etgan
boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich 462,8 mingga yetgan. Ya’ni bir yil ichida qariyb 12,5 foizlik oʻsish qayd
etilgan.(1-rasm)
2023-yilda esa eng yuqori natija kuzatilgan boʻlib, kichik tadbirkorlik subyektlari soni 523,5 mingga yetgan.
Bu davrda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, imtiyozlar va kreditlarning
kengaytirilgani hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga oid islohotlar o‘zining ijobiy samaralarini berganini
koʻrish mumkin.
Shu bilan birga, 2024-yildan boshlab keskin kamayish kuzatilmoqda. Xususan, 2024-yilda faol kichik
tadbirkorlik subyektlari soni 417 080 tani tashkil etgan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 358 116 tagacha
pasaygan. Ushbu holat bir qator omillar bilan izohlanadi: iqtisodiy sikllarning ta’siri, ayrim kichik
korxonalarning faoliyatini to‘xtatishi yoki yirik korxonalarga aylanishi, shuningdek, raqobatning kuchayishi
va tashqi iqtisodiy omillarning ta’siriva boshqalar bilan. Eng asosiy sabablardan biri sifatida ularning
moliyaviy nazorati to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligidadir. Kirim va chiqim hisoblaring noto’gri qo’llanishi, narx
belgilashda mahsulot tannarxini to’gri hisoblamaslik.zamonaviy buxgakteriya tizimidan foydalanmaslik kabi
sabablarni keltirishimiz mumkin.
Xulosa va takliflar.
O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik va o‘rta biznes sub’yektlari hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Shu bois buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish bozor ishtirokchilarining shaffofligini ta’minlash va
davlat bilan o‘zaro munosabatlarini yengillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
amaldagi soliq tartibotlari kichik biznes uchun ma’lum qulayliklarni yaratgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda hisobot
topshirishdagi murakkabliklar, elektron tizimlardan foydalanishdagi texnik muammolar hamon dolzarb masala
bo‘lib qolmoqda.
Kichik korxonalarning aksariyatida malakali buxgalter mutaxassislar yetishmasligi ularning hisob-kitob
jarayonida xatolarga yo‘l qo‘yishiga olib kelmoqda. Bu esa nafaqat soliq intizomiga, balki korxonaning kredit
7
1-rasm.
sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
411203
462834
523556
417080
358116
0
100000
200000
300000
400000
500000
600000
2021
2022
2023
2024
2025
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari
soni (yillik):
Soni
350
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
reytingiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shu bois buxgalteriya hisobini yuritishda zamonaviy dasturlarni keng tatbiq
etish, mutaxassislarni doimiy ravishda o‘qitish va qayta tayyorlash zarurdir.
1.Buxgalteriya dasturlarini soddalashtirish va arzonlashtirish
– kichik korxonalarga mo‘ljallangan
qulay onlayn hisob-kitob tizimlari yaratilsa, bu ularga vaqt va resurslarni tejash imkonini beradi.
2.Malaka oshirish dasturlarini kengaytirish
– Oliy ta’lim muassasalari hamda professional tashkilotlar
hamkorligida amaliy treninglar tashkil etilishi lozim.
3.Elektron hujjat aylanishini kengaytirish
– hisobotlarni topshirishda inson omilini kamaytirish orqali
xatoliklar soni qisqaradi.
4.Imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish – ayrim soliq va imtiyozlarning aniq mezonlari belgilansa, kichik va o‘rta
biznes yanada faol rivojlanadi.
Umuman olganda, kichik va o‘rta biznes sub’yektlarida buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish
nafaqat davlat byudjeti tushumlarini oshiradi, balki tadbirkorlarning ishonchini kuchaytirib, mamlakat
iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son “Kichik va oʻrta biznesning
iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy
bazasi, 25.03.2025-y., 06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son. https://lex.uz/uz/docs/-7444738
2.
Isroilov B.I,Xajimuradov N.Sh, Ibragimov B.Blar tomonidan yozilgan “Biznesda Buxgalteriya hisobi”,
2023-yil. Darslik.169-175-betlar
3.
O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni.
4.
Matmurodov, Toshpo‘lat. “Kichik va o‘rta biznesda moliyaviy risklarni boshqarish mexanizmlarini
takomillashtirish” – Iqtisodiyot va ta’lim, Toshkent, 2021.
5.
Isomuxamedov A.B. “Kichik biznes subyektlarida buxgaleteriya hisobida xarajatlarning moliyaviy talqini”
nomli maqolas” Multidisciplinary Scientific Journal. https://t.me/Erus_uz. 2023-yil Oktabr oyidagi soni.374-
379-betlar.
6.
Ikromiddin Sirojiddinov, Akbarjon Isomuxamedov. “Kichik biznes sub'ektlarida soddalashtirilgan
buxgalteriya hisobi”/Darslik/Namangan: “Usmon Nosir media”, 2022. – 116 b
7.
Tojiyev Jаvlonbek Rustаmovich. “Yangi o‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni moliyaviy
va institutsional qo‘llab-quvvatlash: muammolar va yechimlar”. Innovations in Science and Technologies,4-
son,2025-yil. 348-bet.https://zenodo.org/records/15350063.
8.
Ergashev Olloyor, “Kichik biznes uchun buxgalteriya hisobi standartlarini soddalashtirish muammolari”.
“Лучшие инновационные исследования”. Часть-37_ Том-4_ Январь-2025.62-65-betlar.
9.
Axmedova D., Xasanov B. Kichik va o‘rta biznes sub’yektlarida buxgalteriya hisobini yuritish muammolari
va ularni hal qilish yo‘llari. // O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi, 2021, №4, 55–60-betlar.
10.
Normatov Sh. Kichik biznesni kreditlashda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanish. // Bank ishi va
moliya, 2023, №5, 73–79-betlar.
11.
Davlat statistika qo’mitasining rasmiy sayti: www.stat.uz.
