Авторы

  • Abbos Dursoatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138862

Аннотация

Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasini, uning oddiy moliyasi tizimidan farqlari va afzalliklari bayon qilinganman. Dunyo islomiy moliya bozori holatining, unda islom banklarining tutgan o’rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o’rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari ko’rsatilgan va ularni bartaraf etish yo’nalishlari taklif etilgandir.

background image

480

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

ISLOM MOLIYA TIZIMI IMKONIYATLARIDAN O’ZBEKISTON

IQTISODIYOTIDA FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI

Dursoatov Abbos Ulug‘bek o‘g‘li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi

Email adres: abbosdursoatov@gmail.com

Telefon raqami: +998946991224

https://doi.org/10.5281/zenodo.17527028

Annotatsiya:

Ushbu maqolada islomiy moliya tushunchasini, uning oddiy moliyasi tizimidan farqlari

va afzalliklari bayon qilinganman. Dunyo islomiy moliya bozori holatining, unda islom banklarining tutgan
o’rni tahlil qilingan. Xalqaro tajribalar o’rganilib, aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish muammolari
ko’rsatilgan va ularni bartaraf etish yo’nalishlari taklif etilgandir.

Kalit so’zlar:

Islom, Islomiy moliya, Ribo, Qo’shimcha qiymat, islomiy iqtisodiyot, Qur’on va sunnat,

Kontinental, Anglo-sakson, Murobaha, Ijara,) Istisna, Salaam, Musharaka, Mudoraba, Sukuk, Zakot, Sadaqa,
Qarz ul Hasan, Vaqf, inqiroz, islomiy sug’urta.

Annotation:

This article describes the concept of Islamic finance, its differences from and advantages

over the conventional financial system. The state of the global Islamic finance market and the role of Islamic
banks within it are analyzed. International experiences are studied, the problems of population's access to
financial services are highlighted, and directions for their resolution are proposed.

Key words:

Islam, Islamic finance, Riba, Value addition, Islamic economics, Quran and Sunnah,

Continental, Anglo-Saxon, Murabaha, Ijara, Istisna, Salam, Musharaka, Mudaraba, Sukuk, Zakat, Sadaqah,
Qard al-Hasan, Waqf, crisis, Islamic insurance.

Аннотация:

В данной статье раскрывается понятие исламских финансов, их различия и

преимущества по сравнению с традиционной финансовой системой. Проанализировано состояние
мирового рынка исламских финансов и место в нем исламских банков. Изучен международный опыт,
показаны проблемы доступа населения к финансовым услугам и предложены направления для их
решения.

Ключевые слова

: Ислам, исламские финансы, риба, добавленная стоимость, исламская

экономика, Коран и Сунна, континентальная модель, англо-саксонская модель, мурабаха, иджара,
истисна, салям, мушарака, мудараба, сукук, закят, садака, кард аль-хасан, вакф, кризис, исламское
страхование (такафул).

Kirish:

Butun dunyoda ikki miliarddan ortiq musulmonlar yashaydi va ular uchun foizlardan

foydalanish mumkin emas. Lekin, hozirgi dunyomizda insonning e’tiqodi uni moliya xizmatlaridan
foydalanishdan to’sa olmaydi. Kimdir an’anaviy kredit olishni istamasa, u inson uchun dunyoning ko’p
mamlakatlarida muqobil variantlar taklif etiladi. Sababi, hamma teng imkoniyatlardan foydalanishi kerak
(demokratiya tamoyili) va jamiyatda paydo bo’ladigan bunday imkoniyatlar inklyuziv rivojlanish, ya’ni
jamiyat a’zolari o’rtasida adolat bilan taqsimlangan va barcha uchun teng imkoniyatlar beruvchi iqtisodiy
rivojlanishga yo’l ochadi. Respublikamizda ham aholining asosiy qismi, ya’ni 90 foizdan ortig‘i
musulmonlardan iborat ekanligini e’tiborga olsak, Islom moliyasi xizmatlarining joriy etilishi va rivojlanishi
Xalqimizning moliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero,
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish
faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son qonuni[3]ning qabul qilinishi va bu qonunga asosan islom moliya
xizmatlarining nobank moliya muassasalarida joriy etilishi bu boradagi amalga oshirilayotgan islohotlardan
biri hisoblanadi.

Asosiy qism:

Islom iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo’lgan islomiy moliya tizimi haqida fikr yuritilar

ekan, so’z an’anaviy nuqtainazardagi moliya tizimi haqida emas, balki islomiy moliyaviy muassasa va
vositalarning uyg’unligi talqinidagi tizim haqida borayotganini nazarda tutish lozim bo’ladi. An’anaviy
tushunchadagi moliya tizimi haqida so’z yuritishning so’z yuritishning yanglishligi shundaki, jahonda faqat
bir mamlakat – Sudanda moliyaviy sektor butkul islomiylashtirilgan. Aksariyat mamlakatlarda islomiy moliya


background image

481

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

muassasalari mavjud an’anaviy tizimning bir qismi hisoblanadi. Islomiy moliyaning tuzilishi qarzdan olingan
har qanday daromadni (riba) taqiqlash va daromadning qonuniyligi atrofida aylanadi.

Ribo - qarzdordan mukofot sifatida olinadigan o'sishdir. Bu pulni pulga almashtirish yoki to'lovni

kechiktirish hisobiga ssuda qarzlarni sotish bo'yicha kelishilgan narxga qo'shish bilan bog'liq operatsiyalar
bo'yicha daromadni anglatadi.

Iqtisodiyotda nomutanosiblik keltirib chiqaradiganligi sababli shariat buni man qilgan. Chunki foizlarni

to'lash bilan bog'liq barcha operatsiyalar qat'iyan man etilad. Riboning mohiyatini iqtisodiy ko’rsatkichlar
orqali yana ham aniqroq tushunish mumkin. Qo’shimcha qiymat – sotib olingan mahsulot qiymati (ya’ni har
bir ishlab chiqaruchi (firma) boshqasidan sotib olingan tovarning qiymati) va uni sotishdan kelib tushgan
umumiy tushum o’rtasidagi farqdir. Pulga doir qo’shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog’liq.

Pulga doir qo’shimcha qiymat sof moliyaviy bitimlar bilan bog’liq. Voqelikdagi tovar yoki

xizmatlarning to’lovini ta’minlamaydigan moliyaviy vositalarni olish va sotish ham unga kiradi. Moliyaviy
vositalar xarid bahosi va ularni sotish bahosi o’rtasidagi farq o’zida pullik qo’shimcha qiymatni ifodalaydi. Bu
bitimlar YAIM (yalpi ichki mahsulot) miqdorini o’zgartirmaydi hamda iqtisodiy agentlar o’rtasida pul
mablag’larini qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi. Mana shu pullik qo’shimcha qiymat ribboning o’zidir (bir
valyutani ikkinchi valyutaga almashtirish va pul o’tkazmalari bundan mustasno) Islom yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatuvchi tartiblarni taklif etadi va inson hayotining barcha jabhalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlar (muomala) uchun qoidalar majmuiga rioya etishga amr qiladi. Faqat so‘nggi bir necha o‘n
yillikda ushbu moliyaviy va iqtisodiy nizom hamda me’yorlarni zamonaviy tahliliy atamalar nuqtai nazaridan
izohlash uchun jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilganiga qaramay va ko‘plab tadqiqotlar chop etilgan bo‘lsa-
da, baribir «islomiy moliya» yoki «islomiy iqtisodiyot» singari «islomiy» atama qo‘shilgan turli ijtimoiy
fanlarga nisbatan aniq ta’rifni qo‘llash yuzasidan ayrim chalkashliklar saqlanib turibdi. Mana shunday
tizimning turli jabhalarini bir butun sifatida emas, balki alohida ko’ribchiqish tendensiyasi buning asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi Tahlil va natijalar. Islom huquq tizimida, musulmonlar turmush tarzini tartibga
soluvchi qonun-qoidalar yig’indisi – Shariat orqali davlat boshqaruvi va jamiyat farovonligi ta’minlanadi. Bu
huquq tizimida asosiy manba sifatida Qur’on va sunnatga tayaniladi. Hukumlar aynan Qur’on va sunnatdan
olinadi. Bundan tashqari, ijmo ham huquq manbasi sifatida foydalaniladi.























background image

482

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Har qanday davlatda huquq tizimlari mavjud va ularni uchta katta guruhga bo’lish mumkin (1-

rasm):



















Islom moliyasi bu hozirgi kunda butun boshli bir zamonaviy tizim, o’z ichiga turli xil banklarni, sug’urta

korxonalari, konsalting kompaniyalari va hokozolarni qamrab oladi. Bunday muassasalarning moliyalashtirish
amaliyoti ostida savdo (mijoz talabiga ko’ra: bino qurib berish, asbob – uskunalar, tovar va xomashyo
materiallar) yotadi. An’anaviy banklarning savdo amaliyoti bilan shug’ullanishi esa qonunan ta’qiqlangan.
Tijoriy muomala – bu real iqtisodiy fiqh, bunda oldi – sotdilar bo’lib o’tadi. Har qanday foyda va naf
keltiradigan amaliyotlar bajariladi. Islom moliyasida kredit berib pul topish ta’qiqlanganligi sababli,
iqtisodiyot rivojiga xizmat qiluvchi bir necha alternativ instrumenrtlar yaratilgan va ular orqali pul oxir oqibat
real iqtisodiyotga tarqaladi. Quyida islom moliyasi asosiy muomala turlari keltirilgan: 1) Murobaha – bu
savdoning bir ko’rinishi. Unda aktiv sotib olinadi va sotiladi; 2)Ijara – aktiv sotib olib ikkinchi tomonga ijaraga
beriladi. Bunda ijaraga beruvchi ijaraga berib foyda oladi, ijaraga oluvchi undan foydalanishdan manfaatdor
bo’ladi. 3) Istisna – yo’q narsaga pul tikish. ( loyihani moliyalashtirish). Qurilayotgan (paydo bo’layotgan)
hali yaratilmagan aktivlarni moliyalashtirish. 4) Salaam – qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, ya’ni hosilni
fermerdan oldindan sotib olish; 5) Musharaka – sherikchilik;

6) Mudoraba – bunda niznes qilish qobiliyatiga ega bo’lmagan, lekin mablag’i bor shaxs bilan biznes

qilish qobiliyatiga (biznes sir-asrorlarini biladi) ega bo’lgan shaxslarning shartnoma tuzib birlashishidir. Bunda
bir shaxs biznesga pulini tikadi, ikkinchi tomon esa qobiliyatini tikadi; 7) Sukuk – qimmatbaho qog’ozlar,
ya’ni investitsiyalar. Notijoriy muomala – bunda, asosan kambag’allarga yordam beriladi. Dunyoviy jihatdan,
boylik insonga tegishli hisoblanadi. Islomda esa, boylik har bir insonga vaqtincha berilgan va shu vaqtincha
berilgan boylikning ham bir qismi kambag’allarning haqqi hisoblanadi. Bunday qarash, o’z navbatida
iqtisodiyotda juda katta ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sababi bir tarafdan kambag’allarning ahvoli yaxshilansa
boshqa tarfdan kambag’allar u pullarni bozorda ishlatadi (tovar yoki xizmatlardan foydalanadi). Shu tariqa pul
yana real iqtisodga qaytadi va aylanishda davom etadi.Yoki ana’naviy moliya tizimda baland kredit
reytingdagi kompaniya va korxonalar mablag’larni arzon narxlarda jalb qilishadi. Biroq oddiy jismoniy yoki
kichik bizneslar uchun bank va moliya institutlari katta foizlardagi kreditlar berishadi. Ular qilayotgan
daromadlari foiz to’lash bilan tamom bo’ladi. Umuman olganda, yangi Startuplar, kichik biznes (mikro
darajadi), beva yoki ajrashgan ayollar va muhtojlarga bank kredit bermaydi. Islomiy moliyadagi notijoriy
instrumentlar orqali yuqoridagi muammolarni yechish mumkin. (3-rasmga qarang) 1) Zakot – Har yili (bir
yilda bir marta, asosan Ramazon oyida) boylarning 2,5 foizgacha bo’lgan boyligi to’g’ridan to’g’ri

Kontinental

Anglo-sakson

Islom

Kodekslarga

asoslangan –
O’zbekiston,

ko’pgina Yevropa va

dunyo mamlakatlari

shu tizimda ishlaydi.

Ularda qonunqoidalar

konstitutsiya,

kodeklar, qonunlar

bilan

belgilanadi.

Sud

pretsedentlariga

asoslangan, ularda

qonunlar yo’q,

huquq kitoblari

sudning qarorlariga

o’xshaydi.

Shariatga asoslangan

– bu huquq tizimidan

to’la

foydalanilanadigan bir

nechta mamlakatlar

bor. Masalan, Saudiya

Arabistoni.


background image

483

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

kambag’allarga beriladi. 2) Sadaqa –Boylar kambag’allarga sadaqa qilishadi (har oy, har hafta va h.k.). Sodda
qilib aytganda, Qarz ul Hasan bu instrument qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. 3)– bu kafolatlangan foizsiz
qarz. Ma’lum muddatga hech qanday foizlarsiz jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi. 4) Vaqf –
makroiqtisodiy ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu pullarga tarixdan yo’llar, o’quv markazlar,
karvonsaroylar qurilgan. Islomiy va an’anaviy moliyalashtirish o’rtasidagi farq. Iqtisodiyotning ijtimoiy
yo’naltirilganligi bu xo’jalik faoliyati natijalarini adolatli taqsimlashdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun
iqtisodiyotning real sektori rivojlangan va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishilgan bo’lishi kerak.

Yuqorida ta’kidlanganidek, islom moliyasi bozor iqtisodiyotini rad etmaydi va xususiy mulkchilikni tan

oladi va rag’batlantiradi. Shunday ekan ikki xil: islomiy va kapitalistik iqtisodiyotlarni farqlashimiz mumkin.
Kapitalistik iqtisodiyotda shaxs :

Istalgan qarorlarni qabul qiladi;

Erkinligi cheklanmaydi;

Agar biror cheklov bo’ladigan taqdirda ham undan biror demokratik qonunchilik vositasida xalos

bo’ladi. Cheklovlarning mutlaqo yo’qligi jamiyatda nomuvofiq ishlarni keltirib chiqaradi:

Foizlar;

Qimor o’yinlari;

Boylikni kamchilik insonlar qo’lida to’planib monopoliya ko’rinishiga kelishi;

noaxloqiy va zararli vositalar ko’magi bilan bir – birlarini eksplatatsiya qilish;

Bir guruh insonlarning boqmandalikka berilib ketishi;

noqonuniy tovar va xizmatlar bilan amaliyotlar bajariladi;

qisqa sotuvlar rivojlanadi;

pul o’zidan o’zi ko’payadi;

inflatsiya yildan yilga oshadi;

jilovlab bo’lmaydigan darajadagi foyda olish monopoliyalari paydo bo’ladi.

Yuqoridagi omillar sababli iqtisodiyotda bozorning ta’siri yo’qoladi, yoki hech bo’lmaganda

kuchsizlanib ketadi. Moliyaviy kapitalizmda bank va moliyaviy muassasalar faqat pullar, yoxud monetar
majburiyatlarni oldi – sotdisi bilan shug’ullanishadi. Islom moliyasida esa, voqelikdagi (real) aktivlar
moliyalashtiriladi. Bunda, pul savdo predmeti sifatida tan olinmaydi. Pulning o’zi hech qanday qiymatga, yoki
naflilikka ega emas. U shunchaki tovar yoki xizmatlarning puldagi ifodasidir. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak,
tovar (qalam, kitob, biror bir texnika, oziq-ovqat) va xizmatlar (sartaroshlik, tikuvchilik, ma’lum tovarni
yetkazib berish) oxir oqibat qandaydir qiymat yaratadi. Ulardan foydalanamiz. Pulni o’zini esa hech nima qilib
bo’lmaydi.

Iste’mol qilolmaymiz, ishlarimizni yengillashtira olmaymiz. Oddiy banklarda kreditlar tovar

aylanmasidan tashqarida ko’payuvchi qo’shimcha pul massasini yaratishi real sektorga nisbatan pul
massasining ko’payib ketishiga sabab bo’ladi, bu esa o’z navbatida inflatsiyani kuchaytiradi va bunday
nomuvofiqlik hisobiga xom ashyo va xizmatlarning bahosi o’sadi. Shuning uchun ham, kredit-qarz
amaliyotlaridan olingan foyda (pulning qo’shimcha qiymati) man etilgan. Shunday qilib, real aktivlarga
asoslangan muqobil islomiy moliyalashtirish jarayonida voqelikdagi (real) qo’shimcha qiymat yuzaga keladi.
Bundan tashqari 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz natijasida iqtisodiyotda real sektorini moliyalashtirish
bilan bog’liq bir qancha muammolar yuzaga keldi. Ushbu yo’nalishda ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita
bog’liq va mavjud xatarlarni bartaraf etish imkonini beruvchi islom moliyaviy vositalar muhimo’rin
egallamoqda. Shunday ekan, ushbu tizim moliyaviy xizmatlarni ko’rsatish jarayonida xosil bo’ladigan
konfliktlarni samarali bartaraf etishlari va jahon iqtisodiyotida kamayib borayotgan real tovarlar va xizmatlar
segmentlarini qo’llabquvvatlashni yirik islom korporatsiyalari o’zlarining siyosiy va iqtisodiy qarorlarida
e’tiborga olishi lozim. Islom Taraqqiyot Banki (IsDB) va uning guruhi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar, xususan
Xususiy Tarmoqni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi (ICD), Xalqaro islom savdo moliya korporatsiyasi
(ITFC) va Islom tadqiqotlar va treninglar instituti (IRTI) mamlakatda islom moliyasi rivojlanishida o’z
hissalarini qo’shgan holda, hozirgi kunga qadar 2 milliard AQSh dollaridan ziyod mablag’ni Islomiy moliya


background image

484

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

tamoyillari asosida moliyalashtirish maqsadlariga yo’naltirgan. Bundan tashkari, O’zbekistondagi bir nechta
oliy o’quv yurtlari o’z ta’lim dasturlarini Islom moliyasiga doir fanlarni hisobga olgan holda tayyorlay
boshladi. Shuningdek, joriy qonunchilikdan kelib chiqqan holda biznes vakillari ham islom moliya
xizmatlarini taklif kilishni boshlab yubordi. O’zbekistonda qator islomiy lizing kompaniyalar faoliyat
ko’rsatmoqda. Jumladan, 2019 yilda mamlakatda birinchi «O’zaro» islomiy sug’urta kompaniyasi o’z
faoliyatini boshladi. O’zbekistondagina emas, balki MDH davlatlari ichida birinchilardan bo’lgan elektron-
Murabaxa (Murabaxa savdo bitimi asosidagi moliyaviy mahsulot) platformasi ishlab chiqildi. IsBF (Islamic
Business and Finance) nomli birinchi Islom moliya masalalari bilan shug’ullanuvchi kompaniya (asosiy
faoliyati ushbu sohada konsalting xizmatlari ko’rsatish) tashkil etildi, islom moliyasi sohasida aholi
savodxonligini oshirish maqsadida “Islom moliyasi” Telegram sahifasi va veb sayti ishga tushirildi. Taiba
Lizing va Al-Mulk Kapital kabi lizing kompaniyalari esa kichik va o’rta biznes vakillariga Islom tamoyillari
asosidagi ijara mahsulotlari taqdim qilishni davom ettirmokda. Shuningdek, ta’lim sohasida ham sezilarli ishlar
amalga oshirildi. O’zbekistonda Islom moliyasi bo’yicha bir qancha treninglar o’tkazildi, o’zbek tilida Islom
moliyasiga oid kitoblar nashr etildi. Malayziyalik professor Sudin Horunning «Islomiy moliyalar va bank
tizimi: Falsafasi, tamoyillari va amaliyoti», qozog’istonlik iqtisodchi Yerlan Baydauletning «Islomiy moliya
asoslari» va rossiyalik Rinat Bekkinning «Islom iqtisodiy modeli va zamon» kitoblari shular jumlasidandir.
Shuningdek, mamlakatda islom moliya xizmatlariga bo’lgan talabning yuqoriligini inobatga olgan holda
ICDning Maslahat guruhi hozirgi kunda O’zbekistonning 6 ta tijorat banki, jumladan, Kapitalbank, Trastbank,
Aziya Alyans bank, Agrobank, Qishloq Qurilish bank va Ipak Yo’li banklarida Islom darchalari (Islomiy
moliya xizmatlari ko’rsatuvchi shoxobcha) ochish bo’yicha ish olib bormoqda. Ushbu darchalar 2021 yilning
boshida ishga tushishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Aloqabank, Xalq banki, Universal bank va Davr
banklarda ham islom darchalari ochilishi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Xulosa va takliflar

. O’zbekistronda islomiy moliya tizimini keng joriy etish, aholi va yuridik shaxslarni

islom moliya xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirilishida quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq
bo’ladi. – Islom banklari faoliyati va islom bank xizmatlari bo’yicha mavjud xorijiy davlatlarning
tajribalaridan foydalanilgan holda zudlik bilan milliy qonunchilik va me’yoriy hujjatlardan qabul qilish; –
Ushbu sohada istiqbolli kadrlarni oliy ta’lim tizimida alohida yo’nalishlar ochgan holda tayyorlash; –
Ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlaridan keng foydalanilgan holda aholining savodxonligini
oshirish; – Yangi davr banki sifatida ochilayotgan istiqbolli raqamli (Anor bank, TBS bank, Apelsin bank)
banklar singari alohida milliy islom banklarini ochish; Xulosa qilib aytganda, har bir inson o’zining
e’tiqodidan kelib chiqqan holda moliya xizmatlaridan foydalanishga haqli va hozirgi kunda dunyo bo’ylab
an’anaviy moliya xizmatlariga alternativ yechimlar yaratilgan zamonda yashayapmiz. Ya’ni, islom moliyasi
xizmatlari shariat qoidalariga asoslangan va ularga ribo aralashmaydi. Shuningdek, o’tkazilgan tadqiqotlar
natijasida islom moliyasi aktivlari yildan-yilga ko’payib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Umuman
olganda, islomiy moliya xizmatlaridan foydalanish bir tomondan foydalanuvchi e’tiqodini hurmat qilish
bo’lsa, ikkinchi tomondan jamiyatda axloqiy me’zonlarni ushlab turishdir, uchinchi tomondan esa katta
moliyaviy mablag’lar jalb qilishning bir usulidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 20 apreldagi “Nobank kredit tashkilotlari va

mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida” O‘RQ-765-son qonuni.

www.lex.uz

.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2021 yil

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti,

www.president.uz

3.

www.islommoliyasi.uz

4.

O.Akhmadjonov, A.Abdullaev, J.Anvarov, S.Ismoilov. ISLOM MOLIYASI// scientific progress. Vol

5. Issue 2. 2022y. 45-b
5.

Islomiy moliya asoslari – E.Baydaulet, H.Hasanov. Toshkent: O’zbekiston NMIU.2019.17.18-b. 6.

M.Pulatova, M.Mehmonaliyev. Islom moliyasi va uning rivojlanish evolyutsiyasi // Science and Education.
2022. №2.