377
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
ASOSIY VOSITALARNING BOSHLANG‘ICH QIYMATINI
SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Ismoilov Asliddin Abdusalom O‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
E-mail:asliddinismoilov6225@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17525931
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida
asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakllantirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Asosiy
vositalarning to‘g‘ri baholanishi korxona moliyaviy barqarorligi, amortizatsiya summalari va foyda miqdoriga
bevosita ta’sir etishi o‘rganilib, ilmiy takliflar berildi.
Kalit soʻz.
Asosiy vositalar, boshlang‘ich qiymat, baholash, BHMS, amortizatsiya, buxgalteriya hisobi,
soliq hisobi, tahlil, xalqaro standartlar, moliyaviy hisobot.
Abstract.
This article scientifically analyzes the issues of forming the initial value of fixed assets in the
activities of business entities in a market economy. It is studied that the correct valuation of fixed assets directly
affects the financial stability of the enterprise, depreciation amounts and the amount of profit.
Key word.
Fixed assets, initial cost, valuation, BHMS, depreciation, accounting, tax accounting,
analysis, international standards, financial reporting.
Аннотация.
В данной статье научно проанализированы вопросы формирования первоначальной
стоимости основных средств в деятельности хозяйствующих субъектов в условиях рыночной
экономики. Установлено, что правильная оценка основных средств напрямую влияет на финансовую
устойчивость предприятия, размеры амортизационных отчислений и размер прибыли.
Ключевое слово.
Основные средства, первоначальная стоимость, оценка, BHMS, амортизация,
бухгалтерский учет, налоговый учет, анализ, международные стандарты, финансовая отчетность.
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning samarali faoliyat yuritishi, ularning
ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishiga bog‘liq. Bu resurslar ichida asosiy vositalar muhim o‘rin
tutadi, chunki ular ishlab chiqarish jarayonining moddiy-texnik bazasini tashkil etadi. Asosiy vositalarning
to‘g‘ri baholanishi, boshlang‘ich qiymatini aniqlash buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarning
ishonchliligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda asosiy vositalarni
hisobga olish, ularning qiymatini qayta baholash va modernizatsiya jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan
bir qator Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 5-sonli “Asosiy
vositalar” buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) va 2024-yil 9-avgustdagi 3546-sonli farmon asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymatini aniqlash, qayta baholash hamda ularni hisobdan chiqarish tartibini
takomillashtirdi.
1
Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymatini to‘g‘ri belgilash korxonaning moliyaviy barqarorligini, amortizatsiya
qiymati va foyda miqdorini bevosita ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobida xatoliklar esa moliyaviy
hisobotlarning ishonchliligini pasaytiradi, soliq majburiyatlarini noto‘g‘ri aniqlashga olib keladi. Shu bois
ushbu mavzuni ilmiy va amaliy jihatdan o‘rganish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
Iqtisodchi va erkin tatqiqotchi olimlar tomonida asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini aniqlash,
boshlang‘ich qiymatni shakllantirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish jarayoni bilan bog‘iq bir
qancha izlanishlar va ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Misol uchun, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Popov
A.Yu asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish haqida ilmiy maqolasida quydagicha fikir
bildirgan, “zamonaviy sharoitda yangi buxgalteriya hisob va hisobot qoidalariga o‘tishda, asosiy vositalarning
boshlang‘ich qiymatini aniqlash masalasi alohida dolzarblikka ega, chunki uning aniqligi korxona moliyaviy
1
https://lex.uz/uz/docs/7058293
378
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
hisobotlarining ishonchliligiga hamda aktivlar boshqaruvining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi”.
2
Marquette
University accounting fakulteti tadqiqotchisi- Jodi L. Gissel asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati
bo‘yicha shunday deydi “boshlang‘ich qiymatni belgilash jarayonida faqat aktivni sotib olish uchun to‘langan
pul summasi yetarli bo‘lmasligi, balki aktivni o‘sha holatga — foydalanishga tayyor holatga — olib kelish
uchun zarur bo‘lgan boshqa xarajatlarni ham hisobga olinishi zarurligini ta’kidlaydi.
3
E. Mamasoliyev asosiy vositalar bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganib o‘zining tadqiqot maqolalarida
asosiy vositaning boshlang‘ich qiymati haqida shunday deydi, “Boshlang‘ich qiymat – to‘langan va
qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga
tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib
bitkazish) yoki xarid qilish
bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymatidir.
4
Yuqoridagi tatqiqotchilarni fikrini o‘rganish orqali asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati, uni
xarid qilishdan boshlab to‘liq ishchi holatga kelgunga qadar bo‘lgan barcha xarajatlar yig‘indisi natijasida
shakllanishini bilib oldik. Agar korxona asosiy vositani o‘zida qurganda ,qurilish jarayoni bilan bo‘lgan barcha
xarajatlar (xom-ashyo va material,ish haqqi,soliq va yig‘imlar, eskirish xarajatlari va boshqa xarajatlar)
hisobga olgan holda uning tannarxi orqali boshlang‘ich qiymatni aniqlaydi.
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot ishimizni o‘rganishda analiz, sintez ,deduksia, induksia usullaridan foydalandik. Asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakillantirishda xisobga olinadigan xarajatlar ,ularning turlari tahlil
qilinib, mavjud muamolarga takliflar berildi.
Tahlil va natijalar
Korxonalar asosiy vositalarni bir nechta yo‘llar bilan korxona balansiga kirim qiladi. Bular
asosiy vositani sotib olish, qurish, tekinga hadiya sifatida olish, korxonaga tegishli aktivlarga ayriboshlash
orqali bo‘lishi mumkin. Korxona asosiy vositani o‘zi qurganda uni qurishga ketgan xarajatlar orqali
shakllangan tannarxga boshlang‘ich qiymat sifatida qaraydi. Tekinga hadiya sifatida olganda uning
boshlang‘ich qiymati real bozor bahosini topish orqali aniqlanadi. Sotib olinganda, shartnoma bo‘yicha
kelishilgan summa va asosiy vositani tashish, ornatishga qilingan harajatlarni hisobga olish orqali aniqlanadi.
Korxonalar asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish davomida bir qancha muamolarga yuz
kelishi mumkin. Bu asosiy vositani sotib olish, yetkazib berish, o‘rnatish. ishga tayyorlash, ishlab chiqarishga
tayyorlash jarayonlarida yuzaga keladigan xarajatlar bilan bog‘liq. Aynan shu jarayonlar bilan bog‘liq
xarajatlarni to‘g‘ri shakllantirmaslik asosiy vositaning real boshlang‘ich qiymatini kamaytirib yuboradi,
natijada korxona ortiqcha sarf xarajatga yo‘l qo‘yadi. Noto‘g‘ri shakillantirilgan boshlang‘ich qiymat orqali
korxona balansiga kirim qilingan asosiy vositaga, hisoblangan eskirish summalarida ham hatoliklar yuzaga
keladi.
Tahlil qilish jarayonida 5-son BHMS “asosiy vositalar”, standartida va soliq qonunchiligida normalar
o‘rganildi .Natijada asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish bilan bog‘liq bir qancha
muammolar aniqlandi.
-baholashdagi noaniqliklar, ayrimasosiy vositalar qiymati bozordagi haqiqiy narxdan farq qiladi, bu esa
balans qiymatini noto‘g‘ri aks ettirishga olib keladi.
-amartizatsiya siyosatining nomuvofiqligi, korxona asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatini
shakillantirishda yo‘l qo‘yganligi sababli,solishtirma tahlil va moliyaviy natijalarda farq paydo bo‘ladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
2
Первоначальная оценка основных средств в бухгалтерском учёте: ближайшие перспективы
(Журнал
«Крымский научный вестник», №3(9), 2016).
3
A Case of Fixed Asset Accounting: Initial and Subsequent Measurement
, “Journal of Accounting Education”, Vol. 37
(Dec 2016): 61-66.
4
Mamasoliyev, E.D. (2024). Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari. InLibrary.uz.
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/download/30160/30924
379
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakillantirish bo‘yicha qilingan tahlillar orqali
quydagicha hulosalarga kelish mumkin. Amalda buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha BHMS qo‘llanishga
qaramasdan, korxonalar asosiy vositani boshlang‘ich qiymatni shakllantirish jarayonini to‘g‘ri va yagona
metodi asosida tashkil etishda muammo bor. Bular jumlasiga baholashda nomuvofiqlik, hisob siyosatidagi
farqlar, amartizatsiya usullarini turlicha qo‘llanishi va bozor baholarining muvofiqligi yetarli darajada
bo‘lmasligi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy vositani boshlang‘ich qiymatini shakllantirishdan asosiy maqsad-
aktivning real qiymatini aniqlash, u orqali korxonaning moliyaviy holatini ifodalash, hisobotlar aniqligi va
to‘g‘riligini ta’minlashdan iborat.
O‘rganilgan manbalar va mavjud muammolarni hisobga olib asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymatini
shakillantirish bo‘yicha quydagicha takliflarni berishimiz mumkin.
-normativ huquqiy baza hisoblangan BHMSni xalqaro standartlarga moslashtirish.
-baholash metodini joriy qilish, boshlang‘ich qiymatni shakillantirishda xarajatlar, transport, montaj,
bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlarni standartlashtirish kerak.
-amalyotda raqamli texnalogiyalarni qo‘llash, asosiy vositani hisobga olish jarayonida, boshlang‘ich
qiymatni aniqlashda elektron reyestrlar va dasturlarni joriy qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahrir), 13.04.2016y № 404.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy Standarti (5-Sonli Bhms) “Asosiy Vositalar”Ni
Tasdiqlash Haqida
3.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Tomonidan 2024-Yil 9-Avgust Roʻyxatdan Oʻtkazildi, Roʻyxat
Raqami 3546.
4.
Muxametov.A.B, Abduvohidov.A.A, Matkulieva.S.I, Matrasulov.B.E, Turayeva.G.G - “Buxgalteriya
hisobi”, 2023-y 462b.
5.
Tabayev.A.Z, Mamatkulov.M.SH “Buxgalteriya hisobi” O‘quv qo‘llanma- Toshkent 2022-y, 126b.
6.
Mamasoliyev, E.D. (2024). “Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari” to‘g‘risidagi maqolasi.
7.
www.lex.uz.
8.
https://new.openinfo.uz
9.
bhms.uz
10.
www.ziyonet.uz
11.
buxgalter.uz.
