395
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN INVESTITSION LOYIHALARNI
KENGAYTIRISH YO‘LLARI
Pardayev Ulug’bek
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Bank ishi va Auditi yo’nalishi 4-bosqich -2022 guruh talabasi
Email adress: pardayevulugbek@mail.com
Tel raqam:+998907460398
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526400
Annotatsiya:
Ushbu tezisda tijorat banklarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda
samaradorligini oshirish yo`llarining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.Bundan tashqari banklarni
faoliyatiga doir bo‘lgan bir qancha statistic raqamlar ham keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar
:
investitsiya,
samaradorlik,
o`sish
sur`atlari,
risk,
risk-menejment,moliya
bozori,kredit,diversifikatsiya.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizida mamlaktimizda xorijiy
kapital oqimi va investitsiyalarni jalb qilishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda, bir qancha chora-tadbirlar
ishlab chiqilib, amalda foydalanilib kelinmoqda. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya
faolligining o`sish sur`atlari investitsiya muhitiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Iqtisodiyotda investitsiya
faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiylarni jalb qilishning kolami, yo`nalishlari va samaradorligi,
bevosita investitsiya muhitiga bog`liqdir. Hozirgi kunda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal
rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish
maqsadida xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar mablag‘larini faol jalb etish bo‘yicha izchil chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur chora-tadbirlar doirasida «iqtisodiy
jihatdan asoslantirilgan investitsiya loyihalarini ularning moliyalashtirish manbalari aniq belgilangan holda
samarali amalga oshirilishini ta’minlaydigan, shuningdek, ularni amalga oshirish bo‘yicha mablag‘larning
nooqilona sarflanishini istisno etadigan, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirish va
moliyalashtirishning sifat jihatdan yangi tartibi joriy etildi».[1]
Yaqin o‘rta muddatli istiqbolda korxonalarni modernizatsiyalash bo‘yicha kutilayotgan ehtiyojlar
hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, aytish mumkinki, yaqin yillarda
bank tizimi jami kredit portfelida investitsion kreditlarning yanada o‘sishini kutish mumkin. Bu esa, tijorat
banklarining investitsion loyihalarni moliyalashda bank risklarini boshqarish zaruratini yuzaga keltiradi va
dolzarbligini oshiradi. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bankning yuqori
riskli faoliyati hisoblanib, bu turdagi risklarni boshqarish murakkab va ko‘p pog‘onali jarayon hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, investitsion loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari riskni
boshqarish maqsadida risk-menejment jarayoniga ko‘maklashuvchi o‘ziga xos modellarni shakllantirishlari
muhim ahamiyat kasb etadi.“Bank investitsiya faoliyatiga o‘z mablag‘lari bilan birga, tashqaridan
moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqishi kerak” [2]. Bugungi kunda
mamlakatimizda bank tizimida katta islohotlar o‘tkazib kelinayapti va ushbu jarayonlardan kelib chiqib bank
sohasida ham keng siljishlar ro‘y berayapti. Quyidagi jadvalda ayrim statistic raqamlar keltirib o‘tilgan.
1-jadval [3]
Tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining tarmoqlar bo‘yicha ulushi
Ko‘rsatkichlar
nomi
01.10.2024 y.
01.10.2025 y.
O‘zgarishi
, foizda
mlrd.
so‘m
ulushi
, foizda
mlrd
. so‘m
ulushi,
foizda
396
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Jami kreditlar
515
641
100%
582
211
100%
13%
Sanoat
147
892
29%
146
268
25%
-1%
Qishloq
xo‘jaligi
52 042
10%
59
381
10%
14%
Qurilish sohasi
12 959
3%
17
183
3%
33%
Savdo va
umumiy xizmat
34 637
7%
40
930
7%
18%
Transport va
kommunikatsiya
34 508
7%
32
529
6%
-6%
Moddiy va
texnik ta’minotni
rivojlantirish
3 682
0,7%
4
460
0,8%
21%
Uy-joy
kommunal xizmati
2 338
0,5%
1
838
0,3%
-21%
Jismoniy
shaxslar
169
715
33%
208
642
36%
23%
Boshqa sohalar
57 869
11%
70
980
12%
23%
Ushbu malumotlar shuni ko‘rsatadiki 2025 yil sanoatni kreditlash 2024- yilga qaraganda 1 % foizga
kamaygan hamda 146268 tani tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin. Jismoniy shaxslar va Boshqa sohalarni
kreditlsh esa bir xil, ya’ni 23 % dan o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etgan, bus hu davrdagi Moddiy va texnik
ta’minotni kreditlashga qaraganda 2 % ga baland edi.Ammo Transport va komunikatsiya va Uy – joy komunal
xizmati salmog‘i kamayib mos ravishda 6 va 21 % kamayishni ko‘rsatgan. Qurilish sohasini kreditlash esa eng
baland ko‘rsatkich qayd etib 33% ga o‘sgan. Ushbu raqamlar shundan dalolatki banklar tomonidan
ajratiladigan kreditlarning tarmoqlari ham kundan kunga kengayib bormoqda. Bu banklarga bir qancha
ustunliklar beradi.Masalan, kredit risklarini diversifikatsiya qilish, risk ehtimolligini kamaytirish, foyda
hajmini oshirish, ortiqcha ish o‘rinlarini yaratish kabilarni o‘z ichiga oladi. Moliya bozorida teng raqobat
sharoitlarini yaratish faqat bozor asosida kreditlash, banklarning davlat resurslariga qaramligini kamaytirish,
bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, samarali bank infratuzilma faoliyatini tashkil etish va
avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish.
Kredit portfelining sifati investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmining o'rtacha o'sishini ta'minlashga
bog'liq.
Xulosa.
Moliyalashtirishni rivojlantirish uchun juda samarali vosita investitsiya loyihalari
sindikatlashtirilgan kreditlash mexanizmi va loyihani moliyalashtirish hisoblanadi. Uning ahamiyati shundan
iboratki, katta miqdordagi kreditlar to'planadi va bunda bir nechta banklar ishtirok etadilar. Respublika
banklariga xorijiy tajribani qo‘llash orqali investitsiya loyihalari moliyalashtirish tizimini yanada
takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari,
- O'zbekistonda investitsiya risklarini aniqlashda xorijiy tajribani qo‘llash va aniqlangan risklarni
minimallashtirish yechimlarini izlash kerak bo`ladi;
-investitsiya loyihasi samaradorligining pasayishiga ta'sir qiluvchi barcha mumkin omillarni aniqlash;
- agar loyiha tashabbuskori tomonidan biznes-reja va texnik-iqtisodiy asoslash ko‘rsatkichlariga rioya
qilmaslik holatlari aniqlangan bo‘lsa, investitsiya loyihasining keyingi moliyalashtirishning maqsadga
muvofiqligini tahlil qilish;
-yirik turdagi korxonalar uchun yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish; -
moliyalashtirishni ochishdan oldin ekologik va ijtimoiy xavflarni bo`yicha baholashni o'tkazish kerak bo`ladi
397
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
hamda xavflar aniqlanganda ularni bartaraf etish yoki minimallashtirish bo'yicha tuzatish choralari rejasini
ishlab chiqish lozim;
-qarz oluvchining moliyaviy holatini dastlabki baholash uchun javobgar bo'lgan bankning ayrim biznes
jarayonlarini maksimal darajada avtomatlashtirish;
-moliyalashtirish tizimini rivojlantirish. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash
kerakki, yirik korxonalarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish banklar
tafsilotlaridagi muhim omillardan biri bo'lib, uning barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 iyundagi “Xalqaro moliya institutlari va donor
mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3796- sonli qarori.
2.
Миркин Я. М. Рынок ценных бумаг: учеб. пособие. М., 2002. –с. 56 -57
3.
Шарп У. и др. Инвестиции. Пер. с англ. – М.ИНФРА-М, 2001.– С. 9-10.
4.
G'ozibekov. D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: "Moliya" nashriyoti, 2003 yil.
5.
Беренц В., Хавранек П.,. Руководство по оценке эффективности инвестиций, пер.с англ. А.П. Белых,
М.: - Инфра-М, 1995. – С. 60-80. 7.Мазур И.И., Шапиро В.Д., Ольдерогге Н.Г. Управление проектами:
Справочное пособие. – М.: Высшая школа .2001. - 875 c.
6.
https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats/2948302.
