351
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TADBIRKORLIK SUBEKTLARI BUXGALTERIYA BALANSI
(MOLIYAVIY HOLATI) VA UNING TAHLILI
Allanzarova Zuhra Aliyor qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi talabasi
Tel: +998 (95)- 275-14-30
E-mail: allanazarovazuxra91@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525661
Annotatsiya:
Ushbu tezisda buxgalteriya balansi tahlili iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda
asosiy vosita sifatida ko‘rib chiqilgan. Balans tahlilining nazariy asoslari, tahlil usullari va uning amaliyotdagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, maqola davomida buxgalteriya balansi orqali korxonaning moliyaviy
holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar keltiriladi
Kalit so‘zlar:
Buxgalteriya balansi, tahlil, iqtisodiy faoliyat, moliyaviy hisobot, tahlil usullari,
iqtisodiyot, korxona moliyaviy holati.
Аннотация:
В статье анализ бухгалтерского баланса рассматривается как основной инструмент
оценки эффективности экономической деятельности. Проанализированы теоретические основы
балансового анализа, методы анализа и его практическое значение. Также в ходе статьи приводятся
предложения по улучшению финансового состояния предприятия через бухгалтерский баланс.
Ключевые слова:
бухгалтерский баланс, анализ, экономическая деятельность, финансовая
отчетность, методы анализа, экономика, финансовое состояние предприятия.
Abstarct:
In the article, the analysis of the balance sheet is considered the main tool for assessing the
effectiveness of economic activity. The theoretical foundations of balance sheet analysis, methods of analysis,
and its practical significance are analyzed. The article also provides suggestions for improving the financial
condition of the enterprise through the accounting balance sheet
.
Key words:
balance sheet, analysis, economic activity, financial reporting, analysis methods, economy,
financial condition of the enterprise
.
Kirish
Buxgalteriya balansi
– bu korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatuvchi asosiy moliyaviy hisobot
hujjatlaridan biri bo‘lib, uning tahlili korxonaning faoliyat samaradorligini aniqlash va moliyaviy boshqaruv
qarorlarini qabul qilishda muhim vosita hisoblanadi. Har bir iqtisodiy subyektning moliyaviy faoliyati uning
balansida aks ettirilgan aktivlar, majburiyatlar va kapital tarkibi bilan aniqlanadi. Bu ma’lumotlar asosida
korxonaning moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, likvidligi va boshqa ko‘rsatkichlari baholanadi.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda korxonalar uchun raqobatbardoshlikni ta’minlashda samarali moliyaviy
boshqaruv tizimini yaratish muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonda buxgalteriya balansi tahlili alohida ahamiyatga
ega bo‘lib, uning yordamida korxonaning moliyaviy faoliyatidagi kuchli va zaif tomonlar aniqlanadi, strategik
rejalar ishlab chiqiladi. Shuningdek, balans tahlili nafaqat korxona rahbariyati, balki investorlar, kreditorlar va
boshqa manfaatdor tomonlar uchun ham zarur axborotni taqdim etadi.
Buxgalteriya balansi tahlilini amalga oshirish uchun ko‘plab usullar qo‘llaniladi. Ular qatoriga
gorizontal va vertikal tahlil, ko‘rsatkichlar tahlili, nisbiy koeffitsiyentlar hisoblash kabi usullar kiradi. Ushbu
usullar yordamida korxonaning moliyaviy barqarorligi, likvidlik darajasi va foyda olish salohiyati baholanadi.
Ayniqsa, O‘zbekistondagi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar sharoitida bu
jarayonlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.
1
Maqola O‘zbekiston sharoitida buxgalteriya balansini tahlil
qilishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritish maqsadida yozilgan. Unda buxgalteriya balansining mohiyati,
uning iqtisodiy ahamiyati va tahlil qilishning asosiy tamoyillari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolada
buxgalteriya balansi asosida korxona faoliyatini samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Mazkur
tadqiqot iqtisodiyot sohasida tahsil olayotgan talabalar, iqtisodchilar va moliyaviy boshqaruv sohasidagi
mutaxassislar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega. Chunki buxgalteriya balansi va uning tahlili moliyaviy
1
Karimov M. Buxgalteriya balansi va uning tahlili. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya, 2019.
352
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
boshqaruv tizimining markaziy elementlaridan biri bo‘lib, unda qabul qilinadigan qarorlar iqtisodiy
barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur tadqiqotda buxgalteriya balansini tahlil qilish usullari o‘rganildi va amaliyotda qo‘llash uchun
mos metodologiyalar tanlandi. Ushbu bo‘limda tahlil uchun ishlatilgan ma’lumotlar bazasi va tadqiqot
metodlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Materiallar sifatida O‘zbekistondagi yirik va o‘rta korxonalarning
buxgalteriya hisobotlari, davlat statistikasi, shuningdek, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos ravishda
tayyorlangan hisobotlar ishlatildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi asosiy usullar qo‘llanildi: Gorizontal tahlil –
buxgalteriya balansining o‘zgarishini vaqt mobaynida tahlil qilish usuli bo‘lib, bunda ma’lum bir davr
davomida korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlanadi. Ushbu usul yordamida
korxonaning moliyaviy barqarorligi va o‘sish dinamikasini baholash imkoniyati yaratiladi. Vertikal tahlil –
balansdagi har bir elementning umumiy balansdagi ulushini aniqlashga qaratilgan usul. Bu usul orqali
korxonaning aktivlari, majburiyatlari va kapitalining tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi.
Asosiy qism
Buxgalteriya balansi tahlili korxonaning moliyaviy barqarorligini baholashda asosiy vosita bo‘lib, uning
yordamida iqtisodiy faoliyat samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Ushbu qismda balans tahlilining
nazariy asoslari va amaliy ahamiyati chuqur yoritiladi.
Buxgalteriya balansi
– bu korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi asosiy hujjat bo‘lib, unda
aktivlar, majburiyatlar va kapitalning o‘zaro muvozanati aks ettiriladi.
2
Bu balans moliyaviy hisobotlarning
markaziy elementi sifatida, korxonaning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish va boshqarish uchun muhim
manba hisoblanadi. Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda, ayniqsa, aktivlarning samaradorligini oshirish va
moliyaviy resurslarni optimal boshqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Balans tahlili iqtisodiy subyektlarning
samaradorligini baholashda ko‘plab afzalliklarga ega. Birinchidan, u korxonaning moliyaviy holati to‘g‘risida
aniq tasavvur beradi va moliyaviy qarorlarni qabul qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchidan,
balans tahlili orqali korxonada mavjud resurslarning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va
foydalilikni oshirish yo‘llarini topish mumkin.
Aktiv
(lotincha, activus –faol, taʼsirchan, ishchan) – 1)
korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini, ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy
fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari, kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va boshqalar) aks ettiradi;
2) korxona yoki tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, nakd pul, qimmatbaho qogʻozlar va
boshqalar). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin boʻlgan, bozori chaqqon aktiv (veksellar, qimmatbaho
qogʻozlar, oltin, naqd pul va boshqalar) likvid aktiv deyiladi.
3
Majburiyat
– fuqarolik huquqiy munosabati. Unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (
foydasiga muayyan harakatni amalga oshirish (mol-mulkni topshirish, ishni bajarish va hokazo)ga yoki
muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa qarzdordan oʻzining Majburiyatini
bajarishni talab qilish huquqiga ega.
Kapital
capitalis
– bosh, asosiy), sarmoya – keng ma'noda – o'z egasiga daromad keltirish
xususiyatiga ega boʻlgan jami vositalar va mablag'lar; yangi qiymat keltiruvchi, o'zini o'zi koʻpaytiruvchi
qiymat. Tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun kishilar tomonidan yaratilgan
; tor
ko'rinishidagi ishga qo'yilgan, ishlab turgan daromad manbai (ashyoviy
kapital).
1-jadval
Balans ikki asosiy qismdan iborat
4
:
2
www.lex.uz
Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
4
Gulyamov S. S. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlil. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021.
353
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Aktivlar (korxona egaligidagi
mablag‘lar)
Majburiyatlar va kapital (korxonaning mablag‘
manbalari)
1. Uzoq muddatli aktivlar
1. Uzoq muddatli majburiyatlar
2. Qisqa muddatli aktivlar
2. Qisqa muddatli majburiyatlar
3. O‘z mablag‘lari (ustav kapitali, foyda va
boshqalar)
Ushbu jadval korxonaning moliyaviy holatini aks ettiruvchi buxgalteriya balansi tuzilmasini ifodalaydi.
Balans korxona egaligidagi barcha mablag‘lar (aktivlar) va ularning moliyalashtirish manbalari (majburiyatlar
hamda o‘z mablag‘lari) o‘rtasidagi muvozanatni ko‘rsatadi.
Aktivlar (korxona egaligidagi mablag‘lar)
Aktivlar
— bu korxona tasarrufidagi barcha iqtisodiy resurslar bo‘lib, ular yordamida daromad olinadi.
Ular ikki guruhga bo‘linadi:
Uzoq muddatli aktivlar
– bu bir yildan ortiq vaqt davomida foydalaniladigan aktivlardir. Bular
korxonaning ishlab chiqarish jarayonida doimiy ishtirok etadi. Masalan: bino va inshootlar, uskunalar,
transport vositalari, yer maydonlari, kompyuter dasturlari yoki patentlar kabi nomoddiy aktivlar. Ular
korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini belgilaydi.
Qisqa muddatli aktivlar
– qisqa muddatda (odatda 12 oy ichida) naqd pulga aylantiriladigan
mablag‘lardir. Bunga naqd pul, bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot va xom
ashyo zaxiralari kiradi. Bu aktivlar korxonaning joriy faoliyatini moliyalashtirish va aylanma mablag‘lar bilan
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Majburiyatlar va kapital (mablag‘ manbalari)
Bu qism aktivlarning qayerdan moliyalashtirilganini, ya’ni mablag‘lar manbalarini ko‘rsatadi. U uchta
asosiy bo‘limdan iborat:
Uzoq muddatli majburiyatlar
– bir yildan ortiq muddatda qaytariladigan qarzlar va majburiyatlar.
Masalan: uzoq muddatli bank kreditlari, obligatsiyalar, lizing to‘lovlari. Ular korxonaning uzoq muddatli
investitsiyalarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Qisqa muddatli majburiyatlar
– 1 yil ichida to‘lanadigan qarzlar bo‘lib, ular qisqa muddatli kreditlar,
kreditorlik qarzlari, soliqlar va ish haqi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bular korxonaning joriy
faoliyatidagi majburiyatlarini aks ettiradi.
O‘z mablag‘lari (kapital)
– korxona egalari tomonidan kiritilgan mablag‘lar va korxonaning o‘z
faoliyati natijasida to‘plangan foydadan iborat. Ustav kapitali, qo‘shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda –
bular korxonaning mustaqil moliyaviy asosini tashkil etadi.
Buxgalteriya balansining asosiy tenglamasi:
Aktivlar = Majburiyatlar + Kapital
Bu tenglama doimo muvozanatda bo‘lishi kerak, shuning uchun ham bu hujjat “balans” deb ataladi.
Buxgalteriya balansining amaliy tahlilida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratiladi: birinchidan, aktivlarning
o‘zgarishi va ularning tarkibiy tuzilishi. Ushbu tahlil orqali korxonada resurslarni qay darajada samarali
boshqarilayotgani aniqlanadi. Ikkinchidan, majburiyatlar va kapitalning dinamikasi tahlil qilinadi. Bu esa
korxonaning moliyaviy barqarorligini saqlash imkoniyatlarini baholash imkonini beradi. Zamonaviy iqtisodiy
sharoitda moliyaviy hisobotlarning aniqligi va ishonchliligi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston sharoitida
buxgalteriya balansini tahlil qilishda xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga mos keluvchi yondashuvlardan
foydalanish zarur. Bu korxonalarning global bozor bilan integratsiyasini kuchaytiradi va xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini oshiradi.
2-jadval
354
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan balans hisoboti va bizning mamlakatimizda qo‘llanilayotgan
buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilmasidagi asosiy farqlar
Xalqaro ta'limotda
O'zbekistonda
I. Uzoq muddatli aktivlar bo'yicha
1
.Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
2. Uzoq muddatli debitorli qarzlar
3. Kechiktirilgan xarajatlar
4. Nomoddiy aktivlar
5.Ko'chmas mulk, bino va jixozlar
1.Asosiy vositalar
2.Nomoddiy aktivlar
3.O’rnatilmagan jihozlar
4.Kapital quyilmalar
5.Moliyaviy investitsiyalar
6.Uzoq muddatli debitorli qarzlar va muddati
uzaytirilgan xarajatlar
II. Joriy aktivlar bo'yicha
1.Pul mablag’lari
2.Qisqa muddatli investitsiyalar 3.Olingan
schotlar
4.TMZ
5.Kelgusi davr xarajatlari
6.Muddati kechiktirilgan xarajatlar
1.TMZ
2. Kelgusi davr xarajatlari
3. Muddati kechiktirilgan xarajatlar 4.Debitorli
qarzlar
5. Pul mablag’lari
6. Qisqa muddatli investitsiyalar
III. Majburiyatlar bo'yicha
1.Qisqa muddatli majburiyatlar
2.Uzoq muddatli majburiyatlar
1. Uzoq muddatli majburiyatlar
2. Qisqa muddatli majburiyatlar
IV. Xususiy kapital bo'yicha
1.Aksionerli kapitali
2.Qo’shilgan kapital
3.Taqsimlamagan foyda
1.Ustav kapitali
2. Qo’shilgan kapital
3.Rezerv kapitali
4. Taqsimlamagan foyda
5.Maqsadli tushumlar
6.Kelgusi xarajatlar va to’lovlar uchun
rezervlar
5
Ushbu jadvalda xalqaro va O‘zbekiston buxgalteriya balanslari o‘rtasidagi asosiy farqlar ko‘rsatilgan.
Umuman olganda, xalqaro balans soddaroq va likvidlik tamoyiliga, ya’ni aktivlarning pulga aylanish tezligiga
asoslanadi, O‘zbekiston balansida esa tuzilma batafsilroq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlariga
moslashtirilgan.
Uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha xalqaro tizimda faqat asosiy turlar – investitsiyalar, debitorlik qarzlari,
nomoddiy aktivlar va bino-inshootlar ko‘rsatiladi. O‘zbekistonda esa bu bo‘lim kengroq: o‘rnatilmagan
jihozlar, kapital qo‘yilmalar va moliyaviy investitsiyalar alohida keltiriladi.
Joriy aktivlar bo‘yicha xalqaro tizimda tartib likvidlikka qarab, ya’ni pul mablag‘laridan boshlab
joylashtiriladi. O‘zbekistonda esa avval zaxiralar (TMZ), keyin pul mablag‘lari beriladi. Majburiyatlar
bo‘yicha farq shundaki, xalqaro balansda qisqa muddatli majburiyatlar birinchi, O‘zbekistonda esa uzoq
muddatli majburiyatlar avval keltiriladi. Kapital tarkibida ham farq bor: xalqaro tizimda uchta asosiy qism –
aksionerlik kapitali, qo‘shilgan kapital va taqsimlanmagan foyda; O‘zbekistonda esa bundan tashqari rezerv
kapitali, maqsadli tushumlar va kelgusi xarajatlar uchun rezervlar ham mavjud. Xulosa qilib aytganda, xalqaro
balans soddaligi va tahlil qilish qulayligi bilan ajralib turadi, O‘zbekiston balans esa batafsilligi va hisobning
to‘liqligi bilan farq qiladi.
Balans tahlilining samarali usullari qatoriga moliyaviy koeffitsiyentlar asosida tahlil qilish kiradi. Bu
usulda balansdagi turli ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nisbatlarni hisoblash orqali korxonaning moliyaviy
5
"Экономика и социум" №5(120) 2024 www.iupr.ru
355
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
barqarorligi, likvidligi va foydalilik darajasi aniqlanadi. Ushbu usul orqali korxonaning iqtisodiy imkoniyatlari
va mavjud risklar haqida aniq ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, balans tahlili natijalari moliyaviy
boshqaruvning strategik qarorlarini qabul qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ayniqsa, korxonalarning
investitsiya salohiyatini baholashda buxgalteriya balansining ahamiyati beqiyosdir. Balans asosida
korxonadagi resurslarni samarali taqsimlash va ular bilan bog‘liq risklarni minimallashtirish chora-tadbirlari
ishlab chiqiladi. Mazkur maqola davomida olib borilgan tahlillar natijasida korxonaning moliyaviy
barqarorligini oshirish va iqtisodiy samaradorligini ta’minlash bo‘yicha muhim xulosalar va takliflar beriladi.
Balans tahlili orqali iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va boshqarish korxona faoliyatining samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
Xulos
Mazkur a maqolada buxgalteriya balansini tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilib, uning
korxonaning moliyaviy faoliyatidagi ahamiyati batafsil yoritildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, buxgalteriya
balansi korxonaning moliyaviy holatini har tomonlama baholash va iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish
uchun asosiy manba hisoblanadi. Ushbu tahlillar yordamida korxonada resurslardan foydalanish samaradorligi
va moliyaviy barqarorlikni oshirish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish mumkin. Birinchidan, gorizontal va
vertikal tahlil usullari korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari dinamikasini va tarkibiy tuzilmasini o‘rganish
uchun samarali vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu usullar yordamida korxonalarning aktivlari va
majburiyatlari o‘zgarishlarini baholash, likvidlik va barqarorlik darajasini aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Ikkinchidan, moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili orqali korxonaning likvidlik, moliyaviy barqarorlik va foydalilik
darajasini aniqlash natijasida moliyaviy boshqaruvda strategik qarorlar qabul qilish uchun zarur asos
shakllantiriladi. Bu usul orqali korxonadagi moliyaviy muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash
mumkin.
Uchinchidan, buxgalteriya balansining amaliy tahlili korxonalar uchun investitsiya salohiyatini oshirish
va moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Bu esa korxonalar faoliyatining samaradorligini
oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida xalqaro moliyaviy hisobot
standartlariga mos tahlil usullarini qo‘llash korxonalarning global bozorga chiqish imkoniyatlarini
kengaytiradi. Mazkur tadqiqot natijalari korxonalar faoliyatini moliyaviy tahlil qilishda qo‘llash mumkin
bo‘lgan tavsiyalarni shakllantiradi. Shu bilan birga, buxgalteriya balansi tahlili korxonalar uchun nafaqat
moliyaviy holatni yaxshilash, balki umumiy iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun ham muhim ahamiyatga
ega ekanligi ta’kidlanadi. Kelgusida korxonalarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilishda zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish va buxgalteriya hisobotlarini avtomatlashtirish jarayonlari yanada kengroq
o‘rganilishi lozim. Shuningdek, xalqaro tajribadan foydalanib, moliyaviy boshqaruvning innovatsion
usullarini ishlab chiqish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Gulyamov S. S. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy tahlil. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021.
2.
Karimov M. Buxgalteriya balansi va uning tahlili. Toshkent: Iqtisodiyot va moliya, 2019.
3.
Исакулова, Н. (2023). Educational project and its essence. in Library, 4(4), 6-15.
4.
www.lex.uz
