436
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
MATERIALLARNI BAHOLASHNING BUXGALTERIYADAGI
AHAMIYATI
Safarov Alisher Ibrohim o‘g‘li
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Moliya va bank ishi kafedrasi o‘qituvchisi
tel:+998 (90)-026-01-01
E-mail: alilionsafarov@gmail.com
Yo‘ldosheva Rayhona Yusuf qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi talabasi
tel:+998 (94)-567-41-10
Email: rayhonyuldasheva0710@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526845
Annotatsiya:
Mazkur maqolada materiallarni baholash usullari va ularning buxgalteriya hisobidagi o‘rni
keng yoritilgan. Korxonalarda materiallar harakatining to‘g‘ri aks ettirilishi, moliyaviy natijalarining
haqqoniylik ko‘rsatilishi uchun baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Har bir usulning o‘ziga xos
jihatlari, ustunlik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliy misollar asosida baholash natijalarining
moliyaviy hisob-kitoblarga ta`siri o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Materiallar, baholash, FIFO, LIFO, o‘rtacha to‘g‘irlangan narx, buxgalteriya hisobi,
moliyaviy hisobot, zaxiralar, qiymat, narx.
Аннотация:
В данной статье освещаются методы оценки материалов и их роль в
бухгалтерском учёте. Для правильного отражения движения материалов на предприятиях и
достоверного представления финансовых результатов используются различные методы оценки, такие
как FIFO, LIFO и средневзвешенная стоимость. В статье проанализированы преимущества и
недостатки каждого метода, а также на практических примерах рассмотрено их влияние на
финансовую отчётность.
Ключевые слова:
материалы, оценка, FIFO, LIFO, средневзвешенная стоимость, бухгалтерский
учёт, финансовая отчётность, запасы, стоимость, цена.
Abstarct:
This article discusses methods of material valuation and their role in accounting. To accurately
reflect the movement of materials in enterprises and to present truthful financial results, various valuation
methods such as FIFO, LIFO, and the weighted average cost are used. The article analyzes the advantages and
disadvantages of each method and examines their impact on financial reporting through practical examples.
Key words:
materials, valuation, FIFO, LIFO, weighted average cost, accounting, financial reporting,
inventory, value, price
.
KIRISH
Buxgalteriya hisobi har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy
vazifalaridan biri-moliyaviy holat va xo‘jalik jarayonlarini haqqoniy, aniq va ishonchli tarzda aks ettirishdir.
Ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan materiallar bu jarayonning ajralmas qismidir.
Materiallarni hisobga olish va baholash korxonaning foydasini rentabelligini va umumiy moliyaviy
ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular materiallar deb
ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, materiallar bir ishlab chiqarish jarayonida o‘zining qiymatini to‘la
ravishda mahsulot tannarxiga o‘tkazadi. Xom – ashyo, asosiy va yordmachi materiallar, yoqilg‘i, extiyot
qismlar korxona aylanma mablag‘larni tashkil qiladi. Aylanma mablag‘larining korxona uchun umumiy
miqdori yuqori tashkilotlar, ya`ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi. Materiallarning har bir turi bo‘yicha
normativ miqdori korxona tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korxonasida
mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishda belgilangan normativga rioya qilinishi
muhim ahamiyatga ega.
Xo‘jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni
kuchaytirish, xujjatsizlikka qarshi kurash, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib
437
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
borish masalalariga alohida e`tibor beriladi. Jumladan, moddiy va mehnat resurslarini to‘g‘ri, tejamli sarflash
xalq xo‘jaligini yanada rivojlantirishda, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim omildir.
Metodologiya:
Ushbu tadqiqot ishimizni yoritishda nazariy tahlil, statistik tahlil, induksiya va deduksiya usullaridan
foydalanildi. Materiallarni baholashning buxgalteriya hisobi va moliyaviy natijalarga ta’sirini chuqur va
kompleks o‘rganish asosida baholash usullari tahlil qilindi. Bu yondashuv asosida aniq ilmiy xulosalar
chiqarilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotga oid adabiyotlar sharhi:
Materiallarni baholash buxgalteriya hisobining muhim tarkibiy qismi
bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanishlar soni ortib bormoqda. Baholash usullarining
moliyaviy hisobotga, soliq hisobiga, va boshqaruv qarorlariga ta’siri masalalari xalqaro va mahalliy olimlar
tomonidan chuqur o‘rganilmoqda.
Xalqaro adabiyotlar:
Xalqaro buxgalteriya hisobidagi yondashuvlar ko‘pincha
MHXS (Xalqaro
moliyaviy hisobot standartlari)
doirasida ko‘rib chiqiladi.
MHXS
2-sonli standarti — “Zaxiralar”—
materiallar, tayyor mahsulotlar va boshqa zaxiralarning baholanishi va hisobga olinishi bo‘yicha asosiy hujjat
hisoblanadi. Bu standartda materiallarni baholashda
FIFO
,
AVECO
va
realizatsiya bo‘yicha sof qiymat
usullari ko‘rsatib o‘tiladi. LIFO esa ushbu standartlar doirasida tan olinmaydi.
1. Satoshi Kumagai “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasida
shunday deydi: “Zaxira (inventar) ham xarajat, ham aktiv (boylik) jihatiga ega. Ko‘plab kompaniyalar zaxira
miqdorini kamaytirishda uning xarajat tomonini hisobga olishgan… Boshqa tomondan esa, zaxira — bu savdo
va qiymatni yaratuvchi, shu orqali pul oqimini oshiruvchi zarur boshqaruv resursidir. Zaxiraning haddan
tashqari kamaytirilishi esa kompaniya faoliyatining samaradorligini pasaytiradi.”
1
2. Kiho Kamiya va Masaaki Ohba (2018) bular ham Tovar moddiy zaxiralar bo`yicha “Foydalilikni
(rentabellikni) hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli.” nomli maqolasida shunday deydilar:
“Ushbu tadqiqot nafaqat xarajat, balki aktiv qiymati nuqtayi nazaridan ham zaxirani baholash uchun,
talabdagi o‘zgarishlar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda, modelni
taklif etadi.”
“Zaxira jarayonning alohida faoliyati sifatida qaraladi va uning qiymati yakuniy mahsulot narxi, sotilish
ehtimoli, resurs yo‘qotishlari hamda amalga oshmagan foydaning noaniqligini inobatga olgan holda
baholanadi.”
Ya’ni, bu olimlar zaxirani baholashda faqat xarajat jihatiga e’tibor bermaslik, balki uni aktiv sifatida ham
ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidlaydi. Shuningdek, yuqori bo‘lmagan (sotilish ehtimoli past) tayyor
mahsulotdan ko‘ra yarim tayyor mahsulot zaxirasi iqtisodiy jihatdan ustun bo‘lishi mumkinligini aniqlashgan.
2
Mahalliy adabiyotlar
Mahalliy olimlardan X. Hasanov maqolalarida Tovar moddiy zaxiralarni baholash
bo’yicha shunday degan: “Budjet tashkilotlarida tovar-moddiy zaxiralar tannarx hamda realizatsiya qilishning
sof qiymatlari asosida baholanadi. Tannarxga boshqa qo‘shimcha xarajatlar kiradi: ular tovar-moddiy
zaxiralarni xarid qilish, qayta ishlash hamda joriy holatiga keltirish uchun ketgan xarajatlar. U shuningdek
budjet tashkilotlari kontekstida “inventarizatsiya o‘tkazish natijasida aniqlangan ortiqcha yoki hisobda aks
etmagan tovar-moddiy zaxiralarni baholash ularning aniqlangan sanadagi joriy qiymatidan kelib chiqib
belgilanadi” deb ta’kidlaydi.
3
Muhokama va natijalar
Materiallarning har bir turini tayyorlash, haqiqiy tannarxini hisoblash ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi.
Shuning uchun ham ko‘pchilik hollarda moddiy boyliklar joriy hisobda-o‘rtacha sotib olinishi bahosi, rejasi,
reja tannarxi bo‘yicha va boshqa baholarda baholanadi. Materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o‘rtacha sotib
olinish bahosi yoki reja tannarxi o‘rtasidagi farq ularning guruhlari bo‘yicha alohida analitik schyotlarda
1
Satoshi Kumagai “
Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli
” nomli maqolasi “Yaponiya Sanoat-
Boshqaruv Assotsiatsiyasi Jurnali”
.2018-y. 221–231 b.
2
Kiho Kamiya va Masaaki Ohba (2018) “
Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli
” nomli maqolasi
“Yaponiya Sanoat Boshqaruvi Assotsiatsiyasi Jurnali”2018-y. 221-231 b.
3
X.Hasanov “Tovar moddiy zaxiralar” bo`yicha “Tadqiqotlar jahon ilmiy-metodik jurnali” jurnali 2023-y.65-67 b.
438
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
hisobga olinadi. Amaliyotda kompyuterlarning keng qo‘llanishi material zahiralari har bir turning haqiqiy
tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadi.
Materiallar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida asosiy resurslardan biri hisoblanadi. Ular
ishlab chiqarish tannarxini shakllantirishda, hisob-kitob yuritishda va korxonaning moliyaviy holatini tahlil
qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, materiallarni baholash masalasi buxgalteriya hisobida alohida
ahamiyatga ega. Turli baholash usullari orqali korxona o‘zining aniq va ishonchli moliyaviy ma`lumotlariga
ega bo‘ladi.
4
Materiallarni sintetik schyotida ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobi joriy bahoda, ya`ni sotib
olinishi(tayyorlash) reja tannarxi, yoki o‘rtacha sotib olinishi bahosi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunday
hollarda, o‘rtadagi farq “Materiallar qiymatidagi farqlar” schyotida aks ettiriladi.
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan material
qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish narxi, import bo’yicha
boj to’lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va vositachilik tashkilotlariga to’lanmalar,
soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek
transport – tayyorlov xarajatlari, xizmat ko’rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar.
5
Materiallarni baholashning asosiy maqsadi — ularning qiymatini to‘g‘ri aniqlab, buxgalteriya hisobida
haqqoniy aks ettirishdir. Bu baholash orqali korxona o‘zining ishlab chiqarish tannarxini aniq hisoblaydi,
daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farqni belgilaydi hamda moliyaviy hisobotlarda ishonchli ma’lumotlarni
taqdim etadi. Shuningdek, bu jarayon soliqqa tortish, audit va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ham katta
ahamiyatga ega.
Materiallarni baholashda turli usullar qo‘llaniladi. Ularning har biri korxonaning hisob siyosatiga mos
ravishda tanlanadi. Asosiy usullar quyidagilardan iborat:
FIFO (First In, First Out) – birinchi kirgan material birinchi chiqadi. Bu usul inflyatsiya sharoitida foydali,
chunki eng eski (arzonroq) narxdagi material birinchi chiqariladi.
LIFO (Last In, First Out) – oxirgi kirgan material birinchi chiqadi. Bu usul inflyatsiya davrida ko‘proq
xarajat ko‘rsatadi va foyda kamayadi.
AVECO usuli – mavjud barcha materiallarning umumiy qiymati va miqdoriga qarab o‘rtacha baho
aniqlanadi. Bu usul oddiy va doimiy narxlarda foydali.
Misol:Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olingan:
6
Sotib olingan sana
Miqdori
(dona)
Narxi
(so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
15.03.2025
1000
600
600
20.03.2025
1700
800
1360
25.03.2025
1500
900
1350
Jami
4200
2300
3310
Хo’jalikda oy mobaynida 2800 m.so’mlik material sarflandi va omborda 1400 m.so’mlik material qoldi.
Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz.
O’rtacha tortilgan (AVECO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining qiymati davr boshiga
qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning o’rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi.
Хo’jalik yurituvchi subyektdagi vaziyatga qarab o’rtachasi davr oxirida yoki har bir qo’shimcha qabul
qilingani bo’yicha hisoblab topiladi.
AVECO usulida materiallarni baholash tartibi
7
4
“Tovar moddiy zaxiralarni baholash tartibi” Yo’ldoshev Suxrob Rustam o’g’li maqolasi.
5
4-BXMS.Tovar moddiy zahiralarini baholash.
6
Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004. B. 268-272.
7
Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004.
439
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1-jadval.
Material sarfi
Miqdori
(dona)
Narxi
( so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
1-partiya
1000
600
600
2-partiya
1700
800
1360
3-partiya
100
900
900
Jami sarflangan
material
2800
788.8
2207
Ombordagi qoldiq
1400
788.8
1103
AVECO usuliga ko‘ra, materiallar o‘rtacha narx — 788.8 so‘m asosida baholandi. Jami 2800 dona
material sarflanib, ularning umumiy qiymati 2 207 000
so‘mni tashkil etdi.Omborda 1400 dona material qoldi
,
ularning qiymati ham shu narx bo‘yicha 1 103 000 so‘m deb baholandi.Bu usul narxlar o‘zgarishini tekislaydi
va xarajatlarni barqaror ko‘rsatadi.Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo’llash
tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVECO usullarini qo’llash ma’qul.Bugungi kunda materiallarni
ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4-BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo’llashni tavsiya
qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab
chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar-material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki
ishlab chiqarilganlardir.
8
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi
2-jadval.
Material sarfi
Miqdori
(dona)
Narxi
( so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
1-partiya
1300
900
900
2-partiya
2000
1100
1660
3-partiya
400
1200
1200
Jami sarflangan
material
3700
3200
3760
Ombordagi qoldiq
1700
1500
1560
FIFO tartibida birinchi kirgan material birinchi chiqariladi, shu asosda 1- va 2- partiya to‘liq. 3-partiya esa
faqat 100 dona sarflangan. Qolgan 1700 dona (3-partiyadan) omborda. Materiallar FIFO usulida to‘g‘ri
baholangan - sarflangan qiymat 3760 ming so‘m, ombordagi qoldiq esa 1560 ming so‘m.Хalqaro andazalar
tomonidan ТMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi
navbatda sotib olingan tovar – material zaxiralar (ТMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga
sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki ishlab
chiqarilganlardir.
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi
9
3-jadval
.
Material sarfi
Miqdori
(dona)
Narxi
(so‘m)
Qiymati
(m.so‘m)
1-partiya
1500
900
1350
2-partiya
1300
800
1040
3-partiya
-
-
-
Jami sarflangan
material
2800
2390
Ombordagi qoldiq
400
800
320
8
O`zbekiston Respublikasi BHMS 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar”
9
Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004.
440
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
LIFO usuliga ko`ra, oxirgi kirgan birinchi sarflanadi. 1- va 2- partiyalar to‘liq sarflangan 1300 dona (2-
partiya) + 1500 dona (1-partiya) = 2800 dona
,
2390 ming so‘m
,
omborda faqat 3-partiyadan 400 dona qolgan
400 dona (3-partiya), 800 so‘mdan = 320 ming so‘m. LIFO bo‘yicha oxirgi kelganlar (2- va 1-partiya) birinchi
sarflandi. Qoldiq faqat 3-partiyadan Shunday qilib, xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallarni ishlab
chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob siyosatida o’z aksini
topmog’i lozim.Materiallarning to‘g‘ri baholanishi korxonaning umumiy moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Agar materiallar noto‘g‘ri baholansa, bu ishlab chiqarish tannarxining noto‘g‘ri hisoblanishiga,
foyda yoki zarar noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga olib keladi. Shuning uchun, buxgalterlar materiallarning harakatini
hisobga olib, baholash usulini to‘g‘ri tanlashi zarur. Bu esa nafaqat ichki hisobotlar, balki soliq organlari va
investorlar uchun ham ishonchli axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa:
Materiallarni baholash buxgalteriya hisobining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. U material
resurslarining haqiqatga yaqin qiymatlarda aks ettirilishini ta’minlaydi. To‘g‘ri tanlangan baholash usuli
nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini aniq belgilash, balki foyda va zarar ko‘rsatkichlarini ishonchli hisoblash
imkonini beradi. Korxona faoliyatining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobining to‘g‘ri
yuritilishiga bog‘liq bo‘lib, bunda materiallarni baholash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, bu
jarayonga professional va mas’uliyat bilan yondashish lozim.Materiallarni baholash usullarining to‘g‘ri
tanlanishi korxonaning moliyaviy barqarorligi, hisobotning haqqoniyligi va soliq strategiyasiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Har bir usulning afzallik va kamchiliklari hisobga olingan holda, korxona o‘ziga mos usulni tanlashi
lozim.
Takliflar:
1. Kichik va o‘rta korxonalar uchun o‘rtacha narx usuli maqbul.
2. Hisobotlarda aniqlik talab qilinadigan hollarda FIFO afzal.
3. Baholash usullarini tanlashda soliqqa tortish tizimi ham hisobga olinishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston respublikasiningh 2016-yil 13-apreldagi “Buxgalteriya hisobi to’g’risidasgi” qonuni O’RQ -
404 sonli.
2.
O`zbekiston Respublikasi BHMS 4-sonli “Tovar-moddiy zaxiralar”
3.
Abduvaxidov F.T., Qo'ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - Т.: TDIU, 2019. – 403.
4.
Zavalishina I. Yangicha buxgalteriya hisobi. T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2004.
5.
Tovar moddiy zaxiralarini baholash tartibi” Yo`ldosheva Suxrob Rustam o’g’li maqolasi “Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences” jurnali
6.
Satoshi Kumagai “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli maqolasi “Yaponiya
Sanoat-Boshqaruv Assotsiatsiyasi Jurnali”.2018-y. 221–231 b.
7.
Kiho Kamiya va Masaaki Ohba (2018) “Foydalilikni hisobga olgan holda zaxirani baholash modeli” nomli
maqolasi“Yaponiya Sanoat Boshqaruvi Assotsiatsiyasi Jurnali”2018-y. 221-231 b.
8.
X.Hasanov “Tovar moddiy zaxiralar” bo`yicha “Tadqiqotlar jahon ilmiy metodik jurnali” jurnalida 2023-
y. 65-67 b.
