Авторы

  • Nodir Nazarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138750

Аннотация

Xoʻjalik yurutuvchi subyektlarning asosiy hamda qoʻshimcha faoilyatdan olinadigan daromadlari yoki soliq hisobotlari koxrxonaning moliyaviy natijalar toʻgrisidagi hisobotida aks ettiriladi. Moliya natijalari auditi nafaqat tashkilotning ichki nazorat tizimini yaxshilashga xizmat qiladi, balki investorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi. Tadqiqot moliyaviy natijalar auditining ixtiyoriy auditdan qanday farq qilishini o'rganadi, ularni tartibga soluvchi huquqiy va me'yoriy bazalarni ta'kidlaydi. Unda moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, qonun hujjatlariga rioya etish va manfaatdor tomonlar manfaatlarini himoya qilishda moliyaviy natijalar auditning o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot shuningdek, auditorlarning ushbu auditlarni samarali o'tkazishi uchun zarur bo'lgan kasbiy mahorat va malakalarni o'rganadi.

background image

388

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

XOʻJALIK YURUTUVCHU SUBYEKTLARDA MOLIYAVIY NATIJALAR

HISOBI VA AUDITI JARAYONI TAXLILINI OʻRGANISH.

Nazarov Nodir Nazirjon o’g’li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti

"Buxgalteriya hisobi va audit" yoʻnalishi talabasi

tel +998 (94) 009 11 95

E-mail: nodirnazarov904@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526017

Annotatsiya:

Xoʻjalik yurutuvchi subyektlarning asosiy hamda qoʻshimcha faoilyatdan olinadigan

daromadlari yoki soliq hisobotlari koxrxonaning moliyaviy natijalar toʻgrisidagi hisobotida aks ettiriladi.
Moliya natijalari auditi nafaqat tashkilotning ichki nazorat tizimini yaxshilashga xizmat qiladi, balki
investorlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ishonchli ma'lumotlarni taqdim etadi. Tadqiqot moliyaviy
natijalar auditining ixtiyoriy auditdan qanday farq qilishini o'rganadi, ularni tartibga soluvchi huquqiy va
me'yoriy bazalarni ta'kidlaydi. Unda moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, qonun hujjatlariga rioya etish
va manfaatdor tomonlar manfaatlarini himoya qilishda moliyaviy natijalar auditning o‘rni alohida
ta’kidlangan. Tadqiqot shuningdek, auditorlarning ushbu auditlarni samarali o'tkazishi uchun zarur bo'lgan
kasbiy mahorat va malakalarni o'rganadi.

Kalit so`zlar:

Moliya natijalari auditi, mustaqillik, shaffoflik, sistematik yondashuv, risklarni

baholash, axborot texnologiyalari.
Umuman olganda hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy
hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv uslublari juda
ham zarur. Ushbu maqolaning maqsadi moliyaviy natijalar hisobotining ketma-ketlik asosida bajariladigan
ishlarini, ya’ni uni rejalashtirishdan toki auditorlik hisobot tuzish va auditorlik xulosani rasmiylashtirishgacha
bo’lgan auditorlik amallarini bajarishga yordam beradi.
Bundan tashqari, moliyaviy natijalar auditining tekshiruv o’tkazish texnikasi va usuli bo’yicha olgan
bilimlarini yanada kengaytiradi va chuqurlashtiradi.
Moliya natijalari auditi — tashkilotning moliyaviy hisobotlarini, ularning to'g'riligini hamda moliyaviy
faoliyatini baholash jarayonidir. Bu audit turi tashkilotning moliyaviy ma'lumotlarining ishonchliligini
ta'minlash, ichki nazorat tizimini baholash va moliyaviy rejalarni ishlab chiqishda yordam berish maqsadida
amalga oshiriladi. Moliya natijalari auditi tashkilotlar uchun muhim ahamiyatga ega, chunki bu jarayon orqali
ular o'z moliyaviy holatini tahlil qilib, kelajakdagi rivojlanish strategiyalarini belgilashlari mumkin

1

.

Xorijlik iqtisodchi olim T.Yu. Druzhilovskaya fikriga ko’ra “MHXS tizimida moliyaviy hisobotning

kontseptual asoslari buxgalteriya tizimida moliyaviy hisobot tamoyillari uchun o’ziga xos yo’riqnoma sifatida
tanlangani bejiz emas. Darhaqiqat, Rossiya Federatsiyasi Hukumatining qarorlariga muvofiq, barcha ichki
buxgalteriya hisobi xalqaro standartlar qoidalariga mos kelishi asosida isloh qilinmoqda va shuni e'tirof etish
kerakki, “Rossiyaning bozor iqtisodiyotida buxgalteriya hisobi kontseptsiyasi” o'sha davrda MHXS tizimida
amalda bo'lgan "Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari” ga asosan yaqin
edi deb” ta’kidlaydi

2

.

Iqtisodchi olima Sh.Ergasheva fikricha, moliyaviy hisobotning konseptual asoslari (ingliz tilidan

“Conceptual Framework for financial reporting yoki shunchaki 'IFRS Framework”) barcha MHXS standartlari
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. MHXSning konseptual asoslari o‘z-o‘zidan standart emas, lekin u moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha ba’zi tavsiyalarni o‘z ichiga olgan holda juda muhimdir. Konseptual
asoslardagi o‘zgarishlar bironta standart muayyan operatsiya yoki voqea uchun qo‘llanmasligi vaziyatlarida
MHXS qo‘llashga ta’sir qilishi mumkin deb ta’kidlaydi

3

.

1

Quziyev I.N. Auditorlik xisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish nazaryasi va metodologik masalalar. Monografiya.

–T “Iqtisod-Moliya”, 2015 yil

2

Т.Ю. Дружиловская / Международный бухгалтерский учет, 2017, т. 20, вып. 10, стр. 596–610 http://fin-

izdat.ru/journal/interbuh//.

3

Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari.

O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b.


background image

389

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Ilmiy nuqtai nazardan, Druzhilovskaya va Ergasheva fikrlari O‘zbekiston uchun amaliy jihatdan dolzarb

va ijobiy yo‘nalish ko‘rsatadi, chunki ularning asosiy g‘oyasi – buxgalteriya tizimini MHXS konseptual
asoslariga yaqinlashtirish – mamlakatimizda ham amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatiga mos keladi.
Ammo, MHXS konseptual asoslarini to‘liq joriy etishdan oldin, quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

Buxgalterlarning malakasini oshirish va xalqaro sertifikatlash tizimini kengaytirish.

Milliy normativ hujjatlarni MHXSga moslashtirish.

Kichik korxonalar uchun soddalashtirilgan MHXS (IFRS for SMEs) tizimini keng joriy etish.

Axborot texnologiyalari asosida buxgalteriya tizimini modernizatsiya qilish.
Moliya natijalari auditi — bu tashkilotning moliya hisobotlari va operatsiyalarining aniqligini va

ishonchliligini ta'minlash uchun o'tkaziladigan mustaqil tekshiruvdir. Ushbu auditorlik jarayoni quyidagi
asosiy maqsadlarni ko'zlaydi:

1. Ishonchlilikni ta'minlash: Tashkilotning moliya hisobotlari aniq va to'liq ekanligini tasdiqlash.

2. Ichki nazorat tizimini baholash: Tashkilot ichidagi nazorat mexanizmlarining samaradorligini tahlil qilish.
3. Normativ hujjatlarga muvofiqlik: Davlat qonunlari va xalqaro standartlarga amal qilinishini tekshirish.
4. Moliyaviy ko'rsatkichlarni tahlil qilish: Tashkilotning moliya ko'rsatkichlarini o'rganib chiqish va ularning
samaradorligini baholash.
Moliya natijalari auditi, tashkilotlarni moliyaviy hisobotlarining aniqligi va ishonchliligini ta'minlash
maqsadida amalga oshiriladigan muhim jarayondir. Ushbu tezisda moliya natijalari auditining asosiy
xususiyatlari, uning ahamiyati va o'ziga xos jihatlari ko'rib chiqiladi. Audit jarayoni, shuningdek, moliyaviy
hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda muhim rol o'ynaydi

4

.

Xulosa

Umuman olganda, Moliya natijalari auditi — bu har qanday tashkilot uchun zarur bo'lgan jarayon bo'lib,

u nafaqat moliya hisobotlarini yaxshilaydi balki ichki nazorat mexanizmlarini mustahkamlaydi hamda
kelajakdagi muvaffaqiyatli rivojlanishni ta'minlaydi. Bunday audit orqali tashkilot o'z faoliyatini yanada
samarali olib borishi mumkinligini anglaydi va investorlar hamdamanfaatdor tomonlarga ishonchli axborotni
taqdim etishi mumkin bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro

standartlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b.

2.

Quziyev I.N. Auditorlik xisobotlarini tuzish va ularni umumlashtirish nazaryasi va metodologik

masalalar. Monografiya. –T “Iqtisod-Moliya”, 2015 yil.

3.

Т.Ю. Дружиловская / Международный бухгалтерский учет, 2017, т. 20, вып. 10, стр. 596–610

http://fin-izdat.ru/journal/interbuh//.

4.

Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit Evidence. Best Journal of Innovation in

Science, Research and Development, 3(2), 221-226.

4

Abdumannonovna, T. D. (2024). Methods of Obtaining Audit Evidence. Best Journal of Innovation in Science, Research

and Development, 3(2), 221-226.