Авторы

  • Asliddin Rustamov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ejmtcs.138893

Аннотация

Ushbu maqolada davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita soliqlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bevosita soliqlar davlatning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy manbalardan biri sifatida iqtisodiy siyosatda muhim o‘rin egallaydi. Byudjet daromadlari tarkibidagi ulushi, shakllanish mexanizmlari hamda mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan va O‘zbekiston byudjeti misolida bevosita soliqlarning ulushi yillar kesimida ko’rib chiqish nafaqat fiskal daromad manbai, balki iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy tenglikni ta’minlash vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi

background image

532

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI TARKIBIDA BEVOSITA

SOLIQLARNING TUTGAN O’RNI

Rustamov Asliddin

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi

4-bosqich 5mm-2022 guruh talabasi

Email adres: rasliddin343@gmail.com

Telefon raqami:+998937586789

https://doi.org/10.5281/zenodo.17531336

Annotatsiya:

Ushbu maqolada davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita soliqlarning o‘rni va

ahamiyati tahlil qilinadi. Bevosita soliqlar davlatning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy
manbalardan biri sifatida iqtisodiy siyosatda muhim o‘rin egallaydi. Byudjet daromadlari tarkibidagi ulushi,
shakllanish mexanizmlari hamda mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganilgan va O‘zbekiston
byudjeti misolida bevosita soliqlarning ulushi yillar kesimida ko’rib chiqish nafaqat fiskal daromad manbai,
balki iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy tenglikni ta’minlash vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so’zlar:

davlat byudjeti, byudjet daromadlari, bevosita soliqlar, bilvosita soliqlar, jismoniy shaxslar

daromad solig‘i, yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, еr solig‘i, resurs soliqlari, soliqlar tizimi,
soliq siyosati, soliq yuklamasi, soliq ma’murchiligi, soliq imtiyozlari, soliq stavkalari, fiskal siyosat.

Annotation:

This article analyzes the role and importance of direct taxes in the structure of state budget

revenues. Indirect taxes, as one of the main sources of ensuring the financial stability of the state, play an
important role in economic policy. Their share in the structure of budget revenues, the mechanisms of
formation and their impact on the country's economy are studied, and in the case of the budget of Uzbekistan,
the share of direct taxes over the еars is considered not only as a source of fiscal revenue, but also as a means
of ensuring economic stability and social equality.

Key words:

state budget, budget revenues, direct taxes, indirect taxes, personal income tax, corporate profit

tax, property tax, land tax, resource taxes, tax system, tax policy, tax burden, tax administration, tax incentives,
tax rates, fiscal policy.

Kirish:

Soliq – bu davlat yoki mahalliy boshqaruv organlari tomonidan tashkilotlar va jismoniy

shaxslardan yigʻib olinadigan majburiy toʻlov boʻlib, davlat byudjetining asosiy daromad manbai hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi va sof daromadning bir
qismini byudjetga jalb qilish shaklidir

1

.

Maqsad:

Davlat va mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini moliyaviy taʼminlash.

Manba:

Soliqlar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai hisoblanadi.

Vazifa:

Iqtisodiy turkum sifatida u daromadlarning bir qismini byudjetga jalb qilishga xizmat qiladi va

moliyaviy munosabatlarning ajralmas qismidir.

Soliq,

davlat

yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot

va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat

byudjeti

daromadlar qismining asosiy

manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir
qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi

2

.

Asosiy qism:

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliqlar davlat tomonidan milliy daromadni qayta

taqsimlash va uning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan davlat byudjeti daromadlarining
asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, soliqlar yordamida davlat umumiy farovonligini oshirish
uchun aholining turli guruhlari o‘rtasida daromadlar tengsizligini bartaraf eta oladi.

Bоzоr munоsаbаtlаrining rivоjlаnib bоrishi xususiy tаdbirkоrlik fаоliyаtining dаrоmаdini hisоbini yuritish

masalalarini qiyinlаshtirаdi. Chunki xususiylаshtirilgаn bittа kоrxоnа о‘rnidа о‘nlаb kichik, xususiy vа jаmоа
mulkigа аsоslаngаn kоrxоnаlаr pаydо bо‘lаdi. Mamlakatda mukаmmаl sоliq tizimi yаrаtilmаgаnligi sababli

1

https://uz.wikipedia.org/wiki/Soliq

2

http://em.tiiame.uz/storage/web/source/1/elektron%20kutubxona/Soliqlar%20va%20soliqqa%20tortish.pdf


background image

533

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

dаrоmаdlаr summаsini аniqlаshdа jiddiy xаtоliklаr yuzaga kelishi mumkin. Mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishidagi soliq siyosatini baholash ancha murakkab masala hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiy o‘sish va
rivojlanish barqarorligi, iqtisodiyotdagi tarkibiy siljishlar, pirovardida, aholining hayot sifati va farovonligi
darajasiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Soliq kodeksi 72 bob 483 moddadan iborat bo’lib, O‘zbekiston
Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi 2-bob. Soliqlar va yig‘imlar 16-moddasida-Soliq deganda ushbu
Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga
(bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.

Soliq kodeksining 17-moddasida O‘zbekiston respublikasida amal qiladigan soliq turlari keltirilgan

bo‘lib ularga quydagilar kiradi:

1. qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2. aksiz solig‘i;
3. foyda solig‘i;
4. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5. еr qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7. mol-mulk solig‘i;
8. еr solig‘i;
9. ijtimoiy soliq.

1-rasm. Soliqlarning turlari ko’rsatilgan

3

Soliqlarni obyekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha guruhlanadi. Soliqlarni guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va

salbiy ta’sirlarni o’rganishning ilmiy va amaliy uslubidir. Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga karab to’rt guruhga
bulinadi:

aylanmadan olinadigan soliqlar;

daromaddan olinadigan soliqlar;

mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar;

3

https://cyberleninka.ru/article/n/soliqlarning-turlari-va-funksiyalari/viewer


background image

534

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, bojxona va еr osti boyliklari

kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo’yicha
ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan ulchanadi
Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan
soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga (foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq,
savdo tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig’i ham kiradi

4

.

Tarix:

Bevosita soliqlarga oid jahon miqyosidagi inqirozlardan misol sifatida Buyuk Depressiya davrida

(1929–1933-yillar) bevosita soliqlar inqirozidir.

AQShda Buyuk Depressiya davrida daromad va foyda keskin kamaygani sababli bevosita soliqlardan

tushumlar 60% gacha qisqargan.

Ishlab chiqarish to‘xtagan, korxonalar zarar ko‘rgan, natijada foyda solig‘i tushumlari keskin kamaygan.

Aholi daromadlari tushgani bois jismoniy shaxslar daromad solig‘i ham yig‘ilmagan.
Shu sababli davlat byudjeti inqirozga uchrab, AQSh hukumati bilvosita soliqlarga (QQS, bojxona bojlari)

va davlat qarzlariga tayanishga majbur bo‘lgan.

Bu holat tarixda “

bevosita soliqlar inqirozi

” sifatida qayd etilgan — ya’ni daromadlar keskin kamayganda

byudjet tizimi bevosita soliqlar asosida barqaror ishlay olmasligi aniqlangan.

1-jadval Davlat byudjeti daromadlari 2023-yil(mlrd so’mda

)

5

Ko'rsatkichlar

2023 yil

1-chorak

6 oylik

9 oylik

yillik

I. Daromadlar

47 288,6

102

296,3

162

904,1

231

721,3

1.

Bevosita soliqlar

16 699,9

33

582,2

51

541,7

73 103,6

1.1

Foyda solig'i

9 521,2

18

084,5

28

255,9

40 778,9

1.2

Jismoniy shaxslardan olinadigan

daromad solig‘i

6 622,4

14

361,9

21

553,2

29 917,4

1.3

Aylanmadan olinadigan soliq

556,4

1 135,7

1 732,5

2 407,3

2-jadval Davlat byudjeti daromadlari 2024-yil(mlrd so’mda)

6

Ko'rsatkichlar

2024 yil

2024 yil

2024

yil

2024 yil

1-

chorak

1-yarim

yillik

9 oylik

yillik

I. Daromadlar

52 620,6

120

989,7

274 423

1.

Bevosita soliqlar

18 770,7

40 314,3

64 099

90 833

1.1

Foyda solig'i

10 431,5

22 031,0

36 578

52 620

1.2

Aylanmadan olinadigan soliq

594,3

1 350,4

2 106

2 829

1.3

Jismoniy shaxslardan olinadigan

daromad solig‘i

7 744,9

16 932,8

25 414

35 384

4 https://cyberleninka.ru/article/n/soliqlarning-turlari-va-funksiyalari/viewer
5 https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2023-2

6 https://www.imv.uz/static/davlat-budjeti-daromadlari-2024-2


background image

535

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

2.

Bilvosita soliqlar

18 193,0

40 004,0

62 324

88 341

2.1

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

12 267,0

26 689,3

41 847

59 280

2.2

Aksiz solig'i

3 729,8

8 613,9

13 517

19 060

2.3

Bojxona boji

2 196,2

4 700,7

6 960

10 001

3.

Resurs to‘lovlari va mulk solig‘i

8 317,3

17 155,7

26 478

36 363

3.1

Mol-mulk solig‘i

1 718,0

3 524,9

5 153

6 805

3.2

Yer solig'i

1 853,4

4 022,1

6 016

8 216

3.3

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun

soliq

4 506,4

9 183,0

14 687

20 170

3.4

Suv resurslaridan foydalanganlik

uchun soliq

239,5

425,7

623

1 173

4

Boshqa daromadlar

7 339,6

23 515,8

40 745

58 886


O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida quyidagi bevosita soliqlar amalda qo‘llaniladi:

Foyda solig‘i

— yuridik shaxslarning (korxona va tashkilotlarning) sof foydasidan olinadi. U davlat

byudjetining muhim manbai bo‘lib, iqtisodiy faollik va ishlab chiqarish samaradorligini bevosita aks ettiradi.

2024-yil yakuniga ko‘ra foyda solig‘idan byudjetga 52 620 mlrd so‘m tushum tushgan.

Bu ko‘rsatkich korxonalar foydasining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmi kengaygani va iqtisodiy faollikning

ortganini bildiradi.

Jismoniy shaxslar daromad solig‘i (JShDS)

— aholining mehnat faoliyatidan, xizmatlar ko‘rsatishdan yoki

boshqa manbalardan olingan daromadlaridan undiriladi.

2024-yilda bu soliqdan 35 384 mlrd so‘m tushum qayd etilgan.

Ushbu ko‘rsatkich aholi bandligi darajasi va ish haqlarining o‘sishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Aylanmadan olinadigan soliq – kichik biznes subyektlarining yalpi aylanmasidan olinadigan soliq turi

bo‘lib, 2024-yilda 2 829 mlrd so‘m tushum bilan davlat byudjetining muhim qismi sifatida qayd etilgan.

Ushbu soliq tadbirkorlik subyektlariga еngillik yaratish maqsadida foyda solig‘i o‘rniga joriy qilingan

bo‘lib, soliqqa tortish mexanizmini soddalashtiradi.

Xulosa va takliflar:

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy islohotlar

sharoitida

bevosita soliqlar

davlat byudjeti daromadlarining strategik manbai sifatida muhim ahamiyat kasb

etadi. Bevosita soliqlar — bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslarning real iqtisodiy faoliyati,
ularning foyda va daromad hajmlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan tushumlar tizimidir. Ularning barqarorligi
mamlakat iqtisodiyotining real sektorida yuz berayotgan o‘zgarishlarni aniq aks ettiradi. 2024-yil
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlarining umumiy hajmi 274,4 trln so‘mni tashkil
etib, shundan

90,8 trln so‘mi bevosita soliqlarga

to‘g‘ri kelgan. Bu esa bevosita soliqlarning byudjet

daromadlaridagi ulushi qariyb

33,1 foizni

tashkil etishini ko‘rsatadi.

Ushbu ulush, o‘z navbatida, milliy iqtisodiyotning barqaror ishlashini, ishlab chiqarish jarayonlarining

tiklanishini hamda ish bilan bandlik darajasining oshganini ifodalaydi. Bevosita soliqlarning asosiy qismini

foyda solig‘i

va

jismoniy shaxslar daromad solig‘i

tashkil etib, ular iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish

samaradorligi va aholi daromadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Foyda solig‘idan tushumlar 52,6 trln so‘m, jismoniy
shaxslar daromad solig‘idan esa 35,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu raqamlar iqtisodiy faollikning oshayotganini
va soliq bazasining kengayganini anglatadi. Shu bilan birga, bevosita soliqlar tizimi barqaror bo‘lsa-da, u

jahon moliyaviy inqirozlari

davrida bevosita ta’sirga uchraydi. 2008-yilgi global inqiroz va 2020-yilgi

pandemiya davrida bu soliq turidan tushumlar sezilarli kamaygan. Chunki inqiroz paytida korxonalar foydasi
pasayadi, aholi daromadlari qisqaradi, natijada daromad solig‘i va foyda solig‘i tushumlari qisqaradi.

Bevosita

soliqlar davlat moliyaviy mustaqilligi va iqtisodiy xavfsizligining asosiy omili

bo‘lib qolmoqda.

Ularning to‘g‘ri boshqarilishi davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, investitsion muhitni yaxshilash va

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirishga xizmat qiladi.

Takliflar:


background image

536

Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)

ISSN: 2181-2861

Bevosita

soliqlar

stavkalarini

iqtisodiy

sharoitga

mos

optimallashtirish.

Jahon amaliyotida (masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Kanada tajribasida) soliq yukining iqtisodiy siklga
mos ravishda moslashuvchan belgilanishi byudjet barqarorligini ta’minlaydi. Shu sababli O‘zbekistonda ham
foyda solig‘i va daromad solig‘i stavkalarini iqtisodiy faollikka mutanosib tarzda qayta ko‘rib chiqish lozim.

Soliq

ma’murchiligini

raqamlashtirish

va

shaffoflikni

oshirish.

“Raqamli soliq tizimi”ni to‘liq joriy etish orqali yashirin iqtisodiyot hajmini kamaytirish, soliqqa tortish
bazasini kengaytirish va byudjetga tushumlarning barqarorligini oshirish mumkin.

Tadbirkorlik

subyektlarini

rag‘batlantiruvchi

soliq

siyosatini

kuchaytirish.

Innovatsion va eksportga yo‘naltirilgan korxonalar uchun foyda solig‘idan vaqtinchalik chegirmalar joriy etish
ishlab chiqarishning o‘sishiga, bevosita soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. – yangi tahriri.

2.

A. V. Vahobov, A. S. Jo‘rayev soliqlar va soliqqa tortish darslik 2019

3.

A.Raxmonov. Soliqlarning turlari va funksiyalari maqola 2022 y

4.

Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2022 yil Toshkent 9-57 betlar

5.

Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2023 yil Toshkent 8-16 betlar

6.

Fuqarolar uchun byudjet ijrosi 2024 yil Toshkent 8-15 betlar.