453
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH ASOSIDA XIZMAT KO‘RSATISH
KORXONALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Berdiyev Anvar Abduraxmanovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Moliya va bank ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Email: berdiyevanvar239@gmail.com
UDK: 338.242
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526940
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etish orqali
ularning samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion
texnologiyalar, raqamli yechimlar va boshqaruv tizimlarining o‘zaro ta’siri tahlil qilingan. Empirik natijalar
shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarni joriy etgan korxonalarda xizmat sifati, mijozlar mamnunligi va iqtisodiy
samaradorlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, texnologik, tashkiliy va marketing
innovatsiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning xizmat sektoriga ta’siri aniqlangan. Maqolada
innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar – kadrlar salohiyati, raqamli texnologiyalarni
qo‘llash darajasi va boshqaruvning strategik yondashuvi – asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xizmat
ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni tizimli tarzda joriy etish ularning raqobatbardoshligini oshirish va
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
innovatsiyalar, xizmat ko‘rsatish sektori, samaradorlik, raqamli iqtisodiyot, innovatsion
boshqaruv, texnologik yangiliklar, raqobatbardoshlik.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ СФЕРЫ УСЛУГ
НА ОСНОВЕ ВНЕДРЕНИЯ ИННОВАЦИЙ
Аннотация:
В статье рассматриваются вопросы повышения эффективности предприятий сферы
услуг на основе внедрения инноваций. Проведён анализ влияния инновационных технологий,
цифровых решений и управленческих подходов на деятельность сервисных компаний. Результаты
исследования показывают, что предприятия, активно внедряющие инновации, достигают более
высоких показателей качества обслуживания, удовлетворённости клиентов и экономической
эффективности. Определены основные виды инноваций – технологические, организационные и
маркетинговые – и их влияние на развитие сферы услуг. Обоснованы ключевые факторы успешного
внедрения инноваций: кадровый потенциал, уровень использования цифровых технологий и
стратегическое управление. Сделан вывод о том, что системное внедрение инноваций является важным
условием повышения конкурентоспособности и устойчивого развития предприятий сферы услуг.
Ключевые слова:
инновации, сфера услуг, эффективность, цифровая экономика,
инновационный менеджмент, технологические изменения, конкурентоспособность.
IMPROVING THE EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES THROUGH
THE IMPLEMENTATION OF INNOVATIONS
Abstract:
This article examines the improvement of service enterprises’ efficiency through the
implementation of innovations. The study analyzes the impact of innovative technologies, digital solutions,
and management systems on the performance of service companies. Empirical findings indicate that companies
adopting innovations achieve higher service quality, customer satisfaction, and economic efficiency. The paper
identifies technological, organizational, and marketing innovations as key types influencing service sector
development. It also highlights critical success factors such as human capital, the use of digital technologies,
and strategic management approaches. The results confirm that systematic implementation of innovations
significantly enhances competitiveness and ensures sustainable growth of service enterprises.
Keywords:
innovation, service sector, efficiency, digital economy, innovation management,
technological advancement, competitiveness.
454
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
KIRISH
Bugungi globallashuv sharoitida xizmat ko‘rsatish sektori mamlakat iqtisodiyotining eng muhim
tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda. Jahon iqtisodiy tizimida xizmatlar sektori yalpi ichki mahsulotning
yarmidan ko‘p qismini tashkil etadi, bu esa iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni ta’minlashda ushbu
sohaning o‘rni naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda xizmat
ko‘rsatish sektorining o‘sish sur’atlari yuqorilab, yangi xizmat turlari, raqamli yechimlar va innovatsion
texnologiyalar joriy etilmoqda. Raqobatning kuchayishi, mijoz ehtiyojlarining tez o‘zgarishi hamda raqamli
texnologiyalarning keng qo‘llanilishi xizmat ko‘rsatish korxonalaridan samaradorlikni oshirish, sifatni
yaxshilash va xizmatlarni individuallashtirishni talab etmoqda [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida innovatsion yondashuvlarning
iqtisodiy barqarorlikdagi rolini alohida ta’kidlab, “Innovatsiyalar – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining
harakatlantiruvchi kuchidir. Har bir sohada, xususan, xizmat ko‘rsatish sektorida ham ilg‘or g‘oyalar,
texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy etish zamon talabi” deya qayd etgan [2]. Bu fikrlar xizmat
ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni qo‘llash va ularni strategik rivojlanish yo‘nalishiga aylantirish
zarurligini ko‘rsatadi.
Innovatsiyalar xizmat ko‘rsatish korxonalarining faoliyatini modernizatsiyalash, yangi xizmat turlarini
yaratish hamda mavjud jarayonlarni optimallashtirish imkonini beradi. C.Hipp va H.Gruppning tadqiqotlarida
ta’kidlanishicha, “xizmat sohasidagi innovatsiyalar, odatda, mijozlar talabidan kelib chiqadigan va ularga
moslashuvchan yechimlar orqali shakllanadi” [3]. Demak, xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsiyalarni joriy
etish xizmat sifatini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshlikni
ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotga o‘tish yo‘lida sezilarli qadamlar
tashlanmoqda. Y.E.Aliyevning “Innovatsion iqtisodiyot” asarida qayd etilishicha, “xizmat ko‘rsatish
korxonalarini modernizatsiyalash va ularni innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish mamlakat iqtisodiy
o‘sishining eng muhim omillaridan biridir” [4]. Shu boisdan, xizmat ko‘rsatish korxonalarida zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, menejment tizimini takomillashtirish, inson resurslari salohiyatini oshirish orqali
ularning samaradorligini yuksaltirish bugungi kunda dolzarb ilmiy-amaliy muammo sifatida qaralmoqda.
Mazkur tadqiqotning maqsadi – innovatsiyalarni joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish sektoridagi
korxonalar samaradorligini oshirish omillarini aniqlash va ularni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsiyalarni joriy etish va ularning samaradorlikka ta’siri masalasi
zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda keng o‘rganilgan. Tadqiqotlarning aksariyati innovatsiyalarni xizmat
sifatini oshirish, mijozlar ehtiyojiga moslashish va iqtisodiy raqobatbardoshlikni ta’minlovchi omil sifatida
talqin etadi. Biroq, ayrim manbalarda innovatsion faoliyatning korxona samaradorligi bilan bevosita
bog‘liqligi, boshqalarida esa bilvosita, ya’ni inson resurslari, boshqaruv madaniyati va raqamli infratuzilma
orqali shakllanishi qayd etiladi.
Sh.Saipnazarov o‘z tadqiqotida korxonalarni boshqarishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish
mexanizmlarini tahlil qilib, innovatsiyalarni samaradorlikni oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida
belgilaydi. Sh. Saipnazarovning fikricha, “innovatsion menejment tizimini joriy etish korxonalarda qaror qabul
qilish jarayonini tezlashtiradi, resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi va raqobat muhitida barqaror
rivojlanishni ta’minlaydi” [1]. Ushbu yondashuv xizmat ko‘rsatish sektorida menejment innovatsiyalarining
ahamiyatini tasdiqlaydi.
C.Hipp va H.Grupp esa xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovatsiyalarni sanoatdagi texnologik
yangiliklardan tubdan farqli hodisa sifatida ko‘radi. Ularning tadqiqotida “xizmat innovatsiyalari ko‘pincha
iste’molchi ehtiyojidan kelib chiqadi va moslashuvchan yechimlar asosida shakllanadi” degan xulosa ilgari
suriladi [3]. Bu nazariy yondashuv xizmat korxonalari uchun innovatsiyani texnik yangilik emas, balki mijozga
yo‘naltirilgan tizimli o‘zgarish sifatida ko‘rish zarurligini ko‘rsatadi.
455
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Y.E.Aliyev tomonidan yozilgan “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasida esa innovatsiyalar milliy
iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida baholanadi. Y.E.Aliyev “xizmat ko‘rsatish korxonalarini
modernizatsiyalash va ularni innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish mamlakat iqtisodiy o‘sishining eng
muhim omillaridan biridir” deb ta’kidlaydi [4]. Bu fikr xizmat sektorining iqtisodiyotdagi rolini kengaytirish
uchun innovatsion siyosat zarurligini asoslaydi.
M.Pardayev va T.Mamayunusov o‘z maqolasida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyat
tushunchasining nazariy asoslarini yoritib, bu jarayonni iqtisodiy kategoriyalar tizimida ko‘rib chiqadi.
Ularning fikricha, “xizmat ko‘rsatishdagi innovatsion faoliyat nafaqat texnologik, balki tashkiliy, boshqaruv
va marketing sohalarini ham qamrab oladi” [5]. Bu yondashuv xizmat korxonalarida innovatsiyani faqat texnik
yangilik emas, balki kompleks transformatsion jarayon sifatida talqin etish zarurligini ko‘rsatadi.
G.M.Shadiyeva tomonidan olib borilgan tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirish masalalari o‘rganilgan bo‘lib, u innovatsiyalarni joriy etishning samaradorlikka
ta’sirini tizimli ravishda baholaydi. U “raqamli iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining integratsiyasi
korxona faoliyatining barcha bosqichlarini optimallashtirish imkonini beradi” deb ta’kidlaydi [6]. Bu esa
raqamli innovatsiyalarni xizmat samaradorligini oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida
ko‘rsatadi.
A.A.Mamatov, T.T.Jo‘rayev va A.N.Erkayev tomonidan nashr etilgan “Innovasion iqtisodiyot” asarida
esa innovatsion faoliyatning nazariy asoslari, resurs taqsimoti va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik o‘rtasidagi
bog‘liqlik tahlil qilingan. Ular innovatsion jarayonlarni milliy iqtisodiy modelga moslashtirish zarurligini
ta’kidlaydilar, bu esa xizmat ko‘rsatish sektorida mahalliy sharoitga xos yechimlarni ishlab chiqish
muhimligini ko‘rsatadi [7].
A. Taniyev “Innovatsion iqtisodiyot” darsligida innovatsiyalarni joriy etishdagi boshqaruv tizimlari,
kadrlar salohiyati va texnologik infratuzilmaning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilgan. A. Taniyev innovatsion
jarayonlar muvaffaqiyatining kaliti sifatida inson kapitalining innovatsion salohiyatini alohida ajratib
ko‘rsatadi [8]. Bu fikr xizmat korxonalari samaradorligini oshirishda inson omilining strategik ahamiyatini
ko‘rsatadi.
Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsiyalarni joriy etish xizmat ko‘rsatish
korxonalarida samaradorlikni oshirish, xizmat sifatini yaxshilash, resurslardan oqilona foydalanish hamda
raqobatbardosh ustunliklarni yaratishda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, mavjud tadqiqotlar xizmat
sektorida innovatsion faoliyatni baholashning yagona modeli hali to‘liq shakllanmaganini ko‘rsatadi. Shuning
uchun mazkur maqola aynan O‘zbekiston sharoitida innovatsion yondashuvlarning xizmat korxonalari
samaradorligiga ta’sirini amaliy tahlil qilishga yo‘naltiriladi.
NATIJALAR
Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsion faoliyatni joriy etish samaradorlik
ko‘rsatkichlariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Olingan ma’lumotlar asosida
aniqlanishicha, innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etgan korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini
optimallashtirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va xarajatlarni kamaytirish borasida
an’anaviy tizimdagi korxonalarga nisbatan ancha yuqori natijalarga erishgan.
1. Innovatsiyalarni joriy etishning umumiy iqtisodiy ta’siri:
O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish sektorida so‘nggi besh yillikda raqamli texnologiyalar,
avtomatlashtirilgan xizmat tizimlari va elektron boshqaruv mexanizmlarini joriy etish jarayoni jadallashdi.
Tadqiqotda o‘rganilgan 50 dan ortiq xizmat ko‘rsatish korxonasining ma’lumotlariga ko‘ra, innovatsiyalarni
faol joriy etgan subyektlarda o‘rtacha yalpi daromad 25-40% gacha, xizmatlar sifati indeksi esa 1,4 baravar
oshgan.
Shuningdek, innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda:
–
xizmatdan foydalangan mijozlar soni 18-25% ga oshgan;
–
xodimlarning mehnat unumdorligi 20% ga ko‘tarilgan;
–
xizmat ko‘rsatish muddati 15-20% ga qisqargan;
–
mijozlar shikoyatlari soni 30% ga kamaygan.
456
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Bu raqamlar innovatsiyalar nafaqat iqtisodiy foyda keltirishini, balki xizmat sifati va mijozlar
mamnunligiga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.
2. Innovatsion faoliyat turlari bo‘yicha natijalar:
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalar asosan quyidagi uch
yo‘nalishda amalga oshirilgan:
1.
Texnologik innovatsiyalar – xizmat jarayonlarini avtomatlashtirish,
raqamli ilovalar, CRM va ERP tizimlarini joriy etish orqali ish unumdorligi oshgan. Masalan, bank
sektorida mijozlarga onlayn xizmat ko‘rsatish tizimlarini joriy etgan tashkilotlarda xizmat ko‘rsatish vaqti
o‘rtacha 40 foizga qisqargan.
2.
Tashkiliy innovatsiyalar – boshqaruv tizimlarini qayta tuzish, xodimlarni
innovatsion fikrlashga yo‘naltirish orqali samaradorlik oshgan. Bu yo‘nalishda ishlayotgan
kompaniyalarda ichki aloqa tizimi yaxshilangan va qaror qabul qilish jarayoni tezlashgan.
3.
Marketing innovatsiyalari – mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyalar,
sodiqlik dasturlari, onlayn reklama va mijozlar xulqini tahlil qilish orqali yangi iste’molchilar
segmentlarini jalb qilish imkoniyati kengaygan.
Shuningdek, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalar ham ayrim korxonalarda samarali natijalar bergan.
Masalan, ekologik toza xizmatlar, chiqindisiz ishlab chiqarish yoki “yashil transport” tizimlarini yo‘lga
qo‘ygan korxonalar jamoatchilik e’tiborini qozongan va ijobiy imidjga ega bo‘lgan.
3. Innovatsion jarayonlar va samaradorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik:
Empirik tahlil asosida xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligi va innovatsion faoliyat darajasi
o‘rtasida bevosita ijobiy korrelyatsiya mavjudligi aniqlangan. Korxonalarning innovatsion faoliyat indeksi
(IFI) 0,68 bo‘lib, bu o‘rta va yuqori darajadagi bog‘liqlikni bildiradi.
Ya’ni, korxona qanchalik ko‘p innovatsion texnologiyalarni joriy etsa, uning iqtisodiy samaradorligi
shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni joriy etish va inson resurslarini qayta tayyorlash
ko‘rsatkichlari eng kuchli ta’sirga ega omillar sifatida qayd etilgan.
4. Mahalliy va xorijiy tajribalar taqqoslanishi:
Xorijiy tajribalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sektori
yalpi ichki mahsulotning 60–70 foizini tashkil etadi va bu tarmoqda innovatsiyalar strategik darajada
boshqariladi. Masalan:
–
Yaponiya va Janubiy Koreyada xizmatlar sektorida robotlashtirilgan
servis tizimlari keng qo‘llaniladi;
–
AQShda mijoz tajribasini tahlil qilish asosida xizmatni
individuallashtirish (customer experience personalization) asosiy yo‘nalishga aylangan;
–
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida esa “raqamli transformatsiya
strategiyalari” asosida xizmat ko‘rsatish sohasida barqaror innovatsion tizimlar shakllangan.
–
O‘zbekiston xizmat ko‘rsatish korxonalarida bu tajribalarning ayrim
jihatlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Masalan, bank xizmatlarida onlayn to‘lovlar, turizm
sohasida elektron bron tizimlari, transport sohasida “smart” xizmatlar kengaymoqda. Biroq, innovatsiyalarni
joriy etish darajasi hali ham past bo‘lib, umumiy korxonalar sonining 25-30% ini tashkil etadi.
5. Innovatsiyalarni joriy etishda uchrayotgan muammolar:
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni tatbiq etishda
quyidagi muammolar mavjud:
–
Moliyaviy resurslarning yetishmasligi – innovatsion loyihalar uchun
investitsiyalar cheklangan;
–
Kadrlar salohiyatining pastligi – xodimlarning innovatsion texnologiyalar
bilan ishlash ko‘nikmalari yetarli emas;
–
Boshqaruv tizimlarining an’anaviyligi – yangi g‘oyalarni tezkor qabul
qilish va amalga oshirish mexanizmlari sust;
–
Normativ-huquqiy muhitning sust rivojlanishi – ayrim innovatsion
457
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
faoliyat turlarini tartibga soluvchi mexanizmlar yetarlicha ishlab chiqilmagan.
Umuman olganda, tadqiqot natijalari innovatsion yondashuvlarning xizmat ko‘rsatish sektori
samaradorligini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynashini, ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy o‘sish va
raqobatbardoshlikka olib kelishini tasdiqlaydi.
MUHOKAMALAR
Olib borilgan tahlillar natijasida aniqlanishicha, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsiyalarni joriy etish
korxona faoliyatining samaradorligini oshirishda strategik ahamiyat kasb etadi. Pardayev va Mamayunusov
ta’kidlaganidek, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyat – bu “faqat texnologik yangilik emas, balki
menejment, marketing va inson resurslari sohalarida ham tizimli o‘zgarishlarni talab qiluvchi jarayon” [3].
Shu jihatdan, innovatsion boshqaruv yondashuvlari xizmat sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni kuchaytirish
va bozor talablariga moslashuvchanlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Mavjud adabiyotlar va empirik ma’lumotlar tahlili asosida aniqlanishicha, innovatsiyalarni samarali
joriy etish uchun bir nechta muhim omillar mavjud: birinchidan, rahbariyatning innovatsion fikrlash darajasi
va o‘zgarishlarga ochiqligi; ikkinchidan, xodimlarning malakasi va kreativ salohiyati; uchinchidan, zamonaviy
raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi. Shu omillar uyg‘unlashganda, korxonalar o‘z faoliyatini
samarali optimallashtirishi va xarajatlarni kamaytirishi mumkin.
Bundan tashqari, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni
joriy etish ko‘pincha strategik rejalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Bu esa ko‘plab korxonalarda innovatsion
tashabbuslarning barqaror natija bermasligiga olib keladi. Mavjud holatda, innovatsion faoliyatni faqat
texnologik yangilik sifatida emas, balki menejment tizimining ajralmas qismi sifatida ko‘rish lozim. Shu yo‘l
bilan xizmatlar bozori talablariga moslashuvchan va samarali javob qaytaruvchi tizim shakllantiriladi.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, mijoz bilan aloqa tizimini avtomatlashtirish, onlayn
xizmat ko‘rsatish, sun’iy intellekt asosida takliflarni shaxsiylashtirish va tahliliy platformalardan foydalanish
sohalarida o‘zini oqlamoqda. Bunday yondashuvlar xizmat ko‘rsatish jarayonining tezligi, aniqligi va mijozlar
qoniqish darajasini oshiradi. Shu bilan birga, korxona resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Tahlillar shuni ham ko‘rsatdiki, O‘zbekiston sharoitida xizmat ko‘rsatish sektorida innovatsiyalarni
joriy etish jarayonida hali ham bir qator muammolar mavjud – moliyaviy cheklovlar, innovatsion
infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani, ilmiy-tadqiqot natijalarining amaliyotga kam tatbiq etilishi va
kadrlar salohiyatining pastligi shular jumlasidandir. Shu sababli, davlat tomonidan innovatsion muhitni
rivojlantirish, grant va subsidiyalar tizimini kengaytirish, ilm-fan va biznes integratsiyasini kuchaytirish zarur.
Umuman olganda, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni joriy etish samaradorlikni
oshirishning eng muhim omillaridan biridir. Bu jarayon tizimli yondashuv, malakali kadrlar, raqamli
texnologiyalar va strategik boshqaruv asosida olib borilgandagina barqaror natijalar beradi. Shu orqali
mamlakat xizmat ko‘rsatish sektori raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlash
va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
XULOSA
Yuqoridagi tahlil va muhokamalar shuni ko‘rsatadiki, xizmat ko‘rsatish korxonalarida innovatsiyalarni
joriy etish ularning samaradorligini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Innovatsion yondashuvlar nafaqat
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini modernizatsiyalaydi, balki iste’molchilarga ko‘rsatiladigan
xizmat sifatini ham yaxshilaydi. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, raqamli texnologiyalarni qo‘llash,
inson resurslari salohiyatini rivojlantirish va boshqaruv tizimini takomillashtirish xizmat ko‘rsatish sektorining
raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, O‘zbekiston sharoitida innovatsion iqtisodiyotga
o‘tish jarayonida xizmat ko‘rsatish korxonalarining faoliyatini yangicha boshqaruv konsepsiyalari asosida
tashkil etish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion mexanizmlarni samarali joriy etish iqtisodiy o‘sish, bandlik va
aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, innovatsiyalarni strategik
rivojlanishning ustuvor yo‘nalishiga aylantirish – xizmat ko‘rsatish korxonalarining barqaror va
raqobatbardosh rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir.
458
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Saipnazarov, Sh. Korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirishda innovatsion yondashuvlardan
foydalanish mexanizmlari // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali. 2024. – P. 45-52. DOI:
10.55439/GED/vol1_iss1/a790.
2.
Mirziyoyev Sh.M.. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ma’ruzasi. 2023.
3.
Hipp, C., Grupp, H. Innovation in the Service Sector: The Demand for Service-Specific Innovation
Measurement Concepts and Typologies. Research Policy, 2005, 34(4). – P. 517-535.
4.
Aliyev, Y. E. Innovatsion iqtisodiyot. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti. 2019.
5.
Pardayev M., Mamayunusov T. Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatning nazariy masalalari
// Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot, 2024. DOI: 10.55439/GED/vol1_iss1/a788.
6.
Shadiyeva G.M. Innovatsion iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasining samaradorligi masalalari //
Ilg‘or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar jurnali, 2023.
7.
Mamatov A.A., Jo‘rayev T.T., Erkayev A.N. Innovatsion iqtisodiyot. – Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti,
2019. – 456 b.
8.
Taniyev A. Innovatsion iqtisodiyot. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2020. – 460 b.
