Авторы

  • Shohzodbek Raximov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138780

Аннотация

Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi, va ularning hisobga olinishi korxona amaliyotida ish hajmini samarodorligini ta’minlashda, xarajatlarni boshqarishda hamda ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada korxona zahiralari boʻyicha barcha yuzaga keladigan masalalar hamda zahiralarning baholash usullari (FIFO, LIFO, o‘rtacha og‘irlangan baho va boshqalar) chuqur oʻrganiladi. Amaliy tahlillar natijasida ma’lum bo‘ldiki, zahiralarni noto‘g‘ri yoki sust tartibda yoʻnaltirish korxona samaradorligini hamda ishlab chiqarish hajmini pasaytirish oqibatlariga guvoh boʻldik. Shu sababli maqolada tovar-moddiy zahiralarini mexanizmalarni nazorat qilish hamda uning samaradorligiga tasiri haqida taklif va tavsiyalar bayon etiladi.

background image

403

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

TOVAR-MODDIY ZAHIRALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

ASOSLARI

Raximov Shohzodbek Shuxrat o’g’li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti

"Buxgalteriya hisobi va audit" yoʻnalishi talabasi

tel +998 (95) 520 09 25

E-mail: rahimovshohzodbek0925@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526466

Annotatsiya:

Tovar-moddiy zahiralar xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy tarkibiy qismini

tashkil etadi, va ularning hisobga olinishi korxona amaliyotida ish hajmini samarodorligini ta’minlashda,
xarajatlarni boshqarishda hamda ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada korxona zahiralari boʻyicha barcha yuzaga keladigan masalalar hamda zahiralarning
baholash usullari (FIFO, LIFO, o‘rtacha og‘irlangan baho va boshqalar) chuqur oʻrganiladi. Amaliy tahlillar
natijasida ma’lum bo‘ldiki, zahiralarni noto‘g‘ri yoki sust tartibda yoʻnaltirish korxona samaradorligini hamda
ishlab chiqarish hajmini pasaytirish oqibatlariga guvoh boʻldik. Shu sababli maqolada tovar-moddiy
zahiralarini mexanizmalarni nazorat qilish hamda uning samaradorligiga tasiri haqida taklif va tavsiyalar
bayon etiladi.

Kalit soʻzlar

:tovar-moddiy zaxira, moliyaviy barqarorlik, tayyor mahsulot, moliyaviy holat, samaradorlik,

koeffitsiyent, TMZ aylanuvchanligi.

KIRISH.

Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxonaning barqaror faoliyat yuritishi, ishlab chiqarish

jarayonining uzluksizligi va moliyaviy barqarorligi ko‘p jihatdan tovar-moddiy zaxiralarni (TMZ) to‘g‘ri
boshqarishga bog‘liqdir. TMZ korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida asosiy o‘rin tutadi, chunki ular
mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki savdo jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Zaxiralarni
oqilona rejalashtirish, ularni saqlash, nazorat qilish hamda samarali boshqarish korxonaning
raqobatbardoshligini oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Ko‘plab korxonalarda TMZ bilan bog‘liq
muammolar — ortiqcha zaxiralar, yetishmovchilik, noto‘g‘ri hisob-kitob yoki eskirgan mahsulotlarning
to‘planishi — moliyaviy ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, TMZ boshqaruvini
takomillashtirish, zamonaviy usullar va axborot tizimlarini joriy etish dolzarb masalaga aylangan. Ushbu ishda
korxona misolida TMZ tizimini chuqur tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf
etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan. Tadqiqot davomida TMZning korxona faoliyatidagi
o‘rni, ularning ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib
chiqiladi. Natijada, korxonada TMZni takomillashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va
foyda hajmini kengaytirish yo‘llari asoslab beriladi.Jahonda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab
chiqarish uzluksizligini ta’minlashga erishishda joriy aktivlar tahlilini muntazam yuritish, transformatsiya
jarayonida iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
realizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, «2021-yilda 2020-yilga
nisbatan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joriy aktivlari aylanuvchanligi darajasi AQShda – 28 foizga,
Fransiyada – 25 foizga, Germaniyada – 22 foizga, Yaponiyada – 18 foizga o‘sgan»

1

Korxonalarda zahiralar hisobi ishlab chiqarish jarayonida naf keltiruvchi resur sifatida tan olinadi. Tovar-
moddiy zahiralari korxona balansida Joriy aktivlar tarkibida yotadi, xususan TMZ lar ishlab chiqarish
jarayonini uzluksiz ravishda davom etishi uchun ajarlmas qismi boʻlib yuritiladi va Joriy aktivlar foyda olish
imkoni yaratadi.Hozirgi kunda jahon olimalri TMZ takomillashtirish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda
ulardan xususan,

1

Why is the “quality” of infrastructure investment essential for building back better?: https://worldbank.org


background image

404

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

J. Van Horn fikriga ko‘ra, «joriy aktivlarni aktivlar deb, bir yil ichida naqd pulga aylantirilishi mumkin, deb
hisoblaydi. Aylanma mablag‘lar pul mablag‘larini boshqarishni o‘z ichiga oladi: debitorlik, tovar-moddiy
zahiralar va kreditorlik qarzlari», deb ta’riflagan

2

.

A.E. Jminkoning (2014) fikricha “Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish buxgalteriya hisobining eng
muammoli jihati hisoblanadi, chunki buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
tamoyillariga o’tish tovar moddiy zaxiralarni to’g’ri baholashning sotilgan mahsulot tannarxiga va sof foydaga
bog’liqligini nazarda tutadi.” deb ta'riflagan

3

.

Iqtisodchilar Sh.T. Ergasheva, A.K. Ibragimov, N.K. Rizayev, va I.R. Ibragimovalar (2019) o’z
qo’llanmalarida TMZ larni xalqaro standartlar bo’yicha hisobga olish masalalari haqida quyidagilarni keltirib
o’tadilar: “TMZ larni hisobga olishda asosiy masala bo’lib TMZlarning tannarxi qanday summada aktiv
sifatida tan olinishi va ular bilan bog’liq bo’lgan daromadlar kelgusi davrlarda tan olinguncha hisobga olinishi
kerakligi hisoblanadi. Ushbu standart tannarx va uning keyinchalik xarajat sifatida tan olinishi, shu jumladan,
uning har qanday sof sotish qiymatigacha kamaytirilishi bo’yicha ko’rsatmalarni beradi. U, shuningdek, tovar-
moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlashda qo’llaniladigan tannarxni hisoblash formulalari bo’yicha
ko’rsatmalarni keltiradi.

4

AQSHlik iqtisodchi Olim D.A.Dilts taʼkidlashicha resurslar quyidagi toifalardan iborat

5

:

«yer;
kapital;
ishchi kuchi;
tadbirkorlik qobiliyat.
Bizning fikrimizcha TMZ lar ishlab chiqarish muomilasini yurgizish uchun asosiy boʻgin xisoblanada va
bu oʻz navbatida bozorga mahsulotga boʻlgan talab va taklif miqdorini sezilarli ortishiga sabab boʻladi.

Tovar-moddiy zaxiralar

- keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan

va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan moddiy aktivlar.
Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonining xarakteri va
xususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish
tizimlaridan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish.Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish
tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va
chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri mobaynida
quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi.
Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab “Sotilgan mahsulot tannarxi”
schyotida aks ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish. Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida yil davomida
tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi
ularni inventarizatsiya natijalari bo‘yicha aniqlanadi

6

.

2

Mavlyanova D.M. Joriy aktivlar hisobi, tahlili va auditini uslubiy jihatlarini takomillashtirish // iqtisodiyot fanlari

bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. – Toshkent, 2020. –
B. 12.

3

Jminko A.E. Международная практика учета запасов. Научный журнал. КубГАУ. – 2014 г. №99 (05). – 1-12 с.

Maqoladan .

4

Sh.T.Ergasheva, A.K.Ibragimov, N.K.Rizayev, I.R.Ibragimova. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O’quv

qo’llanma. T.:2019.

5

David A. Dilts Introduction to microeconomics. Published by Indiana - Purdue University - Fort Wayne. 2004. Page 248

6

O

rtiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar tо‘plami. T.:

Norma uz.


background image

405

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Tovar-moddiy zaxirani baholashning ikki usuli bor ular: yalpi foyda usuli va tovar-moddiy zaxiraning chakana
savdo usuli.Ishlab chiqarish zaxiralarining xaqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini
qo‘llash bilan amalga oshirishladi:

1. Donalab baholash.
2. FIFO (birinchi tushum oxirgisi zaxiraga).
3. O‘rtacha qiymat usuli (AVECO).

Materiallarni hisobdan chiqarish tartibi korxonaning hisob siyosatida belgilanishi lozim

7

.

Materiallarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 4-son BHMSning 11-
bandiga muvofiq, materiallarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo‘yisa – balans tuzilayotgan
sanadagi haqiqiy tannarx bo‘yicha (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki bozor bahosi bo‘yicha
(sof sotish qiymati) bo‘yicha amalga oshiriladi.
4-sonli BHMSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan:
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir:
- odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan;
- bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
- ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi ko‘zlangan xom ashyo va materiallar
ko‘rinishidagi aktivlar.

8

Xulosa.

Umuman olganda, tadqiqotimiz jarayonida tovar-moddiy zahiralarning tahlili, tovar-moddiy zahiralarini

bir qismini tarkibiy tuzilishi, shu jumladan, tovar-moddiy zahiralari tarkibiy tuzilishi hamda korxona tovar-
moddiy zahiralarini samaradorligi tahliliga tayangan holda quyidagi xulosalar olindi: xo‘jalik yurituvchi
subyektda tovar-moddiy zahiralari samaradorliligini hamda xizmat koʻrsatish sohasi ham yaxshi
rivojlantirishga sabab bo’ladi. Shu jumladan korxonadagi tovar-moddiy zaxiralarni salmogʻini oshirish uchun
tovar moddiy zahiralar miqdori va aylanuvchanligini tezlashtirishning strategik tadbirlarini joriy etishning
muhim yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilanishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university

Press, 2014; 103-bet.
2.

Barry Elliot, Jamie Elliot. Financial accounting and reporting. (ISBN 978-1-292-08057-4) London, 2015.

17 th Edition. 101 p.
3.

Jminko A.E. Международная практика учета запасов. Научный журнал. КубГАУ. – 2014 г. №99 (05).

– 1-12 с. Maqoladan .
4.

Sh.T.Ergasheva, A.K.Ibragimov, N.K.Rizayev, I.R.Ibragimova. Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlari. O’quv qo’llanma. T.:2019.
5.

David A. Dilts Introduction to microeconomics. Published by Indiana - Purdue University - Fort Wayne.

2004. Page 248.
6.

Ortiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar

tо‘plami. T.: Norma uz.
7.

Mavlyanova D.M. Joriy aktivlar hisobi, tahlili va auditini uslubiy jihatlarini takomillashtirish // iqtisodiyot

fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. –
Toshkent, 2020. – B. 12.

7

Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014;

103-bet.

8

Barry Elliot, Jamie Elliot. Financial accounting and reporting. (ISBN 978-1-292-08057-4) London, 2015. 17 th Edition.

101 p