Авторы

  • Abdimajidov Ulug’bek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138813

Аннотация

Ushbu tezisda tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) saqlanishi va sarflanishi auditi jarayoni, ularning buxgalteriya hisobi, ombor nazorati, inventarizatsiya ishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi

background image

432

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

XO’JALIK YURUTUVCHI SUBYEKTLARDA TOVAR-MODDIY

ZAXIRALAR SAQLANISHI VA SARFLANISHI AUDITI

Ulug’bek Abdimajidov Mamatqul o’g’li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti

"Buxgalteriya hisobi va auditi" ta’lim yoʻnalishi 4 bosqich talabasi

Tel: +998 (94) 945 24 00

E-mail:

abdimajidovulugbek@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17526816

Annotatsiya:

Ushbu tezisda tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) saqlanishi va sarflanishi auditi jarayoni,

ularning buxgalteriya hisobi, ombor nazorati, inventarizatsiya ishlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Tovar-moddiy zaxiralar, audit, inventarizatsiya, ombor, saqlash, sarflanish, ichki nazorat,

buxgalteriya hisobi, moliyaviy intizom, zaxira.

Kirish.

Ishlab chiqarish jarayonida tovar-moddiy zaxiralarini saqlanish hamda sarflanishi korxonani ishlab

chiqarish jarayoni hamda uning xarajatlar qismini kamaytirishga sabab bo’ladi.Tadqiqotning asosiy maqsadi
– korxonalarda TMZning to‘g‘ri hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishini nazorat qilish orqali moliyaviy
intizomni ta’minlash korxonlarda dolzarb qismiga aylanmoqda .
Tovar-moddiy zaxiralar har qanday korxona ishlab chiqarish faoliyatining asosi hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri
hisobga olinishi, saqlanishi va oqilona sarflanishi korxonaning moliyaviy barqarorligi va foydalilik darajasiga
bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli zahiralar auditi korxonaning moliyaviy holatini baholashda muhim o‘rin
tutadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar resurslardan oqilona foydalanishlari zarur.Tovar-moddiy
zahiralarni saqlashda va sarflashda aniqlik, tartib va nazoratning kuchli bo‘lishi – moliyaviy intizomning
kafolatidir. Audit bu jarayonlarni nazorat qilish va tahlil qilish orqali ishonchlilikni ta’minlaydi. Ingliz xorijiy
olimi J. Shraybfeder “Zaxiraning samarali boshqarilishi iste’molchilar talablarini qondirishga va sof foydani
maksimallashtirishga xizmat qiladi

1

”deb takidlab o’tgan.

Maxalliy olimimiz Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish

tartibi.”Iqtisod va moliya darsligida TMZ ga shunday tarif bergan: Tovar-moddiy zaxiralarga tashkilotga
tegishli bo‘lgan va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida
foydalaniladigan mol-mulklar kiritiladi”, degan xulosaga kelgan

2

.

Umuman olganda yuqoridagi fikirlarga ko’ra TMZ xususiy va tijorat korxonalari uchun to‘liq mos keladi,

chunki ularning maqsadi — foyda olish. Biroq budjet tashkilotlari (masalan, maktab, shifoxona, davlat
idoralari) foyda olishni maqsad qilmagan, balki byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ko‘zlaydi. Shu
sababli Shraybfederning fikrini bevosita budjet tashkilotlariga qo‘llash to‘liq mos emas, ammo “samaradorlik”
va “talabni qondirish” jihatidan qisman mos deb baholash mumkin. J. Shraybfederning ilmiy g‘oyasi
O‘zbekistonning tijorat sektoriga mos tushadi, ammo budjet tashkilotlariga to‘liq tatbiq etilmaydi.

Xaydarov M.T.ning ta’rifi esa O‘zbekistonning milliy buxgalteriya standartlari va amaliyotiga to‘liq mos

keladi. Shu sababli, mahalliy sharoitda aynan Xaydarovning yondashuvi ilmiy va amaliy jihatdan asosliroq
hisoblanadi.

Tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi auditi. Omborlarning texnik holati, xavfsizlik sharoitlari va joylashtirish

tartibi o‘rganiladi. TMZni saqlashda harorat, namlik va xavfsizlik me’yorlariga rioya qilinishi tekshiriladi.
Saqlash vaqtida yo‘qotishlar, buzilishlar yoki kamomadlar mavjudligi aniqlanadi.

Zaxiralarni sarflanish auditi. Ishlab chiqarishga berilgan TMZ me’yor asosida sarflanganligini tekshirish,

sarf hujjatlari (talon, limit, buyurtma, dalolatnoma) asosida xarajatlarni asoslash va normadan ortiqcha sarflar
sabablari tahlil qilinadi.

1

Shraybfeder Dj. Samarali zahiralarni boshqarish: ingliz tilidan tarjima. 2-nashr. – M.: “Alpina Biznes Buks”, 2006. – S.


Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya. 2015. 8-son.
– B. 61.


background image

433

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Audit jarayoni bosqichlari:

Tayyorgarlik bosqichi – hisob siyosatini o‘rganish va ichki nazorat tizimini baholash;
Asosiy bosqich – hujjatlarni tahlil qilish, inventarizatsiya o‘tkazish va omborlardagi haqiqiy miqdorni
aniqlash;
Yakuniy bosqich – aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tahliliy hisobot tayyorlash va tavsiyalar berish.
Xulosa. Tovar-moddiy zahiralar auditi korxona moliyaviy intizomini mustahkamlash, resurslardan samarali
foydalanishni ta’minlash va moliyaviy hisobotlarda ishonchlilikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Audit
natijalari asosida berilgan tavsiyalar korxonaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Buxgalteriya hisobi 1-qism: Darslik / A.A. Karimov, J.E. Kurbanbayev, S.A. Jumanazarov; – T.:

“Iqtisod-Moliya”, 2020. b. 299 bet.
2.

Shraybfeder Dj. Samarali zahiralarni boshqarish: ingliz tilidan tarjima. 2-nashr. – M.: “Alpina Biznes

Buks”, 2006. – S. 15.
3.

Xaydarov M. T. Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar hisobini yuritish tartibi. //Iqtisod va moliya.

2015. 8-son. – B. 61.