Авторы

  • Nodira Toshpo’latova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138886

Аннотация

Ushbu tezisda, O’zbekiston bank tizimi faoliyati, uning rasmiy manbalari, xizmat turlari tahlil qilinadi. Bundan tashqari, rasmiy sayt manzillari keltirilib, undagi xizmat ko’rsatishning aholi uchun qulayligi, hamda banklarning iqtisodiyotdagi roli, mijozlar uchun mavjud xizmat turlari ham o’rganiladi.

background image

516

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

MASOFAVIY BANK XIZMATLARI: AFZALLIKLARI VA XAVF-

XATARLARI

Toshpo’latova Nodira Ilxon qizi

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti

Bank ishi va auditi yo‘nalishi

2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.17529017

Annotatsiya:

Ushbu tezisda, O’zbekiston bank tizimi faoliyati, uning rasmiy manbalari, xizmat turlari

tahlil qilinadi. Bundan tashqari, rasmiy sayt manzillari keltirilib, undagi xizmat ko’rsatishning aholi uchun
qulayligi, hamda banklarning iqtisodiyotdagi roli, mijozlar uchun mavjud xizmat turlari ham o’rganiladi.

Kalit so’zlar:

mobil banking, texnologiya, iqtisodiyot, bank tizimi, kredit, biznes, internet, tranzaksiya,

bank hisobi,

Kirish:

XXI asr bu ''Texnologiyalar va innovatsiyalar'' asri. Bugungi kunda innovatsiya va yangi texnologik

oʻzgarishlar kirib bormagan soha yoʻq. Qishloq xoʻjaligidan tortib, ta'lim, tibbiyot , iqtisodiyot, ekologiya,
ishlab chiqarish yoki biznes, hattoki, kundalik turmush tarzimizda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu
bilan birga bank sohasida ham raqamlashtirish jadallik bilan rivojlanmoqda.

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalar bank tizimining ajralmas qismiga aylangan. D. J. Muzafarovich

(2023) o‘z tadqiqotida O‘zbekistonda mobil to‘lovlar tizimining jadal rivojlanayotganini, bu esa aholi uchun
qulaylik va vaqt tejamkorligini ta’minlayotganini ta’kidlaydi.[1]

M.K.Avezov (2022) esa internet-banking xizmatlari tejamkor deb hisoblagan. Unga ko’ra, internet-

banking qo’shimcha xarajatlar oldini oladi.[2]

Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o‘rtasida turli axborotlarning masofadan

almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta’minlanadi.

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari[3]:
-

Bank-Mijoz

-

Internet-banking

-

Mobil banking

-

SMS-banking

Bank-Mijoz

– bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga

maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov
hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.

Internet-banking

– bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan

hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan
bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizimdir.
Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali kiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida
joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va
hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
-

to‘lovlarni o‘tkazish;

-

to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;

-

barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

-

Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z hisobraqamiga

tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo‘ladi.

Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.

SMS-banking

– bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan

hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni olish tizimidir. Hisobvarag‘idan
ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.

Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:


background image

517

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

-

hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;

-

hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;

-

hisobvaraq balansi;

kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.

Mobil banking

— bu tijorat banklari tomonidan mijozlarga mobil telefon orqali bank xizmatlarini

masofadan turib ko‘rsatish tizimidir. Oddiy qilib aytganda mobil banking oʻz mijozlariga hohlagan joylari va
vaqtlarida bankka bormasdan, pul oʻtkazmalari, hisoblarini boshqarish, soliq va boshqa toʻlovlarni amalga
oshirish imkonini beradi. Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.

Shu bilan birga har bir shahar yoki tumanda bank filiallarini ochish kabi xarajatlar oldini oladi. Mobil

banklar orqali mijozlar bank tashkilotlariga borib soatlab navbat kutishda yoki operatorlarga bogʻlanishda
qiyinchiliklarga uchramasdan oʻz moliyaviy tranzaksiyalarini oson amalga oshirishadi.

Birinchi boʻlib Finlandiyada banklar 1990- yillarda oʻz mijozlariga onlayn xizmat koʻrsatishni boshlagan.

Deyarli barcha kundalik bank operatsiyalari onlayn tarzda amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Finlandiyada
biznes egalarininig 87.5 foizi onlayn banklardan toʻliq foydalanishgan[4].

Oʻzbekistonda esa Internet va mobil banklar 2000-yilda shakllana boshlagan va mijozlariga onlayn

xizmatlarni taklif qilgan. 2010- 2015 yillarda esa aholi uchun mobil banking xizmatlari paydo boʻldi va Click,
Payme va Upay kabi ilovalar xizmatlaridan foydalanish boshlangan. Hozirda esa, aholi tijorat banklarining
mobil ilova dasturlari orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish (P2P) operatsiyalarini, soliq, byudjet, kommunal
va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, kredit olish va ularni to’lash, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish,
depozit hamda hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni amalga
oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda. Bu esa albatta o’z , mamlakatni ham
ichki, ham tashqi aloqalarini rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
1-jadval

Mobil banking tizimining SPOT tahlili

1

Tahlil elementi

Mazmuni

Kuchli tomonlar (S – Strengths)

• Xizmatlarning tezkorligi va qulayligi

• Bank filialiga bormasdan operatsiyalarni bajarish

imkoniyati

• 24/7 faoliyat yuritishi

• Mijozlar uchun tranzaksiya xarajatlarining kamayishi

Muammolar (P – Problems)

• Ba’zi hududlarda internet sifati pastligi

• Texnik nosozliklar yoki ilovalarning sekin ishlashi

• Foydalanuvchilarning texnologik savodxonligi yetarli

emasligi

• Ayrim bank ilovalarida interfeys murakkabligi

Imkoniyatlar (O – Opportunities)

• Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi

• Innovatsion to‘lov tizimlarini joriy etish

• Xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiya imkoniyatlari

• Raqobat tufayli xizmat sifatining oshishi

Tahdidlar (T – Threats)

• Kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar

• Foydalanuvchi ma’lumotlarining o‘g‘irlanish xavfi

• Firibgarlik holatlari

Tahlil natijalari ko’rsatib turibtiki, O’zbekistonda internet banking jadal rivojlanib bormoqda. Shunga

qaramasdan, xavfsizlik, mijozlar savodxonligini oshirish ushbu sohani yanada gullashiga xizmat qiladi.


2-jadval

1

Tijorat banklari mobil ilova ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi.


background image

518

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

O‘zbekiston tijorat banklarining mobil ilovalari, ularning asosiy imkoniyatlari va xavfsizlik

choralari

2

Bank nomi

Ilova

nomi

Asosiy

imkoniyatlar

Qo‘shimc

ha qulayliklar

Xavfsiz

lik choralari

1

“O‘zbekiston

Respublikasi Tashqi

iqtisodiy faoliyat

milliy banki” AJ

(NBU)

Milliy

Pul

o’tkazmalari,

valyuta

ayrboshlash,

kommuna

l to‘lovlar, QR-

to‘lov, omonat

ochish

SMS-

kod, Face ID,

tranzaksiya

monitoring

tizimi

2

AITB “Ipak

Yo‘li”

Ipak

Yo‘li Mobile

Kredit

to‘lovlari,

xizmatlar

uchun to‘lov,

mikroqarz

olish

Kartani

onlayn

bloklash,

avtomatik

to‘lov

sozlamalari

PIN-

kod, barmoq

izi himoyasi,

avtorizatsiya

cheklovi

3

“TBC

Bank”ATB

TBC UZ

To‘lovla

r, pul

o‘tkazmalari,

valyuta

ayirboshlash

Onlayn

kredit olish,

virtual karta

yaratish, QR

orqali to‘lov

Biometr

ik himoya,

ikki bosqichli

kirish, xavfli

sessiyalarni

avtomatik

uzish

4

“Agrobank”AT

B

Agrobank

Mobile

Kommu

nal to‘lovlar,

kartadan

kartaga

o‘tkazmalar,

hisoblarni

kuzatish

Mobil

depozit va

kredit

kalkulyatori

Kuchli

parol, SMS-

tasdiqlash,

vaqtinchalik

sessiya

cheklovi

5

“Hamkorbank”A

TB

Hamkor

Mobile

To‘lovla

r, o‘tkazmalar,

valyuta

kurslari,

hisoblarni

boshqarish

Xizmat

tariflarini

ko‘rish,

kartalararo

tezkor o‘tkazma

Face

ID, PIN-kod,

3D Secure

tizimi

6

“Kapitalbank”A

TB

Kapitalba

nk Mobile

To‘lov

va o‘tkazmalar,

kartani

boshqarish, QR

to‘lov

Onlayn

kredit olish,

cashback tizimi

Barmoq

izi, SMS

kodlash,

maxsus

xavfsizlik

filtri

7

“Asaka

Bank”ATB

Asaka

Mobile

Kommu

nal va davlat

xizmatlari

uchun to‘lov,

balansni

tekshirish

Kartani

onlayn

bloklash,

qo‘shimcha

karta qo‘shish

2

bosqichli

tasdiqlash,

Face ID, vaqt

cheklovi

2

Tijorat banklari mobil ilova ma’lumotlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi.


background image

519

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

8

“InFin

Bank”ATB

InFin

Mobile

To‘lov,

o‘tkazma,

valyuta

ayirboshlash,

hisoblarni

boshqarish

Onlayn

kredit va

depozit arizalari

SMS-

tasdiqlash,

PIN-kod,

biometrik

himoya

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda deyarli barcha tijorat banklari o’zining xizmatlarini mobil

ilovalar orqali ham keng yo’lga qo’ygan. Bu ilovalarda esa xavfsizlik choralariga alohida etibor berilgan ya’ni
har bir mijoz o’z hisob varag’ini shaxsiy biometrik ma’lumotlari yoki maxfiy kodlari orqali ko’zatib boradi va
moliyaviy amaliyotni amalga oshiradi.

Mobil bankingning yuqorida kursatilgan afzalliklariga qaramasdan bir qancha xavf-xatarlari ham mavjud.

Mobil banking bevosita internet bilan bog’langanligi sababli, xakkerlar tomonidan hujumlar kuzatilishi
mumkin. Bunda mijozlarning karta ma’lumotlari yoki parollari o’g’irlanishi mumkin. Bundan tashqari, onlayn
banking xizmati dasturiy ta’minot hisoblanganligi sababli texnik nosozliklar yoki aloqa uzilishlari kuzatilishi
mumkin. Bu esa to’lovlar kechikishiga yoki bekor bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Shuningdek
foydalanuvchilarning etiborsizligi yoki yetarli bilimga ega emasliklari sababli soxta bank havolalariga kirish,
SMS- kodlarni begona shaxslarga berish yoki noto’g’ri pul o’tkazmalarini amalga oshirib, o’z hisoblarini xavf
ostiga qo’yishi yoki yo’qotishi mumkin.

Mobil banking tizimidagi bu xavflar asosan inson omili tufayli vujudga keladi. Shuning uchun, bank o’z

mijozlarining savodxonligini oshirishi, internet banklarining ommabopligini ta’minlashi, ya’ni, yoshi kattalar
ham, yoshlar ham birdek foydalana olish imkoniyati yaratish bu muammolarning yechimi bo’la oladi. Bu
muammoni bartaraf etish, banklarning aholiga sifatli xizmat qilishini ta’minlab, banklarning barqaror
rivijlanishiga olib keladi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, so’nggi yillarda O’zbekiston bank tizimida mobil banklar jadallik bilan rivojlanib

kelmoqda. Tashkil qilingan har bir bank o’z xizmatlarini kengaytirish uchun faoliyatini raqamlashtirishga,
qulay xizmat turlarini yaratishga harakat qilmoqda. Bu esa aholi uchun yangi va qulay imkoniyatlarni taqdim
etib, mamlakat iqtisodiyotining ham rivojlanishiga katta hissa qo’shmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D. J. Muzafarovich. O’zbekistonda mobil to’lovlarning rivojlanishi// “Raqamli Iqtisodiyot” ilmiy-electron

jurnali. 4-son, 43-55s.

2.

M.K.Avezov. Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari// “Scientific progress” jurnali. 2022y, 808-

814s

3.

Abdumannono.B.M, Yoldoshov. SH.SH . Masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish masalari// Journal of

Marketing, Business and Management. Volume 1, Issue 8 (November), 11-15 s.

4.

Juhani Myllynen "Modern banking solutions changing business and people"

5.

Ipak Yo‘li Bank https://ipakyulibank.uz.

6.

TBC Bank / TBC UZ https://tbcbank.uz.

7.

Agrobank https://agrobank.uz.

8.

Hamkorbank https://hamkorbank.uz.

9.

Kapitalbank https://kapitalbank.uz.

10.

Asaka Bank http://www.asakabank.uz.