406
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
ASOSIY VOSITALAR AMORTIZATSIYASINING AUDITI
Sobirov Javohir Jiyanboy og`li
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Tadbirkorlik va Boshqaruv fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi
7-BH-22 guruh talabasi
Tel: +998 94 483 29 04
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526718
Annotatsiya:
Ushbu tezisda asosiy vositalarni aniqlash, ularning kelib tushishi va baholanishi,
amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya qilish va audit xulosasi berish haqida ma`lumot berilgan
Kalit so‘zlar:
Asosiy vositalar, amortizatsiya, hisob siyosati, inventarizatsiya, auditorlik tekshiruvi,
tahlil qilish, ichki nazorat, aktivlar.
Kirish.
Asosiy vositalar — tashkilotning uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xo`jalik faoliyatini
yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish jarayonida yoxud maʼmuriy
va ijtimoiy-madaniy vazifalarni bajarish jarayonida foydalaniladigan, shuningdek ijaraga berish mumkin
bo`lgan moddiy aktivlar;
Amortizatsiyalanadigan qiymat — asosiy vositaning boshlang`ich yoki moliyaviy hisobotda o`rnini
bosuvchi boshqa qiymatdan tugatish qiymatining chegirilishi natijasida aniqlanadigan qiymat. Boshlang`ich
qiymati, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta
jihozlash ishlari va boshqalar bo`yicha xarajatlar summasiga oshirilgan asosiy vositalar uchun
amortizatsiyalanadigan qiymat bo`lib, ushbu ishlar tugatilganidan so`ng tugatish qiymatini chiqarib tashlagan
holda mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytda aniqlangan ularning qoldiq (balans) qiymati
hisoblanadi.
1
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin: yer, yerni obodonlashtirish, moliyaviy ijara
shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish, binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar,
mashina va asbob-uskunalar, mebel va ofis jihozlari, kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi, transport
vositalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, koʻp yillik va hosildor oʻsimliklar, boshqa asosiy vositalar,
konservatsiya qilingan asosiy vositalar.
Asosiy vositalarning kelib tushishida mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki operativ boshqaruv huquqi
asosida tashkilotga tegishli boʻlgan asosiy vositalarning qiymati tashkilot balansiga kiritilishi lozim. Asosiy
vositalar qiymati tashkilot balansiga kapital qoʻyilmalar tugaganidan soʻng qurilgan obyektni qabul qilish-
topshirish, obyektni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha xarid qilish, taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlari,
tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha), ayirboshlash, tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan oʻtkazish,
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi boʻyicha olish, asosiy vositalarga mulk huquqi, xoʻjalik yuritish yoki
operativ boshqaruv huquqini qoʻlga kiritishga olib keladigan boshqa operatsiyalar yoki hodisalar natijasida
kiritiladi.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda, ular boshlangʻich qiymat boʻyicha baholanadi va hisobga
olinadi. Aktiv sifatida tan olinganidan soʻng, asosiy vosita boshlangʻich yoki qayta baholangan qiymati
boʻyicha hisobga olinishi lozim. Asosiy vositalarni qiymatini hisobga olishning qoʻllaniladigan usuli
tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Asosiy vositalar qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat
asosiy vositalarning butun foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari
koʻrinishida tizimli taqsimlanadi. Asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur
1
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ni tasdiqlash
haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9-avgust roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami
3546)
407
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki ushbu obyekt balansdan hisobdan
chiqarilgan sanadan toʻxtatiladi.
2
Asosiy vositalarni foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash
toʻxtatilmaydi, asosiy vositalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilishga oʻtkazilgan
holatlar, shuningdek ularni toʻliq toʻxtatish sharti bilan obyektni qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-
uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash davri bundan
mustasno. Asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida ushbu
summalarni alohida schyotda jamgʻarish yoʻli bilan aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish
maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalar
inventarizatsiyasi oʻtkaziladi, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar boshqa operatsion daromadlar sifatida aks
ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan asosiy vositalar aybdor shaxslar
aniqlangan kunga qadar kamomadlar hisobga olinadigan schyotda aks ettiriladi
3
.
Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditini o’tkazishdagi muammolardan biri bu asosiy vositalarning
foydali xizmat muddati va amortizatsiya siyosatini noto‘g‘ri belgilanishida. Bugungi kunda ko‘plab
korxonalarda asosiy vositalarning eskirish darajasi, texnik holati va ularning ishlab chiqarish jarayonida qay
darajada foydalanilayotganligi to‘g‘ri baholanmaydi. Natijada korxonalar amortizatsiyani ortiqcha yoki yetarli
bo‘lmagan miqdorda hisoblaydi, asosiy vositalarning qoldiq qiymati real holatni aks ettirmaydi, moliyaviy
hisobotlarda aktivlarning qiymati asossiz ravishda yuqori yoki past ko‘rsatiladi. Muammoning sabablari esa
hisob siyosati yangilanmaydi, yani ko‘p korxonalar 5–10 yildan beri eski amortizatsiya stavkalarini ishlatib
keladi. Xalqaro standartlarga (IAS 16) moslashmagan milliy yondashuv — foydali xizmat muddati davriy
ravishda qayta baholanmaydi. Auditorlik tekshiruvlarida chuqur tahlil yetishmasligi — auditorlar ba’zan faqat
hujjatlar bilan cheklanadi, aktivning haqiqiy texnik holatini joyida tekshirmaydi.
Yuqoridagi ko’rsatilgan muammolarni bartaraf qilish uchun esa amortizatsiya siyosatini yangilash
kerak, yani korxona hisob siyosatini muntazam qayta ko‘rib chiqishi lozim, yangi texnologiyalar joriy
etilganda yoki uskunalar modernizatsiya qilinganda amortizatsiya stavkasi ham o‘zgaradi, bu o‘zgarishlar
buxgalteriya siyosatida rasmiy ravishda tasdiqlanib, auditor nazoratidan o‘tadi.
Auditorlik jarayonida texnik ekspert jalb qilish. Auditor korxonaning yirik asosiy vositalari (bino,
uskuna, transport vositalari) bo‘yicha muhandis yoki texnik mutaxassis xulosasini talab qilishi kerak, bu xulosa
asosida amortizatsiya hisobining adekvatligi baholanadi, agar aniqlangan farq sezilarli bo‘lsa, auditor
moliyaviy hisobotni tuzatishni tavsiya etadi. Xalqaro standartlarga moslashtirish yani IAS 16 (Property, Plant
and Equipment) talablariga muvofiq ravishda foydali xizmat muddati aktivning ishlatilish darajasiga qarab
qayta baholanadi, amortizatsiya usuli (chiziqli, kamayuvchi qoldiq va boshqalar) haqiqiy foydalanish modeliga
mos tanlanadi va bu yondashuv orqali korxona moliyaviy hisobotini xalqaro investorlar va auditorlar uchun
ishonchli qiladi. Ichki nazorat tizimini kuchaytirish, asosiy vositalar bo‘yicha inventarizatsiya rejalari,
ta’mirlash jurnali, va amortizatsiya kartochkalarini elektron shaklda yuritish zarur. Natijada esa asosiy
vositalar qiymati real bo‘ladi, amortizatsiya ajratmalari adolatli shakllanadi, korxonaning moliyaviy
hisobotlari xalqaro talablarga moslashadi, soliq, investor va boshqaruv qarorlarida xatoliklar kamayadi.
Xulosa:
Asosiy vositalar amortizatsiyasining auditi korxonaning moliyaviy hisobotlari ishonchliligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu audit jarayoni orqali asosiy vositalarning eskirish darajasi, ularning
qiymatining to‘g‘ri kamaytirilib borilishi va buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishi nazorat qilinadi.
Umuman olganda, asosiy vositalar amortizatsiyasining auditi korxona hisob siyosatini takomillashtirish,
2
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (16 – bhxs Asosiy vositalar) Oʻzbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 9-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3400]
3
Абдуллаев Р. Бухгалтерский учет и аудит - T.: “IQTISОD –MОLIYA”, 2010.
408
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
aktivlardan oqilona foydalanish, buxgalteriya ma’lumotlarining shaffofligini oshirish va moliyaviy
hisobotning sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bu jarayon natijasida korxonaning iqtisodiy faoliyati yanada
barqarorlashadi, boshqaruv qarorlari uchun aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllanadi, moliyaviy intizom
mustahkamlanadi hamda korxona obro‘si ortadi..
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.Umarova, O`.Eshboev, K.Ahmadjanov.Buxgalteriya hisobi (Taqrizchilar: I. Nurmatov – iqtisod fanlari
nomzodi, professor, A. Mahkamboyev - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent) Toshkent – “Mehnat” – 1999.
Buxgalteriya hisobi.
2.
“O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni.
3.
TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti i.f.d. M.Sh. Mamatkulov
“TIQXMMI”-MTU, “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi dotsenti A.Z. Tabayev ( buxgalteriya hisobi.
Toshkent 2022) O’quv qo’llanma
4.
www.lex.uz O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
