500
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISH ASOSIDA
SANOATNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH
Maksumova Dildora Alisherovna
TDIU, “Yashil” iqtisodiyot kafedrasi
mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17528691
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish asosida sanoatni barqaror
rivojlantirishning asosiy yо‘nalishlari bayon etilgan. Jumladan, energiyani yashil manbalarga diversifikatsiya
qilish va skrap-logistika tizimini rivojlantirish asosida sanoatning barqaror modernizatsiyasi va “yashil
iqtisodiyot”ga о‘tishining strategik asoslari taklif etilgan.
Kalit sо‘zlar:
yashil iqtisodiyot, sanoat, sanoat tarmoqlari, barqaror rivojlanish, issiqxona gazlari,
investitsiya, diversifikatsiya.
XXI asrda global iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asosiy strategiya sifatida yashil iqtisodiyot
tamoyillarini joriy etish dolzarblikni keskin oshib bormoqda. Oxirgi yillarda jahon miqyosidagi iqtisodiy
о‘sish, sanoatdagi transformatsiya va iqlim о‘zgarishi bilan bog‘liq xavflar bir vaqtning о‘zida faollashdi. Bu
holat barcha mamlakatlar uchun sanoat siyosatni qayta kо‘rib chiqish va dekarbonizatsiya jarayonlarini
tezlashtirish zaruratini keltirib chiqardi.
Shu bois, mamlakatimizda ham bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar jadallashdi. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-son [1] va
2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son [2] qarori bilan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi”ni tasdiqlandi.
Ushbu xujjatlarda sanoat tarmog‘ining energiya samaradorligi va resurs tejamkorligini oshirish, chiqindilarni
kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya ulushini oshirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Bularning
barchasi mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.
Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga kо‘ra, 2024-yilda jahon bо‘yicha issiqxona gazlari
chiqindisi 57,1 mlrd. tonna SO₂ ekvivalentga yetgan. Bu kо‘rsatkich 1,5°Clik iqlim yо‘nalishidan chetlashish
xavfini oshirmoqda. Aynan shu sababli sanoat tarmoqlarida dekarbonizatsiya va energiya samaradorligini
oshirish siyosatlari dolzarb masalalardan biriga aylandi [3].
Xususan, 2024-yilda xalqaro investitsiya fonida toza energiya va yashil sanoatga sarmoyalar ulushi
rekord darajaga yetdi. IEA va Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga kо‘ra, toza energiyaga jami
2 trln. AQSH dollari yо‘naltirilgan bо‘lib, bu neft va gaz sohalari sarmoyasidan ikki barobar kо‘pdir [4]. Bu
holat sanoat modernizatsiyasining asosiy moliyaviy drayveriga aylandi.
Bu esa sanoatda energiyani “yashil manbalar”ga о‘tkazishni jadallashtirishni taqozo etmoqda. 2024-
yilga kelib jahon bо‘yicha sanoat tarmoqlari umumiy SO₂ chiqindilarining qariyb 30-35 foizini tashkil etib, bu
holat iqlim о‘zgarishini kuchaytirayotgan asosiy omillardan biri bо‘lib qolmoqda. Bu о‘z navbatida an’anaviy
yoqilg‘ilarga bog‘liqlikni kamaytirishni taqozo etmoqda.
Zero, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh, shamol, biomassa, geotermal)ni sanoat
jarayonlariga integratsiya qilish orqali korxonalar:
- energiya xarajatlarini barqaror ravishda kamaytiradi;
- xalqaro “karbon izi” standartlariga moslashadi;
- eksport bozorlarida raqobatbardoshligini oshiradi;
- mamlakat miqyosida energiya xavfsizligini mustahkamlaydi.
Shu bois, “yashil energiya”ga о‘tish nafaqat ekologik majburiyat, balki iqtisodiy samaradorlik va sanoat
barqarorligi uchun strategik yо‘nalish hisoblanadi.
Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya agentligi (IRENA) ma’lumotlariga kо‘ra, 2024-yilda jahonda qayta
tiklanuvchi energiya quvvatlari 510 GVtgacha oshdi. Lekin, bu о‘sish sur’ati 2030-yilga qadar uch barobarlik
ulush maqsadini ta’minlay olmaydi. Demak, sanoatda energiyani “yashil manbalar”ga о‘tkazish jarayonini
tezlashtirish strategik ahamiyat kasb etmoqda [5].
501
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
BloombergNEF (Green Finance Outlook 2024) tahlillariga kо‘ra, jahon miqyosida “green, social,
sustainability” obligatsiyalarining umumiy hajmi 1,05 trln. AQSH dollaridan oshgan bо‘lib [6], yashil moliya
vositalari sanoat korxonalariga arzon va uzoq muddatli kapital manbalari orqali dekarbonizatsiya loyihalarini
amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu ayniqsa, resurslar tejamkor texnologiyalarni joriy etishda muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
2024-yildan boshlab, xalqaro hisobdorlik tizimida IFRS S1 va S2 standartlari tо‘liq amalga kirdi. Ushbu
standartlar barcha yirik sanoat korxonalaridan iqlim risklarini moliyaviy hisobotlarda ochiq ifoda etishni talab
qiladi [7]. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining CBAM (Carbon Border Adjustment Mechanism) tizimi 2024-
yildagi hisobot davridan sinov bosqichiga о‘tdi va 2026-yilda tо‘liq amalga joriy etilishi kutilmoqda [8]. Bu
holat eksportga yо‘naltirilgan korxonalarni past-karbon ishlab chiqarish standartlariga moslashishni talab
etadi.
Jahon banki va OECD tahlillariga kо‘ra, 2024-yilda kritik minerallar (litiy, kobalt, nikel, mis, grafit)
bо‘yicha talab keskin oshmoqda. 2040-yilgacha bu resurslarga bо‘lgan talabni qondirish uchun kamida 200
mlrd. AQSH dollari miqdorida yangi investitsiyalar zarur. Shu sababli sanoat tarmoqlarida aylanma iqtisodiyot
va resurs samaradorligi tamoyillarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda [9, 10].
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sanoatni barqaror rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yо‘nalishlar
sifatida keltirish mumkin:
1) Elektrlashtirish va energiya samaradorligiga erishishi – bu sanoatdagi CO₂ chiqindilarini
qisqartirishning tez va arzon yо‘lidir. Shuningdek, ISO 50001 energiya menejmenti tizimini joriy etish orqali
ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirish zarur;
2) Aylanma iqtisodiyot va material samaradorligiga erishish – qayta ishlash, skrap-logistika (sanoatdagi
chiqindilarni (metall, plastik, shisha, elektron komponentlar va boshqalar) samarali yig‘ib, qayta ishlash
korxonalariga yetkazish tizimi) va resurs tejamkor konstruksiya orqali xom ashyo xarajatlarini kamaytirish, bu
bilan ESG kо‘rsatkichlarini yaxshilashga erishish mumkin;
3) Eksport bozorlariga moslashish – CBAM (Carbon Border Adjustment Mechanism) talablariga
tayyorgarlik sifatida mahsulotlarning “embedded” karbon izini aniqlash, ISO 14040/44 “Life Cycle
Assessment” (LCA) metodikasini joriy etish maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, 2024-yil holatida jahon iqtisodiyotida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amalga
oshirish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy raqobatbardoshlik omiliga aylandi. Toza energiyaga sarmoyalar,
xalqaro hisobdorlik standartlari va yoshil moliya instrumentlari sanoatning barqaror rivojlanishi uchun yangi
institusional va moliyaviy imkoniyatlarni yaratmoqda. Demak, sanoatda yashil iqtisodiyotni joriy etish – bu
ekologik majburiyat emas, yangi iqtisodiy о‘sish modeliga о‘tishning strategik shartidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “2019-2030 yillar davrida
О‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga о‘tish strategiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PQ-4477-
son Qarori.
2.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son Qarori.
3.
International Energy Agency (IEA). World Energy Outlook 2024.
https://www.iea.org/reports/world-
4.
International
Monetary
Fund
(IMF).
Global
Financial
Stability
Report
2024.
5.
IRENA,
Renewables
Capacity
Statistics
2024.
/media/Files/IRENA/Agency/Publication/2024/Mar/IRENA_RE_Capacity_Statistics_2024.pdf
6.
BloombergNEF. Green Finance Outlook 2024.
502
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
7.
IFRS
Foundation.
ISSB
Standards
S1
and
S2
Implementation
Guidance,
2024.
https://www.ifrs.org/news-and-events/updates/issb/2024/issb-update-november-2024/
8.
European Commission. Carbon Border Adjustment Mechanism (CBAM) Report, 2024.
https://www.epa.ie/our-services/licensing/climate-change/eu-carbon-border-adjustment-mechanism/
9.
World
Bank.
Critical
Minerals
Outlook
2024.
10.
OECD. Industrial Decarbonization Pathways, 2024.
https://www.oecd.org/en/topics/decarbonising-
11.
