Авторы

  • Javohir Suyunov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138877

Аннотация

Ushbu maqolada kraudfanding innovatsion g‘oyalar va startaplarni moliyalashtirishning zamonaviy shakli sifatida tahlil qilinadi. Unda an’anaviy sarmoya manbalariga nisbatan jamoaviy moliyalashtirishning afzalliklari, shuningdek, kraudfanding platformalarining investitsiya, mukofot va xayriya asosidagi turlari yoritilgan. Muallif kraudfandingning O‘zbekiston sharoitidagi rivojlanish bosqichlarini, xususan MFond.uz va Factor.uz kabi ilk tashabbuslarning tajribasini tahlil qiladi hamda ushbu sohaning huquqiy asoslari yaratilganini qayd etadi.

background image

490

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

KRAUDFANDING PLATFORMALARINING INNOVATSION LOYIHALAR

VA STARTAPLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI VA ISTIQBOLLARI

Suyunov Javohir Ravshan o’g’li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 2-kurs talabasi.

+998 (91) 637-57-39

E-mail: suyunovjavohir101@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.17528609

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kraudfanding innovatsion g‘oyalar va startaplarni moliyalashtirishning

zamonaviy shakli sifatida tahlil qilinadi. Unda an’anaviy sarmoya manbalariga nisbatan jamoaviy
moliyalashtirishning afzalliklari, shuningdek, kraudfanding platformalarining investitsiya, mukofot va xayriya
asosidagi turlari yoritilgan. Muallif kraudfandingning O‘zbekiston sharoitidagi rivojlanish bosqichlarini,
xususan MFond.uz va Factor.uz kabi ilk tashabbuslarning tajribasini tahlil qiladi hamda ushbu sohaning
huquqiy asoslari yaratilganini qayd etadi. Shuningdek, maqolada 2025-yilda ishga tushirilgan Startupbase.uz
platformasining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. U O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish,
investorlar va g‘oya egalari o‘rtasida raqamli hamkorlikni kuchaytirish hamda muqobil moliyalashtirish
mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida taqdim etiladi. Umuman
olganda, maqola kraudfandingni milliy innovatsion rivojlanishning ajralmas elementi sifatida baholaydi va uni
raqamli iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlaridan biri deb ta’kidlaydi.

Kalit so’zlar:

Kraudfanding, startap moliyalashtirish, innovatsion iqtisodiyot, raqamli moliya,

investitsiya platformalari, O‘zbekistonda kraudfanding, FinTech ekotizimi, huquqiy tartibga solish


Innovatsion g’oya hamda startaplarni tayyor mahsulot yoki xizmatga aylantirish yo’lidagi eng katta

to’siqlardan biri shubhasiz ularni moliyalashtirish hisoblanadi.[1] Yangi startaplar uchun banklar yoki venchur
kapital fondlaridan sarmoya jalb qilish qiyin bo’lganligi sababli ba’zi tadbirkorlar o’z e’tiborini onlayn
hamjamiyatlarga qaratmoqdalar. “Kraudfanding” deb ataluvchi bu nisbatan yangi norasmiy moliyalashtirish
shakli tadbirkorlarga keng jamoatchilikka (ya’ni, “ommaga”) bevosita murojaat qilish imkonini beradi ya’ni
tadbirkorlar o‘z innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda xalqning yordamiga tayanadilar.
“Kraudfanding” so’zi inglizcha “crowdfunding” so’zdan olingan bo’lib “crowd” –

jamoa

,

xalq

, “funding” –

moliyalashtirish

ma’nolarini bildiradi. Bu internet orqali ochiq chaqiriq bo‘lib, u aniq maqsadlardagi

tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy resurslarni xayriya tarzida yoki ma’lum bir mukofot
evaziga jalb etishni o‘z ichiga oladi.[2]

Kraudfanding aslida tarixan mavjud bo’lgan turli xil faoliyatlar uchu berilgan yangi zamonaviy

nomdir.[3] Masalan, Motzart va Bethoven o‘z konsertlari hamda yangi musiqiy asarlarini homiylarning
mablag‘lari orqali moliyalashtirgan; Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali Amerika va Fransiya xalqlari tomonidan
berilgan kichik xayriyalar evaziga qurilgan; shuningdek, AQSh prezidenti Barak Obamaning 2008-yilgi saylov
kampaniyasi mablag‘larining asosiy qismi ham Internet orqali olingan kichik xayriyalar hisobiga yig‘ilgan.[4]

Barcha kraudfanding platformalariga xos umumiy jihat shundaki, mablag‘ yig‘uvchilar, ya’ni startap

g’oya egalari, qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ega bo‘lish umidida maydonga chiqadilar. Loyihalar o‘ziga
xos xususiyatlarga ega va sarmoyadorlaning ham bu loyihalarga nisbatan turlicha didi va ustuvorliklari mavjud
bo’ladi. Shu sababli kraudfanding platformalari bozorning ikki tomonini bog‘lovchi, ularni bir-biriga
moslovchi ikki tomonlama platformalar toifasiga kiradi.

Boshqa sohalardagi, masalan, tanishuv yoki ko‘chmas mulk savdosi platformalaridan farqli ravishda,

kraudfanding platformalari “birga–ko‘p” (

eng.

one-to-many) tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni, bitta loyiha

muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun (ya’ni, kerakli mablag‘ yig‘ilishiga erishish uchun) bir nechta homiyning
ishtirokini talab qiladi.

Bu xususiyat aksariyat kraudfanding platformalariga xos bo‘lsa-da, moliyalashtiruvchilarning

rag‘batlari turli turdagi platformalarda bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Xuddi shuningdek, ma’lum bir
loyihani ilgari surayotgan startap egasining maqsad va manfaatlari ham platforma turiga qarab o‘zgaradi.
Kraudfanding platformalarini uch asosiy turga bo’linadi:

investitsiya asosidagi

,

mukofot asosidagi

va


background image

491

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

xayriya (donatsiya) asosidagi

platformalar.[5]

Investitsiya asosidagi kraudfanding platformalari

startaplar va kichik hamda o‘rta darajadagi korxonalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan muqobil
moliyaviy investitsiya vositalari sifatida ko’rilishi mumkin. Ushbu turdagi platformalar

aksiyadorlik (eng.

equity-based)

va

qarz asosidagi (eng. lending-based)

turlarga bo‘linadi.

Aksiyadorlik asosidagi platformalarda loyihani moliyalashtiruvchilar o’z sarmoyalari evaziga aksiyalar

(ulushlar) oladilar. Bunda to‘lov miqdori loyiha muvaffaqiyatli yakunlanib, daromad keltirgan taqdirda uning
natijadorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Qarz asosidagi platformalarda esa g’oya muallifi investorlar tomonidan berilgan qarz evaziga foizli

to‘lovlar taklif qiladi.

Umuman olganda, investitsiya asosidagi kraudfandingdan foydalanayotgan kompaniyalar uchun asosiy

maqsad bu an’anaviy moliyalashtirish vositalariga (masalan, alohida investor yoki bank krediti) tayanishdan
ko‘ra ko‘p sonli sarmoyadorlar bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritishdir.

Kraudfanding platformalarining yana bir shakli

mukofot asosidagi

va

xayriya (donatsiya) asosidagi

kraudfanding platformalaridir.

Mukofot asosidagi platformalarda go’ya egalari investor yoki homiylarga loyihadan ulush yoki pul

to‘lovi taklif etmaydilar. Buning o‘rniga ular boshqa turdagi mukofotlarni taklif qiladilar. Bunday hollarda
homiyni loyihani qo‘llab-quvvatlashga undaydigan omil bir tomondan ma’lum bir g‘oya yoki tashabbusni
yoqlash istagi bo‘lsa, ikkinchi tomondan taklif etilayotgan shaxsiy manfaatlar bo‘lishi mumkin. Ushbu
manfaatlarni belgilash esa to‘liq startap egasining o‘z ixtiyorida bo‘ladi.

Masalan, videoo‘yinlar misolida ko’radigan bo’lsak, homiy tomonidan kiritilgan mablag‘ miqdoriga

qarab mukofot sifatida o‘yin nusxasining bepul versiyasi taqdim etilishi mumkin.

Xayriya asosidagi kraudfandingda esa hech qanday shaxsiy mukofot yoki moddiy foyda nazarda

tutilmaydi.

2014-yilning ikkinchi choragida (aprel–iyun oylarida) muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar soni

bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan davlatlar qatoriga AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya,
Fransiya, Avstraliya va Italiya kiradi.[6] 2011-yildan boshlab kraudfandingni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
bir qator tashkilotlar paydo bo‘lgan. Ushbu tashkilotlar faoliyatining umumiy tahlili shuni ko‘rsatadiki,
ularning asosiy maqsadlari kraudfandingni rivojlantiruvchi qonunchilikni shakllantirish va takomillashtirishni
o‘z ichiga oladi.[7]

O’zbekiston uchun ham kraudfanding platformasi yangilik hisoblanmaydi. 2018 yil avgust oyida xorijiy

mamlakatlar tajribasidan oʻrnak olgan holda yurtimizda ham kraudfanding platforma maydonchasi ishga
tushirildi. Ammo MFond.uz deb ataluvchi ushbu platforma ommalashmagani bois uning faoliyati toʻxtadi.
2013-yilda ham OAVda turli loyihalarni amalga oshirish uchun mablagʻ jalb etish bilan shugʻullanadigan
Factor.uz onlayn maydonchasi ishga tushirilgani, uning doirasida bir necha loyiha taklif etilgani haqida
xabarlar chiqqan edi. Ammo oradan bir yil oʻtgach, bu platforma ham ish faoliyatini toʻxtatgan. O’zbekitson
Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy
etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2020-yil 30-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining
“Kraudfanding platformasi orqali axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ommaviy moliyalashtirish
mexanizmlarini yaratish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi. Unga Axborot texnologiyalari sohasidagi
loyihalarni ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilova sifatida
berilgan. Ushbu nizomda kraudfanding platformasi faoliyatini tashkil etish, loyihalarni kraudfanding
platformasiga joylashtirish va ularni moliyalashtirish tartiblari kabi masalalar aks etgan.[8]

2025-yilning boshida IT-Park bilan hamkorlikda yangi

Startupbase

platformasi tashkil qilindi.

Startupbase.uz — bu O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy raqamli
platforma bo‘lib, u mamlakatdagi innovatsion g‘oya egalari, investorlar va biznes hamkorlarni yagona
ekotizimda birlashtiradi. Platformaning asosiy maqsadi — startaplar uchun zarur bo‘lgan ma’lumot, tahlil va
aloqalarni taqdim etish orqali ularning o‘sishiga yordam berishdir. Startupbase.uz orqali foydalanuvchilar
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan startaplar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari, ular bilan hamkorlik
qilish yoki investitsiya imkoniyatlarini topishlari mumkin.


background image

492

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Bu sayt mamlakatda innovatsion muhitni jonlantirish va kraudfanding kabi muqobil moliyalashtirish

mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Unda startaplarning rivojlanish bosqichlari, ularning
sohalar bo‘yicha taqsimoti hamda investorlar uchun istiqbolli yo‘nalishlar haqida ma’lumotlar jamlangan.
Shuningdek, Startupbase.uz innovatsion ekotizim ishtirokchilari — universitetlar, texnoparklar va davlat
tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytiruvchi muhim vosita sifatida faoliyat yuritadi.

Ushbu platforma O‘zbekistonda startaplar uchun ochiq, shaffof va raqamli iqtisodiyotga mos bozor

muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga, balki ularni
amaliy mahsulot va xizmatlarga aylantirishga ham ko‘maklashadi. Shu ma’noda, Startupbase.uz innovatsion
loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va kraudfanding ekotizimini rivojlantirish yo‘lida muhim
milliy tashabbus sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Xulosa:

kraudfanding mexanizmi zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirishning

samarali vositasi sifatida shakllanmoqda. Ushbu tizim startaplarga an’anaviy moliyaviy manbalarga bog‘lanib
qolmasdan, keng jamoatchilik ishtirokida o‘z loyihalarini amalga oshirish imkonini beradi. O‘zbekistonda esa
bu yo‘nalishning rivojlanishi raqamli iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi sifatida davlat siyosati darajasida
qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ayniqsa, Startupbase.uz kabi yangi platformalar mamlakat startap ekotizimini
kuchaytirish, investorlar va innovatorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda kraudfanding
amaliyotlarini milliy sharoitda joriy etishda muhim o‘rin tutmoqda. Natijada, bunday tashabbuslar nafaqat
innovatsion loyihalarning sonini oshiradi, balki ularning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatini ham
yanada kuchaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Cosh, A., D. Cumming, and A. Hughes (2009), “Outside Entrepreneurial Capital,”

The Economic

Journal

, 119(540), 1494-1533.

2.

Belleflamme, P., T. Lambert and A. Schwienbacher (2014), “Crowdfunding: Tapping the Right Crowd,”

Journal of Business Venturing

, 29(5), 585-609.

3.

Ordanini, A., L. Miceli, M. Pizzetti, and A. Parasuraman (2011), “Crowd-Funding: Transforming

Customers into Investors through Innovative Service Platforms,”

Journal of Service Management

, 22(4), 443-

470.
4.

Hemer, J. (2011), “A Snapshot on Crowdfunding,” Fraunhofer ISI Working Paper,

http://isi.fraunhofer.de/isimedia/docs/p/arbpap_unternehmen_region/ap_r2_2011.pdf?WSESSIONID=71fbeb
093ebe9de0c0b8d0b9db7cda95

5.

Paul Belleflamme, Nessrine Omrani, Martin Peitz, The economics of crowdfunding platforms,

Information

Economics

and

Policy,

Volume

33,

2015,

Pages

11-28,

ISSN

0167-6245,

https://doi.org/10.1016/j.infoecopol.2015.08.003

6.

Crowdfunding Centre (2014).

The State of The Crowdfunding Nation

7.

Sima Jegelevičiūtė, Loreta Valančienė, Comparative Analysis of the Ways Crowdfunding is Promoted,

Procedia -Social and Behavioral Sciences,

https://doi.org/10.1016/j.sbspro.2015.11.536.

8.

Internet manba:

Xalq tomonidan moliyalashtirish – kraudfanding qanday afzalliklarga ega?

https://kun.uz/news/2018/10/04/halk-tomonidan-molialastiris-kraudfanding-kandaj-afzalliklarga-ega