Авторы

  • Fotima Omondavlatova
  • Zuhra Omondavlatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138892

Аннотация

Ushbu maqolada raqmli texnologiyalardan foydalanish ahamiyati hamda qulayliklari yoritiladi.Maqola raqamli iqtisodiyotni yaxshilash jarayonida ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish va uning electron ta’limdagi ahamiyati haqida mulohaza yuritiladi

background image

528

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

TA’LIM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING ROLI VA YANGI

KOMPETENSIYALAR

Omondavlatova Fotima Otabekovna

Omondavlatova ZuhraOtabekovna

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti

Iqtisodiyot yo’nalishi talabalari

E-mail:@omondavlatovafotima, @omondavlatovazuhra

Tel:+998954707678

https://doi.org/10.5281/zenodo.17531307

Annotatsiya:

Ushbu maqolada raqmli texnologiyalardan foydalanish ahamiyati hamda qulayliklari

yoritiladi.Maqola raqamli iqtisodiyotni yaxshilash jarayonida ta’lim sohasida axborot texnologiyalaridan
samarali foydalanish va uning electron ta’limdagi ahamiyati haqida mulohaza yuritiladi .

Kalit so’zlar:

raqmli iqtisodiyot, ta’lim,texnologiya,elektron ta’lim,innovatsiya

Aннотация:

В данной статье рассматриваются важность и преимущества использования цифровых

технологий в образовании в условиях современной цифровой экономики. В статье рассматривается
эффективное использование информационных технологий в образовании и их значение в электронном
обучении в процессе совершенствования цифровой экономики.

Ключевые слова:

цифровая экономика, образование, технологии, электронное обучение,

инновации.

Abstract:

This article discusses the importance and benefits of using digital technologies in education in

the current digital economy. The article discusses the effective use of information technologies in education
and its importance in e-learning in the process of improving the digital economy.

Keywords:

digital economy, education, technology, e-learning, innovation

Kirish
XXI asrda raqamli iqtisodiyot jamiyatning barcha sohalarida, shuningdek ta’lim sohasiga ham chuqur kirib
kelmoqda. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini samarali, ochiq va innovatsion qilishga xizmat
qilmoqda.Bu jarayonda nafaqat o‘quv dasturlari, balki ta’lim tizimining boshqaruvi ham yangilanmoqda.
Bugungi globallashuv va innovatsiyalar davrida raqamli iqtisodiyot barcha sohalar singari ta’lim tizimiga ham
katta ta’sir ko‘rsatmoqda.Shuningdek, axborot texnologiyalari rivoji, sun’iy intellekt, onlayn platformalar va
raqamli resurslarning keng qo‘llanilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olish imkoniyatlarini
kengaytirish hamda yangi kompetensiyalarni shakllantirishda muhim vositaga aylanmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek,"Albatta, raqamli iqtisodiyotni
shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.
Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi.
Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi.
BMT va Jahon banki tadqiqotlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot XXI asrda iqtisodiy o‘sishning asosiy
omillaridan biriga aylanmoqda. Ta’lim sohasi ham bu jarayondan mustasno emas. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) jadal rivoji ta’lim tizimining samaradorligini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini
kengaytirish hamda o‘quvchilarda yangi kompetensiyalarni shakllantirish uchun muhim vosita sifatida
qaralmoqda. Asosan, O‘zbekistonda 2000-yillarning boshlaridayoq raqamlashtirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, O‘zbekistonda
2013-2020-yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi, 2017-2021-
yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Milliy Harakatlar strategiyasi, “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va so‘nggi “Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” 2022-yilda
milliy iqtisodiyotni raqamli iqtisodiyotga aylantirish va 2022-yilda amalga oshirilmoqda. umumiy.Raqamli
iqtisodiyotga qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda katta o'zgarishlarga olib kelgan va serilarli darajada o'sib
ketgan. Yangi texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilodari bilan shaxsiy
muloqotni minimalizatsiyalashga yordam berdi, korxonalar va jismoniy shaxslarga sarajatlarni kamaytirish,
shuningdek, o'zaro muloqotni tez va oson yo'lga qo'yish imkoniyatini yaratdi. Natijada, tarmoq resurslariga
asoslangan, raqamli yoki electron iqtisodiyot paydo boladi.


background image

529

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Ta’lim sohasida texnologik rivojlantirishni kuchaytirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish
zarur.O’quv jarayonini texnologiyalar samarali qiladi hamda o’quv jarayonini innovatsiyalsh va o’quvchilarga
faol ta’lim imkoniyatlarida o’z aksini topadi. Ta’lim jarayonidagi axborot texnologiyalari ya’ni onlayn
platformalrdan foydalanish imkonini yaratadi.O’quvchilarni rivojlantirishda electron kitoblar,veb-
saytlar,onlayn darslar juda ham kerakli bo’lib o’zlarini rivojlantirishda yordam beradi.Axborot texnologiyalari
ta’lim tizimida o’quvchilarning dars faoliyati davomida o’quv manbalar oson takliflar qilishi mumkin
shuningdek ,maqolalar ,electron kitoblar,darsliklar va materiallar o’quv mashg’ulotlarini boshqarishga xizmat
qiladi.
Global pandemiya boshlanganidan buyon raqamli texnologiyalarning ahamiyati va samarali raqamlashtirish
siyosati yaxshi namoyon bo‘ldi. Darhaqiqat, pandemiya davrida jamiyat va biznes asosan raqamli
texnologiyalar yordamida faoliyat yurita oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun, xususan, O‘zbekiston
uchun raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotni global
jarayonlarga integratsiyalash imkoniyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar va
O‘zbekistonni kelgusi besh yilga mo‘ljallangan yangi Rivojlanish strategiyasida mamlakatimizda asosiy
sohalarni raqamlashtirish, haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2017-2021-yillarda Axborot
va kommunikatsiya sohasida yalpi qoʻshilgan qiymat 2 barobardan ziyod oshib, 2021-yilda 11,8 trillion
soʻmga (1 milliard AQSH dollaridan ortiq) yetdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda IT-parklar tashkil
etilganidan buyon soha eksporti hajmi 50 barobar oshib, 46 million AQSH dollariga yetdi. Bog‘ aholisi soni
147 nafardan 500 nafarga ko‘paydi, 300 dan ortiq yangi korxona ochildi, 8,5 mingta yuqori haq to‘lanadigan
ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda IT-parklarda 11 mingdan ortiq yoshlar mehnat qilmoqda. 2017-yildan buyon
mamlakatimizda optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi sezilarli darajada kengayib bormoqda.
Masalan, 2017-2022-yillarda qariyb 6 barobar ko‘payib, 2022-yil yanvar holatiga ko‘ra 118 ming kilometrga
yetdi .2017-yildan beri xalqaro tarmoqlarning umumiy o‘tkazish tezligi 28 baravardan ko‘proq – 2022 yil
yanvarida 64,2 dan 1800 Gbit/s gacha oshirildi .2022-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda davlat
boshqaruvi sohasini isloh qilish va sohani raqamlashtirish natijasida davlat xizmatlari 56 foizga interaktiv
davlat xizmatlari portali (elektron hukumat portali) orqali ko‘rsatilmoqda. Mamlakatimizning “Elektron
hukumat” platformasidagi (my.gov.uz) davlat xizmatlari soni 307 taga yetdi va 1,3 million fuqaro bunday
elektron davlat xizmatlaridan faol foydalanmoqda. Holbuki, Oʻzbekistonda internet foydalanuvchilarining
umumiy soni 27,2 million kishiga yetdi. Shu bilan birga, sohada aniqlangan zaifliklar va muammolardan so‘ng
hukumat global pandemiya ta’sirida raqamlashtirish milliy strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi va yangiladi.
Davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, ta’lim tizimini
rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilishi har bir davlatning muhim vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillar davomida Harakatlar strategiyasi va uning mantiqiy davomi sanalmish
Taraqqiyot strategiyasi doirasida, rivojlangan davlatlar kabi uzluksiz ta’lim tizimini muntazam
takomillashtirib borish, sifatli ta’lim-tarbiya berish, malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha sezilarli islohotlar
amalga oshirildi.
Ushbu islohotlar uchun davlat budjetidan xarajatlar so‘nggi 6 yilda

4,3

baravarga oshirildi, maktabgacha

ta’lim tashkilotlari soni 2016-yildagi

5 211

tadan 2021-yilga kelib

19 316

taga, maktablar soni

9 719

tadan

10

289

taga yetkazildi, 11 yillik majburiy maktab ta’limi qayta tiklandi, maktab o‘qituvchilarining ish yuklamasi

maqbullashtirildi va majburiy mehnatga barham berildi. Ta’lim sohasi vakillarining oylik maoshi qariyb

4

baravar

ga oshirildi, OTM soni

70 tadan 191 taga

yetkazildi, oliy ta’limdan keyingi ta’limning ikki pog‘onali

tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (Doctor of Science) tizimi joriy etildi.
Ta’lim sohasidagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi

27,7 foizdan 67

foizga,

maktablardagi malakali oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi

81,8 foizdan 87,8 foizga

, yoshlarni oliy

ta’lim bilan qamrov darajasi

9 foizdan 38 foizga

yetkazildi.

Sohada islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 2026-yilga qadar Taraqqiyot strategiyasi doirasida
maktabgacha ta’limda qamrov darajasini hozirgi

67 foizdan 80 foiz

ga yetkazish,

7 ming

dan ziyod yangi

nodavlat MTTlarni tashkil etish, xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha

1,2 million

o‘quvchi o‘rnini yaratish,


background image

530

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul
ovqatlanish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ijobiy amaliyotni 2023/2024 o‘quv yilidan qolgan barcha viloyatlar va
Toshkent shahri maktablarida ham joriy etish ko‘zda tutildi. Shuningdek, oliy ta’limda qamrov darajasini

50

foiz

ga, nodavlat OTMlar sonini kamida

50

taga yetkazish belgilab olindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va
zamonaviy axborot texnalogiyalariga ega bo’lish zarur va shart. Bu bizga yukalishning eng qisqa yo’lidir.”
Ta’lim sohasida raqamli iqtisodiyotning roli juda muhim, chunki u bilim olish, uzatish va boshqarish
jarayonlarini tubdan o‘zgartirmoqda. Quyidagi asosiy jihatlarni keltirish mumkin:
1.Bilimga tezkor kirish imkoniyati .Raqamli iqtisodiyot vositalari (onlayn kutubxonalar, elektron darsliklar,
ma’lumot bazalari) orqali talabalar va o‘qituvchilar istalgan joyda va istalgan vaqtda kerakli bilim
manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2. Ta’lim sifatini oshirish
Sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar, onlayn test tizimlari va interaktiv platformalar o‘quvchilarning
bilimini yanada chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Bu o‘z navbatida ta’lim jarayonini samarali qiladi.
3. Uzluksiz ta’lim imkoniyati
Raqamli iqtisodiyot sharoitida insonlar hayot davomida ta’lim olishlari mumkin (lifelong learning).
Masofaviy kurslar, onlayn seminarlar va treninglar bunga sharoit yaratadi.
4. Yangi kompetensiyalarni shakllantirish
Talabalarda raqamli savodxonlik, ma’lumotlarni tahlil qilish, axborot texnologiyalaridan samarali
foydalanish kabi kompetensiyalar shakllanadi. Bu kelajakda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini
ta’minlaydi.
5. Boshqaruv jarayonini soddalashtirish
Elektron jurnal, raqamli reyting tizimi, onlayn monitoring kabi vositalar ta’lim jarayonini samarali nazorat
qilish imkonini beradi.
6. Global integratsiya
Raqamli iqtisodiyot ta’lim sohasini xalqaro darajaga olib chiqadi. Talabalar xorijiy universitetlarning ochiq
kurslaridan foydalanib, global ta’lim jarayoniga qo‘shilishlari mumkin.
Yangi kompetensiyalar
Raqamli iqtisodiyot sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun o‘quvchi va talabalar koplab
komptensiyalarni o’rganishlari, bular quyidagilar:
Raqamli savodxonlik. Axborotni izlash, saralash, tahlil qilish va undan samarali foydalanish(oddiy qilib
aytganda raqamli savodxon odam, kompyuter, plashetlardan yaxshi foydalana olishi zarur).
Kreativ va innovatsion fikrlash. Muammolarga yangicha yondashish va kreativ yechimlarni taklif qilish(bu
yangi, noodatiy, samarali va original gʻoyalarni ilgari surish, muammolarga yangicha yondashuv topish va
mavjud jarayonlarni yaxshilash qobiliyatidir).
Tanqidiy fikrlash. Axborotning ishonchliligini baholash va tahliliy qaror qabul qilish(bu insonning o‘ziga
kelayotgan ma’lumot, fikr yoki g‘oyani shunchaki qabul qilib olmay, balki uni tahlil qilish, solishtirish,
dalillarga asoslab baholash va xulosaga kelish qobiliyatidir).
Axborot xavfsizligi. Shaxsiy va jamoaviy ma’lumotlarni himoya qilish ko‘nikmalari(bu ma’lumotlarni
ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki tarqatilishdan himoya qilish tizimi va choralari majmuasidir).
Kommunikatsiya va hamkorlik. Onlayn muhitda jamoaviy ishlash, ko‘p tillilikni rivojlantirish(bu insonlar
o‘rtasida o‘zaro aloqa qilish va birgalikda ishlash jarayonidir).
Moslashuvchanlik va lifelong learning. Tez o‘zgarayotgan mehnat bozoriga moslashish va doimiy ravishda
yangi bilimlarni egallash(Moslashuvchanlik — bu insonning o‘zgarayotgan sharoitlarga, vaziyatlarga yoki
talab va ehtiyojlarga moslasha olish qobiliyatidir.Life-long learning — bu odamning hayoti davomida doimiy
ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni egallab borishga intilishi.
Muammolar va cheklovlar
Ta’limda raqamli iqtisodiyotga moslashishda bir qator to‘siqlar ham bor:
Internet va texnologik infratuzilma har doim ham barqaror emas, ayniqsa chekka hududlarda.


background image

531

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Ustoz‐o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalari yetarli darajada shakllanmagan.
O‘quv dasturlari va metodologiyalari ko‘pincha eski formatda qolib ketgan, bozor talabiga mos kelmaydi.
Moliyaviy resurslar cheklanganligi.
Talabalar va ota-onalar orasida texnologiyalarga nisbatan ong yetishmasligi yoki qarshilik bo‘lishi mumkin.
Takliflar
Ta’lim sohasida raqamli iqtisodiyotga moslashuvni tezlashtirish uchun quyidagi yo‘llar samarali bo‘lishi
mumkin:
1. Ta’lim dasturlarini yangilash — yangi kompetensiyalarni kiritish, modullar, kurslar, amaliy mashg‘ulotlar
(projekty, hackathonlar va boshqalar).
2. O‘qituvchilarning malakasini oshirish — digital pedagogika, texnologiyalarni o‘qitishda ishlatish, onlayn
va blended metodologiyalarni o‘zlashtirish.
3. Infratuzilmani mustahkamlash — Internet, qurilmalar, platformalar, virtual laboratoriyalar.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki keyingi 10-15 yil ichida ta’lim sohasidagi barcha tizimlar raqamli iqtisodiyot
sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Hamda, raqamli iqtisodiyot ta’lim tizimini innovatsion yo‘nalishda
rivojlantirib, sifat, qulaylik va samaradorlikni ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Raqamli Iqtisodiyot” B.A.Begalov, M.K. Abdullayev
2.Gulyamov S.S va b. (2019).Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. -T.: Iqtisod-Moliya. 396 b.
3.O’zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to’g’irisida”gi Qonuni
(O’RQ-792-SON 29.09.2022).
4.https://doi.org/10.5281/zenodo.13353198
5.https://kso.page.link/wps
6.https://go.wps.com/s8w97gSEOoOd
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi. "Milliy hisoblar". 2022 yil 17 mart.
https://stat.uz/uz/official-statistics/national-accounts
UzDaily. “IT xizmatlari sifatini oshirish va qamrovini kengaytirish vazifasi qo‘yildi”. 2022 yil 14 aprel.
https://www.uzdaily.com/uz/post/72427
9.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. "Optik
tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi." Yanvar, 2022. https://mitc.uz/uz/stat/6
10.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
"Xalqaro tarmoqlarga kirishning umumiy tezligi (Mbps)." Yanvar, 2022. https://mitc.uz/uz/stat/2
11.Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. “My.gov.uz raqamlarda”. 03 fevral, 2022 yil.
https://my.gov.uz/ru/news/728
12.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
"Internet foydalanuvchilarining umumiy soni (minglab)." Yanvar, 2022. https://mitc.uz/uz/stat/2
13.Avliyoqulov, B. “Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kurashish uchun raqamli transformatsiyani
tezlashtirish”. BMTTD Yevropa va Markaziy Osiyo. 19-avgust, 2020-yil.
https://www.eurasia.undp.org/content/rbec/en/home/blog/2020/speeding-digital-transformation-
uzbekistan.html
14."Bir necha kun ichida pandemiya paytida taqdim etilgan masofaviy xizmatlar onlayn rejimga o'tdi." 20-
may, 2020-yil. https://uzdaily.uz/uz/post/57109.