537
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
RAQAMLI MOLIYANING O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI
AHAMIYATI
Saidov Jasurbek Latipbayevich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ulashov Diyor Javodovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” fakulteti talabasi
ulashovdiyor917@gmail.com tel: (93) 359-77-76
https://doi.org/10.5281/zenodo.17531364
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar va an’anaviy moliyaning uyg‘unlashuvi natijasida
shakllanayotgan innovatsiyalarning mahalliy iqtisodiyot tarmoqlaridagi hamda global iqtisodiy tizimdagi
o‘rni va istiqbollari tahlil qilinadi. Iqtisodiyotning shaffofligini ta’minlash, moliyaviy operatsiyalarni
avtomatlashtirish, iste’molchilarga arzon va qulay moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida raqamli
texnologiyalarni amaliyotga keng miqyosda joriy etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasida yangi startaplarni qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion g‘oyalarni ilgari surishda raqamli
moliyaning ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
raqamli moliya, fintech, innovatsiya, iqtisodiy o‘sish, moliyaviy inklyuziya.
ЗНАЧЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ФИНАНСОВ В ЭКОНОМИКЕ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация.
В данной статье анализируются роль и перспективы инноваций, возникающих в
результате сочетания цифровых технологий и традиционных финансов в локальных секторах
экономики и в мировой экономической системе. Обсуждаются вопросы масштабного внедрения
цифровых технологий в практику в целях обеспечения прозрачности экономики, автоматизации
финансовых транзакций и предоставления потребителям доступных и удобных финансовых услуг.
Также раскрывается значение цифровых финансов в поддержке новых стартапов и продвижении
инновационных идей в Республике Узбекистан.
Ключевые слова:
цифровые финансы, финтех, инновации, экономический рост, финансовая
доступность.
THE IMPORTANCE OF DIGITAL FINANCE IN THE ECONOMY OF
UZBEKISTAN
Annotation.
This article analyzes the role and prospects of innovations emerging as a result of the
combination of digital technologies and traditional finance in local economic sectors and in the global
economic system. The issues of large-scale implementation of digital technologies in practice in order to ensure
transparency of the economy, automate financial transactions, and provide consumers with affordable and
convenient financial services are discussed. The importance of digital finance in supporting new startups and
promoting innovative ideas in the Republic of Uzbekistan is also revealed.
Keywords:
digital finance, fintech, innovation, economic growth, financial inclusion.
KIRISH
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha soha va tarmoqlarda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng foydalanish bugungi kunda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bu
jarayon O‘zbekistonni zamonaviy raqamli iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishiga zamin
yaratmoqda.
Ushbu masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi
“Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–6079-sonli farmoni
imzolandi
1
. Mazkur strategiyada iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ta’lim,
sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni raqamlashtirish, ularning samaradorligini oshirish hamda
axborot xavfsizligini mustahkamlash maqsad qilingan.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-sonli farmoni.
538
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Ayni paytda respublikamizda elektron hukumat tizimini takomillashtirish, IT-parklar tashkil etish, dasturiy
ta’minot ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, hamda sohaga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlash
bo‘yicha 200 dan ortiq ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, “Raqamli Toshkent” dasturi
orqali jamoat transporti, kommunal xizmatlar va infratuzilmani boshqarish tizimlari raqamlashtirilmoqda.
2025-yil 25-sentyabr kuni Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining
Taraqqiyot dasturi (BMTTD), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar
vazirligi hamkorligida
“O‘zbekistonda ma’lumotlarni boshqarishni baholash va jadallashtirish”
mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
2
. Tadbirda raqamli boshqaruv, ochiqlik va davlat xizmatlarini soddalashtirish
masalalari muhokama qilindi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi
Toyvo Klaar
o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
“Samarali
va shaffof ma’lumotlar boshqaruvi O‘zbekistonda ham, Yevropa Ittifoqida ham har bir kishi uchun dolzarb
masaladir. Shu bois Yevropa Ittifoqi raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va O‘zbekistonda davlat
xizmatlarining qulay, samarali va ochiq bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan loyihani moliyalashtirmoqda.”
Shuningdek, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari
Anas Fayyad Qarman
raqamli
transformatsiyada ma’lumotlarni boshqarishning ahamiyatiga to‘xtalib, bu jarayon
“insonlarning raqamli
imkoniyatlardan to‘liq foydalanishiga xizmat qiladi”
deya ta’kidladi
3
.
Raqamli moliya O‘zbekistonda iqtisodiyotning yangi yo‘nalishiga aylanmoqda. Elektron to‘lov tizimlari,
mobil banking, onlayn kreditlash va raqamli startaplar nafaqat qulaylik yaratmoqda, balki iqtisodiy
muomalalarni tezlashtirmoqda. Shu bois, raqamli moliyani rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining
muhim tarkibiy qismiga aylangan.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi
Raqamli moliya va raqamli iqtisodiyot masalalari bugungi kunda dunyo miqyosida eng dolzarb
mavzulardan biridir. Ko‘plab xorijiy olimlar va iqtisodiy tashkilotlar bu sohani turli jihatdan tadqiq etishgan.
Masalan, kanadalik iqtisodchi
Don Tapscott
o‘zining “Blockchain Revolution” asarida raqamli texnologiyalar
moliya tizimini yanada ishonchli, tezkor va ochiq tizimga aylantirayotganini ta’kidlaydi
4
. Unga ko‘ra,
blokcheyn texnologiyasi moliyaviy muomalalarda vositachilar sonini kamaytirib, tranzaksiyalarni
tezlashtiradi.
Shuningdek,
Klaus Shvab
ham raqamli iqtisodiyotning ahamiyatini alohida qayd etgan. Shvab “To‘rtinchi
sanoat inqilobi” asarida raqamli texnologiyalarni iqtisodiy o‘sishning asosiy omili sifatida ko‘rsatadi
5
. Unga
ko‘ra, raqamli moliya – bu shunchaki texnologiya emas, balki iqtisodiyotda yangi munosabatlarni
shakllantiruvchi kuchdir.
Yana bir amerikalik iqtisodchi
Jozef Stiglitz
raqamli moliyaning ijtimoiy ahamiyatiga urg‘u beradi. U
raqamli to‘lov tizimlari orqali moliyaviy xizmatlar hamma uchun ochiq bo‘lishi, shu orqali aholining turli
qatlamlari ham iqtisodiy faoliyatga jalb etilishi mumkinligini ta’kidlaydi
6
.
O‘zbekistonlik olimlardan
Sh. G‘ulomov
,
X. Vohidov
,
D. Sattorov
va
Sh. Xo‘jayev
larning tadqiqotlarida
ham raqamli moliya masalalariga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, Sh. G‘ulomov o‘z ishlarida raqamli
to‘lov tizimlarining mamlakatda bank xizmatlari qamrovini kengaytirishdagi o‘rni haqida yozadi
7
. X. Vohidov
esa raqamli iqtisodiyotga o‘tish jarayonida kadrlar salohiyatining muhimligini ta’kidlaydi.
Raqamli iqtisodiyot masalalarini xalqaro tashkilotlar misolida ko’radigan bo’lsak,
Jahon banki
va
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)
hisobotlarida raqamli moliyaning iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’siri qayd
etilgan. Masalan, XVJ 2023-yilgi hisobotida raqamli to‘lovlarning rivojlanishi kichik biznes subyektlarining
faoliyatini yengillashtirgani, soliq tushumlarini oshirganini qayd etgan.
2
“O‘zbekistonda ma’lumotlarni boshqarishni baholash va jadallashtirish” seminar materiallari, Toshkent, 2025-yil 25-
sentyabr.
3
BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) O‘zbekiston vakolatxonasi matbuot xabari, 2025-yil sentyabr.
4
Tapscott, D.
Blockchain Revolution.
New York: Penguin, 2018.
5
Schwab, K.
The Fourth Industrial Revolution.
Geneva: World Economic Forum, 2016.
6
Stiglitz, J.
Globalization and Its Discontents.
New York, 2017.
7
G'ulomov Sh.
Raqamli iqtisodiyot: nazariya va amaliyot masalalari.
Toshkent, 2022.
539
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, raqamli moliya nafaqat texnologik yangilik, balki iqtisodiy
tizimni modernizatsiya qilishda muhim vositadir. U iqtisodiy faoliyatning tezligini oshiradi, xarajatlarni
kamaytiradi, hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bois bu mavzuni
O‘zbekiston misolida tahlil qilish bugungi kunda dolzarb ilmiy ahamiyatga ega.
Tahlil va natijalar muhokamasi
Raqamli moliya — bu moliyaviy xizmatlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish va boshqarish
tizimidir. Uning tarkibiga mobil banking, onlayn to‘lovlar, elektron hamyonlar, blokcheyn, kriptovalyuta va
raqamli bank mahsulotlari kiradi. Raqamli moliya an’anaviy moliyadan farqli ravishda vositachilar sonini
kamaytiradi va moliyaviy operatsiyalarni tezlashtiradi.
Raqamli moliyaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
o
moliyaviy operatsiyalarda tezkorlik va qulaylikni ta’minlash;
o
raqamli ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini saqlash;
o
iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish;
o
tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish;
o
moliyaviy inklyuziyani kuchaytirish, ya’ni xizmatlarni aholining barcha qatlamlariga yetkazish.
1-rasm. Raqamli moliyaning asosiy tamoyillari
Aynan shu jihatlar raqamli moliyani zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylantirmoqda.
1.
Raqamli moliyaning O‘zbekistondagi amaliy holati va tahlili.
O‘zbekistonda raqamli moliyani rivojlantirish 2017-yildan boshlab jadallashdi. Aynan shu yilda Prezident
Sh. M. Mirziyoyev tomonidan
“Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi ishlab chiqila boshlandi, 2020-
yilda esa u rasmiy ravishda tasdiqlandi
8
. Strategiyada raqamli iqtisodiyotning barcha tarmoqlarda joriy etilishi,
jumladan moliya sohasini to‘liq raqamlashtirish belgilangan. Bu jarayon nafaqat bank sektorini modernizatsiya
qilmoqda, balki aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlarni ham yaratmoqda. Raqamli to‘lov
tizimlari, mobil ilovalar, elektron hamyonlar va onlayn bank xizmatlari iqtisodiyotning raqamli
transformatsiyasida muhim o‘rin egallamoqda.
8
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6079-sonli farmoni, 2020-yil 5-oktabr.
540
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Markaziy bank
va
Raqamli texnologiyalar vazirligi
hamkorligida “raqamli so‘m” loyihasi ustida ish olib
borilmoqda
9
. Bu loyiha milliy valyutaning raqamli shaklini joriy qilishni nazarda tutadi, u kelajakda ichki
to‘lov tizimini soddalashtiradi va naqd pul aylanmasini kamaytiradi.
Shu bilan birga, mamlakatda
startap ekotizimi
ham shakllanmoqda. IT-parklar, xususan, “Yashnobod” va
“InnoTexnoPark” innovatsion markazlarida moliyaviy texnologiyalar (fintech) yo‘nalishida 200 dan ortiq
startap loyihalar faoliyat yuritmoqda. Ular orasida onlayn sug‘urta, investitsion platformalar va kredit reyting
tizimlari bor.
O‘zbekiston Respublikasining
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni
(yangi tahriri 2022-yilda qabul
qilingan) raqamli moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Natijada, onlayn to‘lovlar
va internet orqali shartnoma tuzish amaliyoti kengaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuniga kelib mamlakatda
elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi 1,3 kvadrillion so‘mni
tashkil
etdi
10
. Bu 2020-yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘pdir. Elektron to‘lovlar ulushi esa umumiy to‘lov aylanmasining
qariyb
78 foizini
tashkil qilmoqda. Ushbu natijalar aholining raqamli xizmatlardan foydalanish madaniyati
ortayotganini ko‘rsatadi.
Bank sektori
da esa “Click”, “Payme”, “Apelsin”, “Zoomrad”, “Alif Mobi” kabi tizimlar faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ushbu tizimlar orqali foydalanuvchilar to‘lovlar, o‘tkazmalar, kommunal xizmatlar va davlat
yig‘imlarini bir necha soniya ichida amalga oshirish imkoniga ega. Shuningdek,
Humo
va
Uzcard
milliy
to‘lov tizimlari integratsiyasi to‘liq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu to‘lov infratuzilmasining yagona ekotizimini
yaratdi.
Davlat sektori tomonidan ham bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
“Raqamli
O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi doirasida
elektron hukumat tizimi
kengaytirilmoqda, davlat xizmatlari
uchun yagona to‘lov portali joriy etilgan. 2023-yilda “E-Najot”, “E-Mehnat”, “Yagona interaktiv xizmatlar
portali” kabi platformalar raqamli to‘lov tizimlariga ulandi.
IT Park Uzbekistan
ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda raqamli moliya yo‘nalishida faoliyat yurituvchi
startap loyihalar soni 220 dan oshgan
, ularning yillik o‘sish sur’ati esa
35 foiz
ni tashkil etgan
11
. Startaplar
asosan fintech xizmatlari, mikromoliyalashtirish, elektron to‘lov tizimlari va onlayn kreditlash yo‘nalishlarida
faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, xalqaro hamkorlik ham kengaymoqda. O‘zbekiston 2023-yilda
Xalqaro to‘lov tizimlari
assotsiatsiyasi (IPA)
va
VISA Global Forum
a’zoligiga qabul qilindi. Bu esa mamlakatda to‘lov tizimlarini
xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qilmoqda
12
.
Quyidagi grafikda mamlakatda raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotdagi ulushi yildan-yilga qanday o‘sib
borayotgani tasvirlangan:
9
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobotlari, 2024-yil.
10
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “To‘lov tizimlari ko‘rsatkichlari”, 2025-yil fevral.
11
IT Park Uzbekistan yillik hisobot, 2024-yil.
12
VISA Global Forum ma’lumotlari, 2023-yil dekabr.
541
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
2-rasm. O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar ulushi (2019–2024-yillar)
2020–2024-yillar oralig‘ida iqtisodiyotda raqamli texnologiyalar ulushi 50 foizdan 78 foizgacha oshgani
kuzatilmoqda. Bu o‘sish, bir tomondan, elektron hukumat, elektron tijorat va mobil bank tizimlarining
kengaygani bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, aholining raqamli infratuzilma va internet xizmatlaridan
faol foydalanishi bilan izohlanadi. Shuningdek, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) va Yevropa Ittifoqining
“Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi doirasidagi loyihalar moliyaviy inklyuziyani kuchaytirishda
muhim o‘rin tutmoqda
13
. Ushbu hamkorlik natijasida aholining kam ta’minlangan qatlami, ayniqsa, ayollar va
yoshlar uchun onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.
Garchi shunday bo’lsa ham, tizimni yanada takomillashtirish uchun ma’lumotlar xavfsizligi, integratsiya
standartlari va raqamli savodxonlikni oshirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Raqamli moliya O‘zbekiston iqtisodiyotida bir necha muhim yo‘nalishlarda ijobiy natijalar bermoqda:
I.
Moliyaviy xizmatlar qamrovining kengayishi.
Aholining qishloq joylarda ham elektron to‘lov
tizimlariga ulanishi ularning iqtisodiy faoliyatini oshirdi. Mobil banking xizmatlari orqali aholining katta
qismi bank tizimiga qo‘shildi.
II.Soliq tushumlarining oshishi.
Raqamli to‘lovlar iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtiradi, natijada yashirin
aylanma kamayadi. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda elektron to‘lovlar hajmi 2,3
baravarga oshgan va bu soliq tushumlariga bevosita ta’sir qilgan
14
.
III.Ishlab chiqarish samaradorligining ortishi.
Raqamli moliya korxonalarga tezkor hisob-kitob qilish,
xarajatlarni tahlil etish va risklarni kamaytirish imkonini beradi. Bu esa iqtisodiyotning umumiy
barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
IV.Innovatsion ekotizimning rivojlanishi.
Fintech startaplar yangi ish o‘rinlari yaratmoqda, shu bilan birga
yoshlar orasida texnologiyaga qiziqishni oshirmoqda.
Biroq, bu jarayon bilan birga muammolar ham mavjud. Jumladan, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni
himoya qilish va xalqaro standartlarga mos qonunchilikni yaratish kabi masalalar dolzarb bo‘lib qolmoqda.
2.Raqamli moliyaning muammolari va istiqbollari
O‘zbekiston iqtisodiyotida raqamli moliya tizimini rivojlantirish jarayonida bir qator muammolar mavjud.
Bu muammolarni tizimli hal etish orqali mamlakat moliyaviy tizimi yanada raqobatbardosh va shaffof bo‘lishi
mumkin.
13
UNDP Uzbekistan.
”Digital Uzbekistan – 2030” Project Report, 2024.
14
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari, 2024-yil hisobot.
542
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
1.Asosiy muammolar
Birinchidan,
axborot xavfsizligi va kiberxavflar
masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda
onlayn to‘lovlar hajmining ortishi bilan turli xakerlik hujumlari va firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Bu esa
raqamli moliyaviy tizimlarga nisbatan ishonchni pasaytirishi mumkin. Shuning uchun banklar va to‘lov
tizimlari o‘z axborot himoyasini mustahkamlash uchun kriptografik algoritmlar, ko‘p bosqichli
autentifikatsiya va xavfsiz tarmoq texnologiyalaridan foydalanmoqda
15
.
Ikkinchidan,
raqamli infratuzilmaning hududlar bo‘yicha nomutanosibligi
ham muammolardan biridir.
Aholining bir qismi, ayniqsa chekka qishloq joylarda, hali ham internetga to‘liq ulana olmayapti. Bu esa
raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘yadi.
Uchinchidan,
aholining raqamli savodxonligi
yetarli darajada emas. Ko‘plab foydalanuvchilar onlayn
to‘lovlar, mobil bank ilovalari yoki elektron tijorat platformalaridan foydalanishda qiynaladi. Shu sababli
davlat tomonidan raqamli ta’lim va moliyaviy savodxonlikni oshirish dasturlari yo‘lga qo‘yilishi zarur
16
.
To‘rtinchidan,
me’yoriy-huquqiy baza
yetarlicha takomillashmagan. Raqamli aktivlar, kriptovalyutalar,
blokcheyn asosidagi moliyaviy xizmatlar uchun qonuniy mexanizmlar hali to‘liq ishlab chiqilmagan. Bu esa
innovatsion loyihalar uchun huquqiy noaniqlik tug‘diradi
17
.
2. Raqamli moliyaning istiqbollari
a) Blokcheyn texnologiyalarini joriy etish.
Markaziy bank tomonidan “raqamli so‘m” loyihasini rivojlantirish natijasida ichki to‘lov tizimlarida
tranzaksiya tezligi oshib, hujjatlashtirish jarayoni soddalashadi. Blokcheyn texnologiyasi korrupsiyaviy
holatlarni kamaytiradi va moliyaviy oqimlarning shaffofligini ta’minlaydi
18
.
b) Sun’iy intellekt (AI) asosida moliyaviy tahlil tizimlarini yaratish.
Banklar va sug‘urta kompaniyalari sun’iy intellekt asosidagi dasturlar yordamida mijozlarning to‘lov
qobiliyatini tahlil qilishi, kredit risklarini aniq baholashi va firibgarlik holatlarini oldindan aniqlashi mumkin.
c) Fintech startaplarini qo‘llab-quvvatlash.
Raqamli texnologiyalar asosidagi yangi kompaniyalar iqtisodiyotga yangi ish o‘rinlari, innovatsion
mahsulotlar va xalqaro investitsiyalarni olib kiradi. Bu borada IT-Park va “Startup Initiatives” dasturlari
muhim o‘rin tutmoqda
19
.
d) Xalqaro integratsiya.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi va BMT bilan hamkorlikdagi raqamli dasturlari mamlakatning global
moliyaviy tizimga integratsiyalashuvini tezlashtirmoqda. Bu esa xalqaro to‘lov tizimlarining mamlakat ichida
ishlashiga imkon beradi.
e) Raqamli moliyaviy xizmatlarning ijtimoiy foydasi.
Raqamli to‘lovlar tizimi nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy jihatdan ham muhimdir. U aholining moliyaviy
xizmatlarga teng kirish imkoniyatini ta’minlaydi va kambag‘allikka qarshi kurashda samarali vosita sifatida
xizmat qiladi.
Xulosa
Raqamli moliya — bu nafaqat zamonaviy to‘lov tizimlarining asosiy ko‘rinishi, balki mamlakat iqtisodiy
barqarorligini mustahkamlovchi muhim omildir. O‘zbekiston so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda sezilarli
yutuqlarga erishdi. Raqamli texnologiyalar yordamida iqtisodiyotning ochiqligi oshib, davlat xizmatlari, tijorat
banklari va aholi o‘rtasidagi moliyaviy operatsiyalar tez, qulay va xavfsiz shaklga keldi.
Raqamli to‘lov tizimlarining kengayishi natijasida naqd pul aylanmasi kamaydi, bu esa “soya
iqtisodiyoti”ni qisqartirishga yordam berdi. Shu bilan birga, raqamli moliya aholining barcha qatlamlari uchun
moliyaviy xizmatlardan teng foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.
15
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “
Kiberxavfsizlik strategiyasi 2023-2026”
, Toshkent, 2023.
16
Raqamli texnologiyalar vazirligi.
“Raqamli savodxonlikni oshirish dasturi”
, 2024.
17
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
“Raqamli aktivlar to’g’risidagi qonun loyihasi”
, 2024.
18
Markaziy bank matbuot xizmati.
“Raqamli so’m va blokcheyn tizimi imkoniyatlari”, 2024.
19
IT Park Uzbekistan.
“Fintech startaplarini qo’llab-quvvatlash dasturi”
, 2024.
543
Vol. 5, No. 11 – Special Issue (EJMTCS)
ISSN: 2181-2861
Biroq, hali hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham mavjud: infratuzilmaning hududiy nomutanosibligi,
kiberxavflar, raqamli savodxonlikning pastligi va huquqiy mexanizmlarning to‘liq shakllanmagani shular
jumlasidandir. Shu bois, kelgusida davlat tomonidan raqamli moliyani rivojlantirish bo‘yicha aniq siyosat
yuritish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash zarur.
Umuman olganda, raqamli moliyaning to‘liq joriy etilishi O‘zbekistonning global iqtisodiy tizimga
integratsiyasini tezlashtiradi, investitsiya muhitini yaxshilaydi hamda iqtisodiy o‘sishning barqarorligini
ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF–6079-sonli Farmoni — “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. “Raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyasi
(2021–2024)”, Toshkent, 2021.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. Yillik hisobot – 2024.
4.
UNDP Uzbekistan. “Digital Uzbekistan – 2030” Project Report, 2024.
5.
Anorbank rasmiy sayti: https://anorbank.uz
6.
IT Park Uzbekistan. “Fintech startaplarini qo‘llab-quvvatlash dasturi”, 2024.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. “Raqamli aktivlar to‘g‘risidagi qonun loyihasi”, 2024.
8.
Schumpeter, J. (1934). The Theory of Economic Development. Harvard University Press.
9.
King, M. (2020). Digital Banking and Financial Stability. Cambridge University Press.
10.
Islomov A., Tursunov N. O‘zbekistonda raqamli to‘lov tizimlarini joriy etish masalalari. Toshkent moliya
instituti, 2023.
