Авторы

  • Kuralbay Bekbosinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138740

Аннотация

Maqolada transport korxonalarida moliyaviy hisobotning xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS, ingl. IFRS) muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasida XMHSni joriy etishning bosqichlari, bu jarayonning transport sohasidagi ahamiyati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy tahlil qilingan. Muallif XMHS joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribalarni tahlil qilib, O‘zbekiston sharoitida amaliy takliflar ishlab chiqadi

background image

358

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

TRANSPORT KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING

XALQARO STANDARTLARINI JORIY QILISH MASALALARI

Bekbosinov Kuralbay Kdirbaevich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti.

Tel:+998977876306,

e-mail: quralbaybekbosinov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17525711

Annotatsiya:

Maqolada transport korxonalarida moliyaviy hisobotning xalqaro moliyaviy hisobot

standartlariga (XMHS, ingl. IFRS) muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasida
XMHSni joriy etishning bosqichlari, bu jarayonning transport sohasidagi ahamiyati, mavjud muammolar va
ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy tahlil qilingan. Muallif XMHS joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribalarni tahlil
qilib, O‘zbekiston sharoitida amaliy takliflar ishlab chiqadi.

Kalit so‘zlar:

moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, IFRS, transport korxonalari, raqamlashtirish,

shaffoflik, buxgalteriya hisobi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati, avvalo, ularning moliyaviy hisobotlari
shaffofligi va xalqaro talablarga mosligiga bog‘liq. Transport tarmog‘i O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik
sektori bo‘lib, respublika ichki va tashqi savdosining 60 foizdan ortig‘i transport xizmatlariga tayanadi [1].
Transport korxonalarining moliyaviy faoliyati milliy va xalqaro investorlar uchun muhim axborot manbai
hisoblanadi. Shu bois, moliyaviy hisobotlarni xalqaro talablarga moslashtirish – ularning shaffofligi,
ishonchliligi va solishtiriluvchanligini ta’minlashning eng samarali yo‘lidir.
Shunga qaramay, transport korxonalarida MHXSni joriy etish jarayonida bir qator amaliy muammolar mavjud:
buxgalterlar

malakasining

yetishmasligi,

dasturiy

ta’minotning

eskiligi,

hisobotlarning

raqamlashtirilmaganligi hamda normativ-huquqiy bazaning to‘liq moslashtirilmaganligi shular jumlasidandir.
So‘nggi yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ, “O‘zavtotrans” agentligi
kabi yirik korxonalar o‘z hisobot tizimlarini

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS, IFRS)

asosida

yuritishga o‘tish jarayonini boshladi.
Bu jarayonning zarurati bir necha omillar bilan belgilanadi:

xalqaro investorlarga ishonchli moliyaviy ma’lumot taqdim etish;

xalqaro kredit reytinglarini oshirish;

soliq va audit tizimini uyg‘unlashtirish;

davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini joriy etishdagi shaffoflikni ta’minlash [2].

XMHSning asosiy maqsadi — korxona faoliyati haqida

haqiqiy, ishonchli, taqqoslanadigan

moliyaviy

ma’lumotlarni taqdim etishdir [3]. Shunday qilib, transport tarmog‘ida ushbu standartlarni tatbiq etish —
iqtisodiy barqarorlik, samarador boshqaruv va xalqaro integratsiya yo‘lida muhim qadamlardan biridir.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda XMHSga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 2020-yilda qabul
qilingan

PQ–4611-son Prezident qarori

ga binoan, 2021-yildan yirik davlat korxonalari XMHS asosida

hisobot yuritishni boshlagan [1]. 2024-yil holatiga ko‘ra, transport tarmog‘idagi 250 ta korxonadan 167 tasi
XMHSga o‘tgan.

1-jadval.
Transport korxonalarida XMHS joriy etish ko‘rsatkichlari (2020–2024)

Yil

Korxonalar

soni

XMHS

asosida

hisobot

yurituvchilar (%)

Auditorlik

tekshiruvdan
o‘tganlar (%)

Raqamlashtirish

darajasi (%)

2020

220

14

33

22

2021

230

28

44

38

2022

240

45

57

52

2023

245

58

68

67

2024

250

67

80

79

Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tahlili [2].


background image

359

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Mazkur jadvaldan ko‘rinib turibdiki, XMHS asosida hisobot yurituvchi korxonalar soni 2020–2024

yillar davomida

4,8 baravar

oshgan. Bu natija transport tarmog‘ining xalqaro talablar asosida isloh

qilinayotganini ko‘rsatadi.

2-jadval.
XMHS va milliy standartlar o‘rtasidagi farqlar

[4]

Ko‘rsatkich

Milliy
standart
(MHBS)

Xalqaro standart
(XMHS)

Ta’sir natijasi

Asosiy
vositalar
bahosi

Tarixiy qiymat
asosida

Adolatli

(bozor)

qiymat asosida

Aktivlar

qiymati

oshadi

Amortizatsiya

Belgilangan
norma
bo‘yicha

Aktivning foydali
xizmat

muddati

asosida

Xarajatlar real aks etadi

Daromadni tan
olish

Moliyaviy
natija asosida

Xizmat ko‘rsatish
bosqichlari
bo‘yicha

Foyda

dinamikasi

o‘zgaradi

Hisobot tili

So‘mda

AQSh dollari yoki
xalqaro birliklarda

Investorlar

uchun

qulaylik

Mazkur farqlar XMHSga o‘tish orqali transport korxonalari o‘z aktivlarini real baholash va investitsion
jozibadorligini oshirish imkoniga ega bo‘lishlarini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, transport korxonalarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish
O‘zbekiston iqtisodiyotining globallashuv jarayonidagi muhim bosqichidir. MHXSga o‘tish orqali korxonalar
o‘z faoliyatini xalqaro bozorlarda tanitish, investorlar ishonchini oshirish va korporativ boshqaruvni
takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kelgusida bu jarayonning samaradorligini ta’minlash uchun:

buxgalter kadrlarining malakasini oshirish;

transport korxonalarida axborot tizimlarini MHXS formatiga moslashtirish;

xalqaro tajribaga asoslangan metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish zarur.

MHXSni keng joriy etish mamlakat transport sektorining iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini
oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish

to‘g‘risida”gi PQ–4611-son qarori, 2020-yil 24-fevral.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari (2020–2024).

3.

International Accounting Standards Board (IASB). IFRS Foundation Annual Report 2024.

4.

Muallif ishlanmasi.